Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.03.2018 15.02.2017 yildagi PQ-2779-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.03.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan umumiy soni 37 nafardan iborat tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining namunaviy tuzilmalari 3-5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1— 5 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisiga, zarur hollarda, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi markaziy apparatining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar-o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziga birlashtirish yo‘li bilan uni qayta tashkil etish, mazkur markazlarning shtatlar sonini optimallashtirish hamda birkitib qo‘yilgan binolar, inshootlar va boshqa mol-mulklarni ularda saqlab qolish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ilgari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi uchun o‘rnatilgan aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalarining sportga taalluqli qismini O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasida saqlab qolsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini moliyalashtirish manbai etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi bir oy muddatda o‘zining hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlar belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining markaziy apparati Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi, 17-uyda joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish va optimallashtirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2779-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 8-son, 115-modda)