Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019 04.04.2017 yildagi 175-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-fevraldagi PQ-2761-son qaroriga muvofiq hamda davlat organlari va tashkilotlarining jamiyatda aholining huquqiy ongini hamda madaniyatini yanada oshirishga, qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari bir oy muddatda o‘z reglamentini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 23-iyuldagi 226-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 30-son, 349-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-apreldagi 175-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-fevraldagi PQ-2761-son qaroriga muvofiq Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari (keyingi o‘rinlarda Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari tegishlicha O‘zbekiston Respublikasida davlat organlari, shuningdek jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boruvchi kollegial organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Idoralararo kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, uning hududiy komissiyalarining tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochilar va aholini qonunchilikning mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilishning sifatini tubdan oshirish, ushbu faoliyatni tashkil qilishga prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining turli qatlamlari, shu jumladan tadbirkorlar va yoshlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotdan keng ko‘lamda foydalanishini ta’minlash, ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish faoliyatini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari o‘zlariga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ijrochilar va aholini qonunchilikning mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilishning sifatini tubdan oshirish, ushbu faoliyatni tashkil qilishga prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochilar va aholini qonunchilikning mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochilar va aholini qonunchilikning mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilishning sifatini tubdan yaxshilash maqsadida keng jamoatchilik fikrini o‘rganadi, tahlil qiladi, ushbu sohada ishlarni yanada takomillashtirish borasida takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida yoritilayotgan huquqiy mavzudagi materiallarni tahlil qiladi, ularning mazmunini takomillashtirishga yo‘naltirilgan takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda ijrochi va aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek qonuniylikni mustahkamlash maqsadida huquqiy bilimlarning ijrochi va aholi o‘rtasida keng targ‘ib va tashviq qilinishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochi va aholini huquqiy axborotlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aholining turli qatlamlari, shu jumladan tadbirkorlar va yoshlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy targ‘ibot va ma’rifatni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish borasida aholining turli qatlamlari, shu jumladan tadbirkorlar va yoshlar fikrlarini o‘rganish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining turli qatlamlari, shu jumladan tadbirkorlar va yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot va ma’rifatni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish borasida tushgan takliflar asosida ishlarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining turli qatlamlari, shu jumladan tadbirkorlar va yoshlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi ishlarni amalga oshirishda jamiyatimizga kirib kelayotgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hisobga olgan holda zamonaviy mexanizmlarga bosqichma-bosqich o‘tish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotdan keng ko‘lamda foydalanishini ta’minlash, ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy targ‘ibot sohasida davlat boshqaruv organlari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining kelishilgan faoliyat yuritishlarini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalaridan ular tomonidan huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarni so‘raydi va oladi, ularning bajarilishi holatini tahlil qiladi, umumlashtiradi, shuningdek ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi faoliyatiga doir tadbirlar va dasturlarning bajarilishini o‘rganadi, ularning hisobotlarini eshitib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy targ‘ibot va ma’rifat ishlarini amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi va dasturlarining amalga oshirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy targ‘ibot va ma’rifat ishlarining metodik jihatdan ta’minlanishini tashkil etish, shuningdek ushbu yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirishning zamonaviy shakllarini joriy etish bo‘yicha asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalarining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan huquqiy targ‘ibot va huquqiy ma’rifat bo‘yicha olib borilgan ishlarni o‘rganish, shuningdek ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy targ‘ibot va ma’rifat ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan belgilangan tartibda talab qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining turli qatlamlari, shu jumladan tadbirkorlar va yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish uchun davlat organlari va tashkilotlarini, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarini, shuningdek mutaxassislar, olimlar va fuqarolarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot va ma’rifat ishlarini olib borishga doir ish rejalari, chora-tadbirlar rejalari hamda dasturlarini va boshqa hujjatlarini o‘rganish, ularni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha tavsiyalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari ushbu Nizom hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan zimmasiga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlash uchun mas’uldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Idoralararo kengashga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri, uning hududiy komissiyalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari rahbarlik qiladi hamda ularning vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari majlislari kun tartibini belgilash va majlislarini chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari a’zolarining zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalarining samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari a’zolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyasi majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning dolzarb masalalari bo‘yicha Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalariga takliflar kiritadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyasi muhokama qiladigan masalalar bo‘yicha xulosalar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyasi a’zolari Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyasidagi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari o‘z faoliyatini tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiradi va majlislarini zaruriyatga ko‘ra, biroq bir yilda kamida ikki marta o‘tkazadi. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari raisi tomonidan uning a’zolarining navbatdan tashqari majlis o‘tkazish uchun sabablari va asoslari bayon qilinishi lozim bo‘lgan yozma iltimosnomasiga asosan navbatdan tashqari majlis chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari majlisini uning raisi olib boradi. Idoralararo kengash raisi bo‘lmagan taqdirda, uning o‘rinbosari, hududiy komissiyalari raisi bo‘lmagan taqdirda, komissiya tarkibidan saylanadigan o‘rinbosar boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari majlisi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlis o‘tkazish uchun kvorum bo‘lmaganda Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalarining yangi majlis o‘tkazish sanasi e’lon qilinadi. Yangi majlis o‘tkazishda uning kun tartibi o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari majlisiga unda ko‘rib chiqilayotgan masalalarning ahamiyatiga ko‘ra davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Idoralararo kengash faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Adliya vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan va uning hududiy komissiyalari faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari ishchi organi va kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi Idoralararo kengashning ishchi organi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining Huquqiy targ‘ibot va axborot bo‘limlari tegishlicha hududiy komissiyalarning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb yuritiladi) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash masalalarini hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdagi davr uchun Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalarining ish rejasi loyihasini tayyorlaydi, Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari muhokamasiga kiritadi va tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalarining navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi va manfaatdor tashkilotlardan zarur materiallar va ekspert xulosalarini oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyasi majlisi kun tartibi masalasi bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishini va majlis o‘tkazilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqadi hamda Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar loyihalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari ko‘rib chiqishi uchun ularning qaroriga muvofiq boshqa materiallarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalarining kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalarining navbatdagi majlisiga barcha zarur hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyasi majlisiga materiallar tayyorlash bo‘yicha ishchi organning ishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari majlislari o‘tkazilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari raisi bilan majlis o‘tkazish muddatlari va joyini, shuningdek taklif etiladiganlar ro‘yxatini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyasi a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni majlisning o‘tkaziladigan sanasi, vaqti, joyi to‘g‘risida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi va uning natijasini ko‘rib chiqish uchun Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari majlisiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari a’zolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari qarori Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalarining majlisida qatnashayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalarining har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan o‘z fikrini yozma ravishda bildirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari raisi qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalarining alohida masalalar bo‘yicha Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari a’zolari bilan kelishilgan qarorlarini so‘rov yo‘li bilan tasdiqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari qarorlari Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari majlisi protokoli bilan rasmiylashtiriladi. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari majlisi protokoliga uning barcha a’zolari tomonidan viza qo‘yiladi, u kotib tomonidan imzolanadi, Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari a’zolariga hamda manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari protokolining asl nusxasi va unga tegishli materiallar ishchi organda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat organlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalarining ishchi organi va kotibi Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda o‘rganadilar va ko‘rib chiqadilar, zaruriyat bo‘lganda Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari raisiga tegishli takliflar kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari qabul qilingan qarorlarning bajarilishi holatini o‘z majlislarida muntazam ravishda ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalarining ish tartibi ularning Reglamentida belgilanadi. Reglament Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari tomonidan qabul qilinadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 14-son, 224-modda)