Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKTELEKOM” AKSIYADORLIK KOMPANIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruvni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 28-iyundagi PF-2647-son Farmoniga muvofiq hamda respublika telekommunikatsiyalar tizimini zamonaviylashtirish va rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining bosh direktori lavozimga kompaniya aksiyadorlari umumiy majlisi tomonidan Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining boshlangʻich ustav sarmoyasi unga:
“Mahalliy Telekom” va “Xalqaro Telekom” aksiyadorlik kompaniyalari mol-mulkini;
kompaniya tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlatga tegishli aksiyalar paketlarini berish hisobiga shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-sentabrdagi 453-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 38-39-son, 428-modda)
4. “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondi tarkibi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Telekommunikatsiyalar xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining tugatilayotgan “Mahalliy Telekom” va “Xalqaro Telekom” aksiyadorlik kompaniyalari tarkibiga kirgan 4-ilovaga muvofiq korxonalar va tashkilotlar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimida mustaqil amalga oshirishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda:
bir oy muddatda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining taʼsis majlisi belgilangan tartibda oʻtkazilishini, rahbar organlari tuzilishini va uning ustavi tasdiqlanishini taʼminlasin;
2001-yil 1-yanvargacha mustaqil baholash kompaniyalarini jalb qilgan holda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamgʻarmasiga berilayotgan mol-mulk qiymatini va aksiyalar paketlarini baholasin, shuningdek “Oʻzbektelekom” kompaniyasi aksiyalarini xorijiy investorlarga sotishga tayyorlash uchun xalqaro moliyaviy maslahatchini jalb etsin;
2001-yil 1-aprelgacha “Oʻzbektelekom” kompaniyasining xorijiy investorlarga sotishga moʻljallangan aksiyalari paketlarini tender savdolariga qoʻysin.
7. Hukumat qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev va Oʻ.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 30-iyun,
253-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-dekabrdagi 488-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-dekabrdagi 488-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
“Mahalliy Telekom” va “Xalqaro Telekom” aksiyadorlik kompaniyalari tarkibidan chiqariladigan hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tizimida faoliyat koʻrsatuvchi korxonalar
ROʻYXATI
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
I. Davlat korxonalari
“UzPAK” maʼlumotlar uzatish tarmogʻi korxonasi
Keyingi tahrirga qarang.
Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye korxonasi
Shaharlararo va xalqaro aloqa tarmoqlarini boshqarish markazi
II. Aksiyadorlik jamiyatlari
“Aloqainvest”
“Sanoataloqa”
“RRENOS” ixtisoslashtirilgan loyiha-konstruktorlik byurosi
“Avtoaloqa”
“Elektraloqataʼminot”
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzimpeksaloqa”
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-dekabrdagi 488-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
III. Qoʻshma korxonalar
“Aloqa-DEU”
“Kamalak-TV”
“Oʻzdunrobita”
“Oʻzyoʻldoshaloqa”
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-dekabrdagi 488-sonli qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qarori 4-bandi 2-xat boshining birinchi jumlasi, 5-bandining 3-xat boshi, qarorga 3, 3a, 3b, 4, 4a, 4b-ilovalar, 6-ilova 1-boʻlimining 1 va 2-bandlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Udinet” qoʻshma korxonasini tashkil etish va uning faoliyati shart-sharoitlari toʻgʻrisida” 1997-yil 20-oktabrdagi 479-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 38-39-son, 428-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qaroriga 5 va 5a-ilovalardagi “Xabar” gazetasi (kompaniyaning uyushgan aʼzosi)” va “Xabar” gazetasi” soʻzlari tegishlicha chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qaroridagi, Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha hamkorlik fondi (YEDSGʻ) tomonidan ajratiladigan mablagʻlarni oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 6-martdagi 102-son qarori 3-bandidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisidagi Nizomning 14-bandidagi va Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumati kreditidan foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 2-oktabrdagi 460-son qarori 2-bandining 4 va 5-xat boshilaridagi “Mahalliy Telekom” va “Xalqaro Telekom” aksiyadorlik kompaniyalariga koʻrsatmalar “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.