Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 25.04.2017 yildagi 239-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-2020-yillar davrida faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvalini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qaroriga muvofiq, shuningdek 2018 — 2020-yillar davrida faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini joriy etishning aniq muddatlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2018 — 2020-yillar davrida faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvali (keyingi oʻrinlarda jadval deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jadvalda koʻrsatilgan Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlari koʻrsatuvchi vakolatli organlar va boshqa tashkilotlar:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2019-yillar mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga, Adliya vazirligiga hamda Savdo-sanoat palatasiga tadbirkorlik subyektlaridan talab qilinadigan hujjatlar va maʼlumotlar, shuningdek ularni berish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatini va tegishli davlat organlaridan maʼlumotlar olish uchun idoralararo elektron hamkorlikdan majburiy foydalanishni hisobga olgan holda davlat xizmatlarini takomillashtirish boʻyicha aniq tadbirlarni har yili 1-maygacha boʻlgan muddatda kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadvalda koʻrsatilgan muddatlardan uch oy oldin Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-dekabrdagi 358-son qarori 3 va 5-bandlari talablarining ijrosini taʼminlasinlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tegishli davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan, shuningdek eskirgan va zamonaviy talablarga javob bermaydigan hujjatlar va maʼlumotlarni shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali olinadigan maʼlumotlarni tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etish toʻgʻrisidagi talablarni bekor qilishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadvalda koʻrsatilgan muddatlardan boshlab davlat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizalarni toʻgʻridan-toʻgʻri tadbirkorlik subyektlaridan qabul qilish amaliyotini bekor qilsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir tizimli chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tegishli yilda, faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari bosqichma-bosqich joriy etish jadvalini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga 2017 — 2019-yillar mobaynida har yili 1-avgustgacha boʻlgan muddatda kiritsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 25-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 239-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2020-yillar davrida faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Beriladigan hujjat, koʻrsatiladigan xizmat nomi

Harakat va (yoki) muayyan faoliyat

Tadbirkorlik subyektiga hujjat beruvchi vakolatli organ

Joriy etish muddati

2018-yil

3.

Bino va inshootlarni, suv taʼminoti, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash tizimlarini, gidrotexnika inshootlarini, boshqa obyektlarni sanitariya normalar�, qoidalari va gigiyena meʼyorlariga rioya etgan holda loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilishni kelishish.

Bino va inshootlarni, suv taʼminoti, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash tizimlarini, gidrotexnika inshootlarini, boshqa obyektlarni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena meʼyorlariga rioya etgan holda qurish, rekonstruksiya qilish loyihasini tasdiqlash.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2018-yil

1-iyul

5.

Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma.

Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

2018-yil

1-iyul

10.

Yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida qaror (Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari).

Yer uchastkasidan foydalanish.

Tuman (shahar) hokimliklari

2018-yil

1-oktabr

11.

Muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish uchun texnik shartlar.

Meʼmoriy-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish.

Foydalanish tashkilotlari

2018-yil

1-oktabr

12.

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan isteʼmol tovarlari ulgurji savdosiga litsenziya.

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan isteʼmol tovarlari ulgurji savdosi.

Adliya vazirligi

2018-yil

1-oktabr

13.

Telekommunitsatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2018-yil

1-oktabr

19.

Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma.

Yovvoyi hayvonlarni ovlash.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

2018-yil

1-dekabr

20.

Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, trofeylar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma.

Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, trofeylar, tulumlarni olib kirish va olib chiqish.

21.

Yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma.

Yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlarini olib kirish va olib chiqishga.

22.

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashmalarini tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik.

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashmalarini tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish.

Davlat raqobat qoʻmitasi

2018-yil

1-dekabr

23.

Qonunchilikda belgilangan holatlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik.

Qonunchilikda belgilangan holatlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushla�ni) olish yuzasidan shaxs yoki bir guruh shaxslar bilan oldi-sotdi, ayirboshlash shartnomalari, hadya, ishonchli boshqaruv va shu kabi bitimlarni tuzish.

24.

Loyihaviy hujjatlarning meʼmoriy-rejalashtirish topshirigʻiga muvofiqligi nuqtai nazaridan Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi meʼmoriy-shaharsozlik kengashi bilan kelishish.

Loyiha hujjatlarini obyektning yongʻinga qarshi xavfsizligi va zilzilaga bardoshliligi yuzasidan davlat ekspertizasi xulosasini olish.

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi

2018-yil

1-dekabr

2019-yil

26.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnomani kelishish.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma olish.

Suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

2019-yil

1-iyul

27.

Maxsus qoʻshiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, ozuqa qoʻshimchalari, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini chetdan keltirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma.

Maxsus qoʻshiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, ozuqaviy qoʻshimchalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini chetdan keltirish va ishlab chiqarish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2019-yil

1-iyul

31.

Ommaviy axborot vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma.

Ommaviy axborot vositasi sifatida faoliyatni amalga oshirish.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

2019yil

1-oktabr

33.

Bojxona ombori taʼsis etishga litsenziya.

Bojxona ombori taʼsis etish.

Davlat bojxona qoʻmitasi

2019yil 1-oktabr

34.

Meʼmoriy-rejalashtirish topshirigʻi.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

Qurilish vazirligi

2019yil

1-oktabr

36.

Sanoat xavfsizligi boʻyicha ekspertiza xulosasi.

Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatish yuzasidan faoliyatni olib borish.

Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari

2019-yil

1-oktabr

37.

Obyektning yongʻinga qarshi xavfsizligi va seysmik barqarorligi toʻgʻrisida davlat ekspertizasi xulosasi.

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma olish.

Davlat ekspertiza organlari

2019-yil

1-oktabr

38.

Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyat bilan shugʻullanishga litsenziya.

Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish.

Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish markazi

2019-yil

1-oktabr

39.

Bojsiz savdo doʻkonini taʼsis etishga litsenziya.

Bojsiz savdo doʻkonini taʼsis etish.

Davlat bojxona qoʻmitasi

2019-yil

1-dekabr

40.

“Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona taʼsis etishga litsenziya.

“Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona taʼsis etish.

41.

Dori vositasi va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma.

Dori vositasi va tibbiy buyumlardan tibbiy foydalanish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2019-yil

1-dekabr

42.

Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati.

Moliya vazirligi

2019-yil

1-dekabr

43.

Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

Auditorlik faoliyati.

44.

Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

Lotereyalar tashkil etish.

45.

Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazishga litsenziya.

Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish.

Qurilish vazirligi

2019-yil

1-dekabr

46.

Bahola� faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

Baholash faoliyati.

Davlat raqobat qoʻmitasi

2019-yil 1-dekabr

47.

Birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya. (valyuta birjasi faoliyati bundan mustasno).

Birja faoliyati. (valyuta birjasi faoliyati bundan mustasno).

48.

Rieltorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

Rieltorlik faoliyati.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

49.

Suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarini oqizib yuborish bilan bogʻliq yangi korxonalar qurish va faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihasini kelishish.

Yer usti suvlaridan foydalanish bilan bogʻliq yangi korxonalar qurish va faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihasini tasdiqlash.

Suv xoʻjaligi vazirligi

2019-yil

1-dekabr

50.

Yoʻllar, yoʻl inshootlari, temir yoʻl oʻtkazgichlari, yoʻllar va koʻchalar boʻylab joylashgan servis shoxobchalari, AYQSh, AGTQS va AGQS, bino va inshootlar qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash hamda transport vositalari konstruksiyalari loyihalarini kelishish.

Yoʻllar, yoʻl inshootlari, temir yoʻl oʻtkazgichlari, yoʻllar va koʻchalar boʻylab joylashgan servis shoxobchalari, AYQSh, AGTQS va AGQS, Bino va inshootlar qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash hamda transport vositalari konstruksiyalari loyihalarini tasdiqlash.

Ichki ishlar vazirligi

2019-yil

1-dekabr

51.

Sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma.

Sugʻurtalovchini qayta tashkil etish.

Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi

2019-yil

1-dekabr

52.

Sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini kelishish.

Sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish.

53.

Sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish.

Sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlarini amalga oshirish.

2020-yil

55.

Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya, Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari bundan mustasno.

Ulgurji savdo, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari bundan mustasno.

Tumanlar va shaharlar hokimliklari

2020-yil

1-aprel

56.

Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlashga litsenziya.

Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash.

Intellektual mulk agentligi

2020-yil

1-aprel

57.

Fonogrammalarni tayyorlashga litsenziya.

Fonogrammalarni tayyorlash.

61.

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarishga ruxsatnoma.

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi nazorati ostidagi obyektlarda rele himoyasi uskunalarini, elektroavtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni sozlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish.

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi

2020-yil

1-oktabr

62.

Uskunalar, quvurlar, tsisterna va boshqa sigʻimlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarishga ruxsatnoma.

Uskunalar, quvurlar, tsisterna va boshqa sigʻimlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarish.

63.

Turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

Turizm faoliyati.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, Turizmni rivojlantirish departamentlari

2020-yil

1-oktabr

64.

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish uchun litsenziya.

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish.

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

2020-yil

1-dekabr

65.

Avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari ajratishni kelishish.

Avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari ajratish toʻgʻrisidagi qarorni olish.

Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi,Ichki ishlar vazirligi

2020-yil

1-dekabr

66.

Past va oʻrta faollikdagi radioaktiv chiqindilardan tashqari ogʻir vaznli, yirik gabaritli yoki xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish yoʻnalishi sxemalarini kelishish.

Past va oʻrta faollikdagi radioaktiv chiqindilardan tashqari ogʻir vaznli, yirik gabaritli yoki xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish.

Ichki ishlar vazirligi

2020-yil

1-dekabr

68.

Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni kelishish.

Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi,
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

2020-yil

1-dekabr

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 17-son, 301-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son, 19.07.2018-y., 09/18/553/1538-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son; 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)