10.04.2017 yildagi 199-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga qayta tayyorlashni samarali tashkil etish hamda mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan yangi kasb-hunar va mutaxassisliklarga ega boʻlish uchun ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarini bajarish doirasida quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent va Samarqand shaharlarida ishsiz fuqarolarni, shu jumladan taʼlim muassasalari bitiruvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha kasb-hunarga oʻqitish markazlari tashkil etilganligi va samarali faoliyat yuritayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shahrisabz shahrida kasb-hunarga oʻqitish markazini tashkil etish va Oʻzbekistonda kasb-hunarga oʻqitish salohiyatini oshirish boʻyicha konsalting” loyihasi amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2017 — 2020-yillar davrida respublika hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Chora-tadbirlar dasturi deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliya tashkilotlaridagi boshqaruv ofislari, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda maʼqullangan Chora-tadbirlar dasturi doirasida 2017 — 2020-yillar davrida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlari tashkil etishni (keyingi oʻrinlarda tashkil etilayotgan markazlar deb ataladi) moliyalashtirish uchun donor mamlakatlar va xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va imtiyozli kreditlarini jalb etish masalalarini tizimli asosda ishlab chiqishni belgilangan tartibda tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlanmalar natijalari boʻyicha, navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan markazlar tashkil etishni moliyalashtirishning tasdiqlangan aniq manbalari boʻyicha har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan markazlarni qurish va jihozlash boʻyicha — donor mamlakatlar va xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va imtiyozli kreditlari (keyingi oʻrinlarda grantlar va imtiyozli kreditlar deb ataladi) hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 6-bandiga asosan berilayotgan obyektlarni rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash, shu jumladan ularni saqlash boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi deb ataladi) mablagʻlari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilinadigan oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalarini va moddiy resurslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlash, rasmiylashtirish va tashish boʻyicha — Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar dasturi doirasida obyektlarni qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning tegishli budjetlarining qoʻshimcha manbalari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga tashkil etiladigan markazlar obyektlari boʻyicha buyurtmachilar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
grantlar va imtiyozli kreditlar hisobiga tashkil etiladigan markazlar boʻyicha buyurtmachilar — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va xorijiy davlatlar yoki xalqaro moliya tashkilotlari oʻrtasida imzolanadigan bitimlarga muvofiq, har bir obyekt boʻyicha alohida aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihachi va pudratchi tashkilotlar — belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etiladigan markazlar ishlarini tashkil qilishga doir talablarga javob beradigan binolar, inshootlarning tezkor boshqaruv huquqi bilan berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda, grantlar va imtiyozli kreditlarni jalb etgan holda tashkil etiladigan markazlar uchun yangi binolar qurishga yer maydonlari ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda markazlarga ularning faoliyatini tashkil etish uchun beriladigan obyektlar boʻyicha qurish va rekonstruksiya qilishga oid texnik topshiriqlar va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda optimal loyihaviy va texnik yechimlar qoʻllanishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tashkil etilayotgan markazlar obyektlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini va qurilish-montaj ishlarining sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati amalga oshirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarida kasb-hunarga qayta tayyorlanganligi va malakasini oshirganligi toʻgʻrisidagi diplomning hamda qisqa muddatli kurslarni oʻtaganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning davlat namunalaridagi shakllari 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, tashkil etilayotgan markazlar davlat taʼlim muassasalari hisoblanadi va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga boʻysunadi, ularning faoliyatiga umumiy oʻquv-metodik rahbarlik qilish esa — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar tashkil etilayotgan markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlgan ishsiz va vaqtincha band boʻlmagan, shu jumladan doimiy ishga ega boʻlmagan shaxslarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan mutaxassislik va kasblar boʻyicha — 1 yilgacha boʻlgan muddatda kasb-hunarga bepul qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat organlarida ishsiz sifatida roʻyxatdan oʻtmagan, ish izlayotgan shaxslarni, shuningdek ish beruvchilarning buyurtmanomalari boʻyicha — xodimlarni, har yili oʻqishga olinadiganlar sonining 15 foizidan ortiq boʻlmagan hajmda, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar va kasb-hunarlar boʻyicha — toʻlov asosida qisqa muddatli oʻqitishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda Moliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan markazlarning oʻqituvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining lavozim maoshlariga Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan toʻlanadigan 40 foizgacha miqdorda doimiy ustama belgilash toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan markazlarning pulli, qisqa muddatli kurslar tashkil etish faoliyatidan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlar hisobiga shakllantiriladigan, ushbu markazlarning moddiy-texnik rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda rivojlantirish jamgʻarmasi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi belgilangan tartibda, Chora-tadbirlar dasturi doirasida markazlar tashkil etilishiga koʻra belgilangan tartibda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda — markazlar ustavini va ular ishida qoʻllanadigan zarur oʻquv-metodik dasturlar va materiallarni, shuningdek oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi taʼlim muassasalarining belgilangan pedagogik va oʻquv-ishlab chiqarish yuklamalaridan kelib chiqqan holda markazlarning shtat jadvallarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan foyda normativini belgilashni hisobga olgan holda, rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning, unda qisqa muddatli oʻqitish boʻyicha pulli xizmatlar qiymatini belgilash tartibini nazarda tutib ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan markazlarning rahbarlari, oʻqituvchilari, ustalari va boshqa xodimlari mehnatiga kasb-hunar kollejlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar jumlasidan boʻlgan oʻquvchilarga tashkil etilayotgan markazlarda bevosita bepul oʻqiyotgan davrida Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida, 6 oydan koʻp boʻlmagan muddat mobaynida stipendiya toʻlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash davrida ularga ishlab chiqarish amaliyoti dasturlariga muvofiq ularning ishlab chiqarish faoliyatini taʼminlaydigan haq toʻlanadigan ish joylari berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Chora-tadbirlar dasturi doirasida tashkil etilayotgan markazlarni qurish va jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kelinadigan tovarlarni temir yoʻl stansiyalarida saqlash va yuklash-tushirish ishlarining toʻlov undirilmasdan bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Mehnat vazirligining buyurtmanomalariga binoan, Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan markazlarni tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalarining konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Mehnat vazirligining buyurtmanomalariga binoan, Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan markazlarni tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning yashash joylarida vaqtincha propiskaga qoʻyilishini va vaqtincha propiska muddati uzaytirilishini davlat bojlari undirmasdan belgilangan tartibda taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarida oʻqishga qabul qilish, kasb-hunarga oʻqishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar loyihalarini tasdiqlash uchun uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan markazlarni tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda qatnashuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida mavjud boʻlmaganda) Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 10-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2020-yillarda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mintaqa nomi

Joylashish joyi

Nazarda tutilayotgan quvvati
(oʻquvchilar oʻrni)

Oʻqitish yoʻnalishlari va mutaxassisliklari*

Amalga oshirish muddati

Moliyalashtirish manbai

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus sh.

240

1. Elektr va elektronika.

2. Axborot texnologiyalari.

3. Baliq yetishtirish va baliq mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi.

4. Qurilish ishi.

2018 — 2020-yillar

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi,

donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari

2.

Andijon viloyati

Andijon sh.

240

1. Avtomobillarni taʼmirlash va ularga texnika xizmati koʻrsatish.

2. Sovutish uskunalariga xizmat koʻrsatish texnologiyasi.

3. Elektrotexnika va elektronika.

4. Axborot texnologiyalari.

5. Tikuvchilik va toʻqimachilik ishlab chiqarish texnologiyasi.

2019 — 2020-yillar

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi,

donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari

3.

Buxoro viloyati

Buxoro sh.

240

1. Avtomobillarni taʼmirlash va ularga texnika xizmati koʻrsatish.

2. Axborot texnologiyalari.

3. Qurilish ishi.

4. Payvandlash mutaxassisliklari.

5. Xizmat koʻrsatish va turizm sohasi mutaxassislari (ofitsiantlar, sartaroshlar, gidlar).

2018 — 2020-yillar

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi,

donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari

4.

Jizzax viloyati

Jizzax sh.

240

1. Payvandlash va chilangarlik ishi.

2. Avtomobillarni taʼmirlash va ularga texnika xizmati koʻrsatish.

3. Elektr va elektronika.

4. Tikuvchilik va toʻqimachilik ishlab chiqarish texnologiyasi.

5. Dehqonchilik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi.

6. Chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik texnologiyasi.

2019 — 2020-yillar

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi,

donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari

5.

Navoiy viloyati

Navoiy sh.

240

1. Axborot texnologiyalari.

2. Elektr va elektronika.

3. Teri oshlash, charm-galantereya buyumlarini ishlab chiqarish va taʼmirlash.

4. Goʻsht-sut mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi.

5. Maxsus texnikani boshqarish mutaxassislari (ekskavatorchilar, kranchilar va boshqalar).

2019 — 2020-yillar

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi,

donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari

6.

Namangan viloyati

Namangan sh.

240

1. Sovutish uskunalariga xizmat koʻrsatish texnologiyasi.

2. Elektrotexnika va elektronika.

3. Axborot texnologiyalari.

4. Tikuvchilik va toʻqimachilik ishlab chiqarish texnologiyasi.

5. Maxsus texnikani boshqarish mutaxassislari (ekskavatorchilar, kranchilar va boshqalar).

2019 — 2020-yillar

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi,

donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari

7.

Sirdaryo viloyati

Guliston sh.

240

1. Elektrotexnika va elektronika.

2. Gidrotexnika uskunalarini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish mutaxassislari.

3. Maxsus texnikani boshqarish mutaxassislari (ekskavatorchilar, kranchilar va boshqalar).

4. Qishloq xoʻjaligi texnikasini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish mutaxassislari.

5. Tikuvchilik va toʻqimachilik ishlab chiqarish texnologiyasi.

2019 — 2020-yillar

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi,

donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari

8.

Surxondaryo viloyati

Termiz sh.

240

1. Meva, sabzavot, poliz mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi.

2. Axborot texnologiyalari.

3. Maxsus texnikani boshqarish mutaxassislari (ekskavatorchilar, kranchilar va boshqalar).

4. Qishloq xoʻjaligi texnikasini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish mutaxassislari.

5. Asalarichilik boʻyicha mutaxassislar.

2018 — 2019-yillar

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi,

donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari

9.

Toshkent viloyati

Toʻytepa sh.

240

1. Elektr va elektronika.

2. Axborot texnologiyalari.

3. Tikuvchilik va toʻqimachilik ishlab chiqarish texnologiyasi, tikuvchilik va toʻqimachilik asbob-uskunalarini taʼmirlash.

4. Gidrotexnika uskunalari va drenaj tizimini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish mutaxassislari.

5. Maxsus texnikani boshqarish mutaxassislari (ekskavatorchilar, kranchilar va boshqalar).

2019 — 2020-yillar

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi,

donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari

10.

Fargʻona viloyati

Qoʻqon sh. (yoki Fargʻona sh.)

240

1. Elektr va elektronika.

2. Axborot texnologiyalari.

3. Tikuvchilik ishi.

4. Mashinasozlik ishlab chiqarishi.

5. Kosmetika buyumlari ishlab chiqarish.

2017 — 2019-yillar

Koreya Respublikasi Hukumatining granti**

11.

Xorazm viloyati

Urganch sh.

240

1. Avtomobillarni taʼmirlash va ularga texnika xizmati koʻrsatish.

2. Axborot texnologiyalari.

3. Xizmat koʻrsatish va turizm sohasi xizmatlari (ofitsiantlar, sartaroshlar, gidlar).

4. Tikuvchilik ishi.

5. Qurilish ishi.

2018 — 2019-yillar

Koreya Respublikasi Hukumatining granti**

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Tashkil etilayotgan markazlarda kasb-hunarga oʻqitishning yoʻnalishlari va mutaxassisliklari mehnat bozori konyunkturasidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi qarorlari bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishib oʻzgartirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Dastlabki kelishuvlar yakunlari boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga
2-ILOVA

Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI*
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlaridagi Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga ґqitish markazlarining tuzilmalari Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan tasdiqlangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Tashkil etilayotgan markazlarning kasb-hunarga ґqitish yґnalish va mutaxassisliklari bґyicha bґlinmalari ushbu markaz tashkil etilayotgan mintaqaning mehnat bozori konyunkturasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Texnik va xizmat kґrsatuvchi xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga
3-ILOVA

Tashqi koʻrinishi‎

‎‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri

‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI

‎‎ISHSIZ FUQAROLARNI KASB-HUNARGA OʻQITISH MARKAZI

‎‎DIPLOM

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎Ichki tomoni

‎ISHSIZ FUQAROLARNI KASB-HUNARGA OʻQITISH MARKAZI

‎DIPLOM

‎‎
‎KNM № 000000

‎‎
‎‎‎‎

________________________________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20__ yilda ______________________________________________________________.
‎mutaxassisligi boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirish toʻliq kursini tamomladi
‎‎Markaz attestatsiya komissiyasining 20__ yil “__” ______dagi № ______ qarori boʻyicha
‎‎______________________________________________________________________ga

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎___________________________________________________ mutaxassisligi berildi.

M.Oʻ‎

‎‎Attestatsiya komissiyasining raisi

Direktor‎

Kotib‎

‎‎__________ shahri, 20___ yil

‎Roʻyxatga olish raqami ___________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎ISHSIZ FUQAROLARNI KASB-HUNARGA OʻQITISH MARKAZI

‎KNM — _______ raqamli DIPLOMGA ILOVA
‎(diplomsiz haqiqiy emas)

‎__________________________________________________________________
‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

‎‎20__ yil _________ dan 20__ yil ______ gacha davrda ___________________shahridagi
‎Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazida ________________________________________________________________________
‎ mutaxassisligi boʻyicha kasb-hunarga oʻqidi.

‎Oʻqish jarayonida quyidagi fanlarni oʻqidi va quyidagi baholarni oldi:

T/r‎

Fanlar nomi‎‎‎

Oʻquv rejasi boʻyicha belgilangan soatlar ‎

Olgan reyting ballari

‎‎I. UMUMIY FANLAR

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎

‎‎

‎‎

4.‎

‎‎

‎‎

‎‎

5.‎

‎‎

‎‎

‎‎

6.‎

‎‎

‎‎

‎‎

7.‎

‎‎

‎‎

‎‎

8.‎

‎‎

‎‎

‎‎

9.‎

‎‎

‎‎

‎‎

10.‎

‎‎

‎‎

‎‎

II. MAXSUS FANLAR

1.‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎

‎‎‎

‎‎

4.‎

‎‎

‎‎

‎‎

5.‎

‎‎

‎‎

‎‎

6.‎

‎‎

‎‎

‎‎

7.‎

‎‎

‎‎

8.‎

‎‎

‎‎

8.‎

‎‎

‎‎

‎‎

9.‎

‎‎

‎‎

‎‎

10.‎

‎‎

‎‎

‎‎

III. YAKUNIY ATTESTATSIYA

1.‎

‎‎

‎‎

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

6.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎
‎Direktor

‎Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari

‎Roʻyxatga olish raqami ___________
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi koʻrinishi‎

‎‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri

‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI

‎‎ISHSIZ FUQAROLARNI KASB-HUNARGA OʻQITISH MARKAZI

SERTIFIKAT

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎Ichki tomoni

‎‎Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri

‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI

‎ISHSIZ FUQAROLARNI KASB-HUNARGA OʻQITISH MARKAZI

SERTIFIKAT

‎‎
‎KNM № 000000

‎‎
‎‎‎‎

________________________________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20__ yilda _______________________________________________________________

‎‎mutaxassisligi boʻyicha qayta tayyorlash (malaka oshirish) toʻliq kursini oʻtadi.

M.Oʻ.‎

Direktor‎

‎‎Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari
‎‎____________ shahri, 20___ yil

‎Roʻyxatga olish raqami ______________
‎‎
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi Kasb-hunarga oʻqitish markazi faoliyatini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 13-sentabrdagi 270-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 37-son, 431-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2 va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Samarqand shahrida Kasb-hunarga oʻqitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 15-maydagi 122-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 20-son, 253-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2 va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Shahrisabz shahrida Kasb-hunarga oʻqitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi 135-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 11-son, 163-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2 va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 15-son, 255-modda, 34-son, 893-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/824/0115-son; 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)