1-ILOVA
|
Qonun loyihasining ishchi nomi |
Qonunni qabul qilish zarurligining asoslanishi va u qabul qilingan taqdirda kutiladigan natijalar |
Qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha masʼul ijrochilar |
Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddatlari |
Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati |
Vazirlar Mahkamasining masʼul ijrochilari | |
|
I. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida nazarda tutilgan qonun loyihalari | ||||||
|
1. |
“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydala�ishni taʼminlash toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-fevraldagi PQ–2761-son qarorida nazarda tutilgan. Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda: normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning taʼsirchan mexanizmlarini, shu jumladan ularning konsepsiyalari, tushuntirish xatlarini eʼlon qilish, qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlariga sharhlarni tayyorlash va eʼlon qilish amaliyotini keng joriy etish; normativ-huquqiy hujjatlarning maqsadi va mazmuni haqida aholiga tushuntirish va ularni keng xabardor qilish chora-tadbirlari; qonun va qonunosti hujjatlarini ijrochilarga va aholiga yetkazish boʻyicha Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, boshqa davlat organlarining vakolatlarini aniq belgilash. |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2017-yil mart |
2017-yil aprel |
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi |
|
2. |
“Turizm toʻgʻrisida” (yangi tahrirda) |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 139-bandida nazarda tutilgan. Qonun loyihasini ishlab chiqish: Oʻzbekiston Respublikasi turizm tarmogʻining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish; turistik faoliyat subyektlarining huquq va majburiyatlarini belgilash; muvofiqlashtiruvchi va vakolatli davlat organlarining vakolatlarini belgilash; turistik xizmatlarning zamonaviy koʻrinishlarini va turistik mahsulotlarni rivojlantirishni huquqiy tartibga solishga qaratilgan. |
Davlat turizm qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Madaniyat vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2017-yil mart |
2017-yil aprel |
|
|
3. |
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 124-bandida nazarda tutilgan. Qonun loyihasi quyidagilar orqali kreditorlarning huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirishni nazarda tutadi: kreditordan yozma soʻrov olingan vaqtdan boshlab oʻn kun mobaynida unga qarzdorning moliyaviy ahvoli haqidagi har qanday maʼlumotni taqdim etish; kreditorga qarzdorni bankrot deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorga nisbatan eʼtiro? bildirish huquqini berish. |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy sud bi?an birgalikda |
2017-yil aprel |
2017-yil may |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
4. |
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi PF–4848-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlash, xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining 5-bandida nazarda tutilgan. Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi: davlat xaridlarini raqobat asosida amalga oshirishning shaffof va ochiq mexanizmini, ushbu sohada korrupsiyaning oldini olishning samarali choralarini belgilash; davlat xaridlariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining keng jalb qilinishini taʼminlash; davlat xaridlari tizimini qoʻllash majburiy boʻlgan subyektlar doirasini kengaytirish, ularning qatoriga davlat korxonalari hamda davlat ulushi 50 foiz va undan ziyod boʻlgan tijorat tashkilotlarini qoʻshish; davlat xaridlari ishtirokchilari uchun shikoyat qilishning mustaqil va samarali tizimi hamda tartibini yaratish; elektron xaridlarni yanada rivojlantirish, natij�larini tahlil qilish uchun maʼlumotlar yagona bazasini, xaridlarning zaruriy parametrlarini tashkil etish. |
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahri hokimliklari |
2017-yil may |
2017-yil iyun |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
5. |
“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 15-bandi, shuningdek 2016-yil 5-oktabrdagi PF–4848-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlash, xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining 6-bandida nazarda tutilgan. Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda: davlat organlari boshqaruv faoliyati tashkil etilishini takomillashtirish; asosli va tezkor qarorlar qabul qilish orqali samarali davlat xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash; yuridik va jismoniy shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishini taʼminlashning zamonaviy tartib-taomillarini joriy etish. |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2017-yil iyun |
2017-yil iyul |
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi |
|
6. |
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 75 va 171-bandlarida nazarda tutilgan. Fuqarolarning xususiy mulk huquqi kafolatlarini mustahkamlash maqsadida qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda: jinoyat quroli yoki jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlik predmeti sifatida mulkdan foydalanishda mulkdorning aybi boʻlmagan hollarda mulkni olib qoʻyish (vaqtinchalik olib qoʻyishdan tashqari) va musodara qilishni taqiqlash; Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni oldindan qoplab berish; tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan foydalanilmayotgan, jumladan, ajratilgan e? uchastkalarida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha tadbirkorlik subyektlari tomonidan olingan majburiyatlar bajarilmayotgan holatlar yuzaga kelgan davrda yer soligʻi va mol-mulk soligʻi stavkalarini uch baravar miqdorda qoʻllash. |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi |
2017-yil iyun |
2017-yil iyul |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
7. |
“Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 17-bandida nazarda tutilgan. Qonun loyihasida davlat xizmatini moliyalashtirish, davlat xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish, mehnatiga haq toʻlash va ijtimoiy taʼminlash tartibini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish nazarda tutilmoqda. |
Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi |
2017-yil avgust |
2017-yil sentyabr |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
8. |
“Davlat-xususiy sherikligi toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 13-bandi, shuningdek 2016-yil 5-oktabrdagi PF–4848-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlash, xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining 4-bandida nazarda tutilgan. Qonun loyihasida quyidagilarni belgilash nazarda tutilmoqda: davlat va xususiy sheriklik (DXSh) tushunchasi, vazifalari va asosiy prinsiplari; DXSh ishtirokchilari doirasi, ularning huquq va �ajburiyatlari; DXSh ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, tadbirkorlik subyektlari mablagʻlarining sarflanishi shaffofligi va samaradorligi kafolatlari; DXSh loyihalari amalga oshiriladigan ustuvor sohalar; DXSh ishtirokchilarini ragʻbatlantirish hamda ushbu sohada nazoratni amalga oshirish tartibi va shartlari. |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2017-yil avgust |
2017-yil sentyabr |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
9. |
“Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 50-bandida nazarda tutilgan. Qonun loyihasida davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijtimoiy foydali vazifalarni amalga oshirish maqsadida Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondidan tashqari nodavlat notijorat tashkilotlariga ham bevosita ijtimoiy buyurtma berish tartibi belgilanadi. |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, FJShMQMI, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi |
2017-yil avgust |
2017-yil sentyabr |
Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti |
|
10. |
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PF–4850-son Farmoni bilan tasdiqlangan Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturining Qonun loyihasi kadrlarning barqaror zaxirasini shakllantirish va notarial harakatlar tezkorligini oshirishga qaratilgan boʻlib, jumladan quyidagilarni nazarda tutadi: lavozimida uch yillik stajga ega boʻlgan notarius yordamchisiga tegishli stajirovkani oʻtamasdan notarius lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etish imkonini berish; notarius yordamchisiga hujjat nusxalari toʻgʻriligini tasdiqlash vakolatini berish; notariuslarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularni davriy rotatsiya qilish tartibini joriy etish. |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2017-yil avgust |
2017-yil sentyabr |
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi |
|
11. |
“Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 6-bandida nazarda tutilgan. Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda: partiya guruhlari tomonidan xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini koʻrib chiqish, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish haqidagi takliflarni kiritish; tuman (shahar) hokimi nomzodini viloyat hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilgandan soʻng xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etish; xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlariga viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga tegishliligi boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining, shuningdek, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining qoniqarsiz faoliyati haqida xulosalarni taqdim etish huquqini berish; Qonunchilik palatasi deputatlarining joylardagi jamoatchilik vakillari sifatida tegishli siyosiy partiya hududiy boʻlimlarining vakillarini biriktirib qoʻyish. |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, AQHMI, FJShMQMI |
2017-yil sentyabr |
2017-yil oktyabr |
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti |
|
12. |
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 11-bandida nazarda tutilgan. Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda: mahalliy davlat hokimiyati organlarining tuzilmasini takomillashtirish va qonunlar ijrosini taʼminlash borasidagi vakolatlarini aniqlashtirish; viloyat, tuman, shahar hokimlarining va boshqa mansabdor shaxslarning oʻz faoliyati yuzasidan tegishli hududdagi aholi oldida hisobot berish va hisobotga oid maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tartibini joriy etish; xalq deputatlari Kengashlari tomonidan mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish shakllari va mexanizmlarini aniqlashtirish; xalq deputatlari Kengashlarining faoliyatini tashkiliy va texnik jihatdan taʼminlaydigan ijrochi kotiblar lavozimini taʼsis etish. |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, AQHMI, DBA, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2017-yil sentyabr |
2017-yil oktyabr |
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti |
|
13. |
“Yarashtiruv jarayonlari (mediatsiya) toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 79-bandi, shuningdek 2016-yil 21-oktabrdagi PF–4850-son Farmoni bilan tasdiqlangan Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkin�iklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturining 30-bandida nazarda tutilgan. Qonun loyihasi suddan tashqari fuqarolik va xoʻjalik nizolarini tartibga solishning asosiy tushunchalari, maqsadlari, vazifalari, mexanizmlarini nazarda tutadi. |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Advokatlar palatasi Oliy sud, Bosh prokuratura bilan birgalikda |
2017-yil sentyabr |
2017-yil oktyabr |
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
14. |
“Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 12-bandida nazarda tutilgan. Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi: davlat mulkidan samarali foydalanishda boshqaruvning eng zamonaviy turlarini joriy etish; davlat unitar korxonalarini boshqarishga biznes boshqaruv usullarining eng ilgʻor shakllarini (benchmarking) joriy etish; ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan korxonalarda korporativ boshqaruvning ilgʻor usullarini joriy etish. |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
2017-yil sentyabr |
2017-yil oktyabr |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
15. |
“Davlat xizmati toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻ�bekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 16-bandida nazarda tutilgan. Qonun loyihasida davlat xizmati tizimini tashkil etish va faoliyat koʻrsatishining asosiy tamoyillari, davlat xizmatining kadrlar tarkibini shakllantirish, davlat xizmatiga ishga oʻtish, xizmatni oʻtash va xizmatdan ketishga doir talablarni belgilaydi. |
Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, AQHMI, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi |
2017-yil sentyabr |
2017-yil oktyabr |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
16. |
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Pr�zidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 137-bandida nazarda tutilgan. Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda: korxonalarning birlashishi va qoʻshib olinishida monopoliyaga qarshi organning roziligini olish talablarini birxillashtirish; raqobatni cheklovchi kelishuvlar, bitimlar va kelishilgan harakatlarga qarshi kurash mexanizmlarini takomillashtirish; ustun mavqega ega boʻlgan korxo?alarning aksiya va ulushlarini sotib olishda tadbirkorlik subyektlarining hujjatlarini koʻrib chiqish tartibini soddalashtirish; manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish maqsadida shoʻba korxona to?onidan taʼsischining ustav fondidan ulush sotib olishini va shoʻba. |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
2017-yil sentyabr |
2017-yil oktyabr |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
17. |
“Aholi bandligiga koʻmaklashish nodavlat tashkilotlari (rekruting agentliklari) toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 207-bandida nazarda tutilgan. Qonun loyihasi mehnat bozori infratuzilmasini yaxshilashga, aholi bandligini taʼminlash imkoniyatlarini, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirishga qaratilgan. |
Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
2017-yil oktyabr |
2017-yil noyabr |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
18. |
“Odam organlari va toʻqimalarini transplantatsiya qilish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 221-bandida nazarda tutilgan. Qonun loyihasining ishlab chiqilishi odam organlari va toʻqimalarini transplantatsiya qilishga, klinik fan sifatida transplantologiyani rivojlantirishni huquqiy tartibga solishga qaratilgan. Qonunning qabul qilinishi odam organlari va toʻqimalari transplantatsiyasini amalga oshirish uchun huquqiy asos yaratadi. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2017-yil oktyabr |
2017-yil noyabr |
Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti |
|
19. |
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar ki�itish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PF-4850-son Farmoni bilan tasdiqlangan Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturining 42-bandida nazarda tutilgan. Qonun loyihasi advokatura institutini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni taʼminlashda advokatning rolini kuchaytirishga qaratilgan boʻlib, quyidagilarni nazarda tutadi: sud ishini yuritishda ishtirok etish uchun advokat orderini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibini takomillashtirish; advokat soʻrovini koʻrib chiqish tartibi va muddatlarini aniqlashtirish; fuqarolik va xoʻjalik nizolarini sudgacha hal qilish jarayonida advokat ishtirokining tartibi va asoslari; advokatlik faoliyati uchun belgilangan soliq stavkalarini qayta koʻrib chiqish. |
Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2017-yil noyabr |
2017-yil dekabr |
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi |
|
20. |
“Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PF–4850-son Farmoni bilan tasdiqlangan Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning h?quq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturining 43-bandida nazarda tutilgan. Qonun loyihasi notarial idoralar tomonidan yuridik xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish, shu jumladan: notarial idoralarga elektron murojaat qilinishi; oʻrsatilayotgan xizmatlar uchun davlat bojini toʻlash boʻyicha elektron toʻlovlar joriy etilishini taʼminlashga qaratilgan. |
Adliya vazirligi, Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqt�sodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2017-yil noyabr |
2017-yil dekabr |
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi |
|
21. |
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 208-bandida nazarda tutilgan. Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi: xususiy sektorda ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi mehnat shartnomasi tuzish jarayonini soddalashtirish, muddatli mehnat shartnomasi tuzish asoslarini kengaytirish; ishga olishning yangi shakllarini (bir martalik, soatbay), shuningdek soatbay ish haqi toʻlash tartibini joriy etish; xodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmagani, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, xodimni ijtimoiy sugʻurta qilish boʻyicha talablarni buzgani uchun ish beruvchining javobgarligini kuchaytirish. |
Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi |
2017-yil noyabr |
2017-yil dekabr |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
22. |
“Mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 204-bandida nazarda tutilgan. Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi: mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari; fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirishning mexanizm va shakllari; mehnat migrantlari bilan ishlash sohasidagi diplomatik vakolatxonalarining asosiy faoliyat yoʻnalishlarini belgilash; chet elda Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsiy xavfsizligini taʼminlash va ularning ijtimoiy himoyasi boʻyicha chora-tadbirlar. |
Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, OʻzNNTMA |
2017-yil noyabr |
2017-yil dekabr |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
II. Mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda davlat boshqaruvi organlarining tashabbuslari va takliflari asosida ishlab chiqiladigan qonun loyihalari | ||||||
|
1. |
“Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasining qabul qilinishi “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonunning normalarini takomillashtirishga qaratilgan. Xususan, quyidagilar taklif etiladi: koʻchatlarni sertifikatsiyalash tizimini joriy etish; erga ishlov berish va koʻchatlar oʻtqazish jarayonini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ekin urugʻlarini oʻstirish va ekish jarayoniga tenglashtirish; ekin urugʻlari reproduksiyasini toifalarga boʻlish masalalarini tartibga solish; ekin uchun yangi va istiqbolli urugʻ navlarini ekish masalalarini belgilash. Qonunning qabul qilinishi qishloq xoʻjaligi ekinlarining istiqbolli navlarini yaratish, ularga ichki va tashqi bozorda boʻlgan talabni saqlab qolish, shuningdek mamlakatda isteʼmol tovarlari xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiladi. |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi, Fanlar akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2017-yil iyul |
2017-yil avgust |
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti |
|
2. |
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qo�unning normalarini amaliyotda bir xilda qoʻllanilishini taʼminlashga qaratilgan. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlari sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining davlat reyestrida albatta hisobga olinadi. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida yuritiladigan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining davlat reyestri davlat axborot resursi hisoblanadi. Bunda “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar hujjatlashtirilgan axborotni davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda taqdim etishi shart va hujjatlashtirilgan axborotni majburiy taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Shu munosabat bilan “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga xavfli ishlab chiqarish byektlarini hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishiga oid normani kiritish taklif etiladi. |
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2017-yil iyul |
2017-yil avgust |
Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti |
|
3. |
“Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlarga boʻlgan narxlar (tariflar) loyihalarini koʻrib chiqish muddatlarining narxni tartibga soluvchi organ tomonidan koʻrib chiqish muddatlarini oʻzgartirishga qaratilgan. “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq tabiiy monopoliya subyektlari tovarlariga taalluqli narxlar (tariflar) loyihalari vakolatli organ tomonidan isteʼmolchi mahsuloti narxlariga ularning taʼsiri hisobga olingan holda bir hafta muddatda koʻrib chiqiladi. Tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovar (ish, xizmat)larining yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda, tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlarga boʻlgan narxlar (tariflar) loyihalarini narxni tartibga soluvchi organ tomonidan koʻrib chiqilishida bir vaqtning oʻzida ularning iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga taʼsiri va oxirgi isteʼmolchilariga (aholi uchun elektr energiyasi va gazga belgilangan tariflar) iqtisodiy taʼsirini ham tahlil qiladi. Ushbu jarayon koʻp mehnat hamda boshqa tashkilotlarning tovar (ish, xizmat)lari narxi oʻzgarishini chuqur tahlil qilishni talab qiladi Shu munosabat bilan, Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlarga boʻlgan narxlar (tariflar) loyihalarini narxni tartibga soluvchi organ tomonidan koʻrib chiqish muddatlarini uzaytirish taklif etiladi. Qonunning qabul qilinishi tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy va hisob-kitob hujjatlarini, narxlar (tariflar)ning uning moliyaviy ahvoliga taʼsirini yanada sinchiklab koʻrib chiqilishini, shuningdek oxirgi isteʼmolchi, shu jumladan aholi va budjet tashkilotlari uchun narxlar (tariflar) oʻzgarishini chuqur tahlil qilinishini taʼminlaydi. |
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2017-yil iyul |
2017-yil avgust |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
4. |
“Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamgʻalanishi toʻgʻrisida” (yangi ?ahriri) |
Qonun loyihasining ishlab chiqilishi Qimm?tbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamgʻalanishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan. Xususan, amaliyotdan hamda ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: tish yasashga moʻljallangan oltin zarvaraq va kumush zarvaraqni (tamgʻalashda shikastlanish xavfi boʻlgan mahsulot sifatida), oltin quymalarni (tibbiyotga moʻljallangan mahsulot sifatida) qimmatbaho metallardan yasalgan, tamgʻalanishi lozim boʻlgan buyumlar qatoridan chiqarish; iridiy, rodiy, ruteniy va osmiyni asillik darajasiga ega boʻlgan va qonun hujjatlarida tamgʻalanishi lozim boʻlgan buyumlarni tayyorlashda foydalaniladigan qimmatbaho metallar qatoridan chiqarish; Asillik darajasini belgilash palatasining qimmatbaho metallarning asillik darajasiga muvofiqligi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish vakolatlarini qayta koʻrib chiqish; Qimmatbaho metallardan yasalgan mahsulotlarni tamgʻalash tartibini qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarningasillikdarajasini aniqlashni qayta koʻrib chiqqan holda, takomillashtirish, shuningdek tayyorlovchining personal tamgʻalashini kiritish masalalarini koʻrib chiqish. Qonunning qabul qilinishi ushbu sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisod�yot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2017-yil avgust |
2017-yil sentyabr |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
5. |
“Bank siri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasining qabul qilinishi bank siri hisoblangan maʼlumotlarni olish, himoya qilish va taqdim etish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan. “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni sudga, prokuratura, tergov va surishtiruv organlariga, shuningdek sud ijrochisiga taqdim etish, buning uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻlgan taqdirda, ularni soʻrayotgan organga yopiq va muhrlangan konvertda yuborish orqali amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda ushbu maʼlumotlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda vakolatli organlarga taqdim etish imkoniyati mavjud. Shu munosabat bilan Qonun loyihasida bank muassasalari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborot almashinuvi mexanizmlarini belgilash nazarda tutilmoqda. Qonunning qabul qilinishi bank siri hisoblangan maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etish, ortiqcha moddiy-resurs (qogʻoz, pochta xarajatlari) va vaqt yoʻqotilishining oldini oluvchi operativ tarzda axborot almashinuvini amalga oshirishga xizmat qiladi. |
Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2017-yil oktyabr |
2017-yil noyabr |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
6. |
“Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasining ishlab chiqilishi qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlarning salbiy taʼsiri oqibatlariga qarshi samarali kur�shish va ularning oldini olish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan. 2016-yilgi hosildan davlat xaridlari uchun sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz va uzum kiritilishi munosabati bilan ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani meva-sabzavot, poliz va boshqa mahsulotlarni yetishtirish va sotishning yagona tizimini shakllantirish, ular tomonidan qayta ishlash korxonalari, ichki bozorni isteʼmol tovarlari bilan uzluksiz taʼminlash, tarmoqning eksport salohiyatini oshirish orqali qayta koʻrib chiqish zarurati vujudga keldi. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, olib kirish va olib chiqish, qoʻllash mexanizmini chuqur tahlil qilish, qayta koʻrib chiqish talab etiladi. Shu bilan birga, kimyoviy vositalarni, biologik vositalarni va materiallarni saqlash, qoʻllash, zararsizlantirish, yoʻq qilish, utilizatsiya qilish, transportda tashish va koʻmib tashlashga oid talablarni kuchaytirish, shuningdek ushbu sohadagi jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini oshirish lozim. Qonunning qabul qilinishi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zararkunandalardan, kasalliklardan va begona oʻtlardan himoya qilinishini taʼminlash, oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining atrof-muhit va insonga salbiy taʼsirini kamaytirishga olib keladi. |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2017-yil oktyabr |
2017-yil noyabr |
Qish?oq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti |
|
7. |
“Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida” (yangi tahriri) |
Qonun loyihasining ishlab chiqilishi davlat bojxona xizmati, bojxona ishi faoliyatini yanada takomillashtirishga va ushbu xizmatning mansabdor shaxslari funksional vazifalarini bajarganda javobgarligini oshirishga yoʻnaltirilgan. Oʻtgan davr mobaynida ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlikni amalga oshirish uchun yanada keng imkoniyatlar taqdim etish, bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish, raqobatni rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ragʻbatlantirish yoʻlidan izchil olgʻa siljish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu islohotlarni amalga oshirish doirasida davlat bojxona xizmati organlariga qoʻshimcha majburiyatlar va funksiyalar yuklangan. Shundan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasining yagona bojxona siyosatini amalga oshirish, iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish va bojxona qonunchiligini yanada takomillashtirish maqsadida “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunni yangi tahrirda qabul qilish taklif etiladi. |
Davlat bojxona qoʻmitasi, TSV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, SSP, manfaatdor vazirliklar |
2017-yil oktyabr |
2017-yil noyabr |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
8. |
“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasining ishlab chiqilishi texnik reglamentlarning talablariga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasi “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 22 va 26-moddalariga muvofiq texnik reglamentlarga rioya etish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir. Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdorshaxslarbelgilangantartibda javobgar boʻladi. Biroq qonunchilikda hozirgi kunga qadar shaxslarning texnik reglamentlarga rioya etmaganliklari uchun javobgarlik mexanizmi belgilanmagan. Texnik reglamentlarning joriy etilishini hisobga olgan holda, standartlashtirish boʻyicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar ularda koʻrsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga majburiylik xarakterini yoʻqotadi va ularni qoʻllashning ixtiyoriyligini paydo qiladi. Bunda hozirgi vaqtga qadar qabul qilingan, mahsulotlar va xizmatlarning xavfsizligiga boʻlgan majburiy talablarni belgilovchi yigirmaga yaqin texnik reglamentlarning talablarini buzganlik uchun javobgarlik masalasi ochiq qolmoqda. Mavjud boʻshliqlarni hamda “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunning yuqorida koʻrsatilgan moddalarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarishni taʼminlash maqsadida MJtKning 212-moddasiga texnik reglamentlar talablarini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalarning kiritilishi taklif etilmoqda. Qonunning qabul qilinishi texnik reglamentlarga rioya qilish ustidan samarali davlat nazoratini va “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunning normalarini toʻlaqonli amalga oshirishni taʼminlaydi. |
“Oʻzstandart” agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2017-yil noyabr |
2017-yil dekabr |
Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti |
2-ILOVA
|
T/r |
Qonun loyihasining ishchi nomi |
Masʼul ijrochilar |
Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati | |
|
Vazirlik va idoralar |
Vazirlar Mahkamasi | |||
|
I. 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini | ||||
|
1. |
“Turizm toʻgʻrisida” (yangi tahrirda) |
Davlat turizm qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Madaniyat vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
2017-yil mart |
|
2. |
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (kreditorlarning huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish masalalari) |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi Oliy sud bilan birgalikda |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
2017-yil aprel |
|
3. |
“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida” |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi |
2017-yil iyun |
|
4. |
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (fuqarolarning xususiy mulk huquqi kafolatlarini mustahkamlash masalalari) |
Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat raqobat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
2017-yil iyun |
|
5. |
“Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
2017-yil avgust |
|
6. |
“Davlat-xususiy sherikligi toʻgʻrisida” |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jal� etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
2017-yi� avgust |
|
7. |
“Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” |
Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, FJShMQMI, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi |
Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti |
2017-yil avgust |
|
8. |
“Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, AQHMI, FJShMQMI |
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivoj�antirish masalalari axborot-tahlil departamenti |
2017-yil sentyabr |
|
9. |
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, AQHMI, DBA, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti |
2017-yil sentyabr |
|
10. |
“Yarashtiruv jarayonlari (mediatsiya) toʻgʻrisida” |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Advokatlar palatasi Oliy sud, Bosh prokuratura bilan birgalikda |
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi |
2017-yil sentyabr |
|
11. |
“Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida” |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
2017-yil sentyabr |
|
12. |
“Davlat xizmati toʻgʻrisida” |
Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, AQHMI, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
2017-yil sentyabr |
|
13. |
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (monopoliyaga qarshi munosabatlarni tartibga solish masalalarini takomillashtirish) |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
2017-yil sentyabr |
|
14. |
“Aholi bandligiga koʻmaklashish nodavlat tashkilotlari (rekruting agentliklari) toʻgʻrisida” |
Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgarti�ishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
2017-yil oktyabr |
|
15. |
“Odam organlari va toʻqimalarini transplantatsiya qilish toʻgʻrisida” |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti |
2017-yil oktyabr |
|
16. |
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (ishga qabul qilish tartib-taomillarini soddalashtirish masalalari) |
Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
2017-yil noyabr |
|
17. |
“Mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida” |
Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, OʻzNNTMA |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
2017-yil noyabr |
|
II. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-yanvardagi 1-son majlisi bayoni bilan belgilangan 2017-yilga moʻljallangan respublika Hukumatining iqtisodiy va ijtimoiy dasturining eng muhim yoʻnalishlari va ustuvor vazifalariga muvofiq ishlab chiqiladigan qonun loyihalari | ||||
|
18. |
“Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi,“Oʻzstandart” agentligi, Fanlar akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi |
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti |
2017-yil iyul |
|
19. |
“Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi |
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti |
2017-yil oktyabr |
|
20. |
“Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida” (yangi tahriri) |
Davlat bojxona qoʻmitasi, TSV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, SSP, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
2017-yil oktyabr |
|
III. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida hujjatlari ijrosi yuzasidan ishlab chiqiladigan qonun loyihalari | ||||
|
21. |
“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida” |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, vazirlik va idoralar |
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi |
2017-yil mart |
|
22. |
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida” |
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
2017-yil may |
|
23. |
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (notariat institutini yanada takomillashtirish masalalari) |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi |
2017-yil avgust |
|
24. |
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (advokatura institutini yanada takomillashtirish masalalari) |
Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, MXX, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, DSQ, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi |
2017-yil noyabr |
|
25. |
“Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
Adliya vazirligi, Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi |
2017-yil noyabr |
|
IV. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ishlab chiqiladigan qonun loyihalari | ||||
|
26. |
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” |
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti |
2017-yil iyul |
|
27. |
“Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” |
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
2017-yil iyul |
|
28. |
“Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamgʻalanishi toʻgʻrisida” (yangi tahriri) |
Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
2017-yil avgust |
|
29. |
“Bank siri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorij�y investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
2017-yil oktyabr |
|
30. |
“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (texnik reglamentlarni buzganlik uchun javobgarlik masalasi) |
“Oʻzstandart” agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti |
2017-yil noyabr |