O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimi xodimlari kasblarining jozibadorligini oshirish va ularni ijtimoiy muhofaza qilishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-iyun,
409-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 409-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
1-bob. Umumiy qoidalar
1 Ushbu Nizom quyidagi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) markaziy apparati, uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan hududiy bo‘linmalari, tasarrufidagi tashkilotlar va budjetdan mablag‘ oluvchi buyurtmachi tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda budjet tashkilotlari deb ataladi) xodimlari;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik tizimiga kiradigan va o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan (xo‘jalik hisobida faoliyat yuritadigan) tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — tizim tashkilotlari) xodimlari.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, jamoaviy shartnomalarga, shuningdek boshqa mahalliy normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi va u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
lavozim maoshlari (tarif stavkalari);
lavozim maoshlariga qo‘shimchalar va ustamalar;
Oldingi tahrirga qarang.
rag‘batlantiruvchi to‘lovlar;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
mehnatning yakuniy natijalariga ko‘ra belgilanadigan mukofotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tizim tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlariga qo‘shimchalar va ustamalar, shuningdek mukofotlar mazkur tashkilotlarning rahbarlari tomonidan, belgilangan tartibda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
2-bob. Lavozim maoshlarini (tarif stavkalarini) belgilash tartibi
4. Boshqaruv xodimlarining, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarning lavozim maoshlari, shuningdek ishchilarning tarif stavkalari qonun hujjatlariga muvofiq Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasi asosida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xodimning lavozim maoshi belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini yagona tarif setkasining tegishli razryadi tarif koeffitsiyentiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi (oshirilgan va rag‘batlantiruvchi koeffitsiyentni inobatga olgan holda).
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
Soatbay tarif setkasi miqdori xodimning lavozim maoshini (tarif stavkasini) besh kunlik ish haftasi asosida, ish vaqti normal davom etgan taqdirda ish soatlarining o‘rtacha oylik miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik, budjet tashkilotlari va uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshi, lavozim maoshiga ustama haqlar, bayram puli, choraklik mukofot puli hamda boshqa to‘lovlar va ustamalarni belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,8 baravarga oshirilgan miqdorda qo‘llaniladi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tizim tashkilotlari xodimlariga Vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi, shuningdek, zarur hollarda boshqacha shartlar qo‘llanishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
6. Xodimlarning lavozim maoshlarini o‘zgartirish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga muvofiq ish haqi miqdorlari oshirilganda;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
xodim ushbu tashkilotda boshqa lavozimga o‘tganda yoki xodimga yanada yuqori malaka razryadi berilganda.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tegishli tartib-taomillar belgilanganda.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
3-bob. Qo‘shimchalar va ustamalar
Oldingi tahrirga qarang.
7. Vazirlik va budjet tashkilotlari xodimlariga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan lavozim maoshiga quyidagi qo‘shimchalar va ustamalar to‘lanadi (oshirilgan va rag‘batlantiruvchi koeffitsiyentni inobatga olgan holda).
ish vaqtidan boshqa vaqtlarda, dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda 2 baravar miqdorida;
tungi vaqtda ishlaganlik uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda 1,5 baravar miqdorida;
uzoq muddat ishlaganlik uchun har oylik ustamalar (oshirilgan va rag‘batlantiruvchi koeffitsiyentlarni inobatga olgan holda) lavozim maoshiga foiz miqdorida to‘lanadi (to‘lash shartlari, miqdori va tartibi mahalliy hujjatlar bilan belgilanadi).
Jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlarda, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasida belgilangan boshqa qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, rag‘batlantirish, bayram va mukofot pullari to‘lanadi hamda moddiy yordamlar ko‘rsatiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Tizim tashkilotlari xodimlariga tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan lavozim maoshiga (oshirilgan va rag‘batlantiruvchi koeffitsiyentni inobatga olgan holda) quyidagi qo‘shimchalar va ustamalar belgilanishi mumkin:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
kasblarni (lavozimlarni) qo‘shib bajarganlik va xizmat ko‘rsatish hududini kengaytirganlik uchun — amalda bajarilgan ishlar uchun;
dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda ikki baravar miqdorda;
Oldingi tahrirga qarang.
uzoq muddat ishlaganlik uchun lavozim maoshiga foizlar hisobida — har oyda ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan miqdorlarda va shartlarda.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shuningdek, jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlarda, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasida belgilangan boshqa qo‘shimchalar, ustamalar, rag‘batlantirish, bayram va mukofot pullari to‘lanadi hamda moddiy yordamlar ko‘rsatiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Vazirlik xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam ko‘rsatish tartibi
(4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Vazirlik xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam ko‘rsatish Davlat budjeti va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam ko‘rsatish Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Vazirlik va budjet tashkilotlari xodimlariga bayram kunlari uchun shtat jadvaliga muvofiq lavozim maoshining ikki baravari miqdorida mukofot to‘lanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Mukofotlarning aniq miqdorlarini belgilash uchun Vazirlikda budjet tashkilotlari xodimlarini mukofotlash tartibini belgilash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tashkil etiladi.
A’zolari soni kamida 6 kishidan iborat bo‘lgan komissiyaning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri tomonidan tuziladi.
Komissiya qarori ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va tegishli bayon bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik tizimi xodimlari faoliyatini baholashning tarmoq reyting tizimiga muvofiq lavozim maoshiga quyidagi miqdorlarda har oylik shaxsiy ustamalar to‘lanadi:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
70 balldan 75 ballgacha to‘plaganlarga — 50 foiz;
76 balldan 80 ballgacha to‘plaganlarga — 75 foiz;
81 balldan 85 ballgacha to‘plaganlarga — 100 foiz;
86 balldan 90 ballgacha to‘plaganlarga — 125 foiz;
91 balldan 95 ballgacha to‘plaganlarga — 150 foiz;
96 balldan 100 ballgacha to‘plaganlarga — 200 foiz.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2022-y., 09/22/3/0002-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlari va tizim tashkilotlari tomonidan tuziladigan Komissiyalar hamda ishlab chiqilgan reyting ballari shkalasiga muvofiq budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari (budjetdan mablag‘ oluvchi buyurtmachi tashkilotlarda — buyurtmachining saqlash xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lar) va tizim tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hisobidan xodimlar faoliyatini baholashning reyting tizimiga muvofiq lavozim maoshiga har oylik ustamalar to‘lanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Vazirlik xodimlariga quyidagilar to‘lanadi:
yo‘lkira va ovqatlanish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida har oylik kompensatsiya;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va qand-shakar xarid qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la moddiy yordam;
vazirlik va tizim tashkiloti xodimlariga jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlarida, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasida belgilangan boshqa qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, rag‘batlantirish, bayram va mukofot pullari, moddiy yordam va boshqa turdagi to‘lovlar budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari (budjetdan mablag‘ oluvchi buyurtmachi tashkilotlarida — buyurtmachining saqlash xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lar) va tizim tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hisobidan.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
5-bob. Tizim tashkilotlari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam ko‘rsatish tartibi
(5-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Tizim tashkilotlari xodimlarini mukofotlash umuman tashkilot bo‘yicha belgilangan asosiy ko‘rsatkichlarni bajarilganda, shuningdek ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, xarajatlarni kamaytirishga va ishlab chiqarishning ichki rezervlaridan foydalanishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘z vaqtida bajarilganda hamda kutilayotgan samaraga erishilganda hisobot davridagi ishlarning natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zining funksional vazifalarini o‘z vaqtida, sifatli bajarish va tashkilot faoliyati natijalariga shaxsiy ulush qo‘shish tizim tashkilotlari xodimlariga alohida shaxsiy o‘rnak ko‘rsatganlik uchun mukofot belgilash uchun asosiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Tizim tashkilotlari xodimlarini mukofotlashning aniq ko‘rsatkichlari tegishli tashkilotlar rahbarlari tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Tizim tashkilotlari xodimlarini bayram kunlarida mukofotlash miqdorlari tegishli tashkilotlarning rahbarlari tomonidan, moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Tizim tashkilotlari xodimlariga moddiy yordam to‘lash ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan miqdorlarda va shartlarda amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(51-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51-bob. Vazirlik huzuridagi davlat muassasasi shaklidagi Issiqlik ta’minoti obyektlari bo‘yicha injiniring kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda — Injiniring kompaniyasi) xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi
181. Injiniring kompaniyasi xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam ko‘rsatish issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirish doirasida buyurtmachini saqlash xarajatlarini belgilangan tartibda nazarda tutadigan Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
182. Injiniring kompaniyasi xodimlariga:
ish vaqtidan boshqa vaqtlarda, dam olish va bayram kunlarida, tungi vaqtda ishlaganlik, shuningdek, uzoq muddat ishlaganlik uchun ushbu Nizomning 7-8-bandlarida nazarda tutilgan tartibda lavozim maoshiga ustamalar;
ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida har oylik to‘lov;
yo‘lkira xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida har oylik to‘lov, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlar bundan mustasno;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la moddiy yordam puli to‘lanadi;
183. Mukofotlar va ustamalarning aniq miqdorini belgilash uchun Injiniring kompaniyalarida xodimlarni mukofotlash tartibini belgilash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tashkil etiladi.
Komissiya Injiniring kompaniyasi rahbarining qarori bilan 7 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Komissiya qarori ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
(51-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8-bob. Vazirlik va tizim tashkilotlarining xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni ta’minlash yuzasidan mas’uliyat
(8-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Vazirlik va tizim tashkilotlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari xodimlar mehnatini normalash va hisobga olishning tashkil etilishi, lavozim maoshlari va tarif stavkalarining to‘g‘ri belgilanganligi, ushbu Nizomda nazarda tutilgan qo‘shimchalar, ustamalar va mukofotlarning to‘g‘ri hisoblab chiqilganligi uchun shaxsan javob beradilar.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 25-son, 550-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son; 27.10.2018-y., 09/18/869/2107-son; 29.11.2019-y., 09/19/957/4089-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 09.11.2020-y., 09/20/697/1485-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2022-y., 09/22/3/0002-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son; 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son)