21.07.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2899
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining buyrugʻi, 21.07.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2899
Кучга кириш санаси
25.07.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 21-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2899]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 20-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
411-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining 2017-yil 20-iyundagi 411-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni hamda sifat boʻyicha ekspert-auditorlikka nomzodlarni (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya — muvofiqlikni baholash organlarining muayyan faoliyat sohasida muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarishga vakolatliligini akkreditatsiya organi tomonidan rasman tasdiqlash;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya — nomzodlarning nazariy bilim va kasbiy tayyorgarlik darajasini baholash jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifat boʻyicha ekspert-auditor — mazkur Nizomda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilgan, muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakaga ega boʻlgan mutaxassis;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy baholash — akkreditatsiya qilingan subyekt faoliyatining akkreditatsiya davrida belgilangan talablarga muvofiqligini akkreditatsiya siklida qayta baholash tartib-taomili;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyasi (bundan buyon matnda attestatsiya deb yuritiladi) ularning professional malakasi va kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, zimmasiga yuklangan vazifalar, funksiyalarni bajarish yuzasidan masʼuliyatini, sifatni baholash faoliyatining samaradorligini oshirish hamda sifat boʻyicha ekspert-auditorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini berish maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy maʼlumotli, muvofiqlik sertifikati va sifatni baholash sohasida uch yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlgan, sifatni baholash sohasida malaka oshirgan, shuningdek sertifikatlashtirishdan oʻtgan sohasi boʻyicha jami 4-marta akkreditatsiya va davriy baholashlarda ishtirok etgan mutaxassislar sifat boʻyicha ekspert-auditorlikka attestatsiyadan oʻtkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sifat boʻyicha ekspert-auditorlar har uch yilda bir marotaba attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Attestatsiya haqqoniylik, davriylik, oshkoralik va xolislik prinsiplariga qatʼiy rioya qilingan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Attestatsiya mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda tuziladigan Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi (bundan buyon matnda attestatsiya komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Attestatsiya komissiyasini tuzish va faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Attestatsiya komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) direktorining buyrugʻiga asosan Agentlik, Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi, “Oʻzbekiston standartlar instituti” davlat muassasasi, “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi, “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi va “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi mutaxassislari orasidan kamida toʻqqiz aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik direktori attestatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlikning Muvofiqlikni baholash boʻyicha texnik siyosatni amalga oshirish boshqarmasi attestatsiya komissiyasining ishini tashkil qiluvchi ishchi organi hisoblanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishchi organ quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtish uchun ariza topshirgan nomzodlarning hujjatlarini qabul qiladi va koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtish uchun ariza topshirgan nomzodlarni attestatsiya oʻtkazish joyi va kuni haqida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suhbat oʻtkazish uchun nomzodlarga beriladigan taxminiy savollarni tuzadi va attestatsiya komissiyasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sifat boʻyicha ekspertlar-auditorlar davlat reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya komissiyasining faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Attestatsiya komissiyasining yigʻilishi har uch oyda bir marotaba oʻtkaziladi, attestatsiyadan oʻtish uchun arizalar kelib tushmagan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Attestatsiya komissiyasining yigʻilishi attestatsiya komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Attestatsiya natijalari attestatsiya komissiyasining qarori bilan qabul qilinadi. Attestatsiya komissiyasining qarori bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va attestatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Attestatsiyadan oʻtish uchun hujjatlar taqdim etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nomzod attestatsiyadan oʻtish uchun attestatsiyadan oʻtish haqidagi ariza bilan Agentlikka murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha anketasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya va davriy baholashlarda ishtirok etganligini tasdiqlovchi buyruq nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyidan tavsifnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimni sertifikatlashtirilganligi toʻgʻrisidagi muvofiqlik sertifikati nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sifat boʻyicha ekspert-auditor Sifat boʻyicha ekspert-auditorning attestatsiyadan oʻtganligi haqida guvohnomaning (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin attestatsiyadan oʻtish haqidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hujjatlar kelib tushgan kunidan boshlab ikki kun muddatda attestatsiya komissiyasining ishchi organi tomonidan koʻrib chiqiladi. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda ishchi organ tomonidan nomzodga attestatsiyadan oʻtishga qoʻyishni rad etish asoslari koʻrsatilgan javob xati yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Attestatsiyadan oʻtishga qoʻyishni rad etish uchun asos boʻlgan kamchiliklar bir oy muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlar takroran koʻrib chiqish uchun taqdim qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Quyidagilar attestatsiyadan oʻtishga qoʻyishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlarni taqdim etish yoki mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyadan oʻtishga qoʻyishni boshqa asoslar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Nomzodlarni attestatsiyadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Attestatsiyaning oʻtkazilish joyi va vaqti toʻgʻrisida nomzod attestatsiya oʻtkaziladigan sanadan kamida oʻn kun oldin xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Attestatsiyadan oʻtish uchun hujjatlar taqdim etgan hamda attestatsiyaga uzrsiz sababga koʻra kelmagan nomzodlar attestatsiya komissiyasining navbatdagi majlisida attestatsiyadan oʻtkaziladi, bu haqda nomzod xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan takroran kelmagan nomzod attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblanadi va unga guvohnoma berish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Attestatsiya suhbat shaklida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzod bilan uning kasb faoliyatiga bogʻliq boʻlgan qonunchilik sohasi, shu jumladan muvofiqlikni baholash sohasida ish yuritish asoslari boʻyicha suhbat oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat jarayonida berilgan savollar va nomzodning javoblari (ip oʻtkazib belgilangan tartibda tikilgan va muhr bilan tasdiqlangan) maxsus jurnalda qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Attestatsiya komissiyasi nomzodning bilimlari va ish tajribasini hisobga olib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodni attestatsiyadan oʻtgan deb eʼtirof etish va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodni attestatsiyadan oʻtmagan deb eʼtirof etish va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Attestatsiya komissiyasining qarorlari attestatsiya komissiyasining majlisda hozir boʻlgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Ovoz berish nomzodning ishtirokisiz oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Attestatsiya natijalari ovoz berish jarayoni tamom boʻlgandan keyin darhol eʼlon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Attestatsiya komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan nomzodlar attestatsiya natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida Agentlik direktorining buyrugʻiga muvofiq tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga ariza (shikoyat) bilan murojaat qilishlari mumkin.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya komissiyasi tarkibiga kirmagan Agentlik, “Oʻzbekiston standartlar instituti” davlat muassasasi, “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi, “Oʻzbekiston standartlar instituti” davlat muassasasi muvofiqlikni baholash organlarining mutaxassislaridan besh kishidan iborat tarkibda tuziladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Nomzodning arizasi (shikoyati) roʻyxatga olingan kundan boshlab yetti kunlik muddatda koʻrib chiqiladi. Arizani (shikoyatni) koʻrib chiqish jarayonida nomzod ishtirok etishi mumkin. Nomzodning arizani (shikoyatni) koʻrib chiqish jarayonida ishtirok etmasligi uni koʻrib chiqmaslikka asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya komissiyasi qarorini oʻzgarishsiz qoldirish yoki uni bekor qilib, nomzod arizasini (shikoyatini) qanoatlantirish haqida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi qarori nusxasi nomzodga va attestatsiya komissiyasiga apellyatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan eʼtiboran ikki kun muddatda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Guvohnomani berish, uni qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sifat boʻyicha ekspert-auditorlikka attestatsiyadan oʻtgan xodimga ikki kun muddatda ushbu Nizomga 2-ilovasiga muvofiq shaklda guvohnoma beriladi va Sifat boʻyicha ekspertlar-auditorlar davlat reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning amal qilish muddati — uch yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, himoyalanganlik darajasiga, hisobga olish seriyasiga va tartib raqamiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish sifat boʻyicha ekspert-auditorining familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan taqdirda, uning arizasi asosida ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar sifat boʻyicha ekspert-auditor oʻz faoliyatini ilgari berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qayta rasmiylashtirilgan guvohnomada oldingi guvohnomada koʻrsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan boʻlishi kerak. Oldin berilgan guvohnoma bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Guvohnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda sifat boʻyicha ekspert-auditorining arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Dublikatni berishda sifat boʻyicha ekspert-auditorga Agentlik tomonidan “Dublikat” belgisi qoʻyilgan attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada koʻrsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilishi va dublikati berilishi uchun attestatsiyadan oʻtish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Attestatsiya komissiyasi qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎(Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi)

‎‎Sifat boʻyicha ekspert-auditorning attestatsiyadan oʻtganligi haqida
‎GUVOHNOMA

__________

№____________________

(seriyasi)‎

‎‎(milliy muvofiqlik belgisi)‎‎Sifat boʻyicha ekspertlar-auditorlar davlat reyestrida quyidagi raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazildi:
Ushbu bilan‎‎‎_________________________________________________________
‎‎(sifat boʻyicha ekspert-auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi)
____________________________________________________________________________________________
‎‎“Texnik jihatdan tartibga solish” agentligida attestatsiyadan oʻtganligi tasdiqlanadi
‎_____________________________________________________

‎‎(sifatni baholash sohasining nomi)

‎‎va u sifat boʻyicha ekspert-auditorlik faoliyatini yuritishi mumkin.
Guvohnoma‎_______________________________‎gacha amal qiladi.

‎‎(yil, kun va oy)

‎‎Attestatsiya komissiyasi raisi:‎‎_________________________________________________________

(imzo)‎

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

M.Oʻ.‎

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 718-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2899-1/4109-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)