1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Tayyorgarlik bosqichi (saylovni oʻtkazishni normativ va uslubiy jihatdan taʼminlash, saylov jarayoni ishtirokchilariga saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy qoidalarini tushuntirish) | |||
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarorini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish, ushbu masala boʻyicha jurnalistlar uchun brifing tashkil etish. |
2016-yil 11-martgacha |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni (bundan buyon matnda Senat devoni deb yuritiladi), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (bundan buyon matnda MTRK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (bundan buyon matnda OʻzA deb yuritiladi) |
|
2. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” fondining hududiy boʻlimlari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari va OAVning vakillari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasining (bundan buyon matnda Senat Kengashi komissiyasi deb yuritiladi) kengaytirilgan majlisini oʻtkazish. |
2016-yil 11-martgacha |
Senat Kengashi komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” fondi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati |
|
3. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari v�loyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari boʻyicha majlislarini (sessiyalarini) oʻtkazish va qarorlarini qabul qilish, ularni eʼlon qilish. |
2016-yil 15-martgacha |
Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senat devoni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, OAV |
|
4. |
Markaziy va mahalliy matbuotda, radio hamda televideniyeda quyidagi masalalarni tushuntirish boʻyicha Senat aʼzolari, yetakchi olimlar, ekspertlar va amaliyotchilarning chiqishlarini (alohida rejaga muvofiq) tashkil qilish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ishtirokida seminarlar oʻtkazish va maqolalar chop etish: “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining asosiy qoidalarini; fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga doir asosiy vazifalarni; saylovni oʻtkazish tartibi haqida fuqarolarni keng xabardor qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini. |
2016-yil mart — iyun |
Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senat devoni, MTRK, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti (bundan buyon matnda FJShMQMI deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, OʻzA, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Mahalla” fondi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Toshkent davlat yuridik universiteti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi |
|
5. |
Jurnalistlarning fuqarolar yigʻinlari raislari va ular maslahatchilari saylovining mohiyati va ahamiyatiga oid bilim va tajribalarini oshirish maqsadida hududiy oʻquv seminarlarini tashkil etish. |
2016-yil mart |
Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senat devoni, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Mahalla” fondi, FJShMQMI, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, MTRK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokiml�klari, markaziy va mahalliy bosma va elektron ommaviy axborot vositalari |
|
6. |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari hamda manfaatdor tashkilotlar vakillari bilan (alohida rejaga muvofiq) quyidagi masalalar yuzasidan seminar-treninglar oʻtkazish: saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish; fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalarini (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) tuzish; fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarini (bundan buyon matnda ishchi guruhlar deb yuritiladi) tuzish; komissiyalar va ishchi guruhlarning ishini tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish. |
2016-yil 10-aprelgacha |
Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senat devoni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” fondi, FJShMQMI |
|
7. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish prinsiplarini va mexanizmlarini ochib berishga, mahalla faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan axborot yoʻsinidagi risolalar va kitoblarni, saylovni oʻtkazish tartibiga oid hujjatlar namunalari toʻplamini nashr etish hamda hududiy komissiyalarga va ishchi guruhlarga yuborish. |
2016-yil mart-aprel |
Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, FJShMQMI, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, “Mahalla” fondi, Toshkent davlat yuridik universiteti |
|
8. |
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishda fuqarolar yigʻinlariga koʻmaklashish, zarur hollarda ularni binolar, transport va aloqa vositalari, yashirin ovoz berish kabinalari va saylov qutilari bilan taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish. (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 9 va 23-moddalari) |
saylovni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlarida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari |
|
II. Asosiy bosqich (Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha komissiyalar hamda ishchi guruhlarni tuzish, nomzodlarni koʻrsatish, fuqarolar yigʻinini (vakillar yigʻilishini) chaqirish va saylovni oʻtkazish) | |||
|
9. |
Komissiyalarni tuzish. (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi) |
2016-yil 20-martgacha |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari |
|
10. |
Ishchi guruhlarini tuzish. (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻris�da”gi Qonunning 14-moddasi) |
2016-yil 1-aprelgacha |
Shaharchalar, qishloqlar, ovullarning hamda shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarning fuqarolar yigʻinlari |
|
11. |
Komissiyalar va ishchi guruhlar aʼzolari, OAV va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida saylov qonunchiligiga rioya etish, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir ishlarni tashkil etish masalalari boʻyicha respublika hamda mintaqaviy seminarlar tashkil etish va oʻtkazish. |
2016-yil 15-aprelgacha |
Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari |
|
12. |
Hovlilar, uylar, koʻchalardan hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalardan fuqarolarning vakilligi normasini belgilash. Hovlilar, uylar, koʻchalar hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi boʻyicha umumiy yigʻilishlarini tashkil etish va oʻtkazish. (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13 va 15-moddalari) |
2016-yil 20-aprelgacha |
Komissiyalar, ishchi guruhlar |
|
13. |
Tuman va shaharlardagi fuqarolar yigʻinlarida saylovni tashkil etish hamda oʻtkazish jadvallarini tayyorlash. |
2016-yil 25-aprelgacha |
Komissiyalar |
|
14. |
Ishchi guruhlarning fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari bilan bogʻliq axborotini eshitib borish. (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasi) |
Saylovni tashkil va oʻtkazish muddatlarida |
Komissiyalar |
|
15. |
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari yuzasidan aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish. (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-moddasi) |
Saylovni tashkil va oʻtkazish muddatlarida |
Ishchi guruhlar |
|
16. |
Tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikri inobatga olingan holda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar koʻrsatish. (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 16 va 19-moddalari) |
saylovdan kamida oʻn kun oldin |
Ishchi guruhlar |
|
17. |
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni tuman yoki shahar hokimi bilan kelishish uchun tegishli komissiyaga taqdim etish. (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasi) |
saylovdan kamida oʻn kun oldin |
Ishchi guruhlar |
|
18. |
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga koʻrsatilgan nomzodlarning hujjatlarini koʻrib chiqish va keyinchalik ishchi guruhlarga topshirish uchun ushbu nomzodlar boʻyicha asoslantirilgan xulosalarni tegishli komissiyalarga yuborish. (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasi) |
saylovdan kamida yetti kun oldin |
Tumanlar, shaharlar hokimlari |
|
19. |
Fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilash hamda bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni xabardor qilish. (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-moddasi) |
fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin |
Ishchi guruhlar |
|
20. |
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar haqidagi axborotni fuqarolar yigʻini binosiga va guzarlarga osib qoʻyish. (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasi) |
saylovdan kamida besh kun oldin |
Ishchi guruhlar |
|
21. |
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini oʻtkazish uchun fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqirish. (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasi) |
alohida jadvalga muvofiq |
Ishchi guruhlar |
|
22. |
Fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillari yigʻilishi) bayonnomasining bir nusxasini tegishli tuman va shahar komissiyasiga taqdim etish. (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 26-moddasi) |
saylov oʻtkazilgan kun mobaynida |
Ishchi guruhlar |
|
23. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari takroriy saylovini oʻtkazish. (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi) |
saylov oʻtkazilgan kundan boshlab bir oylik muddatda |
Ishchi guruhlar |
|
III. Yakunlovchi bosqich (saylov yakunlarini chiqarish, saylovni tashkil etish hamda oʻtkazish jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar va mulohazalarni umumlashtirish) | |||
|
24. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovining borishi toʻgʻrisida Senat Kengashining Komissiyasiga axborot taqdim etish, shuningdek fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar va mulohazalarni umumlashtirish. |
har oʻn kunlikda |
Komissiyalar |
|
25. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovining yakunlarini chiqarish hamda ularni yuqori turuvchi komissiyaga taqdim etish. (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13 va 26-moddalari) |
2016-yil 5-iyulgacha |
Komissiyalar |
|
26. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini umumlashtirish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga koʻrib chiqish uchun taqdim etish. |
2016-yil 10-iyulgacha |
Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
|
27. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish. |
2016-yil 20-iyulgacha |
Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senatning Axborot xizmati, OʻzA, MTRK |
|
28. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlari boʻyicha jurnalistlar uchun brifing tashkil etish. |
2016-yil 20-iyulgacha |
Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senatning Axborot xizmati, OʻzA, MTRK |
|
IV. Fuqarolar yigʻinlarining organlarini shakllantirish (fuqarolar yigʻinlari kengashlarini shakllantirish, fuqarolar yigʻinlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarni va taftish komissiyasini saylash) | |||
|
29. |
Fuqarolar yigʻinlari kengashlarini shakllantirish, fuqarolar yigʻinlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalari va taftish komissiyalarini saylash. (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 32-moddasi) |
saylov oʻtkazilgan kundan boshlab bir oylik muddatda |
Komissiyalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shaharchalar, qishloqlar, ovullarning va shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarning fuqarolar yigʻinlari |
|
30. |
Yangi saylangan fuqarolar yigʻinlari raislari va ularning maslahatchilari uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tartibga soladigan amaldagi qonun hujjatlarining asosiy qoidalarini yetkazish, mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilashda mahalla institutining roli va ahamiyatini tushuntirish boʻyicha tuman va shaharlarda seminarlar tashkil etish. |
alohida jadva� boʻyicha |
Senat Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” fondi, FJShMQMI, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti |
|
31. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlarni arxivga topshirish. (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasi) |
saylovdan keyin bir oy muddatda |
Komissiyalar |
2-ILOVA
| Komissiya raisi | ||
| Yoʻldoshev Nigʻmatilla Toʻlqinovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi |
| Komissiya raisining oʻrinbosarlari | ||
| Artikova Svetlana Baymirzayevna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari |
| Xodiyev Boxodir Yunusovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari (kelishuvga koʻra) |
| Komiss�ya aʼzolari | ||
| Matmuratov Botir Djoldasovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi |
| Saidov Akmal Xolmatovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi (kelishuvga koʻra) |
| Madumarov Tolibjon Abdumalikovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
| Aliyev Mannon Gaffarovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori (kelishuv asosida) |
| Saliyev Olim Adilovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni shuʼba mudiri (kelishuvga koʻra) |
| Boboyev Abdurahmon Boboyevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Nazorat-axborot boʻlimi mudiri |
| Usmonov Anvar Akramovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari |
| Hazratqulov Mamatqul | — | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
| Xadjayev Alisher Djurakulovich | — | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
| Karimov Abdumajit Muxitdinovich | — | Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi |
| Abdukarimov Gʻolibjon Ozotovich | — | Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori (kelishuvga koʻra) |
| Inagamov Javdatxon Sultanovich | — | Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi |
| Usmonov Shuhrat Gʻiyosovich | — | Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi Markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Gʻaniyev Baxodir Muxtorovich | — | Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi |
| Narbayeva Tanzila Kamalovna | — | Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi |
| Abdullayev Abdulaziz Abutalipovich | — | Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori |
| Qosimov Nodir Ulugʻovich | — | Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari vazifasini bajaruvchi |
| Parpiboyeva Ozoda Abdukadirovna | — | Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
3-ILOVA
|
|
NAMUNA __________________________ (ishchi guruhi raisining imzosi) | |||
|
| ||||
|
2016-yil ___ may (iyun) |
||||
|
T/r |
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan yili |
Byulletenning oʻng tomonida oʻzingiz yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi qarshisida joylashgan boʻsh kvadratga belgi-krestik | ||
|
1. |
ABDULLAYEV TOHIR SAMADOVICh, 1965-yilda tugʻilgan |
|||
|
2. |
BURXONOV NODIRBEK QOSIMOVICh, 1960-yilda tugʻilgan |
|||
|
3. |
JURAYEV BOTIRJON ZARIPOVICh, 1963-yilda tugʻilgan |
|||
|
4. |
MURODOV ABDULLA AZIMOVICh, 1970-yilda tugʻilgan |
|||
|
|
||||
4-ILOVA
|
|
NAMUNA __________________________ (ishchi guruhi raisining imzosi) | |||
|
Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining saylovi boʻyicha SAYLOV BYuLLETENI | ||||
|
2016-yil ___ may (iyun) |
||||
|
T/r |
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan yili |
Oʻzingiz yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi qarshisida joylashgan boʻsh kvadratga belgi-krestik (+) qoʻying | ||
|
1. |
AHMEDOV ShERALI SOBIROVICh, |
|||
|
NABIYEV DILShODBEK ERGAShEVICh, |
||||
|
|
||||
|
2. |
TEMIROV HUSAN UMAROVICh, |
|||
|
HAYDAROV ULUGʻBEK ASQAROVICh, |
||||
|
|
||||
|
3. |
NAZAROV ABDUVALI XASANOVICh, |
|||
|
SOLIYEV MOʻMINJON YANGIBOYEVICh, |
||||
|
|
||||
|
4. |
SOIPOV ILXOM ALIShEROVICh, |
|||
|
OʻSAROV OYBEK TURGʻUNOVICh, |
||||
|
|
||||
|
5. |
AZIZOV ShOVKAT LAZIZOVICh, |
|||
|
IVANOVA IRINA BORISOVNA, |
||||
|
|
||||
|
6. |
BOLTABOYEVA RAXIMA TOJIBOYEVNA, |
|||
|
ZOKIROVA VOLIDA SUYuNOVNA, |
||||
|
|
||||
|
7. |
DAVLATOV BOBIR MAVLONOVICh, |
|||
|
SODIKOV IKROMJON BAXROMOVICh, |
||||
|
|
||||