OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGINING
QARORI
Akademik litseylar bitiruvchilariga mutaxassisliklar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 10-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2882]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Mehnat vazirligi qaror qiladi:
1. Akademik litseylar bitiruvchilariga mutaxassisliklar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori U. SALIMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-aprel,
22/QQ-son
Mehnat vaziri oʻrinbosari B. NIZOMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-aprel,
8-Q/Q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Mehnat vazirligining 2017-yil 7-apreldagi 22/QQ va 8-Q/Q-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Akademik litseylar bitiruvchilariga mutaxassisliklar berish tartibi toʻgʻrisidagi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq akademik litseylar bitiruvchilariga mutaxassisliklar berish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Akademik litseylarning bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son qarori bilan tasdiqlangan Akademik litseylar bitiruvchilariga beriladigan ayrim mutaxassisliklar roʻyxatida nazarda tutilgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaxassisliklar (bundan buyon matnda mutaxassislik deb yuritiladi) beriladi.
2. Akademik litseylarning bitiruvchilariga beriladigan mutaxassislik akademik litseyning taʼlim yoʻnalishi boʻyicha, oʻqituvchilar tarkibi, oʻquv-metodik, moddiy-texnika bazasidan kelib chiqqan holda belgilanadi va akademik litsey pedagogik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
3. Akademik litsey tomonidan beriladigan mutaxassislik akademik litseyning barcha shaxslar kirishi va koʻrishi mumkin boʻlgan joyda (joylarda) eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyilishi, rasmiy veb-saytida (agar rasmiy veb-sayti mavjud boʻlsa) eʼlon qilinishi shart.
2-bob. Akademik litseylar oʻquvchilarini mutaxassislikka oʻqitish
4. Akademik litseylarda mutaxassislik oʻquv rejalarda nazarda tutilgan maxsus fan (bundan buyon matnda mutaxassislik fani deb yuritiladi) sifatida oʻqitiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Akademik litseylar oʻquvchilarining mutaxassislik fani boʻyicha bilim saviyasini baholash va yakuniy reyting koʻrsatkichlarini aniqlash Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 1812, 2008-yil 19-may) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. Oʻquvchilarning mutaxassislik fani boʻyicha egallagan bilimi va oʻquv dasturini oʻzlashtirish darajasini belgilash uchun oʻqitilgan mutaxassislik fani boʻyicha amaliy imtihon oʻtkaziladi.
3-bob. Mutaxassislik fani boʻyicha amaliy imtihon oʻtkazish
7. Mutaxassislik fani boʻyicha oʻquv reja va dasturining barcha talablarini toʻliq bajargan akademik litsey oʻquvchisi akademik litsey direktorining buyrugʻiga asosan amaliy imtihonni topshirishga qoʻyiladi.
8. Amaliy imtihon yakuniy davlat attestatsiyasidan oldin oʻtkaziladi.
9. Amaliy imtihon oʻtkazish jadvali u oʻtkaziladigan kunlar koʻrsatilgan holda, akademik litsey direktori tomonidan tasdiqlanadi va amaliy imtihon boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin akademik litseyning barcha oʻquvchilar koʻrishi mumkin boʻlgan joydagi (joylardagi) eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyish orqali oʻquvchilar eʼtiboriga yetkaziladi.
10. Amaliy imtihon amaliy topshiriq shaklida oʻtkaziladi. Bunda imtihon biletida 1 ta amaliy topshiriq beriladi.
11. Amaliy topshiriqlar oʻqitilgan mutaxassislik fani oʻquv dasturi asosida tuziladi va akademik litseyning pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda amaliy imtihon boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin akademik litseyning barcha oʻquvchilar koʻrishi mumkin boʻlgan joydagi (joylardagi) eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyish orqali oʻquvchilar eʼtiboriga yetkaziladi.
12. Amaliy imtihonni oʻtkazish uchun akademik litsey direktorining buyrugʻi bilan kamida 5 kishidan iborat tarkibda Amaliy imtihon oʻtkazish komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya quyidagi tarkibdan iborat boʻladi:
komissiya raisi — akademik litsey direktori (u boʻlmaganda, uning vazifasini bajaruvchi shaxs);
komissiya kotibi — akademik litsey direktorining oʻrinbosari;
komissiya aʼzolari — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi vakili, shuningdek akademik litsey hamda kelishuv asosida turdosh kasb-hunar kollejlarining maxsus fan boʻyicha oʻqituvchilari.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Amaliy imtihon akademik litseyning har bir guruhi uchun alohida kunda oʻtkaziladi.
14. Har bir oʻquvchiga amaliy topshiriqlarni bajarish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.
15. Akademik litsey oʻquvchilari amaliy topshiriqni bajarishi quyidagi mezonlar asosida “5” ballik tizimda baholanadi:
oʻquvchi topshiriqni toʻgʻri va toʻliq, mustaqil hamda amaliy metodik qoʻllanmalardan foydalanmasdan bajardi deb topilganda — “5” ball;
oʻquvchi topshiriqni toʻgʻri va toʻliq, mustaqil bajardi, biroq tegishli amaliy metodik qoʻllanmalardan foydalandi deb topilganda — “4” ball;
oʻquvchi topshiriqni toʻgʻri va toʻliq bajardi, biroq tegishli metodik qoʻllanmalardan hamda maxsus fan oʻqituvchisining ogʻzaki maslahatidan foydalandi deb topilganda — “3” ball;
oʻquvchi tegishli metodik qoʻllanmalardan hamda maxsus fan oʻqituvchisining ogʻzaki maslahatidan foydalangan holda topshiriqni toʻgʻri va toʻliq bajara olmadi deb topilganda — “2” ball.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Oʻquvchi tomonidan amaliy topshiriq bajarilgandan soʻng, Komissiyaning har bir aʼzosi oʻquvchiga oʻzining bahosini qoʻyadi. Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, oʻquvchiga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
17. Amaliy imtihon natijalari imtihon yakunlangandan soʻng oʻquvchilarga eʼlon qilinadi.
18. Oʻrtacha arifmetik ball “3” balldan kam boʻlgan oʻquvchi amaliy imtihondan oʻtmagan deb hisoblanadi.
19. Amaliy imtihondan oʻtmagan, shuningdek amaliy imtihonga uzrli sabablarga koʻra kelmagan oʻquvchilarga Komissiya qaroriga asosan amaliy imtihonni keyingi oʻquv yili boshlangunga qadar (biroq, akademik litseyni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom berilgunga qadar) boʻlgan vaqt ichida qayta topshirishi (topshirishi) mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Amaliy imtihonni qayta topshirishi lozim boʻlgan va uzrli sabablarga koʻra imtihonga kelmagan oʻquvchilar roʻyxati, imtihonni qayta topshirish (topshirish) kuni va vaqti Komissiya qarorida koʻrsatiladi.
20. Akademik litsey oʻquvchisi amaliy imtihon natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, amaliy imtihon natijasi eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida akademik litsey direktorining buyrugʻi bilan tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Komissiya faoliyatida ishtirok etmagan akademik litseyning pedagog xodimlari orasidan komissiya raisi va kamida toʻrt nafar aʼzo kiritiladi.
22. Akademik litsey oʻquvchisi tomonidan berilgan apellyatsiya apellyatsiya komissiyasi tomonidan 24 soat ichida koʻrib chiqilishi lozim.
4-bob. Mutaxassislik boʻyicha davlat namunasidagi sertifikatni berish
Oldingi tahrirga qarang.
23. Amaliy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan (oʻrtacha arifmetik ball “3” va undan yuqori boʻlgan) oʻquvchilarga oʻqitilgan mutaxassislik boʻyicha mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 5-apreldagi 16 q/q, 14-2019-q/q-sonli qarori (roʻyxat raqami 2882-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/2882-1/2985-son)
24. Mutaxassislik boʻyicha davlat namunasidagi sertifikat akademik litsey oʻquvchisiga akademik litseyni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom bilan birgalikda beriladi.
25. Mutaxassislik boʻyicha berilgan davlat namunasidagi sertifikat ikkinchi oʻrta-maxsus taʼlim olganlik hisoblanmaydi.
26. Mutaxassislik boʻyicha berilgan davlat namunasidagi sertifikat egallangan bilimlarni mehnat faoliyatida amalga oshirish huquqini beradi.
5-bob. Yakuniy qoida
27. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Akademik litseylar bitiruvchilariga mutaxassisliklar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Akademik litsey sertifikatining davlat namunasi Akademik litsey sertifikatining tavsifi
Sertifikat 105x297 mm oʻlchovda, qogʻoz 100% paxta, qalinligi va ogʻirligi 100+10 gr/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan qogʻozda tayyorlangan koʻrinishga ega.
Sertifikat blankasining yuz tomoni yuqori qismi markazida diametri 30 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi (rangli) tasviri tushiriladi. Davlat gerbidan (rangli) 10 mm pastda “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI” soʻzlari, uning ostidan “SERTIFIKAT” soʻzi qizil rangda oʻzbek tili lotin alifbosida yoziladi.
Matn — Sertifikat blankasi ichki qismi chap tomonida oʻzbek tili lotin alifbosi, oʻng tomonida ingliz tilida tegishli yozuvlar tushiriladi.
Sertifikat varagʻi ichki qismining ikki tarafi markazida “Humo” qushi (25x10 mm oʻlchamli) qiyofasida koʻrinmaydigan tasvir joylashtiriladi va ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.
Sertifikat blankasi 7 darajali himoyaga ega:
1) tartib raqami qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etilib, ultrabinafsha nurlari ostida yashil rangda koʻrinadi;
2) mashinada nusxa koʻchirishni qiyinlashtiradigan zaif boʻyoqlardan foydalanish;
3) har xil shakldagi rastrli setkalardan foydalanish;
4) varaqning asosiy foni och jigarrang, ikki tanger setkadan paydo boʻlgan ingichka sinusoidal chiziqdan tashkil topgan hamda nusxa koʻchirmaydigan himoyaga ega boʻlish;
5) maxsus qogʻoz ishlatish;
6) Davlat gerbini rangli tasvirlash;
7) yorugʻlikda yaxshi koʻrinadigan “paxta koʻsagi” koʻrinishidagi asosiy uch oʻlchovli suv belgisini tushirish, olti shaklli oʻzgaradigan raqamdan foydalanish.
|
Sertifikatning tashqi oʻng tomoni: | |||||||||
| | |||||||||
|
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri) | |||||||||
| | |||||||||
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI | |||||||||
|
SERTIFIKAT | |||||||||
| | |||||||||
| | |||||||||
| | |||||||||
| | |||||||||
| |
|
Sertifikatning ichki chap tomoni: | |||||||||
|
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI | |||||||||
|
AKADEMIK LITSEY SERTIFIKATI | |||||||||
|
LS № __________________ | |||||||||
|
(dirlomsiz kuchga ega emas) | |||||||||
| | |||||||||
| ______________________________________________________________________ | |||||||||
|
(familiyasi, ismi, otasining ismi) | |||||||||
| 20____ yilda __________________________________________________________________________ | |||||||||
|
(akademik litsey nomi) | |||||||||
| _______________________________________________________________________________ga kirib, | |||||||||
| 20___yilda ____________________________________________________________________________ | |||||||||
|
(akademik litsey nomi) | |||||||||
| ______________________________________________________________________________akademik | |||||||||
| litseyni _______________________________________________________________________ yoʻnalishi | |||||||||
|
(yoʻnalish nomi) | |||||||||
| boʻyicha tamomladi hamda ________________________________________________ mutaxassisligi berildi. | |||||||||
|
(mutaxassislik nomi) | |||||||||
| | |||||||||
| | M.Oʻ | Davlat attestatsiya komissiyasi raisi |
| Direktor Kotib(a) |
| | |||
| | |||||||||
| _______________________ shahri (tumani), 20___ yil | Roʻyxat raqami _________ | ||||||||
| | |||||||||
| | |||||||||
|
Sertifikatning ichki oʻng tomoni: | |||||||||
|
TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN | |||||||||
|
CERTIFICATE OF ACADEMIC LYCEUM | |||||||||
|
LS № __________________ | |||||||||
|
(not valid without diploma) | |||||||||
| | |||||||||
| ______________________________________________________________________ | |||||||||
|
(full name) | |||||||||
| ______________________________________________________________________ | |||||||||
| enrolled in 20___________________________________________________________________________ | |||||||||
| and completed in 20______________________________________________________________________ | |||||||||
|
(name of academic lyceum) | |||||||||
| ______________________________________________________________________ | |||||||||
| having spesialized in _____________________________________________________________________ | |||||||||
|
(field of study) | |||||||||
| ______________________________________________________________________ | |||||||||
| having spesialist in _______________________________________________________________________ | |||||||||
|
(speciality) | |||||||||
| | |||||||||
| | (Seal) | | Chairman of the State Attestation commission | | Director Secretary |
| |||
| | |||||||||
| Given______________________ | | | Registration № ____________ | ||||||
| | |||||||||
| | |||||||||
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 5-apreldagi 16 q/q, 14-2019-q/q-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2882-1, 22.04.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/2882-1/2985-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 19-son, 350-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/2882-1/2985-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 12.12.2022-y., 10/22/2882-2/1077-son)