05.07.2017 yildagi 468-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi innovatsiya texnoparki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyundagi PF-5068-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahri hokimligi muassisi hisoblanadigan “Yashnobod” innovatsiya texnoparki direksiyasi” (keyingi o‘rinlarda “Yashnobod” texnoparki direksiyasi deb ataladi) davlat unitar korxonasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi “Yashnobod” innovatsiya texnoparki direksiyasi” davlat unitar korxonasining boshqaruv xodimlari soni 9 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” innovatsiya texnoparki (keyingi o‘rinlarda “Yashnobod” texnoparki deb ataladi) to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga “Yashnobod” texnoparki hududida amalga oshirilayotgan loyihalar soni ko‘payishiga ko‘ra “Yashnobod” texnoparki direksiyasi tuzilmasiga va xodimlari soniga o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, “Yashnobod” texnoparki direksiyasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparki rezidenti maqomini olish uchun yuridik va jismoniy shaxslardan buyurtmanomalar qabul qilinishini tashkil etadi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qarori asosida “Yashnobod” texnoparki rezidentlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi va ularni “Yashnobod” texnoparki rezidentlari reyestriga kiritadi va ularga rezident maqomi to‘g‘risida guvohnoma beradi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparki hududida investitsiyalash to‘g‘risida investorlar bilan bitimlar hamda “Yashnobod” texnoparki rezidentlari bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida shartnomalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparki rezidentlari uchun imtiyozli kreditlar olish maqsadida kafil sifatida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparki rezidentlarida innovatsiya loyihalarini amalga oshirishda paydo bo‘ladigan tashkiliy va boshqa masalalarni hal etish chora-tadbirlarini ko‘radi, shuningdek “Yashnobod” texnoparki rezidentlari va qatnashchilarining og‘zaki va yozma murojaatlarini qanoatlantirishda tezkor amaliy yordam ko‘rsatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparki rezidentlari tomonidan o‘zlariga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, keyinchalik uning natijalarini Toshkent shahri Yashnobod tumani hokimligiga va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etadi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida joylashgan va Toshkent shahri hamda Yashnobod tumani hokimliklari, shuningdek texnopark qatnashchilari tomonidan “Yashnobod” texnoparki direksiyasiga belgilangan tartibda berilgan ishlab chiqarish maydonlari, bino va inshootlarni o‘z vakolatlari doirasida operativ boshqaradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlar yoki rezidentlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qarorlari asosida, “Yashnobod” texnoparki hududida investitsiyalash to‘g‘risida investorlar bilan tuzilgan bitimlarni va investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida “Yashnobod” texnoparki rezidentlari bilan tuzilgan shartnomalarni bekor qilish uchun sudga da’vo arizalari bilan murojaat qiladi;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparki faoliyatini operativ boshqarish va rezidentlar tomonidan innovatsiya loyihalarining amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Yashnobod” texnoparkida amalga oshirish tavsiya etilayotgan innovatsiya loyihalari ro‘yxati 4-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Yashnobod” texnoparki rezidentlari faoliyatini moliyalashtirishning quyidagi mexanizmi belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqich — ilmiy tadqiqotlarning barcha bosqichlarini o‘tkazish — Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, innovatsiya ishlanmalari buyurtmachilari, asosiy foydalanuvchilari va donorlar mablag‘lari, shuningdek xalqaro moliya institutlari grantlari hisobiga;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich — tajriba loyihalarini amalga oshirish — innovatsiya ishlanmalarining buyurtmachilari va asosiy foydalanuvchilari mablag‘lari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqich — tajriba-sanoat jihatidan joriy etish — innovatsiya ishlanmalari buyurtmachilari, asosiy foydalanuvchilari va donorlar mablag‘lari, shuningdek tijorat banklari kreditlari va xalqaro moliya institutlari grantlari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi bosqich — tijorat jihatidan joriy etish — tijorat banklari kreditlari, xalqaro moliya institutlari kreditlari va donorlar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va “Yashnobod” texnoparki direksiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Muvofiqlashtiruvchi kengashga belgilangan tartibda tasdiqlash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiya loyihalarini tanlab olish mezonlarini belgilagan holda arizachilarning “Yashnobod” texnoparki rezidenti maqomini olishi uchun tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-2018-yillarda “Yashnobod” texnoparkini rivojlantirish tadbirlari Dasturini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qo‘yilsinki, “Yashnobod” texnoparki direksiyasi ta’minoti:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qaroriga ko‘ra belgilangan stavkalarni qayta ko‘rib chiqish huquqi berilgan holda “Yashnobod” texnoparki hududida tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan “Yashnobod” texnoparki rezidentlarining sof tushumning 0,1 foizi miqdoridagi har choraklik ajratmalari;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparki rezidentlari va qatnashchilariga xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki bo‘lgan hamda operativ boshqarish uchun belgilangan tartibda “Yashnobod” texnoparki direksiyasiga berilgan bino va inshootlarni ijaraga berishdan olingan tushumlarning bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparki direksiyasining o‘z mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha “Yashnobod” texnoparki direksiyasining 2017-yilgi ta’minoti uchun, keyingi yillarda uning o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tishi sharti bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahri hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n kun muddatda “Yashnobod” texnoparki direksiyasi ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparki direksiyasi faoliyatini tashkil etishda ko‘maklashsin hamda “Yashnobod” texnoparki direksiyasiga avtotransport vositalari, shuningdek ularni saqlashga tegishli limitlar ajratish yuzasidan belgilangan tartibda taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Yashnobod” texnoparki direksiyasi Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Majnuntol ko‘chasi, 5-uy manziliga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 5-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
468-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 468-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yashnobod innovatsiya texnoparki direksiyasi” davlat unitar korxonasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 9 nafar.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 468-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” innovatsiya texnoparki to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Yashnobod” innovatsiya texnoparkining maqsadi, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, funksiyalarini, shuningdek “Yashnobod” innovatsiya texnoparki faoliyatini boshqarish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” innovatsiya texnoparki (keyingi o‘rinlarda “Yashnobod” texnoparki deb ataladi) — o‘zaro, davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik qiluvchi, tadbirkorlik, investitsiya faoliyatini va ilmiy faoliyatni yuritish maqsadida zamonaviy texnologik va tashkiliy muhitni shakllantiruvchi ilm-fan va ta’limning tijorat va notijorat tashkilotlari, moliya institutlari va tadbirkorlarning integratsiyalashuvi shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnopark rezidenti — texnopark hududida texnoparkning mol-mulkidan, nomoddiy aktivlaridan, preferensiyalar va ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanadigan va belgilangan tartibda “Yashnobod” texnoparki rezidentlari reyestriga (keyingi o‘rinlarda Rezidentlar reyestri deb ataladi) kiritilgan, ilmiy ishlanmalarni, tadqiqotlarni, tajriba loyihalarini (keyingi o‘rinlarda investitsiya loyihasi deb ataladi) sanoatda, tijoratda joriy etishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnopark hududi — “Yashnobod” texnoparki direksiyasining operativ boshqaruvidagi, shuningdek texnopark rezidentlari tomonidan, Toshkent shahri bo‘yicha sobiq hudud prinsipini hisobga olgan holda innovatsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida foydalaniladigan ishlab chiqarish maydonlari, binolar, inshootlar va yer uchastkalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnoparkning faoliyat ko‘rsatish muddati — uzaytirish imkoniyati bilan 30 yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. “Yashnobod” texnoparkining maqsadi, ixtisoslashuvi, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Yashnobod” texnoparkini tashkil etishning maqsadi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiya mahsulotlari yaratishning barcha bosqichlarida, shuningdek mahalliy va xorijiy ishlanmalar va texnologiyalar asosida innovatsiya, yuqori texnologiyali va ilmtalab mahsulotlar ishlab chiqarish tashabbuskorlariga ko‘maklashishni nazarda tutadigan innovatsiya tadbirkorligini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnopark rezidentlari texnologiyalarini sanoatning turli sektorlariga berish, texnopark hududida ishlab chiqarishni tashkil etgan holda zamonaviy xorijiy va mahalliy texnologiyalarning transferini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik va xorijiy innovatsiya tadbirkorligini, olimlar va ishlanmalar yaratuvchilari jamoalarini xalqaro kooperatsiyaga kiritish masalalarini hal etish, eksportga yo‘naltirilgan innovatsiya ishlab chiqarishlarini jadal rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsiya tadbirkorligi, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish, shu jumladan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish sohasida samarali davlat-xususiy sherikchilikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Yashnobod” texnoparki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo texnologiyalari, biotexnologiyalar, farmatsevtika va tibbiyot biotexnologiyalari, o‘simliklarni himoya qilish vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materialshunoslik, metallarga ishlov berish texnologiyalari, seysmochidamlik, qurilish materiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat sanoati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani tejash, energiyaning muqobil va qayta tiklanadigan manbalarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron o‘lchov asboblari, robototexnika, mashinasozlik, elektrotexnika sohalarida ilmiy ishlanmalar va tadqiqotlar, sanoat-tajriba sinovlari o‘tkazishga va innovatsiya mahsulotlari namunalarini o‘zlashtirish uchun berishga ixtisoslashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparkining ixtisoslashuv sohasi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qarorlariga binoan kengaytirilishi mumkin.
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar “Yashnobod” texnoparki faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent tozaligini inobatga olgan holda innovatsiya ishlanmalarini, ichki va tashqi bozorlarda talab qilingan yuqori texnologiyali, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sanoat-tajriba va kichik innovatsiya korxonalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsiya ishlanmalarining sanoat-tajriba sinovlarini o‘tkazish va ulardan ishlab chiqarishda intellektual mulk obyektlaridan foydalanishda huquqiy muhofazani ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy xorijiy va mahalliy texnologiyalarni, mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida joriy etish imkoniyatini inobatga olgan holda ularning transferini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori texnologiyali va innovatsiya ishlab chiqarishlarini tashkil etishdan manfaatdor bo‘lgan, shuningdek ushbu maqsadlar uchun salohiyat va resurslarga ega bo‘lgan mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlanmalari samaradorligini oshirish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yuqori malakali mutaxassislarni, shuningdek ta’lim muassasalari talabalarni jalb etish maqsadida oliy ta’lim muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va ishlab chiqarish sohasi subyektlari bilan yaqin va amaliy o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsiya ishlanmalari natijalarini tegishli tarmoqlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning amaliy faoliyatiga keng joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Yashnobod” texnoparki faoliyatining asosiy yo‘nalishlari uning hududida quyidagi funksiyalarini bajarish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotlar va ishlanmalarni tijoratlashtirishga mo‘ljallangan kichik innovatsiya korxonalarini tashkil etish va rivojlantirishga, shuningdek boshlovchi tadbirkorlarga innovatsiya loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi va talabalarini, ilmiy tashkilotlar xodimlarini, alohida olimlar va mutaxassislarni tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilish, ularning g‘oya va loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnopark rezidentlariga keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek texnopark rezidentlariga ilmiy-texnik tadqiqotlar, ishlanmalar va ixtirolar natijalarini tijoratlashtirishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsiya menejmenti va innovatsiyalar marketingi sohasida tadbirkorlar va mutaxassislarni o‘qitishni va tayyorlashni tashkil etish, ularning kasbiy, huquqiy, iqtisodiy va boshqaruv bilimlari darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmtalab texnologiyalar va raqobatbardoshli mahsulotlar yaratishga yo‘naltirilgan ilmiy-texnik loyihalar va dasturlar ishlab chiqilishiga va ularning amalga oshirilishiga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoki tijoratlashtirishga ko‘maklashuvchi xorijiy va mahalliy moliya institutlari, tashkilotlar va yirik korxonalarning loyihalarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat, eksport, ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan hamda ilg‘or texnika va ilmtalab texnologiyalar asosida yangi mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan innovatsiya takliflarini tanlab olishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnopark rezidentlari va qatnashchilariga ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini o‘tkazishda, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish uchun laboratoriya, eksperimental-ishlab chiqarish maydonlarini, asbob-uskunalarni, shuningdek ofis, ishlab chiqarish, omborxona, o‘quv binolarini, konferens-zallar, auditoriyalar va boshqa binolarni shartnoma asosida ijaraga berish yo‘li bilan ularning natijalarini ishlab chiqarishda o‘zlashtirishda ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. “Yashnobod” texnoparki faoliyatini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Yashnobod” texnoparki faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyundagi PF-5068-son Farmonida belgilangan tashkilotlar “Yashnobod” texnoparkining qatnashchilari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruratga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining qarori asosida “Yashnobod” texnoparki qatnashchilari tarkibi yangi innovatsion, ilmiy-texnik va ishlab chiqarish jarayonlari integratsiyalashuvidan va qo‘shimcha vazifalar belgilanishidan kelib chiqib o‘zgartirilishi mumkin.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar hamda ilm-fan sohasida tegishli ilmiy bo‘linmalar va infratuzilmaga va texnologiyalarga, shuningdek ilgari suriladigan innovatsiya ishlanmalarini baholash va ekspertizadan o‘tkazish sohasida tajribaga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar “Yashnobod” texnoparki qatnashchilari bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar “Yashnobod” texnoparki qatnashchilarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparkini rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparki faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini va sohalarini, ularni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi muhokamasiga kiritish uchun belgilash;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda innovatsiya mahsulotlarini yaratishga buyurtmalarni shakllantirish;
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirish tavsiya etilayotgan innovatsiya loyihalari bo‘yicha, keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi majlislarida muhokama qilish uchun tanlab olish mezonlariga muvofiq xulosalar taqdim etish.
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparki direksiyasiga “Yashnobod” texnoparki faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va funksiyalariga muvofiq Direksiyaga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Texnopark faoliyatini operativ boshqarish Toshkent shahri hokimligi huzuridagi “Yashnobod innovatsiya texnoparki direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Direksiyaga O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparki direksiyasi direktorining o‘rinbosari va xodimlari “Yashnobod” texnoparki direksiyasining direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar “Yashnobod” texnoparki direksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnopark rezidenti maqomini olish uchun yuridik va jismoniy shaxslardan buyurtmanomalar qabul qilinishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining qaroriga asosan rezidentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularni Rezidentlar reyestriga kiritish, Texnopark rezidenti maqomi berilganligi to‘g‘risida guvohnoma (keyingi o‘rinlarda Guvohnoma deb ataladi) berish;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnopark rezidentlarini texnopark hududida joylashtirish, shuningdek “Yashnobod” texnoparki direksiyasi tomonidan belgilangan tartibda Rezidentlar reyestrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnopark rezidentlariga innovatsiya jarayoni va innovatsiya mahsulotlarini tijoratlashtirishning barcha bosqichlarida moliyalashtirishni, shu jumladan davlatning, ilmiy tashkilotlar va ta’lim muassasalarining, tadbirkorlik subyektlarining, tijorat banklarining, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning, venchur fondlarning, ijtimoiy moliyalashtirishning (kraudfanding) moliyaviy resurslarini va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘larni jalb etishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnopark rezidentlarining innovatsiya loyihalarini amalga oshirishi davomida, shu jumladan ularni texnopark hududida joylashtirishda, ushbu maqsadlar uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni ishlab chiqishda, ekspertizadan o‘tkazish va kelishishda, pudratchilarni tanlashda hamda qurilish pudrati shartnomalarini tuzishda, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirishda, zarur mehnat, energetika, tabiiy va boshqa resurslar bilan ta’minlashda tashkiliy va boshqa masalalarni hal etishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida joylashgan hamda Toshkent shahri hokimligi va Yashnobod tumani hokimligi, shuningdek “Yashnobod” texnoparki qatnashchilari tomonidan belgilangan tartibda “Yashnobod” texnoparki direksiyasiga berilgan bino va inshootlarni berilgan vakolatlar doirasida operativ boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparkida ishlash, “Yashnobod” texnoparki va uning rezidentlari muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va mulkiy komplekslariga xizmat ko‘rsatish uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsiya ishlanmalarini litsenziyalash, patentlash va kiritishda ko‘maklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlar mahsulotlarining xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etishda ko‘maklashish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qarorlari asosida ta’lim dasturlari va treninglar tashkil etish;
(13-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnopark rezidentlariga ularning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga belgilangan tartibda ulanishida ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro xamkorlikni va xorijiy innovatsiya texnoparklari tajriba almashishini amalga oshirish, “Yashnobod” texnoparkini rivojlantirish uchun xorijiy ekspertlarni jalb etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparki direksiyasi “Yashnobod” texnoparki faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va funksiyalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qarorlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
(13-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Yashnobod” texnoparki direksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparki hududida investitsiyalash to‘g‘risida investorlar bilan bitimlar tuzish hamda “Yashnobod” texnoparki rezidentlari bilan innovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli kreditlar olish maqsadida “Yashnobod” texnoparki rezidentlari uchun kafil bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan konsalting, muhandislik, logistika, ta’lim, servis, yuridik, marketing, ta’mirlash, savdo-maishiy, moliyaviy, foydalanish, vositachilik xizmatlari va xizmatlarning boshqa turlarini, shuningdek huquqiy muhofaza, intellektual mulkni himoya qilish va ulardan foydalanish sohasida patent-litsenziya kuzatuvi va xizmatlarini, shu jumladan chet tashkilotlarni jalb etgan holda ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnopark rezidentlari va qatnashchilariga, boshqa xo‘jalik subyektlariga “Yashnobod” texnoparki direksiyasiga operativ boshqarish uchun innovatsiya mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, xorijiy va mahalliy texnologiyalarning transfer qilinishini ta’minlagan holda yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni barpo etish, raqobatbardoshli, importning o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun belgilangan tartibda berilgan asbob-uskunalarni, laboratoriya, eksperimental-ishlab chiqarish maydonlarini, ofis, ishlab chiqarish, omborxona, o‘quv binolarini, konferens-zallar, auditoriyalar va boshqa binolarni shartnoma asosida ijaraga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsiya loyihalarini, shu jumladan moliyaviy resurslarni va “Yashnobod” texnoparki direksiyasining o‘z mablag‘larini jalb etish hisobiga tijoratlashtirish tashabbuskori (sherigi) bo‘lish, shuningdek texnopark rezidentlari innovatsiya loyihalarini tijoratlashtirish maqsadida grantlar olish uchun buyurtmanomalar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringini va texnopark investorlari va rezidentlari tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning zarur tarzda bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik ishlar natijalarini O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish
(14-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qarorlari asosida investorlar yoki rezidentlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda “Yashnobod” texnoparki hududida investitsiyalash to‘g‘risida investorlar bilan tuzilgan bitimlarni hamda “Yashnobod” texnoparki rezidentlari bilan tuzilgan innovatsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida shartnomalarni bekor qilish yuzasidan sudga da’vo arizalari bilan murojaat qilish.
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparki direksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi hamda faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tegishli faoliyat qonun hujjatlarida litsenziyalanishi belgilab qo‘yilgan taqdirda “Yashnobod” texnoparki direksiyasi faoliyatning ushbu turini tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida litsenziya olmasdan amalga oshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Yashnobod” texnoparki direksiyasi ta’minoti:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qaroriga ko‘ra belgilangan stavkalarni qayta ko‘rib chiqish huquqi berilgan holda “Yashnobod” texnoparki hududida tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan “Yashnobod” texnoparki rezidentlarining sof tushumning 0,1 foizi miqdoridagi har choraklik ajratmalari;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparki rezidentlari va qatnashchilariga xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki bo‘lgan hamda operativ boshqarish uchun belgilangan tartibda “Yashnobod” texnoparki direksiyasiga berilgan bino va inshootlarni ijaraga berishdan olingan tushumlarning bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparki direksiyasining o‘z mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Yashnobod” texnoparki direksiyasi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan “Yashnobod” texnoparkini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 15-bandida ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar “Yashnobod” texnoparkini rivojlantirish jamg‘armasining bank hisob raqamida jamlanadi hamda “Yashnobod” texnoparki infratuzilmasini va hududini, “Yashnobod” texnoparki direksiyasini va uning binolarini saqlash va rivojlantirishga, “Yashnobod” texnoparki direksiyasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga, shuningdek “Yashnobod” texnoparki faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va funksiyalariga muvofiq boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Yashnobod” texnoparkini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom, “Yashnobod” texnoparki direksiyasining shtatlar jadvali va xarajatlari smetasi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Texnopark rezidentlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yuridik va jismoniy shaxs (O‘zbekiston Respublikasi rezidenti) texnopark rezidenti maqomini olish uchun talabgor bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsga texnopark rezidenti maqomini berish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining xulosasi ijobiy bo‘lgan taqdirda ushbu jismoniy shaxs belgilangan tartibda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazadi (tashkil etadi).
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Yashnobod” texnoparki rezidenti maqomini olish uchun talabgorlarni tanlab olish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidentlari soni cheklanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Texnopark rezidenti maqomi “Yashnobod” texnoparki rezidenti maqomini olish uchun talabgorlarni tanlab olish natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qaroriga binoan 10 yilgacha muddatga beriladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparki direksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qarori asosida texnopark rezidentini ro‘yxatdan o‘tkazadi, Rezidentlar reyestriga kiritadi va Guvohnoma beradi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidentlarining, shu jumladan texnopark rezidenti maqomi sobiq hudud prinsipini hisobga olgan holda berilgan holatlarda ham statistik hisobi Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Texnopark rezidentiga investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida “Yashnobod” texnoparki direksiyasi bilan tuzilgan shartnomada “Yashnobod” texnoparki rezidentlari zimmasiga qo‘yilgan majburiyatlar belgilangan tartibda yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidenti o‘z huquqlari va majburiyatlarini boshqa shaxsga berishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilishga O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qaroriga, shu jumladan texnopark rezidenti tomonidan innovatsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan shartlar va talablar bajarilmagan taqdirda “Yashnobod” texnoparki direksiyasining xulosasiga ko‘ra, shuningdek ixtiyoriy tarzda yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. “Yashnobod” texnoparkining maxsus soliq rejimi va bojxona imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Alohida soliq rejimi va bojxona imtiyozlarining amal qilishi faqat texnopark hududida amalga oshiriladigan texnopark rezidentlari faoliyatiga, shuningdek texnopark rezidentining investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida “Yashnobod” texnoparki rezidentlari bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan faoliyat turlariga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va preferensiyalarning amal qilishi Guvohnoma berilgan sanadan boshlab hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparki direksiyasi texnopark rezidenti maqomi berilganligi fakti to‘g‘risida soliq, statistika organlarini va boshqa manfaatdor organlarni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qarorini ilova qilgan holda xabardor qiladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Texnopark rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida “Yashnobod” texnoparki rezidentlari bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilmagan boshqa sohalardagi faoliyatini tartibga solish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Texnopark rezidentlariga yer uchastkalari berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Toshkent shahri Yashnobod tumani hududidagi yer uchastkalari texnopark rezidentlariga innovatsiya ishlab chiqarishi va “startaplar” tashkil etish uchun belgilangan tartibda ijaraga beriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Texnopark faoliyatini to‘xtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Texnopark faoliyati u tashkil qilingan muddat tamom bo‘lgandan keyin to‘xtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash zarur bo‘lganda, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda texnopark faoliyatini muddatidan oldin to‘xtatishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Texnopark faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” innovatsiya texnoparki to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” texnoparki rezidenti maqomini olish uchun talabgorlarni tanlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 27-son, 624-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)