26.05.2000 yildagi 80-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.06.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUQARO MUHOFAZASI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) vakolatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi — harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan Oʻzbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida oʻtkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi xizmati — fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlarini bajarish, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlarini taʼminlash uchun kuchlar va vositalarni tayyorlash maqsadida tuzilgan funksional boʻlinmalar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya inshootlari — aholini va ishlab chiqarish xodimlarini zamonaviy qirgʻin vositalaridan muhofaza qilishga maxsus moʻljallangan muhandislik inshootlari majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi kuchlari — qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun tuziladigan fuqaro muhofazasi harbiy qismlari, umumiy va maxsus hududiy, funksional va obyekt tuzilmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Fuqaro muhofazasi vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga oʻrgatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xoʻjaligi obyektlarining barqaror ishlashini taʼminlash yuzasidan tadbirlar kompleksini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini umumiy va yakka muhofazalanish vositalari bilan taʼminlash tadbirlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar koʻrgan hududlarda jamoat tartibini yoʻlga qoʻyish va saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Fuqaro muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Fuqaro muhofazasi sohasidagi xalqaro hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan fuqaro muhofazasi sohasidagi hamkorligi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan xalqaro shartnomalar va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. FUQARO MUHOFAZASIGA RAHBARLIK QILISH, DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARNING FUQARO MUHOFAZASI SOHASIDAGI VAKOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasiga umumiy rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat fuqaro muhofazasining boshligʻidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hududlarida fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni tegishincha lavozimiga koʻra fuqaro muhofazasining boshligʻi boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni ularning lavozimiga koʻra mazkur organlar va tashkilotlar fuqaro muhofazasining boshligʻi boʻlgan rahbarlari amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi boshligʻi oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini amalga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi boʻyicha direktivalar, buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tasarrufidagi hududlar hamda tashkilotlarning kuchlari va vositalarini fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni oʻtkazishga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi boshliqlarining aholini va hududlarni muhofaza qilish masalalari boʻyicha direktivalari, buyruqlari, qarorlari va farmoyishlari barcha tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini va hududlarni zamonaviy qirgʻin vositalari qoʻllanilishi oqibatlaridan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishga oid harakatlarni muvofiqlashtirish tegishli hududlar, tarmoqlar va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi boshliqlari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini, ularning moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinchlik davrida va urush davrida davlat iqtisodiyoti faoliyat koʻrsatishi barqarorligini taʼminlash tadbirlari ishlab chiqilishiga va oʻtkazilishiga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ularda yashayotgan aholi soniga va davlat iqtisodiyotida muhim rol oʻynovchi yoki aholi xavfsizligiga taʼsir koʻrsatuvchi tashkilotlar mavjudligiga koʻra fuqaro muhofazasi boʻyicha guruhlarga, shuningdek, tashkilotlarni davlat iqtisodiyotidagi roli yoki aholi xavfsizligiga taʼsiriga koʻra fuqaro muhofazasi boʻyicha toifalarga kiritish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi tizimini urush davri sharoitiga oʻtkazish, evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya inshootlarini va fuqaro muhofazasi boshqa obyektlarini barpo etish tartibini, shuningdek yakka muhofazalanish vositalari, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil vositalar zaxiralarini toʻplash, saqlash va ulardan foydalanish shartlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Fuqaro muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasi loyihasini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy qismlar va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshqarilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi ehtiyojlarini koʻzlab zarur qurol-aslahalar, texnika, muhofazalanish vositalari va boshqa moddiy-texnika vositalari yetkazib berilishi uchun davlat buyurtmasi loyihasini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabar berishni tashkil etish va fuqaro muhofazasi tizimini shay holatga keltirish boʻyicha direktiv hujjatlar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarining jangovarlik hamda safarbarlik tayyorgarligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tarkib va aholi fuqaro muhofazasi sohasida oʻrgatilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Vazirliklar va idoralarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini ishlab chiqadilar va ularning amalga oshirilishiga rahbarlik qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar zamonaviy qirgʻin vositalaridan himoyalanish usullariga va urush davri sharoitidagi harakatlarga tayyorlanishi va oʻrgatilishini tashkil etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy qirgʻin vositalari taqdid solganda va qoʻllanilganda tarmoq xodimlarini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urush davrida tarmoq va xalq xoʻjaligi obyektlari barqaror ishlashini taʼminlash tadbirlarini ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarni xavfsiz zonalarga evakuatsiya qilish rejalari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi moddiy-texnika, tibbiy va boshqa xil vositalar zaxiralarini yaratadilar hamda ularning toʻplanishi, saqlanishi, yangilab borilishi va qoʻllanishga shay holatda saqlab turilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq fuqaro muhofazasi ahvoli toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot taqdim etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabar berish tizimini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalarini vujudga keltiradilar hamda ularni doimiy shay holatda saqlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasining holatini nazorat qilib boradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi rejalarini ishlab chiqadilar va ularning tegishli hududda amalga oshirilishiga rahbarlik qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududdagi tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan fuqaro muhofazasi tadbirlarining bajarilishini tashkil etadilar va nazorat qilib boradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tayyorlanishini hamda shay holatda saqlab turilishini taʼminlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar rahbarlari va aholining zamonaviy qirgʻin vositalari qoʻllanilgan paytdagi himoyalanish usullariga oʻrgatilishini tashkil etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy qirgʻin vositalari qoʻllanilgan sharoitda aholi hayot faoliyatining taʼminlanishini kafolatlovchi fuqaro muhofazasiga oid mol-mulk, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil zaxiralar hajmlarini belgilaydilar hamda ularning toʻplanishi, saqlanishi, yangilab borilishi va shay holatda saqlab turilishi uchun javob beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urush davrida, idoraviy boʻysunuvidan qati nazar, tashkilotlarning barqaror ishlashini taʼminlash tadbirlarini tashkil etadilar va amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi sohasida axborotlar yigʻish va almashinishni, shuningdek zamonaviy qirgʻin vositalarining qoʻllanilish tahdidi yoki qoʻllanilganligi toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida xabardor qilinishini taʼminlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini evakuatsiya qilish va boʻlib-boʻlib joylashtirishga, uning xavfsiz zonalarga oʻrnashib olishiga tayyorgarlik koʻrish hamda shu ishlarni tashkil etish, davolash muassasalari va boshqa tashkilotlar ishini yoʻlga qoʻyish tadbirlarini amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni tashkil etadilar va amalga oshiradilar, oʻz tasarruflaridagi hududda jamoat tartibi saqlanishini taʼminlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtiradilar va amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urush davrida barqaror ishlashni taʼminlash tadbirlarini amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xodimlarini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida vujudga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga oʻrgatishni amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabar berish mahalliy tizimlarini yaratadilar va ularni foydalanishga doimo shay holatda saqlab turadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi oʻz majburiyatlarini bajarishlari uchun zarur sharoit yaratadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnika, tibbiy va boshqa xil vositalarning zaxiralarini yaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Potensial xavfli ishlab chiqarish obyektlariga ega boʻlgan, shuningdek muhim mudofaa va iqtisodiy ahamiyatga molik tashkilotlar fuqaro muhofazasi tuzilmalarini yaratadilar va ularni doimo shay holatda saqlab turadilar. Bunday tashkilotlarni belgilash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning zamonaviy qirgʻin vositalari qoʻllanilgan paytdagi himoyalanish usullariga oʻrgatilishiga koʻmaklashadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy harakatlar olib borilishi bilan bogʻliq yoki shu harakatlar oqibatida xavflarning yuzaga kelishi tahdid etgan taqdirda tegishli hududdagi fuqarolar xabardor qilinishini tashkil etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining hayot faoliyati taʼminlanishi sohasida tadbirlar tayyorlanishi va bajarilishini amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarni amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. FUQAROLARNING FUQARO MUHOFAZASI SOHASIDAGI HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz hayoti, sogʻligʻi va mol-mulki harbiy harakatlardan muhofazalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan tekin foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy harakatlar kechayotgan joylarda oʻzlari yoʻliqishlari mumkin boʻlgan xavf darajasi va zarur xavfsizlik choralari toʻgʻrisida axborot olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar fuqaro muhofazasi sohasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy harakatlardan jabrlanganlarga ularning hayot faoliyatini taʼminlash uchun zarur sharoitlar yaratiladi, tibbiy, moddiy-moliyaviy va boshqa xil yordam koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunga va fuqaro muhofazasi sohasidagi boshqa qonun hujjatlariga rioya qilishlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etishlari va tegishli tayyorgarlikdan oʻtishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi signallarini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jabrlanganlarga dastlabki tibbiy va boshqa xil yordam koʻrsatishni bilishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlariga, shuningdek tashkilotlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni hal etishda koʻmaklashishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi obyektlari va mol-mulkini asrab-avaylashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi sohasida fuqarolarning zimmasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar fuqaro muhofazasi sohasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega boʻladilar va majburiyatlarni bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Aholi va mutaxassislarni fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari, oliy oʻquv yurtlari, ishlab chiqarish va yashash joylarda aholini fuqaro muhofazasi sohasida oʻrgatish umumiy va majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi sohasida rahbarlar va mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash malaka oshirish muassasalari, maxsus oʻquv-uslubiyot markazlarida, kurslarda, shuningdek ish joyida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi sohasidagi bilimlarni targʻib etish davlat organlari, shuningdek odamlarni muhofaza qilish va qutqarish borasidagi tegishli jamoat birlashmalari tomonidan taʼminlanadi. Bilimlarni targʻib etish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. FUQARO MUHOFAZASI XIZMATLARI VA KUCHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Fuqaro muhofazasi xizmatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlari bajarilishini taʼminlash hamda ushbu maqsadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat, tuman, shahar, shuningdek obyekt fuqaro muhofazasi xizmatlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi xizmatlarining roʻyxati, shuningdek ular toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Fuqaro muhofazasi kuchlarining tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi qoʻshinlari tuzilmalaridan tarkib topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tarkibi, uning tarkibiy tuzilishi, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalari faoliyatining boshqa masalalari Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshligʻi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qutqaruv tuzilmalari, qismlari va boʻlinmalari ham jalb etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Fuqaro muhofazasi qoʻshinlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasi qoʻshinlari Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi qoʻshinlarining urush davridagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararlanish oʻchoqlarida va zaharlanish zonalarida muhandislik, radiatsion, kimyoviy va boshqa qidiruv turlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini va xalq xoʻjaligi obyektlarini evakuatsiya qilishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi hayot faoliyatini taʼminlash obyektlarini tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi qoʻshinlarining faoliyati, ularni butlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Fuqaro muhofazasi tuzilmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun hududiy-ishlab chiqarish prinsipiga koʻra tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻysunuviga koʻra — hududiy (viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi) hamda obyekt (xalq xoʻjaligi obyektlaridagi) tuzilmalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan vazifasiga koʻra — umumiy maqsaddagi (zararlanish oʻchoqlarida qutqaruv ishlarini olib borish uchun) tuzilmalarga va maxsus tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar (qidiruv ishlarini olib borish, tibbiy yordam koʻrsatish, yongʻinlarning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni oʻchirish, jamoat tartibini saqlash va hokazo) tuzilmalariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi tuzilmalariga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari: 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar, 18 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar qabul qilinadi, safarbarlik koʻrsatmasiga ega boʻlgan harbiy xizmatga majburlar, I, II, III guruh nogironlari, homilador ayollar, sakkiz yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollar, shuningdek uch yoshga toʻlmagan bolalari bor, oʻrta yoki oliy tibbiy maʼlumotli ayollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. FUQARO MUHOFAZASINI MOLIYAVIY TAʼMINLASH. FUQARO MUHOFAZASI OBYEKTLARI VA MOL-MULKI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Fuqaro muhofazasini moliyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasini moliyalash vazirliklar, idoralar va ular tasarrufidagi budjetdagi tashkilotlarda, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda tegishincha respublika yoki mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan, tashkilotlarda esa — oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasini moliyalash ijtimoiy fondlarning mablagʻlari, fuqarolarning ixtiyoriy badallari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Fuqaro muhofazasi qoʻshinlarining asosiy fondlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy shaharchalarning turar joylari va imoratlari, fuqaro muhofazasi harbiy qismlarining oʻquv-moddiy bazasi obyektlari, moddiy va texnik vositalari davlat mulki boʻlib, fuqaro muhofazasi qoʻshinlarining asosiy fondlarini tashkil etadi. Fuqaro muhofazasi qoʻshinlari koʻrsatib oʻtilgan va oʻzlariga ajratilgan boshqa mol-mulkka nisbatan tezkor boshqaruv huquqidan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi qoʻshinlarini joylashtirish va ularning doimiy faoliyati uchun yer uchastkalari, joylar, omborlar va boshqa obyektlar tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ularga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Fuqaro muhofazasi obyektlari va mol-mulki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi obyektlari va mol-mulki jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyat va boshqaruv organlarining himoya inshootlari hamda yer usti binolari kompleksiga ega boʻlgan boshqaruv punktlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasining alohida va tutash qurilgan himoyalanish, radiatsiyadan saqlanish joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk va texnika saqlanadigan omborxona binolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka muhofazalanish vositalari, radiatsion, kimyoviy qidiruv va dozimetrik nazorat priborlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa va xabar berish vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki boʻlgan, shuningdek fuqaro muhofazasi maqsadida foydalanish uchun tashkilotlarning mablagʻlari hisobiga yaratilgan yoki sotib olingan boshqa moddiy-texnika vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi tadbirlarini taʼminlash uchun davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar tomonidan fuqaro muhofazasi mol-mulki zaxiralari yaratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlarning boshqaruv tarkibiy tuzilmalari va xoʻjalik yuritish faoliyati shakllari oʻzgargan taqdirda, ular zimmasida fuqaro muhofazasi obyektlari va mol-mulkidan belgilangan maqsadda foydalanish, shuningdek bunday obyektlar hamda mol-mulklarni hosil etish va toʻplash topshiriqlari qolaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi obyektlarini barpo etish va mol-mulkidan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 26-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 151-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)