Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.08.2018 31.05.2017 yildagi 329-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.08.2018
Hujjat 05.06.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 658-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2779-son qarorida belgilangan vazifalarni ijro etish yuzasidan jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2779-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan, sportchilarni tayyorlashning barcha darajalarida oʻquv-mashgʻulot jarayonini ilmiy-metodik taʼminlashni, olimpiya zaxiralari kollejlarining, sport maktablarining (keyingi oʻrinlarda sport-taʼlim muassasalari deb ataladi) rahbar kadrlari, instruktor-metodistlari hamda trener-oʻqituvchilar tarkibini, shuningdek jismoniy tarbiya va sport faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlovchi va ularning malakasini oshiruvchi ixtisoslashtirilgan ilmiy-metodik va taʼlim muassasasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarni oʻqitish va tayyorlashning barcha darajalarida sport mahoratidan saboq berishning innovatsion metodikalarini ishlab chiqish va joriy etishga yoʻnaltirilgan chuqur ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro ilgʻor tajribadan foydalanish, shuningdek yuqori darajaga ega boʻlgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxassislari va trenyerlarini taʼlim jarayoniga shartnoma asosida jalb etgan holda sport-taʼlim muassasalarining rahbar kadrlari, instruktor-metodistlari hamda trener-oʻqituvchilar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trener-oʻqituvchilarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, shu jumladan bolalar trenyerlarini tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, xalqaro sport arenalarida munosib qatnashadigan professional sportchilar tayyorlash uchun ularning koʻnikma va bilimlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy oʻqitish dasturlari va metodlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislar tayyorlovchi sport-taʼlim muassasalarining barcha turlari faoliyatiga metodik rahbarlikni taʼminlash, trener kadrlarning professional koʻnikmasi va layoqatini tadrijiy rivojlantirish sifati va bahosini tizimli ravishda tahlil qilish, monitoringini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar, jumladan maqsadli grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Markazning faoliyati va unga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq xarajatlar uchun “Taʼlim” sohasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta maxsus avtotransport vositasini saqlashga limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni yuqori malakali mutaxassis-amaliyotchilar, professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki oy muddatda Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari va shartlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaz Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Koʻkcha darvozasi koʻchasi, 27-uy manziliga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2018-yilda va keyingi yillarda Markaz moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, uning binolari va inshootlarini taʼmirlash-tiklash ishlarini yakunlash, zamonaviy uskunalar va mebellar, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot va oʻquv-laboratoriya anjomlari bilan jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining kapital qoʻyilmalar limitlari doirasida mablagʻlar ajratilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-dekabrdagi 347-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 51-son, 609-modda) bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
329-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 329-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni (texnik, xizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi xodimlar va professor-oʻqituvchilar tarkibidan tashqari) — 22 shtat birligi, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 13 shtat birligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Markaz xoʻjalik boʻlimining texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari hamda kafedralarining oʻquv-yordamchi xodimlari soni qonun hujjatlarida oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga ilmiy jamoalar (guruhlar) tashkil etish uchun mamlakatimiz va chet el mutaxassis-amaliyotchilarini, trenyerlar va sportchilarni, ilmiy, taʼlim va sport muassasalarining olimlari va oʻqituvchilarini shartnoma asosida jalb etish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 329-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-dekabrdagi 347-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-banddagi “oliy sport mahorati maktablari, olimpiya zaxiralari kollejlarining, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablarining” soʻzlari “olimpiya zaxiralari kollejlarining, sport maktablarining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi oʻquv jarayoni oliy taʼlim muassasalaridan taqdim etilgan yillik buyurtmanomalar boʻyicha guruhlarning toʻldirilishiga bogʻliq holda tinglovchilar soni, qoidaga koʻra, kamida 15–20 kishini tashkil etgan akademik guruhlarda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istisno tariqasida, tinglovchilar kontingenti yetarli boʻlmagan yoʻnalishlarda, jumladan rus tilida dars olib boriladigan guruhlarda, tinglovchilar kontingenti bir guruh meʼyorida yigʻilmaydigan kam sonli alohida taʼlim yoʻnalishlarida oʻquv jarayonini tashkillashtirishda bir guruhdagi tinglovchilar soni kamida 5 nafar etib belgilanishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 329-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish toʻgʻrisida” 2014-yil 2-dekabrdagi 327-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 49-son, 580-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzurida Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 13-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 2-son, 9-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 22-son, 433-modda)