Tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli (mexanizmi) | Ijro muddatlari | Mas’ul ijrochilar | |
I. Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etish nazoratini kuchaytirish | ||||
1. | Loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida mualliflik va texnik nazoratni ta’minlash bo‘yicha davlat arxitektura-qurilish nazoratining qilish mas’uliyatini kuchaytirish. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil | 2017-yil, iyul | Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot vazirligi, |
2. | Qurilish obyektlarining murakkablik (xatarlilik) darajasiga ko‘ra qurilish-montaj ishlarini bajarish jarayonida davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari tomonidan tekshirishlar o‘tkazish tartibini o‘rnatish, bunda: murakkablik (xatarlilik) darajasiga ko‘ratekshirishlarni tayinlashning mezonlarini aniqlash; tekshirishlar o‘tkazish (nazorat funksiyalarini amalga oshirish) muddatlarini nazarda tutish. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2017-yil, iyun | Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot vazirligi, |
3. | Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasining qurilish-montaj ishlari sifa�ini nazorat qilishdagi roli va mas’uliyatini oshirish. | “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan, tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish (Adliya vazirligi tomonidan | 2017-yil, iyul | Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi,Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, |
4. | Obyekt foydalanishga topshirilgandan so‘ng, bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmlarini kafolat muddati davomida nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish tartibi o‘rnatilishini nazarda tutuvchi reglamentni ishlab chiqish. | Reglament ishlab chiqish | 2017-yil, sentyabr | Markaziy bank, Davarxitekqurilish |
5. | Qonunchilikda belgilangan jarima stavkalarini ko‘tarish orqali shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan jismoniy va mansabdor shaxslar javobgarligini oshirish. | O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish | 2017-yil, dekabr | Davarxitektqurilish, |
II. Hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish | ||||
6. | Markazlashtirilgan manbalar va mahalliy budjet hisobiga moliyalashtiriladigan hududlarni rivojlantirishni va rejalashtirish ularda qurilish ishlarini olib borishni bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda buyurtmachi funksiyalariniQoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilishi qo‘mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga topshirish. | Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-son qaroriga o‘zgart�sh va qo‘shimchalar kiritish | 2017-yil, sentyabr | Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot vazirligi, |
7. | Shaharlarva shaharposyolkalarining bosh rejalari va mufassal rejalashtirish loyihalari, shuningdek, barcha toifadagi qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarining arxitektura-rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlari doirasida respublika budjeti mablag‘lari hisobidan o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash. | Davarxitektqurilish, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | ||
8. | Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maydoni 1 gektardan ortiq yer uchastkalarini taqdim etishning amaldagi tartibini qayta ko‘rib chiqish, bundan kuzatilgan maqsad, yer uchastkalarini tanlash va ajratishga oid materiallarni tayyorlash hamda vakolatli organlar bilan kelishish jarayonlarini tartibga solish va amaldagi mexanizmning shaffofligi va avtomatlashtirilishini ta’minlab, ushbu xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatish tartibini joriy etishdan ibora�dir. | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish | 2017-yil, iyun | Davarxitekqurilish, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, |
III. Shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishning normativ bazasini takomillashtirish | ||||
9. | Shaharsozlik, loyihalashtirish, qurilish hamda qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida ilmiy-texnik tadqiqotlarni o‘tkazish. | Mavzular bo‘yicha ilmiy-texnik tadqiqotlar dasturini ishlab chiqish Dasturni amalga oshirish | 2017-yil, noyabr 2017 — 2020-yillar | Davarxitektqurilish, “O‘zqurilishmateriallari” AK, |
10. | Innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribani har tomonlama o‘rganish asosida loyihalashtirish va qurilishda qo‘llaniladigan shaharsozlik norma, qoida va standartlarni yangilash. | Shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlarini xatlovdan o‘tkazish Shaharsozlik norma va qoidalarini yangilash dasturini ishlab chiqish | 2017-yil, iyun 2017 — 2020-yillar | Qurilish vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, loyiha-qidiruv tashkilotlari, |
11. | Loyihalashtirish davomiyligi normalari va loyiha-qidiruv ishlari qiymatini aniqlash tartibini normalarini ishlab chiqish. | Shaharsozlik norma va qoidalarini ishlab chiqish | 2018-yil, mart | Davarxitektqurilish, loyiha-qidiruv tashkilotlari |
12. | Vazirlik va idoralar huzurida texnik jihatdan tartibga solishning normativ hujjatlarini tizimli yangilash, qayta ishlash va tasdiqlash masalalari bo‘yicha tarmoq ilmiy-texnik kengashlarini tashkil qilish. | Vazirlik va idoralar buyrug‘i Texnik jihatdan tartibga solish sohasida idoraviy normativ hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish | 2017-yil, may 2017-yil, iyun | Davarxitektqurilish, vazirlik va idoralar, loyiha-qidiruv institutlari |
Vazirlik va idoralar tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasida loyihalashtirish va qurilishda qo‘llaniladigan idoraviy normativ hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish va Davarxitektqurilishga kelishish uchun taqdim qilish. | ||||
IV. Ishlab chiqarilayotgan loyiha mahsulotlarining sifatini yaxshilashga mo‘ljallangan yangi metodika va texnologiyalarni joriy etish | ||||
13. | Avtomatlashtirilgan loyihalashtirishni va zamonaviy litsenzion dasturiy mahsulotlarni, istiqbolli texnik va texnologik yechimlarni, energiya va resurs tejaydigan yuqori texnologiyali materiallar va texnologiyalarni amaliyotga joriy etish. | Kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish Kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish | 2017-yil, iyul 2017 — 2019-yillar | Qurilish vazirligi, |
14. | Loyihalarni ishlab chiqishda texnik vazifalarni shakllantirish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish, bunda: buyurtmachi tomonidan loyiha tashkilotiga texnik vazifani ishlab chiqishning aniq va asoslangan muddatlarini belgilash; loyihalarni ishlab chiqishda tegishli tarmoq texnik kengashining qarorisiz va tasdiqlovchi hujjatlarsiz texnik vazifalarni vakolatli organlarga kiritish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqa boshlashni man qilish. | Shaharsozlik norma va qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish | 2017-yil, avgust | Davarxitektqurilish, loyiha-qidiruv tashkilotlari |
15. | Elektron tashuvchi vositalarda berilgan (elektron formatda) loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibini amaliyotga joriy etish. | Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish | 2017-2018-yillar | Qurilish vazirligi, |
V. Arxitektura-qurilish sohasiga mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash | ||||
16. | Oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari tomonidan loyihalashtirish va qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish Konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek, qurilish mutaxassisliklari ishchilarini o‘qitish va malakasini oshirish, bunda quyidagilar inobatga olinadi: oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni o‘rganish kursini kiritish; Toshkent arxitektura va qurilish instituti hamda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutining ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini qayta ko‘rib chiqish; | Ko‘shma qaror | 2017-yil, oktyabr | Davarxitektqurilish, |
17. | Oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlari talabalarining ishlab chiqarish amaliyotlarini bevosita ishlab chiqarishda – loyiha tashkilotlarida, qurilayotgan obyektlarda va qurilish industriyasi korxonalarida o‘tash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik mexanizmini nazarda tutgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish. | Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish | doimiy | Qurilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, |
18. | Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti qoshida Arxitektorlar, loyihalovchilar, muhandis-quruvchilar va buyurtmachi tashkilotlarning mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish markazini tashkil etish. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2017-yil, iyul | Davarxitektqurilish, |
19. | Yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari negizida loyihalovchi — mutaxassislar malakasini oshirishni tizimli ravishda tashkillashtirish. “O‘zGAShKLITI” DUK, “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ, “Qishloqqurilishloyiha” MChJning yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari huzurida o‘quv-maslahat markazlarini tashkil qilish. | Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish | doimiy | Qurilish vazirligi, loyiha-qidiruv tashkilotlari, vazirlik va idoralar |
20. | Oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchi-professorlari, ilmiy xodimlari va talabalari uchun xalqaro tajriba almashishni tashkillashtirish, iqtidorli talabalarni xorijiy yetakchi ta’lim muassasalariga o‘qish va stajirovkaga yuborish bo‘yicha takliflar tayyorlash. | Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish | doimiy | Qurilish vazirligi, |
21. | Xorijda stajirovkalar tashkillashtirish va chet eldagi ta’lim muassasalari hamda loyiha tashkilotlarining yetakchi mutaxassislarini jalb qilish orqali loyiha- qidiruv tashkilotlari arxitektorlari, loyihalovchilari va texnik xodimlarining malakasi, kasbiy mahorati va ijodiy faolligini oshirish. | Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish | doimiy | Qurilish vazirligi, |
VI. O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo‘mitasi tarkibi bo‘linmalarining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash | ||||
22. | Davarxitektqurilish tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etib, qo‘mitaning barcha tarkibiy bo‘linmalarini to tuman bo‘g‘inlarigacha korporativ tarmoqqa ulagan holda shaharsozlik faoliyati sohasida yagona axborot resursini yaratish. Quyidagilarga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish: qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalarini kompyuter uskunalari, tashkiliy texnika va litsenzion dasturiy mahsulotlar bilan moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash; qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalarida tegishli dasturiy ta’minotni o‘rnatish va interfaol xizmatlar tizimini bosqichma-bosqich joriy etish; aholi va tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” yagona markazlari orqali interfaol xizmatlar ko‘rsatish. | Davarxitektqurish tizimida AKTni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish | 2017-yil may-iyunda ishlab chiqish 2017-2018-yillarda amalga oshirish | Qurilish vazirligi, |
23. | Davlat arxitetura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalarini: zamonaviy laboratoriya-sinov uskunalari; qurilish materiallari va konstruksiyalarini putur yetmaydigan usullar bilan ekspress-tahlil qilish bo‘yicha nazorat-o‘lchov priborlari bilan jihozlash; qurilish maydonlarida qurilish konstruksiyalariniputur yetmaydigan usullar bilan tekshirish bo‘yicha mobil laboratoriyalar tashkil etish. | Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish | 2017-yil may-iyunda ishlab chiqish 2017-2018-yillarda amalga oshirish | Qurilish vazirligi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 01.05.2017 yildagi PQ-2936-son
Кучга кириш санаси
22.05.2017
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5030-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi PQ-3646-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2018-y., 07/18/3646/0981-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
7. O‘zbekiston Respublikasida arxitektura va shaharsozlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
shaharsozlik, shaharsozlik normalari to‘g‘risidagi qonunchilikka, qoidalar va standartlarga rioya etish nazoratini ta’minlash;
hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini sifatli ishlab chiqishni ta’minlash mexanizmini yanada takomillashtirish;
arxitektura, loyiha ishi va qurilish sohalarida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning yettinchi xatboshisiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish vazirligi mas’ul ijrochilar — manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, belgilangan muddatlarda tasdiqlangan chora-tadbirlar kompleksini sifatli amalga oshirilishini ta’minlasin.
(7-bandning sakkizinchi xatboshisiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-771-son qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish (“Davarxitektqurilish”) qo‘mitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi 441-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-apreldagi “Arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 165-son qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 538-son qarori, shuningdek, qarorga 1 va 2-ilovalar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi “Respublika komissiya va kengashlari tarkibini tasdiqlash haqida” 358-son qarorining 12-ilovasi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi “Shaharsozlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartibotlari va davlat nazorati tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 222-son qarorining 1-ilovasi.
LexUZ sharhi