19.05.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1812
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining qarori, 19.05.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1812
Кучга кириш санаси
29.05.2008
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarorining 7-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimini tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
a) akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarida Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalari saviyasini shakllanganligi darajasini nazorat qilish;
b) o‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta’minlash;
4. O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat tartibotlarini o‘tkazish nazarda tutiladi: