Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.06.2000 20.10.1997 yildagi 479-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.06.2000
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“UDINET” QOʻShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI ShART-ShAROITLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 253-sonli “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro va shaharlararo telegraf-telefon tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda rivojlantirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini 2010-yilgacha boʻlgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturini amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining, “Xalqaro Telekom” aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent telegraf-telefon stansiyasi, Toshkent xalqaro elektraloqa markazi va Magistral aloqalar hamda televideniye hududiy ishlab chiqarish birlashmasi negizida “STET Interneyshnl Niderlandiya N.V.” (Niderlandiya) kompaniyasi orqali bogʻlangan “STET Interneyshnl S.r.A.” (Italiya) va “Simens AG” (Germaniya) kompaniyalari bilan birgalikda yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “UDINET” korxonasini (keyingi oʻrinlarda qoʻshma korxona deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar qoʻshma korxonaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi kommutatsiya stansiyalari va tarmoqlarini, aloqaning kabel, radiorele, yoʻldosh liniyalari va tizimlarini yanada rivojlantirish hamda ulardan foydalanishni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqa mamlakatlarning aloqa tarmoqlari bilan oʻzaro bogʻlash boʻyicha integratsiya jarayonlarini taʼminlash va ularni yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy foydalanishdagi mahalliy aloqa tarmoqlarining shaharlararo va xalqaro telegraf-telefon aloqalari oqimining tranzitga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma korxona ustav jamgʻarmasining dastlabki miqdori ishlab chiqilgan investitsiya dasturiga asosan keyinchalik ilovaga* muvofiq 320 mln AQSh dollarigacha koʻpaytirilgan holda 123 mln AQSh dollarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav jamgʻarmasidagi ulushlar quyidagicha taqsimlanadi: Oʻzbekiston tomoni — 50 foiz, xorijiy ishtirokchilar — 50 foiz (shu jumladan, “STET Intekneyshnl Niderlandiya N.V.” — 42 foiz, “Simens AG” — 8 foiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent telegraf-telefon stansiyasi, Toshkent xalqaro elektr-aloqa markazi va Magistral aloqalar hamda televideniye hududiy ishlab chiqarish birlashmasining moddiy va nomoddiy aktivlari Oʻzbekiston tomonining qoʻshma korxona ustav jamgʻarmasidagi ulushi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma korxona aksiyalarining oʻzbekistonlik ishtirokchiga tegishli boʻlgan bir qismini sotib olish, shuningdek, qoʻshma korxona ustav jamgʻarmasini shakllantirish va toʻldirishga moʻljallangan pul mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlararo va xalqaro aloqa tarmoqlari hamda vositalarini modernizatsiya qilish va rivojlantirishga moʻljallangan texnologik asbob-uskunalar xorijiy ishtirokchilarning ulushlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “UDINET” qoʻshma korxonasi muassislarining koʻrsatiladigan xalqaro va shaharlararo telegraf-telefon aloqa xizmatlarini 3 baravar oshirish imkonini beruvchi, 2003-yilgacha 12 ming nomerli xalqaro va shaharlararo telefon stansiyalarini, uzunligi 4 mln kanal-kilometr boʻlgan radiorele va optik tolali aloqa liniyalarini foydalanishga topshirish boʻyicha taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi qoʻshma korxonaning mazkur loyihasini Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “UDINET” qoʻshma korxonasiga quyidagi huquq va imtiyozlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday valyutada schyotlar ochish va ulardan foydalanish, respublika hududida hisob-kitoblar milliy valyutada yuritilishini nazarda tutib Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda xorijiy valyuta olish, ulardan foydalanish va ularni Oʻzbekiston va uning tashqarisidagi banklarda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta tushumining majburiy 30 foizini elektr aloqasi xizmati uchun oʻzaro hisob-kitoblarning xalqaro prinsiplariga muvofiq saldo asosida hisobot beriladigan chorak tugaganidan soʻng sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma korxona masalalari boʻyicha ishlash uchun keladigan xorijiy mutaxassislar tomonidan vizalarni rasmiylashtirish, respublika hududida yashash va transportning barcha turlarida yurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma korxonani oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun import qilinadigan barcha asbob-uskunalar, mexanizmlar va moddiy-texnik resurslar uchun barcha import boj poshlinalari va yigʻgʻimlari (bojxona tartibotlari oʻtkazilganligi uchun boj yigʻimidan tashqari) toʻlashdan ozod qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning xodimlariga — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga nisbatan Pensiya jamgʻarmasiga ajratmalardan ozod qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi qoʻshma korxonaga shaharlararo, xalqaro aloqa liniyalari, maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma (litsenziya) uning faoliyatining barcha muddatiga berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilab qoʻyilsinki, “UDINET” qoʻshma korxonasi telekommunikatsiya asbob-uskunasi yetkazib berish, shaharlararo va xalqaro telefon-telegraf aloqasi xizmatlari koʻrsatish uchun xorijiy kompaniyalar bilan tuzilgan kontraktlar, shuningdek, Oʻzbekiston TOYE segmenti qurilishiga konsern tomonidan olingan kreditlarni uzish yuzasidan majburiyatlar boʻyicha “Oʻzbektelekom” konsernining huquqiy vorisi hisoblanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Oʻzbekiston TOYE segmenti boʻyicha kredit shartnomalarini “UDINET” qoʻshma korxonasiga qayta rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qayta rasmiylashtirilgan kredit shartnomalari boʻyicha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga berilgan Hukumat kafolatlariga tegishli qoʻshimchalar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qaroriga 1a, 4, 4a-ilovalardagi “Shaharlararo aloqa va televideniye hududiy birlashmasi” aksiyadorlik jamiyati, “Toshkent telegraf-telefon stansiyasi”, “Toshkent xalqaro elektraloqa markazi” soʻzlari “UDINET” qoʻshma korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin, shuningdek, mazkur qarorga 6-ilovaning 2-boʻlimidan 1, 2, 3-banddar chiqarib tashlansin, ulushlar “UDINET” qoʻshma korxonasiga taqsimlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari K.R. Rahimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 20-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
479-son