19.07.2017 yildagi 518-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Fan va turmush” jurnali faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ–2789-son qarorida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan mamlakatimiz ilm-fani, ilmiy salohiyati, fan va texnika sohasidagi yutuqlarini ommalashtirish va targʻib qilish borasida Akademiyaning “Fan va turmush” jurnali alohida ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda, jurnal faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan va turmush” jurnalining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizning ilm-fan, ilmiy salohiyat, fan va texnika sohasidagi yutuqlarini ommalashtirish va targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnika sohasidagi eng dolzarb yangiliklarning mohiyatini ilmiy-ommabop shaklda xalqimizga, ayniqsa yosh avlodga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirish yoʻlida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatidan, ilm-fanning taʼlim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlardan aholini, ayniqsa yosh avlodni muntazam xabardor qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish uchun xizmat qiladigan yangi texnologiyalarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish sohasida amaliy ahamiyatga ega boʻlgan ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar ishlab chiqarilishini targʻib qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan va turmush” jurnali” davlat unitar korxonasining (keyingi oʻrinlarda Jurnal tahririyati deb ataladi) faoliyatini moliyalashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuv, obuna va reklamadan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar, jumladan, maqsadli grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlarning, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Homiy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Fan va turmush” jurnali faoliyatini yanada takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun unga homiylik xayriyalari ajratish toʻgʻrisidagi takliflari ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati Jurnal tahririyatiga “Damas” rusumli avtomobil ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, “Damas” rusumli avtomobilni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar Jurnal tahririyatiga ushbu qarorga muvofiq ajratilayotgan homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Jurnal tahririyatining yangilangan tuzilmasini va ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jurnal tahririyati faoliyatini tubdan takomillashtirish, shu jumladan tahririyat kengashi tarkibiga akademiklar, respublikaning yirik olimlari va iqtisodiyotning real sektori vakillarini kiritish, Jurnal tahririyati faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, uning ruknlarini kengaytirish va maqolalar sifatini oshirish orqali obunachilar sonini koʻpaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 19-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
518-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 518-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Fan va turmush” jurnali faoliyatini yanada takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun unga homiylik xayriyalarini ajratayotgan homiy tashkilotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

mln soʻm

T/r

Homiy tashkilotning nomi

Homiylik xayriyalarining miqdori

1.

“Oʻzbekneftgaz” AJ

25,0

2.

“Oʻzpaxtayogʻ” AJ

25,0

3.

“Oʻzfarmsanoat” DAK

25,0

4.

“Navoiy kon-matallurgiya kombinati” DK

25,0

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 701-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)