14.07.2017 yildagi 497-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtashi tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtashi tartibini takomillashtirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilgan fuqarolarning ijtimoiy muhofazasini taʼminlash, pul badallarini toʻlagan, lekin harbiy yigʻinlarni oʻtamagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining vafoti munosabati bilan ularning yaqin qarindoshlarini, vorislarini yoxud vasiylarini maʼnaviy va moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori asosida fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda pul badallarini toʻlashi va xizmat davrida bir marta bir oylik harbiy yigʻinlarda xizmatni oʻtashi safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmat qilish sharti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2015-yil 16-sentabrda Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 267-son qarori qabul qilingan, unga muvofiq safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi vafot etgan taqdirda toʻlangan pul badallari uning yaqin qarindoshiga, merosxoʻriga, vasiysiga yoki homiysiga qaytariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining statistik maʼlumotlariga koʻra 2015-yil sentyabr oyigacha boʻlgan davrda 233,5 mln soʻm miqdorida pul badallarini toʻlagan, lekin vafoti munosabati bilan harbiy yigʻinlarni oʻtamagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining soni 244 nafarni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2015-yil 16-sentabrdagi 267-son qarori kuchga kirgungacha davrda pul badallarini toʻlagan, lekin vafoti (halok boʻlishi) munosabati bilan harbiy yigʻinlarni oʻtamagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining yaqin qarindoshlari, merosxoʻrlari, vasiylari yoki homiylarining murojaatlari boʻyicha toʻlangan pul badallari Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtashi tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda qaytarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vafot etgan (halok boʻlgan) safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining yaqin qarindoshlari, merosxoʻrlari, vasiylari yoki homiylariga ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq qaytarilgan pul badallari toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtashi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 17-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-bandning uchinchi xatboshidagi “I yoki II guruh nogironligi” soʻzlari “I, II yoki III guruh nogironligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92-bandning birinchi xatboshidagi “I yoki II guruh nogironi (layoqatsiz)” soʻzlari “I, II yoki III guruh nogironi (layoqatsiz)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 14-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
497-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 28-son, 666-modda)