10.08.2017 yildagi PQ-3197-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-iyundagi PQ-3031-son qarori ijrosini ta’minlash, respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘quv jarayonini zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etish uchun zarur moddiy-texnik bazani yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Olmaliq konmetallurgiya kombinatining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sportchilar ko‘chasi, 19-uy va Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejini Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Chirchiq 50 yillik ko‘chasi, 14-uy manziliga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq shahar V. Xaydarov ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “Olmaliq konmetallurgiya kombinati” AJning bino va inshootlarini hamda istirohat bog‘ini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti hamda Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejini qayta joylashtirish va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha komissiya tarkibi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya o‘n kun muddatda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti hamda Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejini qayta joylashtirish va faoliyatini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va amalga oshirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi bo‘limi tashkil etilishiga rozilik berilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi yangi o‘quv yili boshlangunga qadar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida tashkil etiladigan ta’limning sirtqi shakli bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarni ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida tahsil olayotgan sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari, terma jamoa a’zoligiga nomzodlarga ularning xohish-istaklariga ko‘ra o‘qish muddati hamda kursi saqlangan holda ta’limning sirtqi shakliga o‘tkazishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi o‘n kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejiga tegishli Chirchiq shahar, Sportchilar ko‘chasi, 19-uyda hamda Chirchiq shahar V. Xaydarov ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning bino va inshootlarini hududlari bilan birgalikda hamda istirohat bog‘ini bepul operativ boshqarish huquqi asosida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq sanoat-iqtisodiyot kasb-hunar kollejining Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Chirchiq 50 yillik ko‘chasi, 14-uy manzilida joylashgan binolari va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda bepul operativ boshqarish huquqi asosida Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejiga berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Toshkent viloyati hokimligi Chirchiq sanoat-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji faoliyati tugatilishini hamda kollej o‘quvchilari va pedagog kadrlarini Chirchiq shahridagi boshqa kasb-hunar kollejlariga yo‘nalishlari bo‘yicha joylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sport vazirligining asoslangan hisob-kitoblari asosida:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti hamda Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejiga berilayotgan obyektlarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash maqsadida 2017-yilda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun zarur mablag‘larni ajratsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil va keyingi yillar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati obyektlarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash, qo‘shimcha bino va inshootlar qurish hamda jihozlash uchun Jamg‘armadan mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti hamda Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji uchun bino va inshootlarni qurish hamda ularga berilayotgan tegishli binolar va inshootlarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zshaharsozlikLITI” AJ — bosh loyihachi tashkilot etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qurilishbirlashmasi” AJ — bosh pudratchi tashkilot etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga 2017-yil 15-oktabrga kadar qurilish va jihozlash ishlari tugallanishini ta’minlagan, belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda qurilish montaj ishlarini loyihalashtirish bilan bir vaqtda amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi bilan birgalikda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini elektron ta’lim milliy tarmog‘iga ulash choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Toshkent shahridan qatnab ishlovchi professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda talabalarni borish-kelishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi R.D. Qurbonov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov va Toshkent viloyati hokimi Sh.X. Babayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 10-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3197-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3197-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti hamda Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejini qayta joylashtirish va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Aripov A.N.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, komissiya raisi

Qurbonov R.D.

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi

Babayev Sh.X.

Toshkent viloyati hokimi

Madjidov I.U.

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

Saidova G.K.

iqtisodiyot vaziri

Xo‘jayev B.A.

moliya vaziri

Gulyamov R.A.

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

Zakirov B.I.

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi

Xolmuxamedov M.M.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori

Turdiyev F.K.

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Israilov Sh.X.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti rektori

Rashitov Q.B.

Chirchiq shahar hokimi

Akramov I.E

Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji direktori

Bayazitov K.F.

Vazirlar Mahkamasi Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentining shu’ba mudiri, komissiya kotibi

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 32-son, 807-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)