Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2017 02.12.2014 yildagi 327-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 329-sonli “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-son qarori bilan tasdiqlangan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturiga muvofiq, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) aylantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, sportchilarni tayyorlashning barcha darajalarida o‘quv-trenirovka jarayonini ilmiy-metodik ta’minlashni, oliy sport mahorati maktablarining, olimpiya zaxiralari kollejlarining, respublika olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarining (keyingi o‘rinlarda sport-ta’lim muassasalari deb ataladi) rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini hamda trener-o‘qituvchilar tarkibini, shuningdek jismoniy tarbiya va sport faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlovchi va ularning malakasini oshiruvchi ixtisoslashtirilgan ilmiy-metodik va ta’lim muassasasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi qayta tashkil etilayotgan Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazining shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning eng muhim vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarni o‘qitish va tayyorlashning barcha darajalarida sport mahoratidan saboq berishning innovatsiya metodikalarini ishlab chiqish va joriy etishga yo‘naltirilgan chuqur ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, yuqori klassga ega bo‘lgan sport rezervini va sportchilarni tayyorlashni ta’minlaydigan professional trener kadrlar tayyorlash sohasidagi normativ- huquqiy bazani takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika sport-ta’lim muassasalarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini hamda trener-o‘qituvchilar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini har besh yilda bir marta zamonaviy darajada amalga oshirish, bunda xalqaro ilg‘or tajribadan foydalanish, shuningdek yuqori klassga ega bo‘lgan chet el va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxassislari va trenyerlarini ta’lim jarayoniga kontrakt asosida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trener-o‘qituvchilarni, ayniqsa terma jamoalar va ularning rezervi trenyerlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish jarayoniga sportchilarni tayyorlash sohasida tinglovchilarning professional bilimlarini takomillashtirishga, shuningdek ularda talantli yosh sportchilarni aniqlash hamda ulardan respublikamizning xalqaro sport arenalarida munosib qatnashishini ta’minlashga qodir bo‘lgan professional sportchilar tayyorlash mahorati va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy hamda samarali o‘qitish dasturlari va metodlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi sport-ta’lim muassasalarining barcha turlari faoliyatiga metodik rahbarlikni ta’minlash, trener kadrlarning professional ko‘nikmalari va layoqatini dinamik rivojlantirish sifati va bahosini tizimli ravishda tahlil qilish, monitoringini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport-ta’lim muassasalarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini va trener-o‘qituvchilari tarkibini hamda markazning joriy ta’minoti hamda oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini belgilangan davriylikni hisobga olgan holda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladigan grant tanlovlari natijalari bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushumlar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari hamda maqsadli badallari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va donor tashkilotlarning grantlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni zamonaviy talablarga javob beradigan binolar va inshootlarga joylashtirish, zarurat bo‘lganda, ularda ta’mirlash-tiklash ishlarini o‘tkazish, Markazni zamonaviy uskunalar va mebellar, shu jumladan ilmiy-tadqiqot va o‘quv-laboratoriya anjomlari bilan jihozlash, Markazni yuqori malakali mutaxassislar-amaliyotchilar, professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlash bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Markaz to‘g‘risidagi, uning faoliyatini tashkil etish tartibini, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va boshqaruv tuzilmasini, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini nazarda tutuvchi Nizomni kelishish uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Markazning faoliyati va unga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlar uchun “Ta’lim” sohasiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta maxsus avtotransport saqlashga limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 2-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
327-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-dekabrdagi 327-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlardan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan tashqari) — 14 ta shtat birligi, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 9 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlari soni oliy ta’lim muassasalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo‘yicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklangan vazifalarni bajarish uchun Markazga mamlakatimiz va chet el mutaxassislari-amaliyotchilarini, trenyerlar va sportchilarni, ilmiy jamoalar (guruhlar) tashkil etish uchun ilmiy, ta’lim va sport muassasalaridan olimlar va o‘qituvchilarni kontrakt asosida jalb etish huquqi beriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 49-son, 580-modda)