Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5519-son Farmoni)”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” PQ-2929-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-iyun,
PF-5081-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PF–5081-sonli Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” PF-4974-sonli Farmoni:
a) 2-ilovasidagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati” blokidagi “nazorat qilish” soʻzlari “fuqarolar huquqlarini himoya qilish, nazorat qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tuzilmalar, shuningdek, uning vakolatlarini amalga oshirishga koʻmaklashuvchi maslahat va kengash organlari roʻyxati (3-ilova) quyidagi mazmundagi 11- va 12-bandlar bilan toʻldirilsin:
|
“ |
11. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi Vasiylik kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarlik qiladi) |
OAV, maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat, sanʼat va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish xizmati |
|
|
12. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi |
OAV, maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat, sanʼat va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish xizmati |
”. |
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-martdagi PQ-2820-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ommaviy axborot vositalari, maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat, sanʼat va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi.
Xizmat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy- maʼrifiy yodgorlik majmuasi Vasiylik kengashining samarali faoliyatini tashkil etishda koʻmaklashadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 489-modda)