28.06.2000 yildagi PF-2647-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TELEKOMMUNIKATSIYALAR SOHASIDA BOShQARUVNI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq va Telekommunikatsiyalar tizimi faoliyati hamda uni boshqarish samaradorligini oshirish, sohani zamonaviylashtirish va rivojlantirish uchun xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Mahalliy telekom” va “Xalqaro telekom” aksiyadorlik kompaniyalari, ular tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishlari qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi hamda O‘zbekiston pochta va Telekommunikatsiyalar agentligining “Mahalliy telekom” va “Xalqaro telekom” aksiyadorlik kompaniyalari asosida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy, shaharlararo va xalqaro elektraloqa, shu jumladan ma’lumotlarni uzatish, shuningdek, televideniye va radio dasturlarini translatsiya qilish xizmatlariga bo‘lgan talabni qondirish, ular turlarini kengaytirish va sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa vositalari va tarmoqlarini zamonaviylashtirish hamda texnik qayta jihozlash, shu jumladan xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish va qo‘shma korxonalar tashkil qilish, telekommunikatsiya tizimlarini tuzish va faoliyat ko‘rsatishi sohasidagi jahon yutuqlarini joriy etish asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar sohasida bozor islohotlarini yanada rivojlantirish, respublika axborot tizimlarini jahon telekommunikatsiyalar va axborot tarmog‘iga integratsiyalashuvini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiya vositalari faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida ta’sis etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy telekom” va “Xalqaro telekom” aksiyadorlik kompaniyalari tuzgan shartnomalari hamda majburiyatlarning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 23-iyuldagi PF-1823-sonli farmonining “Mahalliy telekom” va “Xalqaro telekom” aksiyadorlik kompaniyalarini tuzishga oid 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 28-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2647-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 184-modda)