Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3 Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-iyun,
385-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-iyundagi 385-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq toʻlash shartlarining 1-bandi oltinchi xatboshidagi “balogʻatga yetmaganlar bilan ishlash komissiyalari” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisidagi Nizomning 23-bandidagi “voyaga yetmaganlar ishlari bilan shugʻullanuvchi komissiyalar” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qarorining 4-bandi birinchi xatboshidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 91-modda) “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya” soʻzlari “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 31-iyuldagi 158-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 7-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Oilaviy bolalar uylari toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Oilaviy bolalar uyi tuman (shahar) hokimining qarori bilan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi. Oilaviy bolalar uyini tashkil etishni xohlagan er-xotinning tegishli arizasi, vasiylik va homiylik organining, voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tumanlar va shaharlar idoralararo komissiyasining (keyingi oʻrinlarda voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya deb ataladi) er-xotinning tarbiyachilar — ota-onalar boʻlishi va bolalarni tarbiya qilishga olishi imkoniyati toʻgʻrisidagi xulosasi tuman (shahar) hokimining qarori qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi”;
b) 8-bandning birinchi xatboshidagi “balogʻatga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasiga” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 9-bandning birinchi xatboshidagi “balogʻatga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasi” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 10 va 11-bandlardagi “balogʻatga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasining” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 12-sentabrdagi 207-son qarorining 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 9-son, 207-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi Milliy harakatlar rejasi bajarilishi muntazam ravishda koʻrib chiqilishini taʼminlasin”.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2010-yil 26-noyabrdagi 268-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 11-son, 62-modda):
a) 1-ilovada:
10-bandning birinchi xatboshidagi “oʻn toʻrt yoshgacha” soʻzlari “oʻn olti yoshgacha (umumiy oʻrta maʼlumot olishni tugallamagan)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ixtisoslashtirilgan maktabda tarbiyalanuvchilar oʻn olti yoshga toʻlgunlariga qadar saqlanishi mumkin.
Istisno hollarda tarbiyalanuvchilarning ixtisoslashtirilgan maktabda boʻlishi ular 17 yoshga toʻlgunlariga qadar uzaytirilishi mumkin.
Voyaga yetmaganlar ixtisoslashtirilgan maktabda xulqi tuzalguniga qadar boʻladilar, biroq uch yildan ortiq emas.
Ixtisoslashtirilgan maktab joylashgan joy boʻyicha voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) idoralararo komissiyasi tarbiyalanuvchiga joriy oʻquv yilida tegishli sinfni tamomlaguniga qadar uch yillik muddat tamom boʻlgungacha koʻrsatib oʻtilgan muassasada qolishga ruxsat berishi mumkin.
Ixtisoslashtirilgan maktabning oʻn besh yoshga toʻlgan (umumiy oʻrta maʼlumot olishni tugallagan), biroq oʻz xulqini tuzatmagan tarbiyalanuvchilari bunday maktablar joylashgan joy boʻyicha voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi tomonidan ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlariga yuborilishi mumkin”;
15-banddagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) idoralararo komissiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Tarbiyalanuvchining ixtisoslashtirilgan maktabda boʻlishi rahbar tomonidan tasdiqlangan pedagogik kengashning qarori asosida ushbu muassasa joylashgan joy boʻyicha voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) idoralararo komissiyasining qaroriga koʻra toʻxtatiladi, bu haqda tarbiyalanuvchi bitirishidan kamida bir oy oldin u yashaydigan joy boʻyicha voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya tomonidan xabardor qilinadi, voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya voyaga yetmaganni ishga joylashtirish yoki taʼlim muassasasiga yoʻllash va unga zarur moddiy-maishiy sharoitlar yaratish choralarini koʻrishi shart”;
28-bandning uchinchi xatboshidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasiga” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) idoralararo komissiyalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-bandning uchinchi xatboshidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalarga” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
34-banddagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaga” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
birinchi xatboshidagi “oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha” soʻzlari “oʻn besh yoshdan (umumiy oʻrta maʼlumot olishni tugallaganlar) oʻn sakkiz yoshgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaga” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-bandning uchinchi xatboshidagi “tuman (shahar) komissiyasi” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-banddagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) idoralararo komissiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Tarbiyalanuvchining ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejida boʻlishi rahbar tomonidan tasdiqlangan pedagogik kengashning qarori asosida ushbu muassasa joylashgan joy boʻyicha voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) idoralararo komissiyasining qaroriga koʻra toʻxtatiladi, bu haqda tarbiyalanuvchi bitirishidan kamida bir oy oldin u yashaydigan joy boʻyicha voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya tomonidan xabardor qilinadi, voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya voyaga yetmaganni ishga joylashtirish yoki taʼlim muassasasiga yoʻllash va unga zarur moddiy-maishiy sharoitlar yaratish choralarini koʻrishi shart”;
28-bandning uchinchi xatboshidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasiga” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) idoralararo komissiyalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-bandning uchinchi xatboshidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalarga” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
34-banddagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaga” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-noyabrdagi 269-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 11-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 13-banddagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyani” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyani” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 21-bandning uchinchi xatboshidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalarga” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 29-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“29. Voyaga yetmaganning yashash uchun zarur sharoitlar yoʻqligi yoki boshqa sabablarga koʻra yashash joyiga qaytish imkoni boʻlmagan taqdirda, ijtimoiy-huquqiy yordam berish markazi boshligʻi bu haqda uni joylashtirish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun uning yashash joyi boʻyicha voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga maʼlum qiladi, shuningdek vasiylik va homiylik organlari bilan birgalikda voyaga yetmaganni joylashtirish choralarini koʻradi.
Masʼul shaxslar tomonidan ijtimoiy-huquqiy yordam berish markaziga joylashtirilgan voyaga yetmaganlarni joylashtirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilmaganligi yoki oʻz vaqtida koʻrilmaganligining barcha holatlari boʻyicha darhol prokuror va ushbu markaz joylashgan joy boʻyicha voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya xabardor qilinadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 322-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 09/18/322/1172-son)
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Zoʻrlab ishlatish yoki majburiy mehnat toʻgʻrisidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani 2012-2013-yillarda amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2012-yil 26-martdagi 82-son qarorining 4-bandidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-yil 13-son, 141-modda) “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya” soʻzlari “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 201-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan Kasb-hunar kollejining Vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomning 5-bandidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 91-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandi uchinchi xatboshidagi “tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaga” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) idoralararo komissiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 9-son, 342-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 56-bandning birinchi xatboshidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 61-banddagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya” soʻzlari “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-iyundagi 385-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya faoliyatini takomillashtirish haqida” 2000-yil 21-sentabrdagi 360-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y. 9-son, 60-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga 2-ilovaning 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y. 2-son, 13-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga ilovaning 18-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y. 6-7-son, 35-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilovaning 20-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y. 3-son, 12-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 17-yanvardagi 13-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y. 1-son, 4-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 32-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 4-son, 28-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-son qarori)” 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 28-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 539-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 09/18/322/1172-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 09/21/490/0753-son; 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son, 17.08.2022-y., 09/22/451/0743-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)