Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Qarori
Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 2-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1781-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2008-yil 21-yanvardagi 1 va 1/2-son qarori (roʻyxat raqami 1781, 2008-yil 26-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 12-13-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-aprel,
40-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. MIRZAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-aprel,
34-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2017-yil 18-apreldagi 40 va 34-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 4-bandning “b” kichik bandidagi “ixtisoslashgan buxgalterlik firmasiga” degan soʻzlar “ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha xizmat koʻrsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 6-bandning “v” va “g” kichik bandlaridagi “boshlangʻich hujjatlar” degan soʻzlar “boshlangʻich hisob hujjatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“8. Fermer xoʻjaliklarida tuziladigan boshlangʻich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari, ularni tuzish, qabul qilish, saqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi, shuningdek hujjatlar aylanishini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga va Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1297, 2004-yil 14-yanvar) muvofiq tartibga solinadi.
9. Boshlangʻich hisob hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan namunaviy shakllarda yoki ushbu Nizomning talablariga rioya qilgan holda fermer xoʻjaliklari tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan blankalarda tuziladi.
Boshlangʻich hisob hujjatlari elektron hujjat tarzida tuzilishi va taqdim etilishi mumkin.”.
4. 10-banddagi “boshlangʻich hujjatlar” degan soʻzlar “boshlangʻich hisob hujjatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 14-bandning ikkinchi xatboshisi va 15-banddagi “muhr bilan tasdiqlanadi” degan soʻzlardan keyin “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
6. 24-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “boshlangʻich hujjatlarda” degan soʻzlar “boshlangʻich hisob hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “birlamchi hujjatlar” degan soʻzlar “boshlangʻich hisob hujjatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 25-bandning birinchi xatboshisidagi “uzoq muddatli” degan soʻzlar “moliyaviy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
8. 38-bandning ikkinchi xatboshisidagi “birlamchi hujjatlardagi” degan soʻzlar “boshlangʻich hisob hujjatlaridagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 1-ilovada:
a) 0112 tartib raqamli schyotning “Schyotlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi”;
b) 0212, 0299, 0300, 0310, 0860, 0920, 4810, 9550, 010 sonli schyotlarning “Schyotlar nomi” ustunidagi “Uzoq muddatli” degan soʻzlar “Moliyaviy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
v) 4820, 9350, 001 tartib raqamli schyotlarning “Schyotlar nomi” ustunidagi “Qisqa muddatli” degan soʻzlar “Operativ” degan soʻz bilan almashtirilsin;
g) 6320 tartib raqamli schyot chiqarib tashlansin;
d) 6910 tartib raqamli schyotning “Schyotlar nomi” ustunidagi “qisqa muddatli” degan soʻzlar “operativ” degan soʻz bilan almashtirilsin;
e) 7910 tartib raqamli schyotning “Schyotlar nomi” ustunidagi “uzoq muddatli” degan soʻzlar “moliyaviy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
j) 8510 tartib raqamli schyotning “Schyotlar nomi” ustunidagi “Mulkni” degan soʻz “Uzoq muddatli aktivlarni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
z) izoh chiqarib tashlansin.
10. 2-ilovadagi “Boshlangʻich hujjatning” degan soʻzlar “Boshlangʻich hisob hujjatining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 4-ilovadagi “uzoq muddatli” degan soʻzlar “moliyaviy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
12. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Fermerlari kengashi bilan kelishilgan.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
2017-yil 7-aprel
Oʻzbekiston Fermerlari kengashining raisi S. TURDIYEV
2017-yil 7-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 18-son, 328-modda)