Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy etalon bazasini shakllantirish va metrologik taʼminotni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1996-yil 9-fevraldagi 53-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. “Oʻzstandart” agentligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-iyun,
348-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2002-y., 10-son, 56-modda):
b) 13-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” DK, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlari yalpi foydasidan 20 foiz mablagʻlar”;
v) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining tashkiliy tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarorida:
a) 2-bandda:
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
uchinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
v) 1, 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) 3-ilovada:
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. “Oʻzstandart” agentligi tizimiga quyidagilar kiradi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari;
“Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlari;
“Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi;
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti;
“Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” davlat korxonasi;
“Axborot-maʼlumot markazi” davlat korxonasi;
“Oʻzbekiston muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi” davlat korxonasi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari ikki tomonlama boʻysunadilar hamda Agentlikka va tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga hisob beradilar”;
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. “Oʻzstandart” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini moliyalashtirish “Oʻzstandart” agentligiga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar va mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi”;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish”;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish;
mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish;
eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, xalqaro tashkilotlar bilan milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yoʻnaltirilgan hamkorlikni faollashtirish;
texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni taʼminlashda ularning samaradorligini oshirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish”;
oltinchi xatboshiga “va boshqa davlatlarning milliy etalonlari” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini va xodimlarni sertifikatlashtirish, oʻlchash va sinash vositalarini qiyoslash, sinash, turini tasdiqlash, metrologik attestatsiyadan oʻtkazish, oʻlchashlarni bajarish metodikalari, metrologik ekspertizadan oʻtkazish, oʻlchov birliklarini taʼminlash boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni roʻyxatga olish hamda sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish qoidalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi”;
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish qoidalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi”;
oʻn uchinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn toʻrtinchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish, oʻlchovlar yagonaligini taʼminlash va menejment tizimlarini joriy etish ishlarini amalga oshirishning umumiy talablari va qoidalarini belgilaydi”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“menejment tizimlarini joriy etish sohasida muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirish”;
sakkizinchi — oʻninchi xatboshilar tegishli ravishda toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“g) kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida — texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi ilmiy, muhandis-texnik kadrlarni va boshqa manfaatdor shaxslarni oʻqitishni amalga oshiradi”;
quyidagi mazmundagi “e” — “k” kichik bandlari bilan toʻldirilsin:
“e) mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish borasida:
xalqaro amaliyotni doimiy oʻrganib boradi, oʻrganishlar natijasiga koʻra mahalliy mahsulotlarni zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash sohasida va ularni tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirishda ilgʻor metodlarni joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining xalqaro standartlarni joriy etish, texnik reglamentlarni ishlab chiqish va joriy etish faoliyatini oʻz vakolati doirasida boshqaradi va muvofiqlashtiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarga texnik reglamentlarni ishlab chiqish va joriy etishda amaliy yordam beradi, ularga ilmiy-metodik rahbarlikni taʼminlaydi;
j) mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish borasida:
davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlar bilan birgalikda korxonalarda xalqaro sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish jadvallarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini nazorat olib boradi;
eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni xalqaro standartlar talablari asosida, shu jumladan xalqaro darajada tan olingan muvofiqlikni baholash organlarini jalb etgan holda sertifikatlashtirilishini tashkil etadi;
xalqaro standartlar asosida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishning afzalliklari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borishni amalga oshiradi;
z) eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, xalqaro tashkilotlar bilan milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yoʻnaltirilgan hamkorlikni faollashtirish borasida:
mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga eksport qilinishida mamlakatlararo talablar haqida maʼlumot berilishida respublika korxonalariga amaliy yordam koʻrsatadi;
xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda respublika manfaatlarini ifoda etadi, milliy sertifikatlarni va muvofiqlikni baholash natijalarini chet davlatlarda tan olinishiga erishish boʻyicha choralar koʻradi;
xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo tashkilotlarga qoʻshilish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
i) texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni taʼminlashda ularning samaradorligini oshirish borasida:
realizatsiya qilinadigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni taʼminlashda texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini rivojlantirish, ularni samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni kiritadi;
texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan choralarni amalga oshiradi;
oʻz vakolati doirasida, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarining samaradorligini oshirish boʻyicha faoliyatini boshqaradi va muvofiqlashtiradi;
k) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish borasida:
standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, shu jumladan mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini, xodimlarni sertifikatlashtirish va sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha dasturiy taʼminotlarini ishlab chiqadi;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida yagona informatsion maʼlumotlar bazani tashkil etadi;
tadbirkorlik subyektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmat turlarini kengaytirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida elektron davlat reyestr bazasini shakllantiradi va yuritadi”;
sakkizinchi xatboshidagi “Idoralararo kengashda” soʻzlari “Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirishni rivojlantirish va mahsulot sifatini boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruh yigʻilishlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“xalqaro (davlatlararo) standartlar va boshqa mamlakatlarning milliy standartlarini, shu mamlakatlar bilan tuzilgan shartnoma va kelishuvlarga muvofiq, rasmiy eʼlon qiladi, tarqatadi va nashr etadi va qayta nashr etadi”;
oʻn toʻqqizinchi — yigirma birinchi xatboshilari tegishli ravishda yigirmanchi — yigirma ikkinchi xatboshilari deb hisoblansin;
13-bandning birinchi xatboshidagi “vazirning birinchi oʻrinbosariga” soʻzlari “vazirga” soʻzi bilan almashtirilsin;
16-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzstandart” agentligida bosh direktor (hayʼat raisi), uning oʻrinbosari (lavozimiga koʻra), bosh boshqarma boshligʻiga tenglashtirilgan bosh metrolog (lavozimiga koʻra), shuningdek, “Oʻzstandart” agentligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Etil spirtning sifati ustidan nazoratni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 31-iyuldagi 159-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi tuzilmasi
jami — 22 shtat birlik”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 28-apreldagi 122-son qarorida:
a) 3-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) tashkil etilsin”;
v) 5-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilari deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzstandart” agentligining” va “xodimlarning cheklangan umumiy soni 17 nafar boʻlgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzstandart” agentligining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 7-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi tuzilmasi”
d) 8-ilovada:
nomidan “Oʻzstandart” agentligining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlarida bittadan vakilga ega”;
5-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, oʻlchovlarning yagonaligini taʼminlash, akkreditatsiyalash, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, oʻrash va boshqa parametrlar boʻyicha xalqaro va mamlakatlararo talablarni tahlil qiladi va oʻrganadi;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, oʻlchovlarning yagonaligini taʼminlash, akkreditatsiyalash, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, oʻrash va boshqa parametrlar boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va doimiy yangilab boradi”;
6-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash, oʻlchovlarning yagonaligini taʼminlash va akkreditatsiyalash sohasida xorijiy kompaniyalar va firmalar bilan oʻz vakolatlari doirasida bevosita hamkorlik qilish”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Byuroga, boʻlim boshligʻi maqomiga tenglashtirilgan, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK direktori tomonidan “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi”;
ikkinchi xatboshidagi “direktori” soʻzi “boshligʻi” soʻzi bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Byuroning xodimlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlaridagi vakillari belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlari direktorlari tomonidan, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK direktori bilan kelishilgan holda, lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Byuroning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlaridagi vakillari Byuro boshligʻiga va tegishli sinov va sertifikatlashtirish markazi direktoriga boʻysunadi.
Byuro xodimlarining funksional vazifalari “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK direktori tomonidan, Byuro boshligʻining taqdimnomasi bilan, belgilanadi”;
9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Byuro boshligʻi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlari direktorlari mazkur Nizom bilan yuklangan vazifalarning zarur darajada va oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/349/3007-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Toshkent” xalqaro aeroportining alohida muhim yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi Nizomiga ilovaning 2-son roʻyxati 4.1.-bandiga quyidagi mazmundagi 4.1.6. kichik band qoʻshilsin;
“4.1.6. “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 473-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son; 25.04.2019-y., 09/19/349/3007-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)