Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT IShLARI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 27-sentabrdagi PF-3491-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda madaniyat va sport sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va muassasalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining xodimlarning cheklangan umumiy soni 72 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 55 kishi boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, tuman (shahar) madaniyat va sport ishlari boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi, shuningdek madaniyat va sport ishlari hududiy organlari xodimlarining cheklangan umumiy soni 3—5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
* 5-ilova berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziriga, zarurat boʻlganda, xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida Vazirlikning markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasida oʻrnatilgan aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi vositalarini Madaniyat va sport ishlari vazirligida saqlab qolsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining markaziy apparati quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, Furqat koʻchasi, 1-uy.
6. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1996-yil 21 maydagi 185-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 5-son, 17-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2004-yil 9-iyundagi 272-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 55-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 30-sentabr,
455-son
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va muassasalar roʻyxati
I. Madaniyat muassasalari
1. “Oʻzbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi.
2. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi.
3. Akademik, xalq va badiiy jamoalar direksiyasi.
4. Orkestrlar (simfonik orkestr, kamer orkestri, xalq cholgʻu asboblari orkestri).
5. “Oʻzbekraqs” milliy raqs birlashmasi.
6. “Oʻzbekdavlatsirki” respublika birlashmasi.
7. “Sahnadagi sirk” koʻchma korxonalar direksiyasi.
8. Oliy taʼlim muassasalari (Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, A. Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti, Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi).
9. Oʻrta maxsus taʼlim muassasalari.
10. Respublika metodika va axborot markazi.
11. Ijodkor yoshlar uyi.
12. Xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar respublika ilmiy-metodik markazi.
13. Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi.
14. Badiiy ekspertiza boshqarmasi.
15. “Oʻzbekmuzey” respublika jamgʻarmasi, respublika muzeylari.
16. “Guliston”, “Teatr”, “Moziydan sado” jurnallari tahririyatlari.
17. Musiqa va sanʼat maktablari.
18. Kutubxonalar.
II. Sport muassasalari
19. Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti.
20. Olimpiya zaxiralari respublika kolleji, Toshkent shahri.
21. Sport turlari boʻyicha oliy sport mahorati respublika maktablari.
22. “Sertifikatlash va kompyuterlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi.
23. “Sport” gazetasi tahririyati.
24. Olimpiya shuhrati muzeyi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining tuzilmasi
Viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi
Tumanlar (shaharlar) madaniyat va sport ishlari boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi
Madaniyat va sport ishlari hududiy organlari xodimlarining
ChEKLANGAN SONI
| | | | | |
|
|
|
Xodimlarning cheklangan umumiy soni |
shu jumladan boshqaruv xodimlari soni | |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari |
Tuman (shahar) madaniyat va sport ishlari boʻlimlari | |||
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
36 |
10 |
24 |
|
2. |
Andijon viloyati |
36 |
9 |
25 |
|
3. |
Buxoro viloyati |
29 |
9 |
18 |
|
4. |
Jizzax viloyati |
25 |
7 |
17 |
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
33 |
8 |
24 |
|
6. |
Navoiy viloyati |
24 |
7 |
16 |
|
7. |
Namangan viloyati |
26 |
6 |
19 |
|
8. |
Samarqand viloyati |
40 |
11 |
26 |
|
9. |
Sirdaryo viloyati |
23 |
7 |
15 |
|
10. |
Surxondaryo viloyati |
32 |
9 |
21 |
|
11. |
Toshkent viloyati |
41 |
8 |
31 |
|
12. |
Fargʻona viloyati |
37 |
7 |
28 |
|
13. |
Xorazm viloyati |
27 |
9 |
16 |
|
14. |
Toshkent shahri |
39 |
14 |
22 |
|
|
Jami: |
448 |
121 |
302 |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 40-41-son, 436-modda; 2005-y., 14-son, 104-modda)