O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va yuritish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasining saylov jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda saylov jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda SYAER deb ataladi) joriy etish ishlari amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
SYAER “Elektron hukumat” tizimini yaratish doirasida amalga oshiriladi;
SYAERni yaratish va SYAERni shakllantirishga yo‘naltirilgan idoraviy axborot tizimlarini takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlar Axborot-kommunikatsiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda SYAERning ishlashini texnikaviy ta’minlash uchun ko‘maklashishga Koreya Respublikasi tomonidan ajratiladigan grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
SYAERni yaratish bo‘yicha bosh pudratchini belgilash yuzasidan bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
2017-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan Toshkent shahri xalq deputatlarining tumanlar Kengashlariga saylovlar davomida axborot tizimining SYAERni shakllantirish va yuritishni nazarda tutuvchi tajriba tartibida foydalanilishi huquqiy eksperiment sifatida amalga oshirilishini, 2018-yilning 1-apreligacha esa — SYAERni yaratishni va butun mamlakat bo‘yicha ishga tushirishni ta’minlasin;
ikki oy muddatda — jismoniy himoya va axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan zaruriy choralar ta’minlanishini hisobga olgan holda SYAERni amalga oshirish tadbirlari rejasini tasdiqlasin.
5. Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-avgust,
630-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi 630-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 4-oktabrdagi PQ-3961-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda SYAER deb ataladi) shakllantirish, yuritish, yangilash va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. SYAER O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan (shu jumladan saylov kuni), doimiy yoki vaqtincha yashash joyi manziliga ega bo‘lgan, saylovda ishtirok etish huquqidan qonunga muvofiq va sudning qarori asosida mahrum etilmagan fuqarolari (keyingi o‘rinlarda saylovchi fuqarolar deb ataladi) kiritiladigan davlat axborot resursi hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (agar saylovchi fuqaro chet davlatda bo‘lsa, xorijga chiqish pasporti yoki diplomatik pasporti) yoki identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, familiyasi, ismi, otasining ismi (davlat tilida, lotin yozuvida), tug‘ilgan sanasi (yyyy.oo.kk), doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning yashash joyi manzili va uning kadastr raqami Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tomonidan taqdim etiladigan saylovchi fuqarolar to‘g‘risidagi axborotlar hisoblanadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
3. SYAERga kiritilgan saylovchi fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlaridan iborat bo‘lgan axborotlar bilan ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (keyingi o‘rinlarda MSK deb ataladi) tomonidan belgilanadi.
4. SYAER saylov jarayonini boshqarish bo‘yicha axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda SJBAT deb ataladi) vositasida shakllantiriladi va uning tarkibiga kiradi.
Quyidagilar SJBATning asosiy vazifalari hisoblanadi:
xavfsiz aloqa kanallari bo‘yicha idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalash orqali SYAERni shakllantirish jarayonini avtomatlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
SYAERga tuzatish kiritish imkoniyati bilan saylov uchastkalari bo‘yicha saylovchi fuqarolarni taqsimlash vositalarini taqdim etish;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
saylovchi fuqarolarga o‘z saylov uchastkalariga oid axborotlar bilan tanishishga va saylov uchastkasini o‘zgartirishga so‘rovnoma yuborish imkonini berish;
SYAERda saqlanadigan ma’lumotlardan foydalanuvchilarning foydalanish va saylov uchastkalari bo‘yicha ro‘yxatlarga tuzatish kiritish huquqlarini taqsimlash.
Oldingi tahrirga qarang.
SYAERdagi ma’lumotlarni saylov uchastkalari chegaralari doirasida avtomatik ravishda taqsimlash.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi SJBAT va uning tarkibiga kiruvchi SYAER egasi hamda SJBAT va SYAERni yanada takomillashtirish bo‘yicha buyurtmachi hisoblanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
2-bob. SJBAT operatori
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi SJBAT operatori (keyingi o‘rinlarda Operator deb ataladi) hisoblanadi.
7. Quyidagilar Operatorning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
SJBATni yanada takomillashtirish va unga texnikaviy xizmat ko‘rsatish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
SJBATning samarali va uzluksiz ishlashini ta’minlash;
SJBATni idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalash;
SJBATning axborot xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.
3-bob. SYAERni shakllantirish tartibi
8. SYAER:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan ushbu Nizomning 2-bandiga muvofiq taqdim etiladigan saylovchi fuqarolar to‘g‘risidagi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
saylov kampaniyasi davrida saylovchilar ro‘yxatlarini aniqlashtirish orqali saylov komissiyalari tomonidan taqdim etiladigan saylovchi fuqarolar to‘g‘risidagi axborotlar asosida shakllantiriladi va yangilab boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
SYAER har olti oyda bir marta, saylov kampaniyasi davrida esa MSK tomonidan Agentlik va Operator bilan kelishilgan holda tasdiqlangan jadvalga muvofiq yangilanadi.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Quyidagi davlat organlari (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb ataladi) Agentlikka tegishli ma’lumotlarni elektron shaklda taqdim etadilar:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
a) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
fuqarolarning doimiy va/yoki vaqtinchalik yashash manzili to‘g‘risida;
fuqaroligi belgilangan tartibda tugatilgan shaxslar to‘g‘risida;
Oldingi tahrirga qarang.
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan, saylovda ishtirok etish huquqidan qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilgan shaxslar to‘g‘risida;
(9-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni o‘tash muassasalaridan ozod etilgan shaxslar va saylovda ishtirok etish huquqi qayta tiklangan shaxslar to‘g‘risida;
(9-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)
vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan fuqarolar to‘g‘risida — saylov boshlanishidan uch oy avval;
muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan va vazirlik tizimi harbiy qismlaridagi fuqarolar to‘g‘risida — saylov boshlanishidan olti oy avval;
Oldingi tahrirga qarang.
b) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi — fuqarolarning o‘limini ro‘yxatga olish to‘g‘risida;
(9-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
vazirlik tizimidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan fuqarolar to‘g‘risida — saylov boshlanishidan ikki oy avval;
muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan, harbiy qism hududidagi kazarmalar, yotoqxonalar va xizmat turar joylarida yashayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari to‘g‘risida — saylov boshlanishidan to‘rt oy avval;
oylik harbiy yig‘in o‘tayotgan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari to‘g‘risida — saylov o‘tkaziladigan oyning ikkinchi o‘n kunligiga qadar;
(9-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi — sudlar tomonidan muomalaga layoqatsiz (layoqatli) deb topilib, saylovda ishtirok etish huquqidan qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilgan (saylovda ishtirok etish huquqi qayta tiklangan) fuqarolar to‘g‘risida.
(9-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
yashash davlatini (O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarini) ko‘rsatgan holda doimiy yoki vaqtinchalik konsullik hisobida turgan fuqarolar to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari tomonidan saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan o‘sha davlat hududida turgan fuqarolar to‘g‘risida;
(9-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi — fuqarolarning ko‘chmas mulk obyektlari kadastr raqamlari, ular joylashgan manzili va geolokatsiya (geokod) to‘g‘risida;
j) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
vazirlik (tashkilot) tizimidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan fuqarolar to‘g‘risida — saylov boshlanishidan uch oy avval;
muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan va harbiy qismlardagi fuqarolar to‘g‘risida — saylov boshlanishidan to‘rt oy avval.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qaroriga asosan “e” va “j” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Vakolatli organlar ushbu Nizomning 9-bandiga muvofiq Agentlikka ma’lumotlarni elektron shaklda jismoniy shaxsning identifikatsiya raqamini (agar mavjud bo‘lsa), pasporti (agar saylovchi fuqaro chet davlatda bo‘lsa, xorijga chiqish pasporti yoki diplomatik pasporti) yoki identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqami, tug‘ilgan sanasi (yyyy.oo.kk), jinsi, millati, familiyasi, ismi va otasining ismini (davlat tilida, lotin yozuvida) ko‘rsatgan holda, fuqarolarning yashash joyi manzili (davlatlar, O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari, tumanlari, aholi punktlari va ko‘chalari, kadastr raqamlari, ular joylashgan manzili va geolokatsiya (geokod) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni esa Agentlik va Operator bilan o‘zaro kelishilgan texnik yo‘riqnomadagi ma’lumotnomalar (keyingi o‘rinlarda ma’lumotnomalar deb ataladi) asosida yuboradilar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Agentlik quyidagilarni ta’minlaydi:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomning 9-10 bandlariga muvofiq vakolatli organlardan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish va shakllantirish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
vakolatli organlardan kelgan ma’lumotni identifikatsiyalash;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ro‘yxatidan saylash huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolarni chiqarish;
ushbu Nizomning 12-bandiga muvofiq saylovchi fuqarolar to‘g‘risidagi axborotni elektron shaklda Operatorga taqdim etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. SYAERni yangilash Agentlik tomonidan Operatorga harbiy xizmatchilardan tashqari, saylovchi fuqarolar to‘g‘risidagi ro‘yxatni elektron shaklda uzatish yo‘li bilan quyidagilarni ko‘rsatgan holda amalga oshiriladi:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti (agar saylovchi fuqaro chet davlatda bo‘lsa, xorijga chiqish pasporti yoki diplomatik pasporti) yoki identifikatsiya ID-kartasining seriyasi va raqami;
davlat tili lotin yozuvida familiyasi, ismi va otasining ismi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining tug‘ilgan sanasi (yyyy.oo.kk), jinsi va millati;
ma’lumotnomalar asosida joylashuv (yashash) joyi manzillari.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
4-bob. SYAERdan foydalanishni tashkil etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
13. SJBAT “O‘zbektelekom” AKning ma’lumotlarni qayta ishlash markazida belgilangan tartibda joylashadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
14. MSK SJBATdagi O‘zbekiston Respublikasining saylovchi fuqarolari ro‘yxatiga kirish imkoniyatiga ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalari SJBATdagi tegishli hudud bo‘yicha saylovchi fuqarolar ro‘yxatidan foydalanish imkoniyatiga ega.
MSK va tegishli saylov komissiyalarining SJBATdan foydalanish imkoniyatlari “Elektron hukumat” tizimining ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
SJBATda saylov komissiyalarining mas’ul xodimlari identifikatsiyasi avtorizatsiya axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
5-bob. Saylovchi fuqarolar ro‘yxatini saylov uchastkalari bo‘yicha taqsimlash va u bilan tanishish tartibi
15. Saylovchilarning huquqlarini amalga oshirish, ularga tegishli ma’lumotlar bilan tanishish hamda ovoz berishni o‘tkazish uchun har bir saylov uchastkasi bo‘yicha saylovchi fuqarolarning ro‘yxati shakllantiriladi.
Saylovchi fuqarolarni ro‘yxatlar bo‘yicha taqsimlash SJBATda okrug saylov komissiyalari tomonidan saylov uchastkalarining belgilangan chegaralari doirasida amalga oshiriladi. Buning uchun SJBATda saylovchi fuqarolarning ro‘yxatlari O‘zbekiston Respublikasining aholi punktlari va ko‘chalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining chel eldagi vakolatxonalari bo‘yicha taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan taqdim etilgan saylov uchastkalarining dislokatsiyalari asosida saylov uchastkalariga tegishli hudud chegaralari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan saylov okruglari va uchastkalarining geolokatsiyali elektron xaritasi tuziladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
16. Saylov uchastkalarining soni yoki chegaralari o‘zgargan taqdirda okrug saylov komissiyasi 24 soat mobaynida SJBATga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Saylovchi fuqarolar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi asosida hammaning tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Saylovchi fuqaro o‘zi biriktirilgan saylov uchastkasi, manzili va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini yoki pasport yoxud identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqamini kiritish yo‘li bilan MSK rasmiy veb-sayti orqali saylov uchastkasining joylashuvi (dislokatsiyasi)ga oid axborot bilan tanishish imkoniyatiga ega.
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar ro‘yxatini saylovga o‘ttiz yetti kun qolganidan boshlab, saylovga besh kun qolguniga qadar uyma-uy yurib aniqlik kiritadi. O‘rganish davomida saylovchining shaxsiga yoki yashash joyiga oid ma’lumotlar o‘zgarganligi aniqlangan taqdirda, SYAERga tegishli o‘zgartirish kiritadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. SYAERda saylovchi fuqaro bo‘lmaganda yoki uning saylov uchastkasi mos kelmagan taqdirda saylovchi fuqaro uchastka saylov komissiyasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi bo‘yicha ariza bilan yozma yoki MSKning rasmiy veb-saytida hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda murojaat qilish huquqiga ega.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. SYAERni shakllantirish va yuritish tartibi sxemasi ilovada keltirilgan.
20. Vakolatli organlar SYAERni shakllantirish va yangilab borish uchun ma’lumotlarning ishonchliligi, dolzarbligi va o‘z vaqtida taqdim etilishi yuzasidan mas’uldirlar.
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va yuritish
SXEMASI
(ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 33-son, 859-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)