16.09.2015 yildagi 267-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olingan shaxslarning harbiy hisobini yuritish boʻyicha mudofaa ishlari organlarining faoliyatini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 17-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” Maxsus hisob raqamidagi mablagʻlar hisobidan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining hisobini yuritish boʻyicha qoʻshimcha xodimlar soniga har yili ish haqi toʻlash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 16-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
267-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-sentabrdagi 267-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirdagi uchta xatboshi sifatida bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“harbiy yigʻinlardan oʻtish davrida, ularni oʻtkazish joyiga borish va qaytishga ketadigan vaqtni qoʻshib hisoblaganda, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining ish joylarida ularning ish oʻrni (lavozimi) saqlab turiladi. Harbiy yigʻinlarga yuborilganlik haqidagi maʼlumotnoma olingan kundan boshlab harbiy yigʻinlardan qaytgunga qadar boʻlgan davrda koʻrsatib oʻtilgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin emas, korxonaning tugatilishi holatlaridan tashqari. Agar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi harbiy yigʻinlar vaqtida kasallanib qolgan boʻlib, ular tugagandan keyin ham tuzalmayotgan boʻlsa uning ish oʻrni (lavozimi) saqlab turiladi, harbiy yigʻinlar tugagan kundan boshlab esa qonun hujjatlariga muvofiq vaqtinchalik ishga yaroqsizligi boʻyicha nafaqa toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar tomonidan toʻlanadigan mablagʻlar Moliya vazirligining ochiladigan “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari Maxsus hisob raqamida (keyingi oʻrinlarda Maxsus hisob raqami deb ataladi) jamlanadi hamda muddatli xizmat harbiy xizmatchilarining pul taʼminotini oshirishga, ularning yashash sharoitlarini yaxshilashga, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining hisobini yurituvchi xodimlarning mudofaa ishlari organlaridagi taʼminotiga, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olingan shaxslar bilan harbiy yigʻinlar oʻtkazishga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa ishlari organlaridagi safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining hisobini yurituvchi qoʻshimcha xodimlar soni har yili Maxsus hisob raqamining balansi tasdiqlanayotganda belgilanadi. Bunda yangi moliya yilida Maxsus hisob raqamining balansi tasdiqlangunga qadar ularga ish haqi toʻlash oʻtgan moliya yilida belgilangan xodimlar soni doirasida amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toʻrtinchi xatboshidagi “15-dekabrgacha” soʻzlari “15-martgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“har yili Maxsus hisob raqamining balansi tasdiqlangunga qadar kelgusi moliya yilining 25-dekabrigacha Maxsus hisob raqami mablagʻlaridan toʻlanadigan xarajatlarning vaqtinchalik smetalarini roʻyxatga olish nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Maxsus hisob raqami balansini tasdiqlash vaqtida Mudofaa vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Maxsus hisob raqamidagi mablagʻlar hisobidan mudofaa ishlari organlaridagi safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining hisobini yurituvchi qoʻshimcha xodimlar soniga ish haqi toʻlash nazarda tutilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) beshinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi ikkinchi jumla quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda shartnomada koʻrsatilgan pul badalining miqdori oʻzgartirilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 9-banddagi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi mazmundagi 91, 92 va 93-bandlar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“91. Pul badallarini toʻlagan, biroq harbiy yigʻinlardan oʻtmagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining toʻlagan pul badallari belgilangan tartibda quyidagi holatlarda qaytarib beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi harbiy xizmatga yaroqsiz deb eʼtirof etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan I yoki II guruh nogironligi berilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi vafot etgan taqdirda toʻlangan pul badallari uning yaqin qarindoshiga, merosxoʻriga, vasiysiga yoki homiysiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha toʻlangan, shuningdek Maxsus hisob raqamiga yanglish oʻtkazilgan pul badallari mazkur Nizomning 92 va 93-bandlarida belgilangan tartibda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa holatlarda Maxsus hisob raqamiga oʻtkazilgan pul badallari qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. TMEK tomonidan I yoki II guruh nogironi (layoqatsiz) deb topilgan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi yoki belgilangan tartibda berilgan ishonchnoma asosida uning nomidan ish koʻrayotgan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining layoqatsiz deb topilgan ishonchli vakili yoki vafot etgan (halok boʻlgan) safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining yaqin qarindoshi (merosxoʻri, vasiysi yoki homiysi) TMEK xulosasining (oʻlganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning) nusxasi, Maxsus hisob raqamiga badallar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi tomonlarning imzolari qoʻyilgan shartnomaning, shuningdek yaqin qarindoshlik aloqalarini (merosxoʻrlik huquqini, vasiylikni yoki homiylikni) tasdiqlovchi tegishli hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda (harbiy hisobga qoʻyilgan joyidagi) mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining nomiga toʻlangan pul badallarini qaytarish haqida (toʻlangan pul summasini koʻrsatgan holda) ariza beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus hisob raqamiga pul badallarini toʻlagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi toʻlangan pul badallari toʻgʻrisidagi kvitansiyalarning (toʻlov topshiriqnomasining) nusxalarini ilova qilgan holda (harbiy hisobga qoʻyilgan joyidagi) mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining nomiga ortiqcha toʻlangan pul badallarini qaytarish haqida (toʻlangan va ortiqcha toʻlangan pul summasini koʻrsatgan holda) ariza beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa ishlari boʻlimi toʻlangan pul badallarini qaytarish haqida berilgan arizani koʻrib chiqadi va arizada koʻrsatilgan pul summasini hisob maʼlumotlari bilan taqqoslaydi (arizada koʻrsatilgan pul summasi bilan hisob maʼlumotlari oʻrtasida tafovut mavjud boʻlgan hollarda mudofaa ishlari boʻlimi aniqlangan tafovut haqida ariza bergan shaxsni xabardor qiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada koʻrsatilgan pul summasini taqqoslab koʻrgandan soʻng mudofaa ishlari boʻlimi taqdim etilgan hujjatlarni uch ish kuni mobaynida mudofaa ishlari boshqarmasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa ishlari boshqarmasi mudofaa ishlari boʻlimi taqdim etgan hujjatlarni koʻrib chiqqandan soʻng uch ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga toʻlangan pul badallarini qaytarish haqida iltimosnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vazirligi mudofaa ishlari boshqarmasi taqdim etgan hujjatlarni koʻrib chiqqandan soʻng uch ish kuni mobaynida Moliya vazirligiga tranzit hisob raqamiga toʻlangan pul badallarini qaytarish haqida xat yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqqandan soʻng uch kun muddatda arizada koʻrsatilgan pul summasini, toʻlov taqdimnomasining “Toʻlov tafsilotlari” satrida Mudofaa vazirligidan yuborilgan xatning sanasi va raqamini, tuzilgan shartnomaning raqamini, pul mablagʻlarini oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatgan holda Maxsus hisob raqamidagi pul mablagʻlarini saqlash uchun Mudofaa vazirligining depozit hisob raqamiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vazirligi arizada koʻrsatilgan pul mablagʻlari Moliya vazirligidan Maxsus hisob raqamiga kelib tushgandan soʻng ularni mansubligiga koʻra harbiy okrugning tegishli moliya xizmatiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy okrugning moliya xizmati, Mudofaa vazirligidan Maxsus hisob raqamiga pul mablagʻlari kelib tushgandan soʻng, ularni mansubligiga koʻra tegishli mudofaa ishlari boshqarmasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa ishlari boshqarmasi, harbiy okrugning moliya xizmatidan Maxsus hisob raqamiga pul mablagʻlari kelib tushgandan soʻng, ularni mansubligiga koʻra tegishli mudofaa ishlari boʻlimiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa ishlari boʻlimi, mudofaa ishlari boshqarmasidan Maxsus hisob raqamiga pul mablagʻlari kelib tushgandan soʻng uch kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza bergan shaxsga pul mablagʻlarini naqd pulda toʻlaydi yoki (ariza beruvchining roziligi bilan) plastik kartochkaga oʻtkazib beradi — pul badallari naqd pulda toʻlangan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarini ariza bergan shaxsning hisob raqamiga oʻtkazadi — pul badallari Maxsus hisob raqamiga jismoniy (yuridik) shaxslar tomonidan oʻtkazilgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa ishlari boʻlimi, uch ish kuni mobaynida, kvitansiyaning (toʻlov topshiriqnomasining) raqami va sanasini koʻrsatgan holda pul badallarining ariza bergan shaxsga toʻlanganligi (oʻtkazilganligi) haqida belgilangan tartibda mudofaa ishlari boshqarmasiga xabar qiladi hamda hisob maʼlumotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Maxsus hisob raqamiga pul mablagʻlarini yanglishib oʻtkazgan jismoniy (yuridik) shaxs, oʻtkazilgan pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi kvitansiyani (toʻlov topshiriqnomasini) ilova qilgan holda, yanglishib oʻtkazgan pul mablagʻlarini qaytarish haqida (toʻlangan pul summasini koʻrsatib) tegishli mudofaa ishlari boʻlim boshligʻi nomiga ariza beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa ishlari boʻlimi yanglishib oʻtkazilgan pul mablagʻlarini qaytarish haqida berilgan arizani koʻrib chiqadi va arizada koʻrsatilgan pul summasini hisob maʼlumotlari bilan taqqoslab koʻradi (arizada koʻrsatilgan pul summasi bilan hisob maʼlumotlarining oʻrtasida tafovut mavjud boʻlgan hollarda mudofaa ishlari boʻlimi aniqlangan tafovut haqida ariza bergan shaxsga xabar qiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa ishlari boʻlimi, arizada koʻrsatilgan pul summasini taqqoslab koʻrgandan soʻng, uch ish kuni mobaynida mudofaa ishlari boshqarmasiga taqdim etilgan hujjatlarni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa ishlari boshqarmasi, mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, uch ish kuni mobaynida yanglishib oʻtkazilgan pul mablagʻlarini qaytarish toʻgʻrisidagi iltimosnomani Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vazirligi, mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, uch ish kuni mobaynida Moliya vazirligiga tranzit hisob raqamiga yanglishib oʻtkazilgan pul mablagʻlarini qaytarish haqida xat yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi taqdim etgan hujjatlarni koʻrib chiqib, uch kun mobaynida arizada koʻrsatilgan pul summasini, toʻlov taqdimnomasining “Toʻlov tafsilotlari” satrida Mudofaa vazirligidan yuborilgan xatning raqami va sanasini, pul mablagʻlarini oluvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini (yoki yuridik shaxsning nomini) koʻrsatgan holda pul mablagʻlarini tranzit hisob raqamiga yanglishib oʻtkazilgan Xalq banki tegishli filialining alohida maxsus hisob raqamiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq bankining tegishli filiali yanglishib oʻtkazilgan pul mablagʻlarini Moliya vazirligidan alohida maxsus hisob raqamiga qabul qilib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari naqd pul bilan toʻlanganda — ularni ariza bergan shaxsga naqd pul mablagʻlari bilan toʻlaydi yoki (ariza bergan shaxsning roziligi bilan) plastik kartochkasiga oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻi jismoniy (yuridik) shaxslar tomonidan oʻtkazilganda — pul mablagʻlarini ariza bergan shaxsning bankdagi hisob raqamiga oʻtkazadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2-ilovaning 13-bandi birinchi xatboshidagi “15-dekabrgacha” soʻzlari “15-martgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2.4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2.4. Badal summasi shartnoma imzolangan kunda Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori asosida belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“toʻrt” soʻzi “uch” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 5.2-banddagi “notarial tasdiqlangan” soʻzlari “taraflar imzolagan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 37-son, 488-modda)