Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-martdagi PQ-2834-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-iyun,
PF-5083-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PF-5083-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga 1-ilovaning rus tilidagi matnidagi “Naimenovaniye Bazovogo vuza” ustuni 2-bandidagi “Tashkentskiy universitet informatsionnix texnologiy” soʻzlari “Tashkentskiy universitet informatsionnix texnologiy imeni Muxammada al-Xorazmiy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 2-iyundagi PQ-91-son qarorida:
a) 1-banddagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” soʻzlari “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-banddagi “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining” soʻzlari “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 20-iyundagi PQ-381-son qarorining 8-bandi birinchi xatboshidagi “Toshkent axborot texnologiyalari universitetida” soʻzlari “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Harbiy akademik litseylar faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 22-maydagi PQ-641-son qarorining rus tilidagi matni 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “Tashkentskiy universitet informatsionnix texnologiy” soʻzlari “Tashkentskiy universitet informatsionnix texnologiy imeni Muxammada al-Xorazmiy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini shunday kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 28-maydagi PQ-1761-son qarorining rus tilidagi matnining 2-ilovasi “Visshiye obrazovatelnie uchrejdeniya” ustuni 37-bandidagi “Tashkentskiy universitet informatsionnix texnologiy” soʻzlari “Tashkentskiy universitet informatsionnix texnologiy imeni Muxammada al-Xorazmiy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 4-iyundagi PQ-1771-son qarori 6-bandi birinchi xatboshidagi “Toshkent Axborot texnologiyalari universitetiga” soʻzlari “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 1 va 2-ilovalardagi “Tashkentskiy universitet informatsionnix texnologiy” bloki “Tashkentskiy universitet informatsionnix texnologiy imeni Muxammada al-Xorazmiy” bloki bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovadagi “Filiali Tashkentskogo universiteta informatsionnix texnologiy*” bloki “Filiali Tashkentskogo universiteta informatsionnix texnologiy imeni Muxammada al-Xorazmiy*” bloki bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarorida:
a) 9-bandning uchinchi xatboshidagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” soʻzlari “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilova rus tilidagi matnining “Naimenovaniye i podvedomstvennost visshix obrazovatelnix uchrejdeniy” ustunining 43 — 47-bandlari “texnologiy” soʻzidan keyin “imeni Muxammada al-Xorazmiy” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 5-ilova rus tilidagi matnining “Naimenovaniye visshix obrazovatelnix uchrejdeniy” ustunining 13, 45 — 49 — bandlari “texnologiy” soʻzidan keyin “imeni Muxammada al-Xorazmiy” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
g) 27 — 27g, 38 — 38g, 52 — 52g, 64 — 64g, 71 — 71g, 73 — 73g — ilovalarning rus tilidagi matnining nomidagi “Tashkentskogo universiteta informatsionnix texnologiy” soʻzlari “Tashkentskogo universiteta informatsionnix texnologiy imeni Muxammada al-Xorazmiy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 490-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)