1-ILOVA
2-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Xarajatlar, mln. soʻm |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Ilmiy kadrlar salohiyatini oshirish | |||||
|
1. |
Akademiya faoliyatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib ilmiy tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining tegishli ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlari uchun Akademiya faoliyati bilan tanishtirish va fan yangiliklarini oʻrgatish maqsadida qisqa kurslarni tashkil etish, jumladan tarix, arxeologiya, manbashunoslik, meʼmoriy yodgorliklarni saqlash va seleksiya sohalarida fan yutuqlarini targʻib etish boʻyicha kurslar tashkil qilish choralarini koʻrish |
hisob-kitoblarga asosan |
Tegishli ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari |
doimiy ravishda |
Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Fan-taʼlim integratsiyasini yanada rivojlantirish maqsadida Akademiyaning ilmiy xodimlarini respublika oliy taʼlim muassasalaridagi oʻquv jarayoniga keng jalb etishni hamda professor-oʻqituvchilar va talabalarning oʻquv amaliyotlari va izlanishlari mavzularidan kelib chiqib Akademiyaning muzeyi, axborot-resurs markazi va laboratoriyalaridan samarali foydalanilishini taʼminlash, xususan Urganch davlat universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiallari bilan integratsiyani kuchaytirish choralarini koʻrish |
- |
- |
doimiy ravishda |
Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
3. |
Xorazm Maʼmun akademiyasining ilmiy xodimlarini xorijning yetakchi ilmiy markazlarida malaka oshirish va tadqiqotlar oʻtkazishga yuborish. Xususan Yaponiya, Koreya Respublikasi, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Germaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlar ilmiy markazlari bilan hamkorlik oʻrnatish choralarini koʻrish |
hisob-kitoblarga asosan |
Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, |
doimiy ravishda |
Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
II. Ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni yanada kuchaytirish | |||||
|
4. |
Seleksiya va urugʻchilik ishlarini kengaytirish, rayonlashtirish va Akademiyaning tajriba xoʻjaligida bu navlarning dastlabki urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish |
hisob-kitoblarga asosan |
Grantlar |
doimiy ravishda |
Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
5. |
Ilmiy izlanish imkoniyatlaridan kelib chiqib ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish va tijoratlash maqsadida noanʼanaviy sabzavot ekinlarini (brokkoli, qizil karam, chechevitsa, loviya va boshqalar) yetishtirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish |
hisob-kitoblarga asosan |
Grantlar |
doimiy ravishda |
Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivo�lanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
6. |
Xorazm vohasi sharoitida qurgʻoqchilik va shoʻrlanishga chidamli fitomeliorant ekinlar va yangi gʻoʻza navlari boʻyicha tajribalar oʻtkazish va ularni sinash |
hisob-kitoblarga asosan |
Grantlar |
doimiy ravishda |
Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
7. |
Xorazm vohasi suv havzalari baliq resurslari va mahsuldorligini aniqlash, monitoring qilish, baliqlarni urchitib koʻpaytirishning zamonaviy texnologiyalarini mahalliy sharoitga moslashtirish, “qafas” (sadok) usulida intensiv baliq yetishtirish, baliq ozuqalari obyekti sifatida mahalliy xomashyo ingrediyentlarini qoʻllash va ishlab chiqarishga joriy etish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish |
hisob-kitoblarga asosan |
Grantlar |
doimiy ravishda |
Xorazm Maʼmun akademiyasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
8. |
Akademiya ilmiy xodimlari va Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari Fanlar akademiyasining umumiy va noorganik kimyo instituti bilan birgalikda kaolin, talk, vermikulit, plmenit, kvars, dala shpati va boshqa foydali qazilmalarning kimyoviy va mineralogik tarkibini oʻrganish |
hisob-kitoblarga asosan |
Grantlar |
doimiy ravishda |
Xorazm Maʼmun akademiyasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
9. |
Akademiyada matematika fani boʻyicha ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish, jumladan differensial operatorlar spektral nazariyasi va uni nochiziqli evolyutsion tenglamalarga tatbigʻi masalasini oʻrganish |
hisob-kitoblarga asosan |
Grantlar |
doimiy ravishda |
Xorazm Maʼmun akademiyasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
10. |
Fanlar akademiyasi tasarrufidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti, Mikrobiologiya instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, Urganch davlat universiteti bilan Akademiya oʻrtasida ilmiy hamkorlikni oʻrnatish |
- |
- |
doimiy ravishda |
Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
11. |
Aholining javdar noni, soya mahsulotlariga va boshqa dukkakli ekinlarga boʻlgan talabidan kelib chiqib Xorazm vohasi sharoitiga toʻgʻri keladigan navlarni tanlab olish maqsadida javdar, soya, mosh va boshqa dukkakli ekinlarni oʻrganish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va ishlab chiqarishga joriy qilish |
hisob-kitoblarga asosan |
Grantlar |
doimiy ravishda |
Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
12. |
Mahalliy sharoitlarda oʻsadigan yovvoyi va madaniy oʻsimliklarni dorivorlik xususiyatlari, jumladan, kimyoviy tarkibi, farmokologik, farmako-kinetik va fitokimyoviy taʼsirlarini ilmiy oʻrganish va shu asosda mahalliy xomashyo asosida yangi dori preparatlari va biologik faol qoʻshimchalarni ishlab chiqarishga joriy qilish |
hisob-kitoblarga asosan |
Grantlar |
doimiy ravishda |
Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
13. |
Termitlarning tarqalishini oldini olish maqsadida: |
har yili |
|||
|
termitlar biologiyasi va tarqalishini oʻrganish, termitlarga qarshi yem-xoʻrak asosida kurashish texnologiyasini takomillashtirish, zararsizlantirilgan obyektlar toʻgʻrisida axborot tayyorlash; |
hisob-kitoblarga asosan |
Grantlar |
Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | ||
|
Xorazm vohasida yogʻoch konstruksiyali tarixiy obidalarni termitlar tomonidan zararlanishini oldini olish, monitoring qilish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish; |
20,0 |
Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida |
Madaniyat vazirligi | ||
|
termitdan zararlangan shaxsiy uylarga termitlarning tarqalishini oldini olish hamda zararlanishini bartaraf etish uchun “Baveriya tenella” zamburugʻ shtammi asosida tayyorlangan xoʻraklarni qoʻyishni tashkil etish |
hisob-kitoblarga asosan |
Xoʻjalik shartnomalari asosida |
Xorazm viloyati hokimligi, yuridik va jismoniy shaxslar | ||
|
14. |
Akademiyaning dovrugʻini chet ellarda namoyon qilish maqsadida xorijiy mamlakatlar bilan samarali ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, oʻzaro manfaatli ilmiy loyihalarni bajarish, tajriba almashish, ilmiy safarlar, xalqaro anjumanlar oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish |
hisob-kitoblarga asosan |
Ijrochilar mablagʻlari, chet el grantlari, homiylik xayriyalari |
doimiy ravishda |
Xorazm Maʼmun akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
15. |
Akademiya qoshida Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda “Xorazm Maʼmun akademiyasining tarixiy-arxeologik oʻqishlari” nomli har yillik respublika konferensiyasini tashkil etish |
hisob-kitoblarga asosan |
Xorazm Maʼmun akademiyasi va Urganch davlat universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
har yili |
Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi |
|
16. |
“Xorazm vohasi tarixi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish va uning doirasida akademik Yahyo Gʻulomov nomidagi ilmiy — amaliy seminar oʻtkazish |
20,0 |
Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt asosida tushgan mablagʻlar bundan mustasno) |
2017-yil may |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Urganch davlat universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Xorazm Maʼmun akademiyasi |
|
III. Moddiy-texnika bazani mustahkamlash va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash | |||||
|
17. |
“Termitlar tarqalishini oldini olish va ularga qarshi kurash” laboratoriyasining ish samaradorligini oshirish va yaxshilash uchun zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash |
hisob-kitoblarga asosan |
Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, |
2017-2018-yillar |
Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi |
|
18. |
Akademiyada don ekinlari va mahsulotlarini tahlil qilish laboratoriyasini tashkil etish va uni yangi zamonaviy asbob-uskunalar (don sifatini aniqlash, urugʻlarni tozalash va kalibrovka qilish, elektroforez uchun uskunalar va h. k.) bilan jihozlash |
hisob-kitoblarga asosan |
Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, chet el grantlari va homiylik xayriyalari |
2017-2018-yillar |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi |
|
19. |
Doimiy dala arxeologik tadqiqotlar olib boruvchi kompleks arxeologik ekspeditsiyalarni tashkil qilish uchun zarur asbob-uskunalar va jihozlar bilan taʼminlash (1 ta yarim yuk avtomashinasi, plotter, raqamli fotokamera, metalldetektori, lazerli teodolit va h.k.) |
hisob-kitoblarga asosan |
Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, |
2017-yil IV-choragi |
Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi |
|
20. |
Akademiyani qoʻlyozmalardan nusxa oluvchi, ularni disklarga yozuvchi maxsus uskuna bilan taʼminlash |
hisob-kitoblarga asosan |
Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, |
2017-yil IV-choragi |
Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi |
|
21. |
Akademiyaning Xorazm tarixi va madaniyati muzeyini zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash (sensor kiosklar, interaktiv doskalar, sensor monitor, audiogid va h.k) |
hisob-kitoblarga asosan |
Fanlar akademiyasi va Xorazm Maʼmun akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari, |
2017-2018-yillar |
Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
|
22. |
Akademiya tajriba xoʻjaligini zarur qishloq xoʻjaligi texnikalari (bitta kultivatorga moʻljallangan uch gʻildirakli traktor, paxta va don ekinlari ekishga moʻljallangan seyalka, kombayn, 2 ta jingovuz uskunasi) bilan taʼminlash |
267,0 |
Xorazm Maʼmun akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari, chet el grantlari va homiylik xayriyalari |
2017 — 2019-yillar |
Xorazm viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi |
|
23. |
Akademiyaning veb-saytini yangidan yaratish va unda maʼlumotlarni oʻzbek, rus, ingliz, koreys, yapon, xitoy, nemis, fransuz, ispan tillarida bayon etish |
15,0 |
Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi |
2017-yil may |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Elektron taʼlim markazi, Fanlar akademiyasi, Urganch davlat universiteti, Xorazm Maʼmun akademiyasi |
|
IV. Ilmiy nashrlar fondini boyitish va Xorazm tarixi va madaniyati muzeyiga sayyohlarni jalb etish | |||||
|
24. |
Xorazm vohasidagi arxeologik yodgorliklarning katalogini tuzish va arxeologik xaritasini chop etish |
Hisob-kitoblarga asosan |
Grantlar |
2017-2018-yillar |
Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
25. |
Akademiya noyob kitoblar fondini boyitish (Xorazm tarixiga oid arxiv manbalari va qoʻlyozmalarning nusxalari, shuningdek elektron shaklda) |
Hisob-kitoblarga asosan |
Xorazm Maʼmun akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
2017 — 2021-yillar |
Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston “Oʻzarxiv” agentligi, Madaniyat vazirligi |
|
26. |
Quyidagi kitoblarni qayta nashr etish: Akademik Ziyo Bunyodovning “Gosudarstvo Xorezmshaxov — Anushteginidov” monografiyasi; Akademik Yahyo Gʻulomovning “Istoriya orosheniya Xorezma” kitobi; G.P. Snesarevning “Relikti domusulmanskix verovaniy i obryadov u uzbekov Xorezma” nomli asari |
30,0 |
“Ijod” fondi mablagʻlari |
2017 — 2020-yillar |
Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Matbuot va axborot agentligi |
|
27. |
Jaloliddin Manguberdi haqida ilmiy kitob tayyorlash va nashr etish |
100,0 |
Grantlar |
2017-2018-yillar |
Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi |
|
28. |
Xiva “Ichon qalʼa” muzey qoʻriqxonasi qoʻlyozma fondining katalogini tuzish va chop qilish |
50,0 |
“Ichon qalʼa” muzey qoʻriqxonasining budjetdan tashqari mablagʻlari |
2017-2018-yillar |
Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi |
|
29. |
5 jildlik Xorazm tarixi monografiyasining 1-2 jildlarini nashr etish |
30,0 |
Grantlar |
2017-2018-yillar |
Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
30. |
Akademiya faoliyati va muzeyni keng targʻib etish maqsadida nashr va reklama ishlarini muntazam ravishda amalga oshirish |
2,0 |
Xorazm Maʼmun akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
doimiy ravishda |
Turizmni rivojlantirish Davla� qoʻmitasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi |
|
31. |
Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi bilan hamkorlikda “Xorazm durdonalari” katalogi va bukletlarini chop etish |
20,0 |
Xorazm Maʼmun akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
2017-2018-yillar |
Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi |
|
32. |
Xorazm viloyati aholisi va mehmonlarining Xorazm tarixiga qiziqishini oshirish maqsadida Xorazm viloyatidagi: |
||||
|
umumiy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining oʻquvchilari va xodimlarini; |
- |
- |
2017-yil reja-jadval asosida |
Xorazm viloyati hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xorazm Maʼmun akademiyasi | |
|
oliy taʼlim muassasalarining talaba va xodimlarini; |
20,0 |
Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari |
2017-yil reja-jadval asosida |
Xorazm viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ittifoqi | |
|
boshqa tashkilotlar xodimlari va viloyat mehmonlarining Akademiya Xorazm tarixi va madaniyati muzeyiga tashrifini tashkil etish |
yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz mablagʻlari |
doimiy ravishda |
Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi | ||
|
33. |
Akademiyaning Xorazm tarixi va madaniyati muzeyini tarixiy sayyohlik yoʻnalishiga kiritish yuzasidan chora-tadbirlarni va respublikadagi turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida muzeyni keng targʻib qilish ishlarini amalga oshirish |
- |
- |
doimiy ravishda |
Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi |
3-ILOVA
|
Bobojonov P.R. |
— |
Xorazm viloyati hokimi, kengash raisi |
|
lavozimiga koʻra |
— |
Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar masalalari boʻyicha vitse-prezidenti, kengash raisining oʻrinbosari |
|
Kadirov Sh.Y. |
— |
Xorazm Maʼmun akademiyasi raisi, kengash kotibi |
|
Abdullayev B.I. |
— |
Urganch davlat universiteti rektori |
|
Roʻziboyev R.Y. |
— |
Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali direktori |
|
Xoyitmetov U.A. |
— |
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali direktori |
|
Karimov R. |
— |
Oʻzbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali direktori |
|
Davletov B.K. |
— |
Xiva “Ichon qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasi direktori |
|
Xudaynazarov E.X. |
— |
Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi |
|
Tangriberdiyev K.R. |
— |
Xorazm viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi |
|
Jumaniyazov J.A. |
— |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Xorazm viloyati boʻlimi boshligʻi |
|
lavozimiga koʻra |
— |
Xorazm viloyati iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi |
|
Davlatov M.S. |
— |
Xorazm viloyati moliya boshqarmasi boshligʻi |
|
Bobojonov E.I. |
— |
Markaziy bankning Xorazm viloyati bosh boshqarmasi boshligʻi |
|
Jumaniyazov S.M. |
— |
“Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ Xorazm viloyati filiali boʻlimi boshligʻi |
|
Otajonov X.K. |
— |
Asakabank Xorazm viloyati filiali boshqaruvchisi |
|
Sadullayev A. |
— |
Xorazm Maʼmun akademiyasi bosh ilmiy xodimi |
|
Roʻzimboyev S. |
— |
Urganch davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi professori |
|
Jumaniyazov M.J. |
— |
Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar kafedrasi professori |
|
Ruziyev E.I. |
— |
Urganch davlat universiteti mehnat taʼlimi kafedrasi mudiri |
|
Ruzmetov B. |
— |
Urganch davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi professori |