Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKTELEKOM” AKSIYADORLIK KOMPANIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruvni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 28-iyundagi PF-2647-son Farmoniga muvofiq hamda respublika telekommunikatsiyalar tizimini zamonaviylashtirish va rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi hamda uning xodimlari cheklangan soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 88 kishidan iborat boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining bosh direktori lavozimga kompaniya aksiyadorlari umumiy majlisi tomonidan Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
2. Belgilansinki, “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining boshlangʻich ustav sarmoyasi unga:
“Mahalliy Telekom” va “Xalqaro Telekom” aksiyadorlik kompaniyalari mol-mulkini;
kompaniya tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlatga tegishli aksiyalar paketlarini berish hisobiga shakllantiriladi.
3. “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalari paketlarini joylashtirishning quyidagi tartibi belgilab qoʻyilsin:
davlat mulkida saqlanib qoladigan ulush — 30 foiz;
erkin sotishga moʻljallangan ulush — 70 foiz, shu jumladan xorijiy investorga sotish uchun — kamida 51 foiz.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondi tarkibi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
5. Telekommunikatsiyalar xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining tugatilayotgan “Mahalliy Telekom” va “Xalqaro Telekom” aksiyadorlik kompaniyalari tarkibiga kirgan 4-ilovaga muvofiq korxonalar va tashkilotlar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimida mustaqil amalga oshirishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda:
bir oy muddatda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining taʼsis majlisi belgilangan tartibda oʻtkazilishini, rahbar organlari tuzilishini va uning ustavi tasdiqlanishini taʼminlasin;
2001-yil 1-yanvargacha mustaqil baholash kompaniyalarini jalb qilgan holda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamgʻarmasiga berilayotgan mol-mulk qiymatini va aksiyalar paketlarini baholasin, shuningdek “Oʻzbektelekom” kompaniyasi aksiyalarini xorijiy investorlarga sotishga tayyorlash uchun xalqaro moliyaviy maslahatchini jalb etsin;
2001-yil 1-aprelgacha “Oʻzbektelekom” kompaniyasining xorijiy investorlarga sotishga moʻljallangan aksiyalari paketlarini tender savdolariga qoʻysin.
7. Hukumat qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev va Oʻ.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 30-iyun,
253-son
“OʻZBEKTELEKOM” AKSIYADORLIK KOMPANIYASINING
TASHKILIY TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi ijro etuvchi apparatining
tuzilmasi
Jami: 88 kishi, xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyalar paketlarining joylashtirilishi
| № |
Korxona nomi |
Kompaniya ustav jamgʻarmasiga beriladigan davlat ulushi |
Mehnat jamoasi ulushi |
Erkin sotish uchun moʻljallangan ulush |
| 1. | “Andijon telekom” AJ |
80,0* |
7,7 |
12,6 |
| 2. | “Namangan telekom” AJ |
80,0* |
13,4 |
6,6 |
| 3. | “Fargʻona telekom” AJ |
80,0* |
10,0 |
10,0 |
| 4. | “Toshkent shahar telefon tarmogʻi” AJ |
80,0* |
10,86 |
9,14 |
| 5. | “Toshkent telekom” AJ |
80,0* |
4,7 |
15,3 |
| 6. | “Sirdaryo telekom” AJ |
74,28* |
11,92 |
13,8 |
| 7. | “Buxoro telekom” AJ** |
80,0 |
10,0 |
10,0 |
| 8. | “Navoiy telekom” AJ** |
80,0 |
10,0 |
10,0 |
| 9. | “Qoraqalpoq telekom” AJ** |
80,0 |
10,0 |
10,0 |
| 10. | “Xorazm telekom” AJ** |
80,0 |
10,0 |
10,0 |
| 11. | “Shaharlararo aloqa korxonasi” AJ** |
80,0 |
10,0 |
10,0 |
| 12. | “Toshkent telegraf-telefon stansiyasi” AJ** |
80,0 |
10,0 |
10,0 |
Izoh:
* — shu jumladan, koʻrsatib oʻtilgan jamiyatlar ustav jamgʻarmasidagi 30 foiz ulush “Mahalliy telekom” aksiyadorlik kompaniyasi ustav jamgʻarmasiga berilgan, ular tegishli ravishda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi ustav jamgʻarmasiga beriladi;
* — shu jumladan, koʻrsatib oʻtilgan jamiyatlar ustav jamgʻarmasidagi 30 foiz ulush “Mahalliy telekom” aksiyadorlik kompaniyasi ustav jamgʻarmasiga berilgan, ular tegishli ravishda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi ustav jamgʻarmasiga beriladi;
**— aksiyalashtiriladigan korxonalar (mehnat jamoasi ulushi — 10 foizdan ortiq emas).
Keyingi tahrirga qarang.
“Mahalliy Telekom” va “Xalqaro Telekom” aksiyadorlik kompaniyalari tarkibidan chiqariladigan hamda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimida faoliyat koʻrsatuvchi korxonalar
roʻyxati
Keyingi tahrirga qarang.
I. Davlat korxonalari
“UzPAK” maʼlumotlar uzatish tarmogʻi korxonasi
Keyingi tahrirga qarang.
Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye korxonasi
Shaharlararo va xalqaro aloqa tarmoqlarini boshqarish markazi
II. Aksiyadorlik jamiyatlari
“Aloqainvest”
“Sanoataloqa”
“RRENOS” ixtisoslashtirilgan loyiha-konstruktorlik byurosi
“Avtoaloqa”
“Elektraloqataʼminot”
Keyingi tahrirga qarang.
III. Qoʻshma korxonalar
Keyingi tahrirga qarang.
“Aloqa-DEU”
“Boʻzton”
“Kamalak-TV”
“Rubikon”
“Oʻzdunrobita”
“Oʻzmaqom”
“Oʻzyoʻldoshaloqa”
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qarori 4-bandi 2-xat boshining birinchi jumlasi, 5-bandining 3-xat boshi, qarorga 3, 3a, 3b, 4, 4a, 4b-ilovalar, 6-ilova 1-boʻlimining 1 va 2-bandlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Udinet” qoʻshma korxonasini tashkil etish va uning faoliyati shart-sharoitlari toʻgʻrisida” 1997-yil 20-oktabrdagi 479-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qarorining 1-ilovasidagi:
II boʻlim quyidagi soʻzlar bilan toʻldirilsin:
“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye korxonasi
Shaharlararo va xalqaro aloqa tarmoqlarini boshqarish markazi
“UzPAK” maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi korxonasi
“Xabar” gazetasi;
III boʻlimdagi “Mahalliy Telekom” aksiyadorlik kompaniyasi” va “Xalqaro Telekom” aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin. III boʻlim “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
IV boʻlim quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“IY. Aksiyadorlik jamiyatlari
“Aloqainvest”
“Sanoataloqa”
“RRENOS” ixtisoslashtirilgan loyiha-konstruktorlik byurosi
“Avtoaloqa”
“Elektraloqataʼminot”;
Koʻrsatib oʻtilgan ilova quyidagi tahrirdagi V va VI boʻlimlar bilan toʻldirilsin:
“V. Qoʻshma korxonalar
“Aloqa-DEU”
“Boʻzton”
“Kamalak-TV”
“Rubikon”
“Oʻzdunrobita”
“Oʻzmaqom”
“Oʻzyoʻldoshaloqa”
VI. Moliyaviy infratuzilmani tashkil etish
“Alomat audit” auditorlik firmasi
“Alskom” sugʻurta kompaniyasi
“Aloqabank” respublika ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat banki”.
Keyingi tahrirga qarang.
Shunga oʻxshash oʻzgartirishlar 1a-ilovaga ham kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qaroriga 5 va 5a-ilovalardagi “Xabar” gazetasi (kompaniyaning uyushgan aʼzosi)” va “Xabar” gazetasi” soʻzlari tegishlicha chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qaroridagi, Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha hamkorlik fondi (YEDSGʻ) tomonidan ajratiladigan mablagʻlarni oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 6-martdagi 102-son qarori 3-bandidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisidagi Nizomning 14-bandidagi va Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumati kreditidan foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 2-oktabrdagi 460-son qarori 2-bandining 4 va 5-xat boshilaridagi “Mahalliy Telekom” va “Xalqaro Telekom” aksiyadorlik kompaniyalariga koʻrsatmalar “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.