Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy etalon bazasini shakllantirish va metrologik taʼminotni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1996-yil 9-fevraldagi 53-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. “Oʻzstandart” agentligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-iyun,
348-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2002-y., 10-son, 56-modda):
b) 13-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” DK, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlari yalpi foydasidan 20 foiz mablagʻlar”;
v) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining tashkiliy tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarorida:
a) 2-bandda:
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
uchinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
v) 1, 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandining “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Etil spirtning sifati ustidan nazoratni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 31-iyuldagi 159-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi tuzilmasi
jami — 22 shtat birlik”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 28-apreldagi 122-son qarorida:
a) 3-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) tashkil etilsin”;
v) 5-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilari deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzstandart” agentligining” va “xodimlarning cheklangan umumiy soni 17 nafar boʻlgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzstandart” agentligining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 7-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi tuzilmasi”
d) 8-ilovada:
nomidan “Oʻzstandart” agentligining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlarida bittadan vakilga ega”;
5-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, oʻlchovlarning yagonaligini taʼminlash, akkreditatsiyalash, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, oʻrash va boshqa parametrlar boʻyicha xalqaro va mamlakatlararo talablarni tahlil qiladi va oʻrganadi;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, oʻlchovlarning yagonaligini taʼminlash, akkreditatsiyalash, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, oʻrash va boshqa parametrlar boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va doimiy yangilab boradi”;
6-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash, oʻlchovlarning yagonaligini taʼminlash va akkreditatsiyalash sohasida xorijiy kompaniyalar va firmalar bilan oʻz vakolatlari doirasida bevosita hamkorlik qilish”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Byuroga, boʻlim boshligʻi maqomiga tenglashtirilgan, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK direktori tomonidan “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi”;
ikkinchi xatboshidagi “direktori” soʻzi “boshligʻi” soʻzi bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Byuroning xodimlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlaridagi vakillari belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlari direktorlari tomonidan, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK direktori bilan kelishilgan holda, lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Byuroning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlaridagi vakillari Byuro boshligʻiga va tegishli sinov va sertifikatlashtirish markazi direktoriga boʻysunadi.
Byuro xodimlarining funksional vazifalari “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK direktori tomonidan, Byuro boshligʻining taqdimnomasi bilan, belgilanadi”;
9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Byuro boshligʻi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlari direktorlari mazkur Nizom bilan yuklangan vazifalarning zarur darajada va oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/349/3007-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Toshkent” xalqaro aeroportining alohida muhim yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi Nizomiga ilovaning 2-son roʻyxati 4.1.-bandiga quyidagi mazmundagi 4.1.6. kichik band qoʻshilsin;
“4.1.6. “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 473-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son; 25.04.2019-y., 09/19/349/3007-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)