1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli “Turizm va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF–4861-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek turizm sohasi va turizm infratuzilmasini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, milliy turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turizm bozorlarida faol targ‘ibot qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda bir oy muddatda mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida yashovchilarning hisobini maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturni qo‘llab yuritishni ko‘zda tutuvchi turistik (mehmonxona) yig‘im tushumini nazorat qilish mexanizmini joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 10-oktabrdagi 288-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-yil 10-son, 73-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 137-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) huzurida yuridik shaxs maqomisiz, mablag‘lardan keyinchalik turizm sohasini rivojlantirishda foydalanish uchun ularning jamlanishini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamg‘arma quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashtirish vositalaridan (mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, oilaviy mehmon uylari, o‘tovli oromgohlar, sanatoriylar va boshqa mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlari ko‘rsatuvchi obyektlar) undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘imdan tushumlar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 631-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xayr-ehson qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini depozitlarga joylashtirishdan tushadigan daromadlar bo‘yicha tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik (mehmonxona) yig‘im o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun undirilgan penya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari, xayr-ehson qiluvchilar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari Jamg‘armaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamg‘armaga tushadigan mablag‘lar Qo‘mita tomonidan ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamg‘arma mablag‘laridan har yili Qo‘mita tomonidan tasdiqlanadigan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga qat’iy muvofiq ravishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) turizm sohasidagi maqsadli dasturlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) turizm infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish, shu jumladan sohaviy xorijiy o‘quv markazlarida va ta’lim muassasalarida stajirovkalardan o‘tish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) hududlardagi salohiyatli turizm obyekti va maskanlarini birlamchi choralarni ko‘rgan holda turistlar tashrifi uchun tayyorlash va ularni targ‘ib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) xorijiy turizm yarmarkalarida, ko‘rgazmalarda, loyihalar va dasturlarda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Turistik Tashkiloti (YNVTO)ga a’zolik badallari to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Qo‘mita, shu jumladan uning hududiy boshqarmalari va “Ipak yo‘li ofisi” UK faoliyatini moliyalashtirish, vakillik xarajatlari va sovg‘alar xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Qo‘mita xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) Qo‘mita tomonidan davlat unitar korxonalarining ustav jamg‘armalarini shakllantirish hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri tuziladigan shartnomalar asosida ularning ustavlariga muvofiq ular tomonidan bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) uchun to‘lov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida turizm tarmog‘ini rivojlantirish uchun jalb etilgan kreditlarni va ular bo‘yicha foizlarni qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining davlat unitar korxonalariga aviachiptalar xarid qilish, xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, a’zolik badallarini to‘lash, xorijiy adabiyotlar xarid qilish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xorijiy valyutadagi boshqa xarajatlarga haq to‘lash uchun xorijiy valyutada mablag‘lar ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) Turizmni rivojlantirish instituti hamda Kongress va ko‘rgazmalar markazi faoliyati moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomalarini tayyorlash hamda turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirishga munosib hissa qo‘shganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish, ular faoliyatini rag‘batlantirish, turizm sohasidagi loyihalarga grantlar ajratish, shuningdek, faoliyati turizm sohasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan jamoat tashkilotlarining xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini Qo‘mita raisining qarori bilan to‘lab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
r) Hukumat topshiriqlari asosida turizm sohasidagi tadbirlar bilan bog‘li bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish (qoplash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) turizm sohasida tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan yosh tadbirkorlarni rag‘batlantirish. Mazkur rag‘batlantirish shartlari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
t) O‘zbekistonning turistik salohiyatini tashqi bozorlarga va respublika hududida har chorakda quyidagi hisob raqamlarga mablag‘lar o‘tkazish orqali ilgari surish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaga o‘tgan chorak yakunlari bo‘yicha tushgan umumiy mablag‘larning — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markaz” DUKga — 20 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga o‘tgan chorak mobaynida tegishli hududdagi joylashtirish vositalariga joylashtirilgan xorijiy fuqarolarning tunab qolish soniga mutanosib ravishda — 5 foiz miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga qo‘shni davlatlar, MDHning boshqa davlatlari va uzoq xorij mamlakatlaridan o‘tgan yilning shu davriga nisbatan respublikaga kelgan xorijiy fuqarolar sonining o‘sishi asosida — 10 foizi miqdorida. Ajratmalar miqdori Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining qarori bilan ularning ish samaradorligiga qarab o‘zgartirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u) O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda mamlakatning turizm salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar (diplomatik vakolatxonalarning hisobiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy valyutada po‘l o‘tkazish yo‘li bilan), shu jumladan, B2B uchrashuvlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida xorijiy delegatsiya vakillarining xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) Jamg‘armaga turistik (mehmonxona) yig‘imdan kelib tushadigan mablag‘larning 10 foizini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizmni ta’minlash jamg‘armasiga o‘tkazish.
(7-bandning “f” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qo‘mita raisi Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etuvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi yuzasidan hisobot va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qo‘mita raisi va bosh buxgalteri buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishi, Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi va ulardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish va taqdim etish yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qo‘mita Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi va ulardan foydalanilishi to‘g‘risida har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamg‘armaning hisobot yilida foydalanilmagan mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va keyinchalik ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun milliy va xorijiy valyutada jamg‘arib boriladigan maxsus hisob raqamida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qo‘mita raisi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 137-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, oilaviy mehmon uylari, o‘tov va palatkali oromgohlar, sanatoriylar va mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlarini ko‘rsatadigan boshqa obyektlar, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transporti;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 631-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik (mehmonxona) yig‘im — joylashtirish vositalari va davolash muassasalari 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq miqdorlarda ular yashagan har bir kun uchun undiradigan yig‘im. To‘liq bo‘lmagan yashash kuni uchun turistik (mehmonxona) yig‘im to‘liq yashalgan kun miqdorida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda turistik (mehmonxona) yig‘im, shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashashni tashkil qilgan turizm faoliyati (turizm operatorlari) subyektlari tomonidan yashovchilardan ham undiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasiga 30 kungacha keladigan xorijiy fuqarolarni qabul qilib, ularga notijorat maqsadlarida yashash maydoni taqdim etgan jismoniy shaxslar tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar tomonidan tijorat banklarining filiallari, turistik axborot markazlari va elektron axborot tizimlari orqali to‘lanadi;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mita — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma — Qo‘mita tomonidan, yuridik shaxs maqomisiz, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlarini ochish orqali tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma maxsus hisob raqamlari — Jamg‘armaga tushadigan mablag‘larni jamlash uchun Qo‘mita tomonidan ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi jamg‘arib boriladigan maxsus hisob raqamlar.
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Joylashtirish vositalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat turistik (mehmonxona) yig‘imni undirishdan tushadigan tushumni jamlash va uni keyinchalik Jamg‘armaning maxsus hisob raqamiga o‘tkazish uchun foydalaniladigan, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochishga;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish uchun turoperatorlik va boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan va undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘imdan tushadigan tushumlar o‘tkaziladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqni shartnoma rekvizitlarida alohida ko‘rsatishga;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishda yuridik va jismoniy shaxslarga to‘lov uchun hisob (invoys, kvitansiya, hisob-faktura) hamda mehmonxona xizmatlari qiymati va yashagan kunlari uchun undirilgan turistik (mehmonxona) yig‘imning umumiy miqdorini ko‘rsatgan holda mehmonxona xizmatlari ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (hisob-faktura, bajarilgan ishlar va/yoki ko‘rsatilgan xizmatlar dalolatnomasi) berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik (mehmonxona) yig‘im undirilishi lozim bo‘lgan, joylashtirish vositalarida yashovchi jismoniy shaxslar va joylashtirish vositalarida mustaqil sayohat qiluvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning sonini, ularning yashash kunlari sonini hamda Jamg‘armaning maxsus hisob raqamiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan milliy valyutadagi miqdori hisobini yuritishga;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashtirish vositalarida yashovchilarning hisobini yuritish maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) qo‘llagan holda turistik (mehmonxona) yig‘im undirilishi lozim bo‘lgan, amalda yashayotgan jismoniy shaxslar va joylashtirish vositalarida mustaqil sayohat qiluvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qo‘mitaga o‘z vaqtida taqdim qilishga;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mitaga taqdim qilingan ma’lumotlarga muvofiq, o‘tgan oy mobaynida ularga tushgan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini, to‘liq hajmda Jamg‘armaning maxsus hisob raqamiga har joriy oyning 5-sanasigacha o‘tkazilishini ta’minlashga majburdirlar. Bunda ko‘rsatilgan muddatga joylashtirish vositalari shaxsiy mablag‘lari hisobidan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini jismoniy shaxslardan to‘liq bo‘lmagan hajmda (noto‘g‘ri) undirish natijasida shakllangan qarzdorlikni to‘lab beradi.
(4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davolash muassasalari ushbu bandning ikkinchi, beshinchi va yettinchi xatboshilariga muvofiq chora-tadbirlarga rioya etishga majbur;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomning mazkur bandida ko‘rsatilgan majburiyatlarni to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi uchun mas’uliyat joylashtirish vositalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklanadi va davolash muassasalari.
(4-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi har oyning 10 sanasigacha joylashtirish vositalari va davolash muassasalarida yashovchilar hisobini yuritishning maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturini qo‘llagan holda taqdim etilgan ma’lumotlar asosida joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalari o‘tgan oy yakunlari bo‘yicha haqiqatda yashagan va ular uchun turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini o‘tkazishi lozim bo‘lgan jismoniy shaxslar to‘g‘risida umumlashtirilgan ma’lumotlarni shakllantiradi. Mazkur ma’lumotlar joylashtirish vositalari va davolash muassasalari bo‘yicha shakllantiriladi va Jamg‘armaning maxsus hisobraqamlariga undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorining to‘liq tushishini tekshirish uchun foydalaniladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Turistik (mehmonxona) yig‘im miqdori Jamg‘arma maxsus hisobraqamiga o‘z vaqtida yoki to‘liq o‘tkazilmaganligi uchun joylashtirish vositalari va davolash muassasalari kechiktirilgan har bir kun uchun turistik (mehmonxona) yig‘im o‘tkazilmagan miqdorning 0,05 foizi, biroq qarzdorlik umumiy miqdorining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini o‘z vaqtida yoki to‘liq to‘lamasa, O‘zbekiston Respublikasidan chiqishda Dastur ma’lumotlari asosida turistik (mehmonxona) yig‘imning to‘lanmagan qismi uchun o‘n baravar miqdorida jarima to‘laydi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qo‘mita Jamg‘armaning maxsus hisob raqamlariga turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini to‘liq tushishini ta’minlash maqsadida, turistik (mehmonxona) yig‘im bo‘yicha qarzdorlikni va Jamg‘armaning maxsus hisob raqamiga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilmagan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdori uchun penyalarni undirish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalari undiradigan ularning maxsus hisobraqamiga tushgan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdori joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalarining tushumi (foydasi) hisoblanmaydi, ulardan daromad solig‘i (yagona soliq to‘lovi), boshqa majburiy yig‘imlari hamda to‘lovlar olinmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalaridan undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘imning tabaqalashtirilgan miqdorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turistik (mehmonxona) yig‘imining miqdori (bazaviy hisoblash miqdorining foizida)
Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari*: mehmonxonalar, apartotellar, apartamentlar kompleksi (rezidensiya), spa-mehmonxonalar, butik-otellar, motellar, turistik bazalar, turistik lagerlar, palatkali (kemping) lagerlar, o‘tovli lagerlar, dam olish zonalari va uylari (markazlari), turistik qishloqlar, kempinglar va boshqalar
40 dan ortiq
15
11 — 40
10
10 gacha
5
Sanatoriy-kurort joylashtirish vositalari: sanatoriylar, pansionatlar, yashash mumkin bo‘lgan shifoxonalar va boshqalar
10
Dam olish va dam olishni tashkil qilish uchun ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalari: dam olish uylari (markazlar, zonalar), sport bazalari va boshqalar
Yakka tartibdagi joylashtirish vositalari, jumladan
(xonalar fondi 5 donagacha bo‘lgan): dala hovli, shaxsiy uy, kvartira, ekoferma, tog‘dagi uy, qishloqdagi uy, apartamentlar, xostellar va boshqalar
5
Palatkali lagerlar va tunash uchun joylashtirish vositalariga qayta jihozlangan yer usti transporti (mustaqil, turoperator orqali, turistik axborot byurosi va joylashtirish vositalari)
Mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar
Davolash muassasalari
2
Oilaviy mehmon uylari (o‘rinlar soni 10 tagacha bo‘lib, ularga qo‘yiladigan talablarga muvofiq tashkil etilgan) o‘tov
Notijorat maqsadlardagi shaxsiy uylar (kvartiralar)
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 11-son, 165-modda, 23-son, 478-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095, 07.11.2017-y., 09/17/894/0219-son; 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son; 08.03.2019-y., 09/19/198/2728-son, 04.05.2019-y., 09/19/372/3081-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)