Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-sonli Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-sonli qaroriga muvofiq;
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-avgust,
PF-5159-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PF-5159-sonli Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan respublika davlat boshqaruvi organlari roʻyxatida:
a) III boʻlim quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:
“8. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi”;
b) IV boʻlimning 3-bandi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoʻngʻirot soda zavodi uchun kadrlarni maqsadli tayyorlashni tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 13-apreldagi PQ-49-sonli qarori 7-bandining 5-xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik jurnallar tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 18-oktabrdagi PQ-203-sonli qarori 1-ilovasining 4-bandi 8-xatboshidagi va 5-bandining 7-xatboshidagi “katta ilmiy xodim — izlanuvchilar” soʻzlari “bazaviy doktorantlar, doktorantlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 145-bandning “a” kichik bandidagi “katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti” soʻzlari “bazaviy doktorantura, doktorantura” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 292-bandidagi “katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti” soʻzlari “bazaviy doktorantura, doktorantura” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 293-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti” soʻzlari “bazaviy doktorantura” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 295-bandidagi “fan doktori” soʻzlari “falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (Doktor of Science)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 296-bandidagi “fan doktori” soʻzlari “falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (Doktor of Science)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti ishtirokida Yuksak texnologiyalar markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 26-oktabrdagi PP-1631-sonli qarorida:
a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “(stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilar va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar)” soʻzlari “(mustaqil izlanuvchilar, bazaviy doktorantlar va doktorantlar)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Boltaboyev M.R. — Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 28-iyundagi PQ-1990-sonli qarori 3-bandining uchinchi xatboshidagi “katta ilmiy xodim — izlanuvchilar” soʻzlari “bazaviy doktorantlar, doktorantlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer qaʼrini geologik oʻrganish sohasidagi tadqiqotlarni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 13-sentabrdagi PQ-2589-sonli qarori 4-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzurida Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2602-sonli qarorida:
a) 5-bandining uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning yettinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boltaboyev M.R. — Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Immunologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 30-sentabrdagi PQ-2620-sonli qarorida:
a) kirish qismidagi “katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni” soʻzlari “bazaviy doktorantlar, doktorantlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” 2017-yil 7-fevraldagi PQ-4947-sonli Farmoniga 8-ilovaning “Ijro uchun masʼullar” grafasida 25, 28, 33- va 267-bandlaridagi “Fan va texnologiyalar qoʻmitasi” soʻzlari “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Genomika va bioinformatika sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek innovatsiya ishlarini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 10-fevraldagi PQ-2769-sonli qarorida:
a) 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning “Ijro uchun masʼullar” grafasida 3, 4, 5, 6, 7, 8, 14, 15 va 16-bandlaridagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha harakatlar strategiyasini amalga oshirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-fevraldagi R-4849-sonli Farmoyishining 8-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-sonli qarorining yangi tahrirdagi 4-ilovasi rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3105-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida Oʻzbekistonning eng yangi tarixi boʻyicha Jamoatchilik kengashi toʻgʻrisidagi Nizom 8-bandining birinchi xatboshidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PF-5159-sonli Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan baʼzi hujjatlari
roʻyxati
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 4-oktabrdagi PQ-480-sonli qarori ilovasining 1- va 3-bandlari.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 4-oktabrdagi PF-3806-sonli Farmoni ilovasining 2-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni ilovasining 62-bandi.