Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qarori
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasi, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi, “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8, 10 va 11-moddalariga muvofiq, shuningdek fuqarolar yigʻinlari raislari va ular maslahatchilarining vakolat muddati 2016-yil may-iyunda tugashi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ular maslahatchilarining navbatdagi saylovini oʻtkazish muddati 2016-yilning may-iyun oylari etib belgilansin.
2. Boʻlajak saylovda 9 764 nafar fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va ularning 99 ming nafardan ziyod maslahatchisi saylanishi rejalashtirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. 2016-yil may-iyun oylarida fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga doir tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovi boʻyicha saylov byulleteni namunasi 3-ilovaga muvofiq;
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) maslahatchilarining saylovi boʻyicha saylov byulleteni namunasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 2016-yilning 20-martigacha boʻlgan muddatda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalarni tuzish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat, tuman va shahar hokimliklariga fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishda fuqarolar yigʻinlariga koʻmaklashish, zarurat boʻlganda ularni binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlash;
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga oʻz saylov okruglarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishni tashkil etishda faol ishtirok etish;
ommaviy axborot vositalariga fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish jarayonini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzolari fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi oʻtkazilgan fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirsin hamda 2016-yil 20-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga saylov yakunlari toʻgʻrisida axborot bersin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2016-yil 5-mart,
KQ-72-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2016-yil 5-martdagi KQ-72-III-sonli Qaroriga 1-ILOVA
2016-yil may-iyun oylarida fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik koʻrish hamda oʻtkazishga doir
TADBIRLAR REJASI
T/r
Tadbirlar nomi
Ijro muddati
Masʼul ijrochilar
I. Tayyorgarlik bosqichi (saylovni oʻtkazishni normativ va uslubiy jihatdan taʼminlash, saylov jarayoni ishtirokchilariga saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy qoidalarini tushuntirish)
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarorini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish, ushbu masala boʻyicha jurnalistlar uchun brifing tashkil etish.
2016-yil 11-martgacha
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni (bundan buyon matnda Senat devoni deb yuritiladi), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (bundan buyon matnda MTRK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (bundan buyon matnda OʻzA deb yuritiladi)
2.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” fondining hududiy boʻlimlari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari va OAVning vakillari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasining (bundan buyon matnda Senat Kengashi komissiyasi deb yuritiladi) kengaytirilgan majlisini oʻtkazish.
2016-yil 11-martgacha
Senat Kengashi komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” fondi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati
3.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari v�loyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari boʻyicha majlislarini (sessiyalarini) oʻtkazish va qarorlarini qabul qilish, ularni eʼlon qilish.
2016-yil 15-martgacha
Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senat devoni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, OAV
4.
Markaziy va mahalliy matbuotda, radio hamda televideniyeda quyidagi masalalarni tushuntirish boʻyicha Senat aʼzolari, yetakchi olimlar, ekspertlar va amaliyotchilarning chiqishlarini (alohida rejaga muvofiq) tashkil qilish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ishtirokida seminarlar oʻtkazish va maqolalar chop etish:
“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining asosiy qoidalarini;
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga doir asosiy vazifalarni;
saylovni oʻtkazish tartibi haqida fuqarolarni keng xabardor qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini.
2016-yil mart — iyun
Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senat devoni, MTRK, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti (bundan buyon matnda FJShMQMI deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, OʻzA, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Mahalla” fondi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Toshkent davlat yuridik universiteti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
5.
Jurnalistlarning fuqarolar yigʻinlari raislari va ular maslahatchilari saylovining mohiyati va ahamiyatiga oid bilim va tajribalarini oshirish maqsadida hududiy oʻquv seminarlarini tashkil etish.
2016-yil mart
Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senat devoni, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Mahalla” fondi, FJShMQMI, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, MTRK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokiml�klari, markaziy va mahalliy bosma va elektron ommaviy axborot vositalari
6.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari hamda manfaatdor tashkilotlar vakillari bilan (alohida rejaga muvofiq) quyidagi masalalar yuzasidan seminar-treninglar oʻtkazish:
saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish;
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalarini (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) tuzish;
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarini (bundan buyon matnda ishchi guruhlar deb yuritiladi) tuzish;
komissiyalar va ishchi guruhlarning ishini tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish.
2016-yil 10-aprelgacha
Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senat devoni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” fondi, FJShMQMI
7.
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish prinsiplarini va mexanizmlarini ochib berishga, mahalla faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan axborot yoʻsinidagi risolalar va kitoblarni, saylovni oʻtkazish tartibiga oid hujjatlar namunalari toʻplamini nashr etish hamda hududiy komissiyalarga va ishchi guruhlarga yuborish.
2016-yil mart-aprel
Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, FJShMQMI, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, “Mahalla” fondi, Toshkent davlat yuridik universiteti
8.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishda fuqarolar yigʻinlariga koʻmaklashish, zarur hollarda ularni binolar, transport va aloqa vositalari, yashirin ovoz berish kabinalari va saylov qutilari bilan taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish.
(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 9 va 23-moddalari)
saylovni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlarida
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari
II. Asosiy bosqich (Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha komissiyalar hamda ishchi guruhlarni tuzish, nomzodlarni koʻrsatish, fuqarolar yigʻinini (vakillar yigʻilishini) chaqirish va saylovni oʻtkazish)
9.
Komissiyalarni tuzish.
(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi)
2016-yil 20-martgacha
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari
10.
Ishchi guruhlarini tuzish.
(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻris�da”gi Qonunning 14-moddasi)
2016-yil 1-aprelgacha
Shaharchalar, qishloqlar, ovullarning hamda shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarning fuqarolar yigʻinlari
11.
Komissiyalar va ishchi guruhlar aʼzolari, OAV va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida saylov qonunchiligiga rioya etish, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir ishlarni tashkil etish masalalari boʻyicha respublika hamda mintaqaviy seminarlar tashkil etish va oʻtkazish.
2016-yil 15-aprelgacha
Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari
12.
Hovlilar, uylar, koʻchalardan hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalardan fuqarolarning vakilligi normasini belgilash.
Hovlilar, uylar, koʻchalar hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi boʻyicha umumiy yigʻilishlarini tashkil etish va oʻtkazish.
(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13 va 15-moddalari)
2016-yil 20-aprelgacha
Komissiyalar, ishchi guruhlar
13.
Tuman va shaharlardagi fuqarolar yigʻinlarida saylovni tashkil etish hamda oʻtkazish jadvallarini tayyorlash.
2016-yil 25-aprelgacha
Komissiyalar
14.
Ishchi guruhlarning fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari bilan bogʻliq axborotini eshitib borish.
(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasi)
Saylovni tashkil va oʻtkazish muddatlarida
Komissiyalar
15.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari yuzasidan aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish.
(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-moddasi)
Saylovni tashkil va oʻtkazish muddatlarida
Ishchi guruhlar
16.
Tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikri inobatga olingan holda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar koʻrsatish.
(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 16 va 19-moddalari)
saylovdan kamida oʻn kun oldin
Ishchi guruhlar
17.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni tuman yoki shahar hokimi bilan kelishish uchun tegishli komissiyaga taqdim etish.
(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasi)
saylovdan kamida oʻn kun oldin
Ishchi guruhlar
18.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga koʻrsatilgan nomzodlarning hujjatlarini koʻrib chiqish va keyinchalik ishchi guruhlarga topshirish uchun ushbu nomzodlar boʻyicha asoslantirilgan xulosalarni tegishli komissiyalarga yuborish.
(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasi)
saylovdan kamida yetti kun oldin
Tumanlar, shaharlar hokimlari
19.
Fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilash hamda bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni xabardor qilish.
(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-moddasi)
fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin
Ishchi guruhlar
20.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar haqidagi axborotni fuqarolar yigʻini binosiga va guzarlarga osib qoʻyish.
(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasi)
saylovdan kamida
besh kun
oldin
Ishchi guruhlar
21.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini oʻtkazish uchun fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqirish.
(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasi)
alohida jadvalga muvofiq
Ishchi guruhlar
22.
Fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillari yigʻilishi) bayonnomasining bir nusxasini tegishli tuman va shahar komissiyasiga taqdim etish.
(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 26-moddasi)
saylov oʻtkazilgan kun mobaynida
Ishchi guruhlar
23.
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari takroriy saylovini oʻtkazish.
(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi)
saylov oʻtkazilgan kundan boshlab bir oylik muddatda
Ishchi guruhlar
III. Yakunlovchi bosqich (saylov yakunlarini chiqarish, saylovni tashkil etish hamda oʻtkazish jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar va mulohazalarni umumlashtirish)
24.
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovining borishi toʻgʻrisida Senat Kengashining Komissiyasiga axborot taqdim etish, shuningdek fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar va mulohazalarni umumlashtirish.
har oʻn kunlikda
Komissiyalar
25.
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovining yakunlarini chiqarish hamda ularni yuqori turuvchi komissiyaga taqdim etish.
(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13 va 26-moddalari)
2016-yil 5-iyulgacha
Komissiyalar
26.
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini umumlashtirish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga koʻrib chiqish uchun taqdim etish.
2016-yil 10-iyulgacha
Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
27.
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.
2016-yil 20-iyulgacha
Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senatning Axborot xizmati, OʻzA, MTRK
28.
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlari boʻyicha jurnalistlar uchun brifing tashkil etish.
2016-yil 20-iyulgacha
Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senatning Axborot xizmati, OʻzA, MTRK
IV. Fuqarolar yigʻinlarining organlarini shakllantirish (fuqarolar yigʻinlari kengashlarini shakllantirish, fuqarolar yigʻinlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarni va taftish komissiyasini saylash)
29.
Fuqarolar yigʻinlari kengashlarini shakllantirish, fuqarolar yigʻinlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalari va taftish komissiyalarini saylash.
(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 32-moddasi)
saylov oʻtkazilgan kundan boshlab bir oylik muddatda
Komissiyalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shaharchalar, qishloqlar, ovullarning va shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarning fuqarolar yigʻinlari
30.
Yangi saylangan fuqarolar yigʻinlari raislari va ularning maslahatchilari uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tartibga soladigan amaldagi qonun hujjatlarining asosiy qoidalarini yetkazish, mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilashda mahalla institutining roli va ahamiyatini tushuntirish boʻyicha tuman va shaharlarda seminarlar tashkil etish.
alohida jadva� boʻyicha
Senat Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” fondi, FJShMQMI, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti
31.
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlarni arxivga topshirish.
(“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasi)
saylovdan keyin bir oy muddatda
Komissiyalar
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2016-yil 5-martdagi KQ-72-III-sonli Qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi
TARKIBI
Komissiya raisi
Yoʻldoshev Nigʻmatilla Toʻlqinovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi
Komissiya raisining oʻrinbosarlari
Artikova Svetlana Baymirzayevna
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari
Xodiyev Boxodir Yunusovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari (kelishuvga koʻra)
Komiss�ya aʼzolari
Matmuratov Botir Djoldasovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi
Saidov Akmal Xolmatovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi (kelishuvga koʻra)
Madumarov Tolibjon Abdumalikovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
Aliyev Mannon Gaffarovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori (kelishuv asosida)
Saliyev Olim Adilovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni shuʼba mudiri (kelishuvga koʻra)
Boboyev Abdurahmon Boboyevich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Nazorat-axborot boʻlimi mudiri
Usmonov Anvar Akramovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari
Hazratqulov Mamatqul
—
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori
Xadjayev Alisher Djurakulovich
—
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi
Karimov Abdumajit Muxitdinovich
—
Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi
Abdukarimov Gʻolibjon Ozotovich
—
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori (kelishuvga koʻra)
Inagamov Javdatxon Sultanovich
—
Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi
Usmonov Shuhrat Gʻiyosovich
—
Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi Markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari
Gʻaniyev Baxodir Muxtorovich
—
Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi
Narbayeva Tanzila Kamalovna
—
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi
Abdullayev Abdulaziz Abutalipovich
—
Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori
Qosimov Nodir Ulugʻovich
—
Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari vazifasini bajaruvchi
Parpiboyeva Ozoda Abdukadirovna
—
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2016-yil 5-martdagi KQ-72-III-sonli Qaroriga 3-ILOVA
NAMUNA
__________________________
(ishchi guruhi raisining imzosi)
Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi boʻyicha
SAYLOV BYuLLETENI
2016-yil ___ may (iyun)
T/r
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan yili
Byulletenning oʻng tomonida oʻzingiz yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi qarshisida joylashgan boʻsh kvadratga belgi-krestik (+) qoʻying
1.
ABDULLAYEV TOHIR SAMADOVICh,
1965-yilda tugʻilgan
2.
BURXONOV NODIRBEK QOSIMOVICh,
1960-yilda tugʻilgan
3.
JURAYEV BOTIRJON ZARIPOVICh,
1963-yilda tugʻilgan
4.
MURODOV ABDULLA AZIMOVICh,
1970-yilda tugʻilgan
Agar byulletenning oʻng tomonida oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi qarshisida joylashgan bittadan ortiq boʻsh kvadratga belgi-krestik (+) qoʻyilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qoʻyilmagan boʻlsa, saylov byulleteni haqiqiy emas deb topiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2016-yil 5-martdagi KQ-72-III-sonli Qaroriga 4-ILOVA
NAMUNA
__________________________
(ishchi guruhi raisining imzosi)
Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining saylovi boʻyicha
SAYLOV BYuLLETENI
2016-yil ___ may (iyun)
T/r
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan yili
Oʻzingiz yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi qarshisida joylashgan boʻsh kvadratga belgi-krestik (+) qoʻying
1.
AHMEDOV ShERALI SOBIROVICh, 1960-yilda tugʻilgan
NABIYEV DILShODBEK ERGAShEVICh, 1958-yilda tugʻilgan
2.
TEMIROV HUSAN UMAROVICh, 1954-yilda tugʻilgan
HAYDAROV ULUGʻBEK ASQAROVICh, 1966-yilda tugʻilgan
3.
NAZAROV ABDUVALI XASANOVICh, 1965-yilda tugʻilgan
SOLIYEV MOʻMINJON YANGIBOYEVICh, 1960-yilda tugʻilgan
4.
SOIPOV ILXOM ALIShEROVICh, 1964-yilda tugʻilgan
OʻSAROV OYBEK TURGʻUNOVICh, 1959-yilda tugʻilgan
5.
AZIZOV ShOVKAT LAZIZOVICh, 1953-yilda tugʻilgan
IVANOVA IRINA BORISOVNA, 1967-yilda tugʻilgan
6.
BOLTABOYEVA RAXIMA TOJIBOYEVNA, 1955-yilda tugʻilgan
ZOKIROVA VOLIDA SUYuNOVNA, 1963-yilda tugʻilgan
7.
DAVLATOV BOBIR MAVLONOVICh, 1957-yilda tugʻilgan
SODIKOV IKROMJON BAXROMOVICh, 1958-yilda tugʻilgan
Agar byulletenning oʻng tomonida oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi qarshisida joylashgan bittadan ortiq boʻsh kvadratga belgi-krestik (+) qoʻyilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qoʻyilmagan boʻlsa, saylov byulleteni haqiqiy emas deb topiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 3-son, 117-modda)
Постановление
Кенгаша Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан
О подготовке и проведении выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников
В соответствии со статьей 105 Конституции Республики Узбекистан, статьей 23 Закона Республики Узбекистан «Об органах самоуправления граждан», статьями 8, 10 и 11 Закона Республики Узбекистан «О выборах председателя (аксакала) схода граждан и его советников», а также в связи с истечением сроков полномочий председателей сходов граждан и их советников в мае-июне 2016 года Кенгаш Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан постановляет:
1. Определить сроками проведения очередных выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников май-июнь 2016 года.
2. Принять к сведению, что на предстоящих выборах планируется избрать 9 764 председателя (аксакала) сходов граждан и свыше 99 тысяч их советников.
3. Утвердить:
План мероприятий по организации и проведению выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников в мае-июне 2016 года согласно приложению № 1;
состав Комиссии Кенгаша Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан по содействию организации и проведению выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников согласно приложению № 2;
образец избирательного бюллетеня по выборам председателей (аксакалов) сходов граждан согласно приложению № 3;
образец избирательного бюллетеня по выборам советников председателей (аксакалов) сходов граждан согласно приложению № 4.
4. Рекомендовать:
Жокаргы Кенесу Республики Каракалпакстан, областным, районным и городским Кенгашам народных депутатов до 20 марта 2016 года создать комиссии по содействию организации и проведению выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников;
Совету Министров Республики Каракалпакстан, хокимам областей, районов и городов оказывать сходам граждан содействие в организации и проведении выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников, при необходимости обеспечивать их помещениями, транспортом и средствами связи;
депутатам областных, районных и городских Кенгашей народных депутатов принимать активное участие в организации подготовки и проведения выборов в органы самоуправления граждан в своих избирательных округах;
средствам массовой информации широко освещать ход организации и проведения выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников.
5. Членам Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан принять активное участие в мероприятиях, проводимых комиссиями Республики Каракалпакстан, областей, г. Ташкента, районов и городов по содействию организации и проведению выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников.
6. Комиссии Кенгаша Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан по содействию организации и проведению выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников обобщить информацию о проведенных выборах председателей сходов граждан и их советников и до 20 июля 2016 года информировать Кенгаш Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан об итогах выборов.
Председатель Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан Н. ЙУЛДОШЕВ
г. Ташкент,
5 марта 2016 г.,
№ ПК-72-III
ПРИЛОЖЕНИЕ № 1 к Постановлению Кенгаша Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан от 5 марта 2016 года № ПК-72-III
ПЛАН МЕРОПРИЯТИЙ
по организации и проведению выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников в мае-июне 2016 года
№
Наименование мероприятий
Срок исполнения
Ответственные исполнители
I. Подготовительный этап(нормативное и методическое обеспечение проведения выборов, разъяснение участникам избирательного процесса основных положений выборногозаконодательства)
1.
Опубликование в СМИ Постановления Кенгаша Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан «О подготовке и проведении выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников», организация брифинга для журналистов по данному вопросу.
до 11 марта 2016 года
Аппарат Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан (далее Аппарат Сената), Национальная телерадиокомпания Узбекистана (далее — НТРК), Национальное информационное агентство Узбекистана (далее — УзА)
2.
Проведение расширенного заседания Комиссии Кенгаша Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан по содействию организации и проведению выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников (далее Комиссия Кенгаша) с участием представителей Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимиятов областей и города Ташкента, региональных отделов фонда «Махалла», Комитета женщин Узбекистана, ОДМ «Камолот», других институтов гражданского общества и СМИ.
до 11 марта 2016 года
Комиссия Кенгаша Сената, Совет Министров Республики Каракалпакстан, хокимияты областей и города Ташкента, фонд «Махалла», Комитет женщин Узбекистана, ОДМ «Камолот»
3.
Проведение заседаний (сессий) по вопросам организации и проведения выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников Жокаргы Кенеса Республики Каракалпакстан, Кенгашей народных депутатов областей, города Ташкента, районов и городов, принятие решений и их опубликование.
до 15 марта 2016 года
Комиссия Кенгаша Сената, Комитет Сената по законодательству и судебно-правовым вопросам, Аппарат Сената, Жокаргы Кенес Республики Каракалпакстан, Кенгаши народных депутатов областей, г. Ташкента, районов и городов, СМИ
4.
Организация (согласно отдельному плану) выступлений членов Сената, ведущих ученых, экспертов и практиков в центральной и местной печати, на радио и телевидении, представителей органов самоуправления граждан, других институтов гражданского общества и публикация статей, направленных на разъяснение следующих вопросов:
основные положения Закона Республики Узбекистан «О выборах председателя (аксакала) схода граждан и его советников»;
основные задачи по организации и проведению выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников;
роль и значение институтов гражданского общества в широком информировании граждан о порядке проведения выборов.
В течении марта — июня 2016 года
Комиссия Кенгаша Сената, Комитет Сената по законодательству и судебно-правовым вопросам, Аппарат Сената, НТРК, НИМФОГО, Академия государственного управления при Президенте Республики Узбекистан (далее АГУ), Институт мониторинга действующего законодательства при Президенте Республики Узбекистан (далее ИМДЗ), УзА, Национальная ассоциация электронных средств массовой информации (далее НАЭСМИ), Общественный фонд поддержки и развития независимых печатных средств и информационных агентств, фонд«Махалла», фонд «Нуроний», Комитет женщин Узбекистана, ОДМ «Камолот», Ташкентский государственный юридический университет, Академия Министерства внутренних дел
5.
В целях повышения знаний и опыта журналистов о сути и значении выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников организация региональных учебных семинаров.
Март 2016 года
Комитет Сената по законодательству и судебно-правовым вопросам, Аппарат Сената, Общественный фонд поддержки и развития независимых печатных средств и информационных агентств, фонд «Махалла», НИМФОГО, Творческий союз журналистов, НТРК, Совет министров Республики Каракалпакстан, хокимияты областей и города Ташкента, центральные и местные печатные и электронные СМИ
6.
Проведение (согласно отдельному плану) семинаров-тренингов с представителями органов самоуправления граждан, общественных объединений и других заинтересованных организаций по вопросам:
подготовки и проведения выборов;
образования Каракалпакской республикан�кой, областных, Ташкентской городской, районных и городских комиссий по содействию организации и проведению выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников (далее — комиссии);
образования рабочих групп по организации и проведению выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников (далее — рабочие группы);
разработки механизмов организации работы комиссий и рабочих групп.
до 10 апреля 2016 года
Комиссия Кенгаша Сената, Комитет Сената по законодательству и судебно-правовым вопросам, Аппарат Сената, Совет министров Республики Каракалпакстан, хокимияты областей и города Ташкента, фонд «Махалла», НИМФОГО
7.
Издание информационных брошюр и книг, раскрывающих принципы и механизмы организации и проведения выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников, сборника образцов документов по избирательной процедуре и распространение их среди комиссий и рабочих групп.
март-апрель 2016 года
Комиссия Кенгаша Сената, Комитет Сената по законодательству и судебно-правовым вопросам, Кабинет Министров Республики Узбекистан, НИМФОГО, АГУ, ИМДЗ, фонд «Махалла», Ташкентский государственный юридический университет
8.
Содействие сходам граждан в проведении выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников, при необходимости принятие соответствующих мер по их обеспечению помещениями, транспортом и средствами связи, кабинами тайного голосования и избирательными ящиками.
(Статьи 9 и 23 Закона Республики Узбекистан «О выборах председателя (аксакала) схода граждан и его советников»)
в ходе организации и проведения выборов
Совет министров Республики Каракалпакстан, хокимияты областей, районов и городов
II. Основной этап (образование комиссий и рабочих групп по организации и проведению выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников, выдвижение кандидатов, созыв схода (собрания представителей) граждан и проведение выборов)
9.
Образование комиссий.
(Статья 12 Закона Республики Узбекистан «О выборах председателя (аксакала) схода граждан и его советников»)
до 20 марта 2016 года
Жокаргы Кенес Республики Каракалпакстан, областные, районные и городские Кенгаши народных депутатов
10.
Образование рабочей группы.
(Статья 14 Закона Республики Узбекистан «О выборах председателя (аксакала) схода граждан и его советников»)
до 1 апреля 2016 года
Сходы граждан поселков, кишлаков, аулов и махаллей городов, поселков, кишлаков и аулов
11.
Организация и проведение республиканского и региональных семинаров по вопросам соблюдения избирательного законодательства, организации работ по подготовке и проведению выборов с участием членов комиссий и рабочих групп, представителей СМИ и институтов гражданского общества.
до 15 апреля 2016 года
Комиссия Кенгаша Сената, Комитет Сената по законодательству и судебно-правовым вопросам, Жокаргы Кенес Республики Каракалпакстан, областные, районные и городские Кенгаши народных депутатов
12.
Установление нормы представительства граждан от дворов, жилых домов, улиц и махаллей поселков, кишлаков и аулов.
Организация и проведение общих собраний жителей дворов, жилых домов, улиц и махаллей поселков, кишлаков и аулов по избранию представителей граждан.
(Статьи 13 и 15 Закона Республики Узбекистан «О выборах председателя (аксакала) схода граждан и его советников»)
до 20 апреля 2016 года
Комиссии, рабочие группы
13.
Подготовка графиков организации и проведения выборов в сходах граждан районов и городов.
до 25 апреля 2016 года
Комиссии
14.
Заслушивание информации рабочих групп по вопросам, связанным с организацией и проведением выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников.
(Статья 13 Закона Республики Узбекистан «О выборах председателя (аксакала) схода граждан и его советников»)
в сроки организации и проведения выборов
Комиссии
15.
Проведение разъяснительной работы среди населения по вопросам организации и проведения выборов председателя (аксакала) схода граждан и его советников.
(Статья 15 Закона Республики Узбекистан «О выборах председателя (аксакала) схода граждан и его советников»)
в сроки организации и проведения выборов
Рабочие группы
16.
Выдвижение кандидатов на должность председателя (аксакала) схода граждан и его советников с учетом мнения граждан, постоянно проживающих на соответствующей территории.
(Статьи 16 и 19 Закона Республики Узбекистан «О выборах председателя (аксакала) схода граждан и его советников»)
не позднее чем за 10 дней до выборов
Рабочие группы
17.
Представление документов по кандидатурам на должность председателя (аксакала) схода граждан соответствующей комиссии для согласования с хокимом района или города.
(Статья 16 Закона Республики Узбекистан «О выборах председателя (аксакала) схода граждан и его советников»)
не позднее чем за 10 дней до выборов
Рабочие группы
18.
Рассмотрение документов представленных кандидатов на должность председателей (аксакалов) сходов граждан и направление соответствующим комиссиям обоснованных заключений по этим кандидатам для последующей передачи рабочим группам.
(Статья 16 Закона Республики Узбекистан «О выборах председателя (аксакала) схода граждан и его советников»)
не позднее чем за 7 дней до выборов
Хокимы районов, городов
19.
Определение даты, времени и места проведения схода граждан (собрания представителей граждан) и оповещение об этом граждан, проживающих на соответствующей территории.
(Статья 15 Закона Республики Узбекистан «О выборах председателя (аксакала) схода граждан и его советников»)
не позднее чем за 5 дней до проведения схода граждан (собрания представителей граждан)
Рабочие группы
20.
Вывешивание информации о согласованных кандидатах на должность председателя (аксакала) схода граждан на здании схода граждан и в гузарах.
(Статья 16 Закона Республики Узбекистан «О выборах председателя (аксакала) схода граждан и его советников»)
не позднее чем за 5 дней до выборов
Рабочие группы
21.
Созыв схода граждан (собрания представителей граждан) для проведения выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников.
(Статья 20 Закона Республики Узбекистан «О выборах председателя (аксакала) схода граждан и его советников»)
в соответствии с отдельным графиком
Рабочие группы
22.
Представление одного экземпляра протокола схода граждан (собрания представителей граждан) в соответствующую районную и городскую комиссию.
(Статья 26 Закона Республики Узбекистан «О выборах председателя (аксакала) схода граждан и его советников»)
после проведения выборов в течение дня
Рабочие группы
23.
Проведение повторных выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников.
(Статья 29 Закона Республики Узбекистан «О выборах председателя (аксакала) схода граждан и его советников»)
в течение месяца со дня проведения выборов
Рабочие группы
III. Заключительный этап (подведение итогов выборов, обобщение предложений и рекомендаций, высказанных гражданами в процессе организации и проведения выборов)
24.
Представление Комиссии Кенгаша Сената информации о ходе выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников, также обобщение предложений и рекомендаций, высказанных гражданами.
каждые десять дней
Комиссии
25.
Подведение итогов выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников и представление их вышестоящей комиссии.
(Статьи 13 и 26 Закона Республики Узбекистан «О выборах председателя (аксакала) схода граждан и его советников»)
до 5 июля 2016 года
Комиссии
26.
Обобщение итогов выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников, представление их Кенгашу Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан для рассмотрения.
до 10 июля 2016 года
Комиссия Кенгаша Сената, Комитет Сената по законодательству и судебно-правовым вопросам
27.
Объявление итогов выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников в средствах массовой информации.
до 20 июля 2016 года
Комиссия Кенгаша Сената, Комитет Сената по законодательству и судебно-правовым вопросам, Информационная служба Сената, УзА, НТРК
28.
Организация брифинга для журналистов по итогам выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников.
до 20 июля 2016 года
Комиссия Кенгаша Сената, Комитет Сената по законодательству и судебно-правовым вопросам, Информационная служба Сената, УзА, НТРК
IV. Формирование органов сходов граждан (формирование кенгашей сходов граждан, избрание комиссий по основным направлениям деятельности и ревизионной комиссии сходов граждан)
29.
Формирование Кенгаша схода граждан, избрание комиссий по основным направлениям деятельности и ревизионной комиссии схода граждан.
(Статья 32 Закона Республики Узбекистан «О выборах председателя (аксакала) схода граждан и его советников»)
в течение месяца со дня проведения выборов
Комиссии, Совет Министров Республики Каракалпакстан, хокимияты областей и г. Ташкента, сходы граждан поселков, кишлаков, аулов и махаллей городов, поселков, кишлаков и аулов
30.
Доведение до вновь избранных председателей сходов граждан и их советников основных норм действующего законодательства, регламентирующего деятельность органов самоуправления, организация семинаров в районах и городах по разъяснению роли и значения института махалли в модернизации и обновлении страны.
в соответствии с отдельным графиком
Сенат Кенгаша, Совет Министров Республики Каракалпакстан, хок�мияты областей и города Ташкента, фонд «Махалла», НИМФОГО, АГУ, Ташкентский государственный юридический университет
31.
Передача в архив документов, связанных с организацией и проведением выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников.
(Статья 13 Закона Республики Узбекистан «О выборах председателя (аксакала) схода граждан и его советников»)
в течение месяца после выборов
Комиссии
ПРИЛОЖЕНИЕ № 2 к Постановлению Кенгаша Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан от 5 марта 2016 года № ПК-72-III
СОСТАВ
Комиссии Кенгаша Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан по содействию организации и проведению выборов председателей (аксакалов) сходов граждан и их советников
Председатель Комиссии
Йулдошев Нигматилла Тулкинович
—
председатель Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан
Заместители председателя Комиссии
Артикова Светлана Баймирзаевна
—
заместитель председателя Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан
Ходиев Боходир Юнусович
—
заместитель Премьер-министра Республики Узбекистан (по согласованию)
Члены Комиссии
Матмуратов Ботир Джолдасович
—
председатель Комитета Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан по законодательству и судебно-правовым вопросам
Саидов Акмал Холматович
—
председатель Комитета Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан по демократическим институтам, негосударственным организациям и органам самоуправления граждан (по согласованию)
Мадумаров Толибжон Абдумаликович
—
заместитель председателя Комитета Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан по законодательству и судебно-правовым вопросам
Алиев Маннон Гаффарович
—
ректор Академии Государственного управления при Президенте Республики Узбекистан (по согласованию)
Салиев Олим Адилович
—
заведующий сектором Аппарата Президента Республики Узбекистан (по согласованию)
Бобоев Абдурахмон Бобоевич
—
заведующий Контрольно-информационным отделом Аппарата Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан
Усмонов Анвар Акрамович
—
заместитель министра юстиции Республики Узбекистан
Хазраткулов Маматкул
—
генеральный директор Национального информационного агентства Узбекистана
Хаджаев Алишер Джуракулович
—
председатель Национальной телерадиокомпании Узбекистана
Каримов Абдумажит Мухитдинович
—
председатель национальной ассоциации ННО Узбекистана
Абдукаримов Голибжон Озотович
—
директор Независимого института по мониторингу формирования гражданского общества (по согласованию)
Инагамов Жавдатхон Султанович
—
председатель республиканского правления Общественного благотворительного фонда «Махалла»
Усманов Шухрат Гиясович
—
первый заместитель председателя Центрального Кенгаша Фонда социальной поддержки ветеранов Узбекистана «Нуроний»
Ганиев Баходир Мухторович
—
председатель Центрального Кенгаша Общественного движения молодежи Узбекистана «Камолот»
Нарбаева Танзила Камаловна
—
председатель Совета Федерации профсоюзов Узбекистана
Абдуллаев Абдулазиз Абуталипович
—
директор Общественного фонда по поддержке и развитию независимых средств массовой информации и информационных агентств Узбекистана
Косимов Нодир Улугович
—
исполняющий обязанности руководителя Республиканского центра пропаганды духовности
Парпибоева Озода Абдукадировна
—
заместитель председателя Комитета женщин Узбекистана.
ПРИЛОЖЕНИЕ № 3 к Постановлению Кенгаша Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан от 5 марта 2016 года № ПК-72-III
Образец
__________________________
(подпись председателя рабочей группы)
ИЗБИРАТЕЛЬНЫЙ БЮЛЛЕТЕНЬ
по выборам председателя (аксакала) схода граждан махалли «Бустон» Асакинского района Андижанской области
___ мая (июня) 2016 года
№
Ф.И.О., год рождения кандидатов на должность председателя (аксакала) схода граждан
Вставьте знак-крестик в пустом квадрате, расположенном в бюллетене справа напротив фамилии того кандидата, за которого Вы голосуете
1.
АБДУЛЛАЕВ ТОХИР САМАДОВИЧ, 1965 г. р.
2.
БУРХОНОВ НОДИРБЕК КОСИМОВИЧ, 1960 г. р.
3.
ЖУРАЕВ БОТИРЖОН ЗАРИПОВИЧ, 1963 г. р.
4.
МУРОДОВ АБДУЛЛА АЗИМОВИЧ, 1970 г. р.
Если знак-крестик проставлен более чем в одном пустом квадрате, расположенном в бюллетене справа напротив фамилии кандидата, либо не проставлен ни в одном, бюллетень признается недействительным.
ПРИЛОЖЕНИЕ № 4 к Постановлению Кенгаша Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан от 5 марта 2016 года № ПК-72-III
Образец
__________________________
(подпись председателя рабочей группы)
ИЗБИРАТЕЛЬНЫЙ БЮЛЛЕТЕНЬ
по выборам советников председателя (аксакала) схода граждан махалли «Бустон» Асакинского района Андижанской области
___ мая (июня) 2016 года
№
Ф.И.О., год рождения кандидатов на должность советников председателя (аксакала) схода граждан
Вставьте знак-крестик в пустом квадрате, расположенном в бюллетене справа напротив фамилии того кандидата, за которого Вы голосуете.
1.
АХМЕДОВ ШЕРАЛИ СОБИРОВИЧ, 1960 г. р.
НАБИЕВ ДИЛШОДБЕК ЭРГАШЕВИЧ, 1958 г. р.
2.
ТЕМИРОВ ХУСАН УМАРОВИЧ, 1954 г.р.
ХАЙДАРОВ УЛУГБЕК АСКАРОВИЧ, 1966 г.р.
3.
МАМАСОЛИЕВ МУМИНЖОН ЯНГИБОЕВИЧ, 1960 г.р.
НАЗАРОВ АБДУВАЛИ ХАСАНОВИЧ, 1965 г.р.
4.
СОИПОВ ИЛХОМ АЛИШЕРОВИЧ, 1964 г.р.
УСАРОВ ОЙБЕК ТУРГУНОВИЧ, 1959 г.р.
5.
АЗИЗОВ ШОВКАТ ЛАЗИЗОВИЧ, 1953 г.р.
ИВАНОВА ИРИНА БОРИСОВНА, 1967 г.р.
6.
БОЛТАБОЕВА РАХИМА ТОЖИБОЕВНА, 1955 г.р.
ЗОКИРОВА ВОЛИДА СУЮНОВНА, 1963 г.р.
7.
ДАВЛАТОВ БОБИР МАВЛОНОВИЧ, 1957 г.р.
СОДИКОВ ИКРОМЖОН БАХРОМОВИЧ, 1958 г.р.
Если знак-крестик проставлен более чем в одном пустом квадрате, расположенном в бюллетене справа напротив фамилии кандидата, либо не проставлен ни в одном, бюллетень признается недействительным.
(Ведомости палат Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 2016 г., № 3, ст. 117)