Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.02.2017 27.09.2004 yildagi PF-3491-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.02.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT IShLARI VAZIRLIGINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-sonli “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va sportni rivojlantirish muammolarini kompleks tarzda hal etish, jismonan sog‘lom, ma’naviy jihatdan boy va barkamol shaxslarni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish, sog‘lom turmush tarzi va sportga muhabbat tuyg‘usini singdirish, aholining madaniy va estetik talab-ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish, shuningdek madaniyat va sport sohasini boshqarishni takomillashtirish, bu sohada davlat siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish darajasini ko‘tarish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi tugatilib, ularning negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatining asosiy vazifalari hamda yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va ommaviy sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, xalqning boy madaniy merosini qayta tiklash, asrlar mobaynida shakllangan yuksak ma’naviyatni, xalq an’analari va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish, jismonan sog‘lom, ma’naviy jihatdan boy va uyg‘un kamol topgan shaxslarni voyaga yetkazish borasidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy istiqlol g‘oyasidan, O‘zbekiston xalqining madaniy va ma’naviy-axloqiy an’analaridan kelib chiqqan holda aholi o‘rtasida madaniy-ma’rifiy, fizkultura-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini amalga oshirish, odamlarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr, musiqa, xoreografiya, tasviriy san’at, sirk, xalq amaliy va estrada san’atini yanada rivojlantirish, ularning g‘oyaviy-badiiy va ma’naviy saviyasini oshirish, xalq tarixining eng yorqin sahifalarini va uning hozirgi hayotini, mamlakatning erkin demokratik taraqqiyotini yoritib beradigan asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy-ommaviy va bayram tadbirlarining chuqur g‘oyaviy mazmun bilan boyitilishini ta’minlash, respublikaning ijodiy uyushmalari va jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ijodkor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z talant va iste’dodlarini to‘la namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, aholini, birinchi navbatda yoshlar va bolalarni sport bilan shug‘ullanish zarurligini anglash ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzi va sportga muhabbat ishtiyoqini singdirish, yoshlarni mehnatga va respublika qurolli kuchlarida xizmat qilishga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya o‘yinlarida, jahon va osiyo chempionatlarida, xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qiladigan va yuqori sport natijalariga erisha oladigan yuksak mahoratli sportchilarni tayyorlash maqsadida olimpiya zaxirasi muassasalarini qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlarni yaratish, jumladan, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq o‘yinlari, milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilish va o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar-joylar va mahallalarda madaniy-ma’rifiy faoliyatni, aholini madaniy va jismoniy jihatdan tarbiyalashni tashkil qilishda, fizkultura sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini o‘tkazishda davlat va jamoat tashkilotlari, o‘quv yurtlari, mahalliy hokimiyat organlari bilan faol hamkorlik qilish va ularga yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlararo va xalqaro madaniy hamda sport aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, konferensiya, ko‘rgazma va sport musobaqalari o‘tkazish, madaniyat, san’at va sport sohasiga xorijiy investitsiya va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy-ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, obyekt va inshootlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan imkoniyat darajasida to‘la va samarali foydalanishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sport sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish, respublika madaniy-ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, o‘quv yurtlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional, xalq va havaskorlik ijodiyotini, ommaviy sport va jismoniy tarbiyani, ommabop madaniy-ma’rifiy va sport dasturlarini keng ko‘lamda targ‘ib qilish, shuningdek madaniyat va sport sohasida ommabop adabiyotlarni chop etish hamda video va kino materiallar chiqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning faoliyatini yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 9-martdagi PF–360-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 27-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3491-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y.,38-39-son, 422-modda)