11.07.2017 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga amal qilinmaganligi sababli apellatsiya instansiyasi ajrimi bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun shu instansiya sudiga yuborildi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudining 2015-yil 3-iyundagi hukmiga koʻra, B. Jinoyat kodeksining 267-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan 10 yil, 137-moddasi 2-qismi “b, v” bandlari bilan 5 yil, 138-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari bilan 3 yil, 110-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan 2 yil, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 10 yil, 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan 8 yil, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D. Jinoyat kodeksining 267-moddasi 3 qismi “v” bandi bilan 10 yil, 137-moddasi 2-qismi “b, v” bandlari bilan 5 yil, 138-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari bilan 3 yil, 110-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan 2 yil, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 10 yil, 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan 8 yil, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida 10 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D., B. va R.dan jabrlanuvchi A. foydasiga solidar tartibda 157.182.615 soʻm undirish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi apellatsiya instansiyasining 2015-yil 16-iyuldagi ajrimi bilan hukmning D. va B.ga oid qismi oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hukmiga koʻra, B. 2012-yil bahor faslida A. bilan tanishib qoladi. A.ning tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi bois pul mablagʻi va mol-mulkka ega ekanligini bilgani holda, D., R. va tergovda shaxsini aniqlash imkoni boʻlmagan S. ismli shaxslar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh boʻlib, jinoiy qilmishga qoʻl urishadi. Yaʼni 2015-yil 24-fevral kuni taxminan soat 16 larda restoran oldida S. A. bilan uchrashadi va uning boshqaruvidagi “Kaptiva” rusumli avtomashinada uni aldab, chalgʻitib turgan paytda D. bilan H. yetib keladi. Shundan soʻng ular A.ni avtomashinadan zoʻrlab tushirib, ularning O. ismli tanishidan 200.000 AQSh dollari qarzi borligini aytib, urib-doʻpposlab, pichoq tirab qoʻrqitishadi, koʻrish qobiliyatini cheklash maqsadida yuzini bosh kiyim bilan yopib qoʻyishadi. Keyin esa, ular A.ning oyoq-qoʻlini bogʻlab, avtomashinaning orqa oʻrindigʻiga oʻtqazishadi-da, olib qochib ketishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. jinoiy sheriklari D., R. va S. bilan jinoiy harakatlarini davom ettirib, A.ni oʻziga tegishli xonadonga olib borishadi va uni urib-doʻpposlab, jismoniy qiynoqqa solishadi. Ayni shu paytda jinoiy guruhning yana bir aʼzosi D. yetib keladi. Shundan soʻng B. bilan D. A.ning oyoq-qoʻllarini arqon bilan qayta bogʻlab, jismoniy azob berishadi va 200.000 AQSh dollari bermasa, oila aʼzolarini oʻldirib ketish va videotasvirga tushirib, ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan taqdirda, internet orqali tarqatib yuborish bilan qoʻrqitishadi. Keyin esa, ular A.ning oʻzlariga nisbatan daʼvosi yoʻqligi, tan jarohatini oʻzi olganligi haqida gapirtirib, videotasvirga olishadi. Bu ham yetmaganidek, jinoiy sheriklar ojiz ahvoldagi A.dan hech qanday daʼvosi yoʻqligi haqida tilxat ham yozdirib olishadi. Qisqasi, jinoiy guruh aʼzolari A.ni mulkini beradigan ojiz ahvolga solib qoʻyib, 2015-yil 25-fevral soat 23 larga qadar tutqunlikda saqlab kelishadi. Keyin esa, jinoiy guruh A.ni oʻz uyi oldiga olib kelib, talab qilingan pul mablagʻining 800.000 soʻmini tovlamachilik bilan qoʻlga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari B., D., R. va S. jinoiy harakatlarini davom ettirib, A.ga tegishli “Kaptiva” rusumli avtomashinaning yukxonasidagi qiymati 122.400.920 soʻmga teng boʻlgan 49.750 AQSh dollari va 30.000.000 soʻm hamda avtomashina salonidan 140.000 soʻmni yashirin ravishda oʻgʻirlab ketishgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud Plenumining 2014-yil 23-maydagi “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 4 bandida, ish boʻyicha hukm ish materiallarida maʼlum boʻlib qolgan barcha kamchiliklar toʻldirilgandan keyingina chiqarilishi, ish boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻliq va xolisona tekshirib chiqilishi, sudlanuvchini jinoyatni sodir qilganligini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan har bir dalil, JPKning 95-moddasiga muvofiq ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholanishi, sudlanuvchining aybdorligi (aybsizligi) toʻgʻrisidagi sudning xulosalariga zid boʻlgan dalillar hukmda nafaqat koʻrsatilishi, balki sud tomonidan nima uchun ular ishonchsiz deb topilganligi va rad etilganligi sabablari asoslantirilgan boʻlishi, hukmda sudlanuvchining jinoiy harakatlarini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan dalillarga asoslanganda, sud ularning mazmunini yoritishi va tegishli baho berishi, agar ish boʻyicha jinoyat sodir qilganlikda bir necha nafar sudlanuvchi ayblanayotgan yoki sudlanuvchi bir nechta jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblanayotgan boʻlsa, sud hukmda har bir sudlanuvchiga nisbatan hamda har bir ayblov boʻyicha dalillar keltirishi va tahlil qilib chiqishi hamda xulosa qilishi, 24-bandida esa, jinoyatni jinoyat qonunining u yoki bu moddasi, uning qismi yoki bandi bilan tavsiflash boʻyicha sudning asoslantirilgan xulosasi ayblov hukmining tavsif qismining muhim belgisi hisoblanishi, bunda sudlanuvchining harakatlari nima uchun aynan shu modda, qism, band bilan tavsiflanayotganligi aniq koʻrsatilishi kerakligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha Plenum qarori tushuntirishlariga rioya qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, sud ishning haqiqiy holatlarini har tomonlama, toʻliq va xolisona tekshirib chiqmasdan B., D. va R. ni jabrlanuvchi A.ning juda koʻp miqdordagi pulini yashirin ravishda oʻgʻirlik yoʻli bilan talon-toroj qilganlikda aybdor deb topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud B., D., R.ni A.ga tegishli “Kaptiva” rusumli avtomashinaning yukxonasidan qiymati 122.400.920 soʻmga teng boʻlgan 49.750 AQSh dollarini va 30.000.000 soʻmni, shuningdek, avtomashina salonidan 140.000 soʻmni yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganlikda aybdor deb topishda jabrlanuvchi A.ning 2015-yil 24-fevral kuni tanishi A. unga savdodan tushgan 49.750 AQSh dollari va tovar uchun bergan 30.000.000 soʻmni avto mashinaning yukxonasiga joylashtirib, ustiga mato tashlab qoʻygani, keyin esa, u B. bilan “Sanʼatkor” toʻyxonasi oldida uchrashishga kelgani, ular uni bir kun ushlab turib, urib qiynashgani, ertasi kuni qoʻyib yuborishgani, shundan soʻng avtomashinadagi pullari yoʻqolganligini bilgani haqidagi hamda guvoh T.ning sudda, 2015-yil 24-fevral kuni A.ga 49.750 AQSh dollari va 30.000.000 soʻm pul berganligi haqidagi koʻrsatmalarini asos qilib olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchilar B., D. va R. dastlabki tergov va sudda A.ga tegishli “Kaptiva” rusumli avtomashinadan hech qanday pul olishmagani, A. ularga tuhmat qilayotganligi haqida koʻrsatma berishgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hukmida ushbu epizod boʻyicha jabrlanuvchi A. va guvoh T.ning koʻrsatmalarining ishonchli ekanligini baholash maqsadida A. bilan B. yoki D.lar oʻrtasida pul mablagʻi boʻyicha qarzdorlik munosabati bor yoki yoʻq ekanligini, shuningdek, juda koʻp miqdordagi chet el valyutasining kelib chiqish manbaini, xususan, qanday turdagi savdo tushumi ekanligini tekshirmasdan, sudlanuvchilar B., D. va R.ning koʻrsatmalarini ishonchga sazovor emas, deb baholash hamda bu vajlarni rad qilish haqida barvaqt xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishiga guvoh T. tomonidan 2016-yil 2-mart kunidagi koʻrsatmasi qoʻshilgan boʻlib, unda A.ga 49.750 AQSh dollari va 30.000.000 soʻm pul bermagani, A. undan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.0 AQSh dollari qarz boʻlib, shunday koʻrsatma bergan taqdirda, qarzini qaytarishini aytgani uchun yolgʻon koʻrsatma berganligini bayon qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari ish boʻyicha jabrlanuvchi A. sud hukmiga koʻra, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari bilan Jinoyat kodeksining 60, 61-moddalari tartibida 3 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlangan D.ning otasi R. esa, ushbu ish boʻyicha jabrlanuvchi deb eʼtirof etilib, oʻz koʻrsatmasida A. 17.000.000 soʻm qarzini 2011-yildan buyon bermay kelayotganligi sababli oʻgʻli D. va jiyani B.lar A. bilan janjallashib qolishganini bayon qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari sudning hukmi bilan A. jabrlanuvchi R.ga oʻgʻli va jiyanini qamoqdan chiqarib berishga vaʼda qilib, uni aldab, 4.200 AQSh dollari hamda 2.000.000 soʻmni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganlikda aybdor deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov organi va sud tomonidan A.ning koʻrsatmalari nechogʻlik ishonchga sazovor ekanligi tekshirib koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sud B. va boshqalarni jabrlanuvchiga nisbatan jismoniy zoʻrlik ishlatgan holda tovlamachilik jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topgan boʻlsada, bir vaqtning oʻzida ularning harakatlarini sogʻliqqa qarshi jinoyat sodir etish bilan ham kvalifikatsiya qilgan, ammo bunday xulosaga kelish sabablarini oʻz hukmida asoslantirmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari R. S. ismli shaxs oʻzining tanishi ekani, novvoychilik bilan shugʻullanishi haqida koʻrsatma bergan boʻlsada, tergov organi tomonidan S.ning shaxsini aniqlash yuzasidan biron-bir chora koʻrilmagan, oʻz navbatida, birinchi instansiya sudi ushbu holatni eʼtibordan chetda qoldirgan, jinoyat ishining shu shaxsga nisbatan ajratilgan qismi boʻyicha olib borilayotgan tergov harakatlari natijasi yuzasidan maʼlumot talab qilib olmagan, tergov organiga nisbatan tegishli munosabat bildirmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz navbatida, apellatsiya instansiyasi sudi ham yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrmagan, sudlanuvchilar tomonidan berilgan shikoyatlardagi vajlarga baho bermagan hamda sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini toʻliq hajmda (taftish tartibida) tekshirmasdan sud hukmini oʻzgarishsiz qoldirish haqida barvaqt xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat instansiyasi sudi ish boʻyicha chiqarilgan apellatsiya instansiyasining ajrimini bekor qilib, ishni yangidan shu instansiyasi sudida koʻrish uchun yubordi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat ishi 5-119-17-son