Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar barvaqt profilaktikasi va oldini olish boʻyicha faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida:
1. Huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirishning quyidagi asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin:
birinchi — huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining respublika, oʻrta va quyi pogʻonalari faoliyatining sifat jihatidan yangi tartibini oʻrnatish, bunda ularning asosiy vazifalari, funksiyalari hamda javobgarligini aniq belgilash va chegaralash, profilaktika inspektorlari zimmasiga ular faoliyatiga xos boʻlmagan funksiyalar yuklatilishiga yoʻl qoʻymaslik;
ikkinchi — profilaktika ishini aholi, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqin hamkorlikda tashkil etish, ushbu ishni, birinchi navbatda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishni taʼminlashga, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga, fuqarolarga qonunga hurmat va qonun buzilishining har qanday koʻrinishiga murosasizlik munosabatini singdirishga qaratish;
uchinchi — voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash tizimini ularni Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga, oʻsib kelayotgan yosh avlodni terrorizm, diniy ekstremizm, zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoyalashga yoʻnaltirilgan holda rivojlantirish;
toʻrtinchi — profilaktika inspektorlarining zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarning talab darajasida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, shu jumladan oʻzlarining faoliyati haqida jamoatchilik oldida tizimli ravishda hisobot berishlarini yoʻlga qoʻyish, ularning aholini tashvishga solayotgan muammolarga yuzaki munosabatda boʻlish holatlariga chek qoʻyish;
beshinchi — profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini baholashning taʼsirchan mezonlarini joriy etish, bunda, birinchi navbatda jamoatchilik fikri, ularning faoliyati natijalaridan fuqarolarning qanoatlanishi hamda aholi bilan hamkorlik darajasini hisobga olish;
oltinchi — ushbu sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, profilaktika inspektorlarining bilim darajasi va kasbiy tayyorgarligini oshirish, ular uchun munosib ish sharoitlarini yaratish, ularni bevosita oʻzlariga biriktirilgan hududda xizmat turar joyi bilan taʼminlash, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish natijadorligi uchun moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish.
2. 2017-yilning 1-oktabridan quyidagi tartib joriy etilsin:
profilaktika inspektorlari oʻz lavozimiga tegishli fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari vakillari ishtirokida boʻlib oʻtadigan muhokamalar natijalariga koʻra qabul qilinadigan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari har oyda profilaktika inspektorlarining hisobotlarini eshitadi.
Belgilab qoʻyilsinki, profilaktika inspektorlarining hisobotlarini eshitish yakunlariga koʻra ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan choralar va ish natijalari tanqidiy muhokama qilinadi, ular faoliyatining samaradorligiga alohida baho beriladi hamda egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qilinadi.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari tayanch punkti toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun asoslantirilgan hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2018-yilning 1-yanvariga qadar profilaktika inspektorlarini oʻzlari biriktirilgan hududda xizmat turar joyi bilan taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kriminogen vaziyat, aholi soni va hududlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda toifalangan ichki ishlar organlari tayanch punktlarining yangilangan joylashuvini tasdiqlasin;
bir oy muddatda yangi barpo etilayotgan ichki ishlar organlari tayanch punktlarini joylashtirish va jihozlash, shu jumladan, qurilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 3-fevraldagi PF–4944-sonli Farmoniga muvofiq amalga oshirilayotgan “Mahalla markazi” majmualari va fuqarolar yigʻinlari binolari namunaviy loyihalariga profilaktika inspektorlari uchun alohida xonalarni kiritishni nazarda tutgan holda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tanqidiy qayta koʻrib chiqish asosida, zamonaviy talablar va ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha taʼlim oluvchilar sonini koʻpaytirish choralarini koʻrsin;
Keyingi tahrirga qarang.
ikki oy muddatda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi bilan birgalikda ichki ishlar organlari uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari rahbarlari lavozimiga asosan haqiqiy harbiy xizmatni oʻtagan shaxslarni (tanlov asosida) saralashning va tayinlashning samarali mezonlarini joriy etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
uch oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-aprel,
PQ-2896-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Bosh boshqarma) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining (keyingi oʻrinlarda — IIV) ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatiga qonun hujjatlariga muvofiq uslubiy rahbarlik qilishni va uni muvofiqlashtirishni taʼminlovchi tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Bosh boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi, “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi va boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlari, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi;
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — IIBB), viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — IIB)ning huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari;
ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari;
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari), transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlimlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari);
ichki ishlar organlarining qishloq, ovul va mahallalardagi tayanch punktlari.
4. Bosh boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻzining toʻliq nomi yozilgan blanki va muhriga, shtampiga ega boʻladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan taʼsis etiladigan va Bosh boshqarma faoliyatining oʻziga xos xususiyatini ifodalovchi ramziy belgisiga ega boʻlishi mumkin.
2-bob. Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mamlakatdagi kriminogen vaziyat toʻgʻrisidagi axborotni kompleks va tizimli tahlil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasida mavjud kuch va vositalardan foydalanish samaradorligini baholash, shuningdek ularning sodir etilish sabablarini va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini, shu jumladan voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va uslubiy taʼminlash, kadrlar salohiyatining doimiy ravishda mustahkamlanishini taʼminlash;
huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarida ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni, shuningdek qamoqqa olish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyot choralarini ijro etish boʻyicha faoliyatni belgilangan tartibda nazorat qilish;
qonunchilikni, huquqni qoʻllash amaliyotini, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi shakllari va usullarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari, oʻzga davlat organlari va tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil etish.
6. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
a) mamlakatdagi kriminogen vaziyat toʻgʻrisidagi axborotni kompleks va tizimli tahlil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasida mavjud kuch va vositalardan foydalanish samaradorligini baholash, shuningdek ularning sodir etilish sabablarini va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish sohasida:
ichki ishlar organlarining quyi va boshqa boʻlinmalaridan viloyat, tuman va shaharlar boʻyicha kriminogen vaziyat haqidagi axborotni talab qilib olish va umumlashtirish;
kriminogen vaziyat haqida olinayotgan axborotni tizimli ravishda oʻrganishni amalga oshirish, ichki ishlar organlarining mavjud kuch va vositalarini joylashtirishda yoʻl qoʻyilgan kamchilik va nuqsonlarni, shuningdek huquqbuzarliklar sodir etilishga imkon beruvchi omillarni aniqlash;
mamlakatning taʼlim, madaniy-koʻngilochar, sport-sogʻlomlashtirish muassasalarida va boshqa tashkilotlarida voyaga yetmaganlar bilan tarbiyaviy ishlar ahvolini oʻrganish;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga, ularning sodir etilishi sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan, shu jumladan boshqa davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda oʻtkaziladigan tadbirlarning istiqbolli va joriy rejalashtirilishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, kuch va vositalarni oqilona joylashtirish va qayta taqsimlash boʻyicha takliflar taqdim etish;
davlat organlari, jamoat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish, shu jumladan tegishli infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha taqdimnomalar kiritish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida maʼlumot-axborot fondini shakllantirish, hisobga olishlarni markazlashtirish, statistik hisobot yuritish;
b) huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini, shu jumladan voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va uslubiy taʼminlash, kadrlar salohiyatining doimiy ravishda mustahkamlanishini taʼminlash sohasida:
ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini oʻrganishni tashkil etish;
ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalariga amaliy yordam koʻrsatish, ularning ishini samarali tashkil etish uchun metodik va boshqa materiallar ishlab chiqish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlari tomonidan qonunchilik talablarini, xizmat intizomini hamda odob-axloq qoidalarini buzish holatlari, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari obroʻsini tushiradigan boshqa xatti-harakatlar boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazish;
ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlashga, xodimlar tomonidan suisteʼmolchilik va boshqa noqonuniy harakatlarga yoʻl qoʻyilishining oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid qonunchilik, davlat dasturlari va boshqa dasturlar bajarilishi ustidan monitoring va nazorat qilish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida belgilangan tartibda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishni amalga oshirish;
ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan, jadal oʻqitish uslublaridan keng foydalanish;
ichki ishlar organlari tayanch punktlarining moddiy-texnik jihozlanishi va infratuzilmasining rivojlanishini taʼminlash boʻyicha choralar ishlab chiqish, profilaktika inspektorlari uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratish;
v) huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarida ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni, shuningdek qamoqqa olish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyot choralarini ijro etish boʻyicha faoliyatni belgilangan tartibda nazorat qilish sohasida:
huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni, shuningdek qamoqqa olish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyot choralarini ijro etish boʻyicha faoliyatini tekshirishni amalga oshirish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari tomonidan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni, shuningdek qamoqqa olish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyot choralarini ijro etish chogʻida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida zarur choralarni koʻrish;
ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni, shuningdek qamoqqa olish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyot choralarini ijro etish boʻyicha faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni keng tatbiq etish yuzasidan choralar ishlab chiqish;
ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turuvchi shaxslarning axloqan tuzalishi va qayta huquqbuzarlik sodir etishlarining oldini olish maqsadida ular bilan olib boriladigan profilaktika ishlarini takomillashtirish;
g) qonunchilikni, huquqni qoʻllash amaliyotini, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi shakllari va usullarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqish va ushbu jarayonda bevosita ishtirok etish;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy kriminalistik texnika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kriminalistik va maʼlumotlar tezkor-maʼlumot bazalarining joriy qilinishini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi usullarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini takomillashtirish masalalari yuzasidan axborot-tahliliy materiallar, obzorlar va tavsiyalar tayyorlash;
ichki ishlar organlari faoliyatida, shu jumladan xorijiy davlatlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida samarali foydalanilayotgan ijobiy tajribani oʻrganish, umumlashtirish va yoyish;
oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish boʻyicha samarali shakl va usullarni hamda ishlashning yagona prinsiplarini ishlab chiqish;
d) huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari, oʻzga davlat organlari va tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil etish sohasida:
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organi funksiyasini bajarish;
davlat organlari, taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalari, jamoat birlashmalari bilan birgalikda voyaga yetmaganlarni oʻqitish va ijtimoiy-huquqiy himoyalash, ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishlarini tashkil etish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlashdagi umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish;
aholining turmush darajasini oshirish, ijtimoiy keskinlikni yumshatish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etishning asosiy sharti sifatida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlashda mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻmaklashish;
taʼlim muassasalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va tashkilotlardan mutaxassislarni jalb qilgan holda, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;
huquqbuzarliklar profilaktikasining dolzarb masalalari boʻyicha seminarlar va “davra suhbatlari” oʻtkazish.
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Bosh boshqarmaning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
7. Bosh boshqarma oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi IIV boʻlinmalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlardan boshqaruv qarorlarini qabul qilish, axborot-tahliliy va hisobot maʼlumotlarini tayyorlash uchun zarur boʻlgan hujjatlar (ularning nusxalari), maʼlumotlar va boshqa materiallarni soʻrash hamda olish;
ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining hujjatlari va materiallari bilan tanishish, ularning ijrosi haqida zarur maʼlumotlarni olish;
Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha, bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar yoʻllash haqida takliflar kiritish;
ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalaridan ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari zimmasiga yuklatilgan tadbirlarni amalga oshirishda koʻmaklashishni talab qilish;
ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hal qilish maqsadida ichki ishlar organlari maʼlumotlar bazasidan foydalanish;
ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarida qonuniylik va xizmat intizomiga rioya etilishi ahvolini oʻrganish;
ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlari tomonidan qonuniylik va xizmat intizomini buzishga oid aniqlangan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish;
ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash, xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha takliflar kiritish.
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
8. Bosh boshqarma quyidagi majburiyatlarga ega:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini himoya qilish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida zarur choralar koʻrish;
ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining ish faoliyati haqida zarur maʼlumotlarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga taqdim etish.
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
9. Bosh boshqarma oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni samarali bajarilishi uchun javobgardir.
4-bob. Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
10. Bosh boshqarmaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
11. Bosh boshqarma boshligʻining Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan oʻrnatilgan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosari boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Bosh boshqarma boshligʻi:
Bosh boshqarma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi va Bosh boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalar, funksiyalar va majburiyatlarning tegishli tarzda bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi, ular zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Bosh boshqarmaning ish rejalarini tasdiqlaydi;
oʻz vakolat doirasida koʻrsatmalar chiqaradi va ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari jami shaxsiy tarkibi tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruq va farmoyishlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga kiritadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasi jarayonida ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari bilan hamkorlikni muvofiqlashtiradi;
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, lavozimga oʻtkazish va ularning kasbiy tayyorgarligini hamda xizmat intizomiga rioya etilishini tashkil qiladi, ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlarini oʻrnatilgan tartibda qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuboradi;
Bosh boshqarma xodimlariga maxsus unvonlar berish, ragʻbatlantirish, shu jumladan, mukofotlash hamda ularga intizomiy jazolar qoʻllash haqidagi takliflarni oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga taqdim etadi;
oʻrnatilgan tartibda Bosh boshqarma xodimlarini xizmat safarlariga yuboradi;
oʻz vakolati doirasida Bosh boshqarma xodimlariga mehnat taʼtili beradi;
Bosh boshqarmada oʻrnatilgan tartibda safarbarlik tayyorgarlikni tashkil etadi va taʼminlaydi, shuningdek, fuqaro muhofazasi boʻyicha tadbirlarning bajarilishini taʼminlaydi;
Bosh boshqarma boʻlinmalarida maxfiylik rejimiga rioya etilishi, shu jumladan axborotning texnik himoyasi boʻyicha tadbirlarning tashkil etilishi uchun javob beradi;
oʻz vakolati doirasida ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari rahbar xodimlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyishda ishtirok etadi;
ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyati ustidan bevosita va oʻzining oʻrinbosarlari orqali nazoratni amalga oshiradi;
ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari rahbarlari hisobotlarini eshitadi;
oʻziga boʻysunuvchi ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlari harakatlarining qonunga muvofiqligi yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari boʻyicha shuningdek, xodimlar tomonidan qonun buzilishining har bir aniqlangan holati boʻyicha oʻrnatilgan tartibda tekshiruvlar oʻtkazilishini taʼminlaydi;
ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari shtat birliklari sonini qayta taqsimlash haqida takliflar kiritadi;
Bosh boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalardan kelib chiqqan holda boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
13. Safdorlar tarkibidan tashqari, Bosh boshqarma xodimlari Bosh boshqarma boshligʻi taqdimiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi IIV transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi xodimlari esa transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi boshligʻining Bosh boshqarma boshligʻi bilan kelishilgan taqdimiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIBning huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB boshliqlari taqdimiga muvofiq lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIBning huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari xodimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB boshliqlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari tegishli boshliqlarining taqdimiga muvofiq lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻi Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi tavsiyasi asosida ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Yakuniy qoidalar
17. Bosh boshqarma faoliyati ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
18. Ish yuritish va maxfiylik tartibi boʻyicha tadbirlar Bosh boshqarma tomonidan mustaqil ravishda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
19. Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarini qurol-aslaha, maxsus texnika va boshqa moddiy-texnika vositalari hamda mulk bilan taʼminlash oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ–2896-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Ichki ishlar organlari tayanch punkti toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom ichki ishlar organlari tayanch punktlari (keyingi oʻrinlarda — tayanch punkti) faoliyatining vazifalari va tashkiliy-huquqiy asoslarini, profilaktika inspektorlarining vakolatlari, huquq va majburiyatlarini, ularning davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda aholi bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
2. Tayanch punktlari tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning asosiy quyi boʻgʻini hisoblanib, ular ichki ishlar organlarining jamoatchilik bilan hamkorligini taʼminlash hamda qishloqlar, ovullar va mahallalarda jamoat tartibi, fuqarolar xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishni bevosita taʼminlash maqsadida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tayanch punktlari oʻz faoliyatini profilaktika katta inspektorlari va profilaktika inspektorlari (keyingi oʻrinlarda — profilaktika inspektorlari) hamda profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari tarkibida amalga oshiradi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi PF-5732-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 06/19/5732/3212-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Tayanch punktlari faoliyatini tashkil etish uchun ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari ham jalb etilishi mumkin.
2-bob. Tayanch punktining asosiy vazifalari va profilaktika inspektorlari faoliyatini tashkil etish
3. Tayanch punktlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
huquqbuzarliklar profilaktikasini, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida tashkil etish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini, ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni aniqlash, oʻrganish va bartaraf etish;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoyatlarni aniqlash, bartaraf etish va fosh etishda, tergov, sud va sud hujjatlarini ijro etishdan yashirinib yurgan shaxslarni, shuningdek bedarak yoʻqolgan fuqarolarni qidirishda ishtirok etish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ularni Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga, yosh avlodni terrorizm, diniy ekstremizm, zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoyalashga yoʻnaltirilgan ishlarni bevosita amalga oshirish;
aholi bilan uning eng muhim muammolarini hal etish va ijtimoiy keskinlikni yumshatish masalalarida toʻgʻridan-toʻgʻri ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;
huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning, gʻayrijtimoiy xulq-atvorga ega, huquqbuzarlik sodir etishga moyil, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini taʼminlash;
huquqbuzarliklar profilaktikasi, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari boʻyicha ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari, davlat organlari, tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish.
4. Profilaktika inspektorlari lavozimlariga oliy maʼlumotga ega, kasbiy, axloqiy-ruhiy va jismoniy jihatdan tayyorgarlik koʻrgan, huquqbuzarliklar profilaktikasi shakllari va usullarini amalda qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadilar.
Profilaktika katta inspektorlari lavozimlariga ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarida kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadilar.
5. Profilaktika inspektori lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — IIBB), viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — IIB) boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Profilaktika inspektori tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarori bilan lavozimga tasdiqlanib, uning majlisida quyidagi mazmundagi qasamyodni qabul qilgan vaqtdan boshlab lavozimga kirishgan deb hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), _______-sonli tayanch punkti profilaktika inspektori lavozimiga kirishar ekanman, oʻz burchimni va menga ishonib topshirilgan hududda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, tinchlik, osoyishtalik, xavfsizlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasida menga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan, sitqidildan bajarishga qasamyod qilaman”.
6. Profilaktika inspektori lavozimiga birinchi marotaba tayinlanayotgan shaxslar, shuningdek, ushbu lavozimda uch yil xizmat qilgan shaxslar tegishlicha oʻrnatilgan tartibda kasbiy tayyorgarlik kursini va malaka oshirishni oʻtaydilar.
7. Birinchi bor lavozimga tayinlangan profilaktika inspektoriga Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan tartibda bir yil muddatga tajribali profilaktika inspektorlari orasidan murabbiy biriktiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Profilaktika inspektorlari uch yilda bir marta ularning xizmat faoliyatlari va erishgan natijalarini baholash, xizmatlaridagi intizom va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan tartibda attestatsiyadan oʻtadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari quyidagilar hisoblanadi:
tayanch punkti faoliyati, uning huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash vazifalarini hal etishdagi oʻrni toʻgʻrisida ijobiy jamoatchilik fikrining shakllanganligi;
qonuniylik va huquq-tartibotning, qonun hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya etilishining taʼminlanishi;
oʻz vaqtida va toʻliq huquqbuzarliklarning aniqlanishi, ularni sodir etgan shaxslarning topilishi, shuningdek javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga rioya etilishining taʼminlanishi;
huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda aholining huquqiy madaniyati va ongini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarning mukammalligi va taʼsirchanligi;
fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda jamiyat va davlat manfaatlariga soʻzsiz rioya etilishining taʼminlanishi;
ichki ishlar organlari hisobida turgan shaxslar bilan olib borilgan profilaktik ishlarning samaradorligi;
huquqbuzarliklar profilaktikasida davlat tashkilotlari, boshqa tashkilotlar va aholi bilan hamkorlik darajasi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi IIVning Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari har chorakda profilaktika inspektorlari faoliyati natijalarini koʻrib chiqadilar, umumlashtiradilar va baholaydilar, ularning natijalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadilar hamda profilaktika inspektorlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan choralarni amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Profilaktika inspektorlari yuqori darajadagi kasbiy koʻnikmalari va huquqiy madaniyati, fidokorona mehnati, mardligi va koʻrsatgan jasorati uchun oʻrnatilgan tartibda ragʻbatlantiriladilar.
3-bob. Profilaktika inspektorlarining vakolatlari
12. Tayanch punktlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun profilaktika inspektorlari quyidagi vakolatlarni amalga oshiradilar:
qishloqlar, ovullar va mahallalardagi kriminogen vaziyatni, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni oʻrganadilar, shuningdek oʻrganish natijalari boʻyicha yuqori turuvchi ichki ishlar organlariga tegishli maʼlumot va takliflarni taqdim etadilar;
huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga chek qoʻyish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha maxsus profilaktik chora-tadbirlarni, shuningdek, huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil shaxslar bilan profilaktika ishlarini amalga oshiradilar;
oʻquvchilarining taʼlim muassasalaridagi davomatini nazorat qiladilar, ijtimoiy xavfli holatda boʻlgan va taʼlim muassasalariga qatnamaydigan voyaga yetmaganlar va yoshlar, shuningdek, ushbu toifadagi shaxslarning ota-onalari bilan profilaktika ishlarini olib boradilar;
taqiqlangan tashkilotlar hamda terrorchilik, ekstremistik va boshqa gʻayriqonuniy va buzgʻunchilik yoʻnalishidagi guruhlar faoliyatiga aloqador shaxslarni aniqlaydilar;
oʻrnatilgan tartibda profilaktik hisobga olishni, shu jumladan, huquqbuzarliklar, ularni sodir etgan shaxslar va huquqbuzarliklardan jabrlanganlar hisobini yuritadilar;
jinoyatlarni aniqlash va fosh etish hamda surishtiruv, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan, jinoiy jazodan boʻyin tovlayotgan, bedarak yoʻqolgan shaxslarni hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda boshqa shaxslarni qidirish, shuningdek, shaxsi nomaʼlum murdalarning shaxsini aniqlash boʻyicha tezkor qidiruv tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashadilar;
aholi bilan muntazam ravishda mavjud muammolarni oʻrganish va ularni hal etishning maqbul yoʻllarini aniqlashga qaratilgan uchrashuvlar oʻtkazib boradilar;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlarga huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari hamda ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan, shu jumladan, infratuzilmani rivojlantirish va yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishlarini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritadilar;
davlat organlari, jamoat va boshqa tashkilotlar rahbarlariga huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari hamda ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha taqdimnomalar kiritadilar;
huquqbuzarliklardan jabrlangan, gʻayriijtimoiy xulq-atvorga ega, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil hamda huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordamlarni koʻrsatish, shuningdek ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan choralarni amalga oshiradilar;
huquqbuzarliklar profilaktikasi, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularga qonunga hurmat hissini singdirish boʻyicha tadbirlarni, shu jumladan, davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb etgan holda, oʻtkazadilar;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladilar, ularning murojaatlarini, shu jumladan, tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan huquqbuzarliklar haqidagi xabarlarini qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqadilar;
oʻqotar qurollarni saqlash qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishga koʻmaklashadilar;
doimiy yashash joyini uzoq muddatga tark etgan shaxslarni aniqlaydilar va hisobini yuritadilar, ularning chet elda boʻlish joylari va muddatlarini aniqlash yuzasidan qarindoshlari bilan muntazam ish olib boradilar, uzoq muddat mobaynida chet elda boʻlib qaytgan shaxslar bilan profilaktik ishlarni amalga oshiradilar;
biriktirilgan hududdagi har bir oilani aylanib chiqadilar va ularni oʻrganadilar, notinch oilalarni aniqlaydilar, ular bilan profilaktik ishlar olib boradilar, shu jumladan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda ularning maishiy va boshqa muammoli masalalarini hal etishga koʻmaklashadilar;
ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jinoiy jazoga mahkum qilingan shaxslar, shuningdek qamoqda saqlash bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxslar ustidan oʻrnatilgan tartibda nazoratni amalga oshiradilar, ular bilan profilaktik ishlar olib boradilar;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan va ichki ishlar organlari maʼmuriy nazoratiga qoʻyilgan shaxslarga tarbiyaviy-profilaktik taʼsir choralarini, ularga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan cheklovlar qoʻllashni amalga oshiradilar;
fuqarolar, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida qonun hujjatlari talablariga rioya etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash masalalarida tushuntirish ishlarini tashkil etadilar;
doimiy va vaqtincha propiskasiz yoki turgan joyi boʻyicha hisobda turmagan yoxud boshqacha tarzda pasport-viza rejimi talablarini buzgan holda yashayotgan shaxslarni aniqlaydilar, fuqarolarning turar joylari ijarasi yoki ulardan tekin foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomalarning mavjudligini tekshiradilar;
Keyingi tahrirga qarang.
turar joy egalari va xususiy mulkdorlar shirkatlari tomonidan uy-joy fondi va uy atrofi hududlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga, shu jumladan, koʻp qavatli uylarning chordoq va yertoʻlalari hamda boshqa qoʻshimcha bino va xonalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi boʻyicha choralar koʻradilar;
egasiz turar joylarni aniqlash va ularning saqlanishini nazorat qilish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻradilar;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishi va isteʼmol qilinishi, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishining oldini olish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi;
pornografik mazmundagi mahsulotlar, fohishabozlik va OIV/OITSning, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida yoyilishi hamda fohishaxonalarning saqlanishiga chek qoʻyish, ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining ushbu yoʻnalishdagi ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazadilar;
huquqbuzarliklar sodir etgan voyaga yetmaganlarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida tegishli organ va muassasalarga takliflar kiritadilar;
voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligi va huquqbuzarliklari holatlari hamda ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlar toʻgʻrisida tegishli tashkilotlarni oʻrnatilgan tartibda xabardor qiladilar;
taʼlim, madaniy-koʻngilochar, sport-sogʻlomlashtirish muassasalari va boshqa tashkilotlarda (toʻgaraklar, klublar va h.k.) voyaga yetmaganlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar ahvolini oʻrganadilar;
vasiylik va homiylik organlariga yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni joylashtirishda koʻmaklashadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni hamda bu boradagi ishlarning muvofiqlashtirilishini taʼminlaydilar;
(12-bandning yigirma toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi PF-5732-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 06/19/5732/3212-son)
Oldingi tahrirga qarang.
profilaktika (katta) inspektorlarining yordamchilarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish haqida tuman (shahar) ichki ishlar organlarining boshliqlariga tavsiyalar beradi;
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi PF-5732-sonli Farmoniga asosan oʻttizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 06/19/5732/3212-son)
huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari bilan jinoyatlarni aniqlash, ularga chek qoʻyish va ularning oldini olish boʻyicha hamkorligini taʼminlaydilar;
sanitariya, atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va yongʻin xavfsizligi sohalaridagi qonunchilikka rioya etilishi boʻyicha choralarni amalga oshirishda ishtirok etadilar;
sud qarorlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishida jamoat tartibini taʼminlashda ishtirok etadilar;
tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda holatlarning oqibatlarini bartaraf etishda jamoat tartibini taʼminlaydilar.
Profilaktika inspektorlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Profilaktika katta inspektori, ushbu Nizomning 12-bandida sanab oʻtilgan vakolatlar bilan birga, ichki ishlar organlari tayanch punkti va profilaktika inspektorlari faoliyatini tashkil etadi va umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
4-bob. Profilaktika inspektorlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
14. Profilaktika inspektorlari quyidagi huquqlarga ega:
fuqarolar va mansabdor shaxslardan qonunchilikka rioya etish va gʻayriqonuniy harakatlarni toʻxtatishni talab qilish;
oʻz vakolatlarini amalga oshirishda fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish, ularning yonlarida taqiqlangan buyum va vositalar mavjud deb gumon qilishga asoslar boʻlgan taqdirda, shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish va ularning ashyolarini koʻzdan kechirish, huquqbuzarlikning quroli yoki bevosita predmeti boʻlgan buyum va hujjatlar aniqlangan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ularni olib qoʻyish;
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq oʻzlariga taalluqli boʻlgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish;
huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi murojaatlar va xabarlarni oʻrnatilgan tartibda tekshirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarga kirish, ulardan tegishli maʼlumotlarni soʻrash va olish;
oʻz ish yurituvlarida boʻlgan ishlar va materiallar boʻyicha holatlarni aniqlash maqsadida zarur tushuntirishlar, maʼlumotlar va hujjatlarni olish uchun fuqarolar va mansabdor shaxslarni chaqirish;
fuqarolarni, ularning roziligi bilan, huquqbuzarliklar profilaktikasi choralarini amalga oshirishda koʻmaklashishga jalb etish;
qonunda koʻrsatilgan holatlar va tartibda qurol va maxsus vositalarni qoʻllash.
Profilaktika inspektorlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
15. Profilaktika inspektorlari quyidagilarga majburdir:
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, yuridik va jismoniy shaxslarning mulkini himoya qilish, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida zarur choralar koʻrish;
jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik yoki boshqa hodisa sodir etilgan joyga darhol yetib kelish, gʻayriqonuniy qilmishlarga chek qoʻyish, fuqarolarning xavfsizligiga qaratilgan tahdidlarni bartaraf etish, hodisa holatlarini hujjatlashtirish, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik yoki boshqa hodisa izlarining saqlanishini taʼminlash;
jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik yoki boshqa hodisa sodir etilgan joyda jabrlangan, shuningdek nochor ahvolda qolgan fuqarolarga birinchi tibbiy yoki boshqa turdagi yordam koʻrsatilishini tashkil etish;
oʻz xizmat majburiyatlarini bajarish munosabati bilan unga maʼlum boʻlgan fuqarolarning shaxsiy hayoti, shaʼni va qadr-qimmatiga taalluqli maʼlumotlarni ularning roziligisiz oshkor etmaslik, xizmat maʼlumotlari, shuningdek, tijorat va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa sirlarning maxfiyligi va saqlanishini taʼminlash;
huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini oʻtkazishda fuqarolar hayoti va sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki xavfsizligini taʼminlash;
chaqiruv boʻyicha kelishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni majburiy keltirish toʻgʻrisidagi sud ajrimlari, prokurorning, tergovchining yoki surishtiruvchining qarorlarini tegishli hududda bajarilishini taʼminlash;
qonun hujjatlari bilan ichki ishlar xodimlari uchun belgilangan cheklov va taqiqlarga rioya etish.
Profilaktika inspektorlariga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
16. Profilaktika inspektorlari oʻz zimmalariga yuklangan vazifa va funksiyalarning talab darajasida va samarali bajarilishi uchun masʼuldirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Profilaktika inspektorlarining davlat tashkilotlari, boshqa tashkilotlar va aholi bilan hamkorligi
17. Profilaktika inspektorlarining davlat tashkilotlari, boshqa tashkilotlar hamda aholi bilan hamkorligini tashkil etish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish boʻyicha qoʻshma tadbirlarini rejalashtirish va oʻtkazish;
kollegial qarorlarni talab qiluvchi vazifalardan kelib chiqib qoʻshma yigʻilishlar oʻtkazish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati natijalari haqida xabardor qilib borish;
faoliyatga baho berish va birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalarini hisobga olish;
hamkorlikni tashkil etishning ilgʻor shakllari va usullarini umumlashtirish hamda amaliyotga tatbiq etish.
Hamkorlikning darajasi, doirasi va xususiyatidan kelib chiqib, qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlar ham amalga oshirilishi mumkin.
18. Davlat organlari va muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar profilaktika inspektorlariga oʻz vakolatlari doirasida oʻquv-metodik, axborot, maslahat va tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatlashlari mumkin.
19. Axborot almashish yozma soʻrovlar asosida amalga oshiriladi. Soʻrovga, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, u olingan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirilmay javob berilishi lozim.
20. Profilaktika inspektorlari mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan tadbirlarni oʻtkazishda, oilaviy-maishiy nizolar masalalarini hal etishda, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, noqonuniy diniy tashkilotlar faoliyatiga chek qoʻyish choralarini koʻrishda, fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy eʼtiqod huquqlariga rioya etilishini, diniy qarashlarning majburan singdirilishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlashda fuqarolar yigʻinlari bilan hamkorlik qiladilar.
21. Profilaktika inspektorlari har oyda huquqbuzarliklar profilaktikasi va huquqbuzarliklarni oldini olish holati toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga hisobot taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Profilaktika inspektorlari fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) bilan birgalikda quyidagilarga qaratilgan choralarni amalga oshiradilar:
Keyingi tahrirga qarang.
egasiz turar joylarni aniqlash va ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishini nazorat qilish;
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi;
oilaviy-maishiy sabablarga koʻra sodir etilgan huquqbuzarliklar, shu jumladan ayollar, voyaga yetmaganlar va yoshlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar muhokamasini tashkil etish va oʻtkazish, mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilish natijasida fuqaroning muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisida yoki fuqaroning ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqliy zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza berish masalalari.
Profilaktika inspektorlari fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) bilan birgalikda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni ham amalga oshirishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi PF-5732-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 06/19/5732/3212-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Profilaktika inspektorlari tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislari bilan quyidagi masalalarda oʻzaro hamkorlik qiladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
aholi, ayniqsa, xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish boʻyicha fuqarolarning huquqiy madaniyati va faolligini oshirishga yoʻnaltirilgan tushuntirish ishlarini tashkil etish;
xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zoʻrlik ishlatish ehtimoli mavjud oilalarda profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashish;
odam savdosi qurboniga aylangan xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarga ularning ijtimoiy hayotga moslashishlari uchun har tomonlama koʻmak berish;
xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida erta nikoh, oʻz joniga qasd qilish, jinoyatlar va huquqbuzarliklar holatlarining sabab va shart-sharoitlarini oʻrganish, shuningdek, ularga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha profilaktika choralarini, shu jumladan, yakka tartibdagi choralarni koʻrish;
tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda fuqarolar ogohligini, xotin-qizlar faolligini oshirish;
diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish;
jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan xotin-qizlarni xotin-qizlar qoʻmitalari hamda fuqarolar yigʻinlari kafilligi asosida afv etish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni oʻtayotgan yoxud jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, shu jumladan, diniy ekstremistik gʻoyalar taʼsiriga tushgan shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan profilaktika ishlarini olib borish va ularga koʻmaklashish.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
25. Profilaktika inspektorlari fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyalari bilan quyidagi masalalarda oʻzaro hamkorlik qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolarning yot gʻoyalar, ichkilikbozlik va giyohvandlik taʼsiri ostiga tushib qolishlari, oilaviy kelishmovchiliklar shuningdek, yoshlar tarbiyasiga masʼuliyatsiz munosabatda boʻlish holatlarining oldini olish;
qoʻshnilar va qarindoshlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish va ularning oʻzaro munosabatlarini tiklash boʻyicha choralarni koʻrish;
ichki ishlar organlari hisobida turgan, ayniqsa, muqaddam sudlangan, huquqbuzarliklar sodir etayotgan va yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolgan shaxslar bilan profilaktik ishlarni amalga oshirish;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish.
26. Profilaktika inspektorlari fuqarolar yigʻinining xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiyalari bilan quyidagi masalalarda oʻzaro hamkorlik qiladilar:
ayollarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish;
oilalarning barbod boʻlish holatlarini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni oʻtkazish;
xorijiy davlatlarga chiqayotgan va u yerdan qaytgan ayollar hisobini yuritish, ular bilan tegishli profilaktika ishlarini amalga oshirish.
27. Profilaktika inspektorlari fuqarolar yigʻinining maʼrifat va maʼnaviyat masalalari boʻyicha komissiyalari bilan quyidagi masalalarda oʻzaro hamkorlik qiladi:
diniy ekstremizm, fundamentalizm va missionerlik sabablarini oʻrganish, ularning salbiy oqibatlarini tushuntirish, shuningdek ularni bartaraf etishga va aholini ogohlikka chaqirishga yoʻnaltirilgan choralarni amalga oshirish;
roʻyxatdan oʻtmagan diniy tashkilotlar faoliyatiga chek qoʻyish, fuqarolarning diniy eʼtiqod erkinligi huquqiga rioya etilishini taʼminlash, diniy qarashlarning majburan singdirilishiga yoʻl qoʻymaslik hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqish choralarini koʻrish.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Profilaktika inspektorlari fuqarolar yigʻinining voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiyalari bilan quyidagi masalalarda oʻzaro hamkorlik qiladi:
voyaga yetmaganlar va yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi, ularni sport bilan shugʻullanishga jalb etish hamda ularning huquq va erkinliklarini taʼminlash;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi;
ota-onalari ichki ishlar organlarida profilaktik hisobida turuvchi voyaga yetmaganlarning turmush tarzi va xulqini oʻrganish;
vasiylik va homiylik organlariga yetim bolalar, ota-onalar qarovisiz qolgan yoxud hayoti yoki sogʻligʻiga xavf tugʻdiradigan yoxud taʼminlash, tarbiyalash va taʼlim berish talablariga javob bermaydigan sharoitda boʻlgan bolalar toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etish, shuningdek bunday bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishda koʻmaklashish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Profilaktika inspektorlari ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiyalar bilan quyidagi masalalarda oʻzaro hamkorlik qiladilar:
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
aholining ekologik madaniyatini rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish choralarini koʻrish;
tabiiy ofatlar bilan kurashishga va ularning oqibatlarini bartaraf etishga fuqarolarni jalb etish;
biriktirilgan hududda joylashgan tashkilotlar rahbarlarining fuqarolar yigʻinida atrof muhitni muhofaza qilish, sanitariya holati va obodonlashtirish yuzasidan hisobotlarini eshitish boʻyicha takliflarni tayyorlash.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Profilaktika inspektorlari nodavlat notijorat tashkilotlari bilan quyidagi masalalarda oʻzaro hamkorlik qiladilar:
huquqbuzarliklarning oldini olishga yoʻnaltirilgan qoʻshma dasturlarni ishlab chiqish;
huquqbuzarliklar oqibatida jabrlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha ixtisoslashtirilgan muassasalar tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarni maʼnaviy, axloqiy, huquqiy, jismoniy va mehnat tarbiyasini amalga oshirishda ishtirok etish;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytgan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish;
millatlararo, madaniyatlararo totuvlik va fuqarolar totuvligi gʻoyalarini mustahkamlash, koʻp asrlik, anʼanaviy maʼnaviy-axloqiy hamda tarixiy-madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlash.
31. Profilaktika inspektorlari fuqarolar yigʻini organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarda ham oʻzaro hamkorlik qilishlari mumkin.
32. Profilaktika inspektorlarining davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar bilan oʻzaro hamkorligi ularning huquqbuzarliklar profilaktikasida koʻmaklashish va zaruriy yordam koʻrsatish bilan ishtirok etishlari orqali amalga oshiriladi.
33. Profilaktika inspektorlari tuman va shahar ichki ishlar organlariga huquqbuzarliklar profilaktikasida faol ishtirok etganligi yoki alohida xizmatlari uchun fuqarolarni ragʻbatlantirish haqida takliflar kiritishlari mumkin.
34. Profilaktika inspektorlari qoʻshma tadbirlarni, shu jumladan, huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid “davra suhbatlari”, seminarlar va ijtimoiy soʻrovlar tashkil etish orqali oʻtkazishlari mumkin.
6-bob. Tayanch punktlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnik taʼminoti masalalari
35. Tayanch punkti kriminogen vaziyat, aholi zichligi va joylarda fuqarolar xavfsizligi hamda jamoat tartibini tegishli tarzda taʼminlash bilan bogʻliq boshqa shart-sharoitlar inobatga olingan holda qonun hujjatlari bilan oʻrnatilgan tartibda tashkil etiladi va tugatiladi.
36. Tayanch punkti quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi maxsus jihozlangan xonalarda joylashadi:
profilaktika katta inspektori va profilaktika inspektorining xizmat xonasi;
tayanch punktiga xizmatga jalb qilinadigan ichki ishlar organlarining boshqa xizmatlari xodimlari uchun xizmat xonasi;
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi va boshqa jamoat birlashmalari vakillari uchun xizmat xonasi;
Keyingi tahrirga qarang.
aholi bilan tushuntirish ishlarini olib borish zali;
huquqbuzarlarni ushlab turish xonasi;
dam olish, yuvinish va sanitariya-gigiyena xonalari.
37. Tayanch punktlari uchun yer maydoni va binolarni ajratish, qurilish, taʼmirlash va kapital taʼmirlash, shuningdek mebel bilan jihozlash shahar va tuman hokimliklari tomonidan mahalliy budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Tayanch punkti tuman, shahar hokimliklari balansida boʻladi va uning binosi Oʻzbekiston Respublikasi IIVning Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi roziligisiz boshqa organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga sotilmaydi yoki berilmaydi.
38. Tayanch punktlarini zaruriy texnik vositalar, koʻrgazmali qoʻllanmalar, xizmat hujjatlari va avtotransport vositalari bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi IIV tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
39. Jamoat birlashmalari bilan doimiy va samarali hamkorlikni taʼminlash maqsadida tayanch punktlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan bir binoda yoki unga yaqin joyda joylashadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
40. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 17-son, 288-modda, 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son, 30.05.2019-y., 06/19/5732/3212-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)