17.02.2017 yildagi PQ-2789-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.02.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishida akademik fanning ahamiyatini yanada oshirish, Fanlar akademiyasining nufuzini yuksaltirish va faoliyatini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni boshqarish va tartibga solishning yagona tizimini shakllantirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm-fanning oʻrnini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining asosiy vazifa va faoliyati yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy, texnik va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fanning taʼlim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning, davlat ilmiy-texnik dasturlarining ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirishga doir takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon va respublika ilm-fan yutuqlarini oʻrganish va tahlil qilish, ulardan Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlari yoʻlida foydalanish borasida tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz ilm-fani, ilmiy salohiyati, fan va texnika yutuqlarini ommalashtirish va targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning fanlar akademiyalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va jamgʻarmalari bilan xalqaro hamkorlik qilish, xalqaro ilmiy forum va konferensiyalar tashkil etishda va oʻtkazishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi muassasalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnik bazasidan foydalangan holda, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Tarix institutini Fanlar akademiyasi tasarrufiga oʻtkazish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Matematika instituti negizida V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetining tegishli laboratoriyalari va noyob obyektlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Radiatsiya xavfsizligi markazi negizida Yadro fizikasi institutini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat texnika universiteti Muhandislik-fizika fakultetining tegishli laboratoriyalari negizida U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Tarmoq mashinasozligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazi negizida M.T.Oʻrozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi negizida Polimerlar kimyosi va fizikasi institutini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qoʻlyozmalari markazi negizida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand shahridagi Arxeologiya instituti va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Toshkent boʻlimi negizida Ya.Gʻulomov nomidagi Arxeologik tadqiqotlar institutini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Oʻzbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Oʻzbek tili va adabiyoti muzeyi negizida Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligining Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oʻzbekistonning eng yangi tarixi jamoatchilik kengashini Fanlar akademiyasi huzuridagi Oʻzbekistonning eng yangi tarixi jamoatchilik kengashiga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oʻzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz Fanlar akademiyasi tasarrufiga oʻtkazilsin, u Fanlar akademiyasi huzuridagi Oʻzbekistonning eng yangi tarixi boʻyicha jamoatchilik kengashining ishchi organi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Fanlar akademiyasi Navoiy boʻlimini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi Navoiy boʻlimini saqlash, shuningdek uning amaliy va innovatsion tadqiqotlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan xarajatlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining hisobidan, shu jumladan, tegishli ilmiy-texnologik ishlanmalarni joriy etish natijasida olingan sof foydaning 10 foizi miqdori evaziga qoplanishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, qayta tashkil etilgan Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari yuridik shaxs maqomiga ega davlat muassasasidir, ular avval oʻzlari tasarrufida boʻlgan vazirlik va idoralar negizidagi ilmiy muassasalarning huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorislari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ilm-fanning ustuvor yoʻnalishlari rivojlanishini taʼminlash, shuningdek ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish maqsadida Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati tuzilmasida fizika-matematika va texnik fanlar, kimyo-biologiya fanlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha boʻlimlar tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisi, Xorazm Maʼmun akademiyasi raisi va Fanlar akademiyasi Navoiy boʻlimi raisi oʻz maqomiga koʻra Fanlar akademiyasining vitse-prezidentiga tenglashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Amaliyotga shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari Fanlar akademiyasining assotsiatsiyalashtirilgan aʼzosi boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tashkiliy hamda boshqaruv apparati tuzilmalari 1 va 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar Davlat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ilmiy-texnika va innovatsion siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini va ushbu sohalarda davlat siyosatini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning grant asosidagi davlat ilmiy-texnika dasturlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilayotgan loyihalar va ularni joriy etish tadbirlarining amalga oshirilishi yuzasidan davlat organlari rahbarlari va mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitish va shaxsiy javobgarligi masalalarini koʻrib chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi faoliyati tugatilayotgan Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining bosh direktoriga, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining asosiy vazifa va faoliyati yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish vazifalari va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini inobatga olgan holda, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va amalga oshirish tadbirlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish, amalga oshirish va ular ijrosining, hamda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan foydalanishning tizimli monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhim tarmoqlararo ilmiy-texnik dasturlar ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar bajarilishi boʻyicha ilmiy-texnik xizmatlar koʻrsatishda davlat topshiriqlarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yilgi Respublika innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi oʻtkazilishini tashkil etish hamda uning doirasida imzolangan shartnomalarning bajarilishi boʻyicha monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma ilmiy loyihalar va innovatsion ishlanmalar bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash faoliyatini rejalashtirish va muvofiqlashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Davlat komissiyasining ishchi organi hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Fan va texnologiyalar agentligi respublikaning ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat ilmiy-texnika dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda, uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga binolar, inshootlar va boshqa moddiy-texnik bazani saqlash va ulardan foydalanish xarajatlarini bazaviy moliyalashtirish mexanizmini joriy etishni nazarda tutuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mamlakatda ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadqiqotlarni tashkil etish uchun shart-sharoit yaratish, raqobatbardosh ilmiy-hajmdor mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish maqsadida Davlat komissiyasi qoshida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga patent bojlari, yigʻimlar va boshqa soliq toifasiga kirmaydigan toʻlovlardan kelib tushgan valyuta mablagʻlarining 90 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylar – yuridik va jismoniy shaxslarning, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish vazifasi Davlat komissiyasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quyidagilar Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida mamlakatda ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishini taʼminlashga, raqobatbardosh ilmiy-hajmdor mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan ilgʻor ilmiy tadqiqotlar va izlanish ishlarini olib borish uchun tanlov asosidagi, mutlaqo yangi tipdagi va zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar tashkil etish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk obyektlarini chet elda roʻyxatdan oʻtkazish (patentlash) xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy laboratoriyalari uchun qoʻshimcha zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar, zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar bilan uzluksiz taʼminlash uchun mablagʻ ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining yetakchi ilmiy elektron maʼlumotlar bazasidan erkin foydalanishlari uchun talab etiladigan xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda, shu jumladan, ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan zamonaviy ilmiy va texnologik asbob-uskunalarda ishlashni oʻrganishlari uchun tashkil etiladigan qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarni moliyalashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fan va texnologiyalar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy laboratoriyalarni jihozlash va olimlarning xorijiy stajirovkalarini tashkil etish uchun chet el kreditlari va grantlarini jalb etish boʻyicha xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlar bilan tizimli ish olib borsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqotlar yakunlari boʻyicha salmoqli natijalarga erishgan olimlarni taqdirlash uchun Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushgan sof foydaning 10 foizi miqdoridagi chegirma hisobidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda mazkur qaror ijrosini taʼminlashga qaratilgan, jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli oliy taʼlim muassasalari bilan chuqur integratsiyani taʼminlagan holda Fanlar akademiyasi tasarrufiga oʻtkazilayotgan hamda uning tarkibida qayta tashkil etilayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar davlat komissiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi, Fanlar akademiyasining Navoiy boʻlimi, Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 17-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2789-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi

1.

A.N.Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi

2.

A.N.Yunusxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi

3.

A.J.Ramatov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi

4.

R.S.Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

5.

Z.T.Mirzayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri

6.

A.I.Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Sogʻliqni saqlash vaziri

7.

U.U.Rozuqulov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, “Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisi

8.

D.H.Nabiyev

Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri

9.

B.S.Yuldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

10.

R.S. Qosimov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

11.

G.K.Saidova

Iqtisodiyot vaziri

12.

B.A.Xodjayev

Moliya vaziri

13.

E.M. Gʻaniyev

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri

14.

U.I.Inoyatov

Xalq taʼlimi vaziri

15.

Sh.X.Shermatov

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b.

16.

Q.S.Sanaqulov

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK bosh direktori

17.

A.K.Farmanov

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”AJ bosh direktori

18.

M.M.Dusmuratov

“Oʻzfarmsanoat” AJ raisi

19.

A.A.Abdullayev

“Oʻzkimyosanoat” AJ raisi

20.

A.S.Sultonov

“Oʻzbekneftegaz” MXK raisi

21.

F.I.Salomov

“Oʻzbekenergo” AJ raisi

22.

I.U. Haydarov

“Oʻzbekyengilsanoat” AJ raisi

23.

A.S.Kamalov

“Oʻzpaxtasanoateksport” XK boshqaruvi raisi

24.

A.N.Fayzullayev

Intellektual mulk agentligi bosh direktori

25.

Lavozimi boʻyicha

Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori, komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnologiyalar boʻyicha agentligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHARH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishning barqaror tizimi yaratildi. Mamlakatda salohiyatli ilmiy maktablar yaratildi, ilmiy laboratoriya va kafedralar, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, vazirlik va idoralar hamda respublika miqyosidagi ilmiy-texnik va ekspert kengashlari shaklidagi koʻp tarmoqli ilmiy-tashkiliy infratuzilma faoliyat yuritmoqda

Ayniqsa soʻnggi yillarda ilmiy-tadqiqot faoliyatining moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bir qator yangi ilmiy-innovatsion tuzilmalar — Genomika va bioinformatika markazi, Xalqaro quyosh energiyasi instituti, Kembridj universiteti ishtirokida Yuqori texnologiyalar markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish tizimida Fanlar akademiyasi haqli ravishda fundamental tadqiqotlar yetakchisi sifatida alohida oʻrin egallaydi. Hozirgi kunda Fanlar akademiyasi tizimida salmoqli intellektual salohiyat mujassamlangan. Shuning uchun ham davlatimiz tomonidan akademik fanning mamlakat iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishdagi rolini kuchaytirish, Fanlar akademiyasining ilmiy-innovatsion faoliyatini takomillashtirish va mavqeyini oshirish masalalariga katta eʼtibor qaratilayotgani bejiz emas.

Ushbu eʼtiborning yorqin koʻrinishi sifatida mamlakatimiz Prezidentining davlat rahbari sifatidagi birinchi uchrashuvi aynan ilm hamjamiyati – respublika akademiklari va yetakchi olimlari bilan boʻlganligini taʼkidlash joiz. 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab akademiklarga eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqlardan ozod etilgan oylik gonorar belgilandi. Bundan tashqari, ular uchun sanatoriy muassasalarida har yili bepul sogʻlomlashtirish kursidan foydalanish huquqi nazarda tutildi. Akademiklar ilmiy, taʼlim va ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etilib, ularga yuqori malakali kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratildi.

Shu bilan birga, ilmiy-texnik salohiyatning hozirgi kundagi ahvoli, kadrlar bilan taʼminlanganligi, ilmiy-tadqiqot faoliyatining moddiy-texnika, tajriba va laboratoriya bazalarining rivojlanish darajasi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining jadal surʼatlaridan ortda qolmoqda. Qator tadqiqot yoʻnalishlari boʻyicha milliy ilm-fanimiz, ayniqsa akademik fanning raqobatbardoshligini yuqori halqaro darajalarga mos keltirish zarurati ham yuzaga keldi.

Ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini moliyalashtirish tizimida bir qator muammolar mavjud. Natijada, ilmiy faoliyat nufuzi birmuncha pasayib, iqtidorli yoshlarning boshqa sohalarga ketib qolish holatlari kuzatilmoqda, ilmiy kadrlarning oʻrtacha yoshi ortib borishi tendensiyasi saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan, davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish, amalga oshirish va monitoringini yuritish jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi yagona tizimning mavqeyi va salohiyatini tiklash, olimlarga keng koʻlamli ilmiy izlanishlarni amalga oshirishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish bugungi kunning hal qilinishi lozim boʻlgan dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.

Taʼkidlash lozimki, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida ham ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini ragʻbatlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etishga taʼlim va fan sohasini rivojlantirishning eng muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida alohida eʼtibor qaratilgan.

Bundan tashqari, respublika viloyatlarida boʻlib oʻtayotgan xalq bilan bevosita muloqot paytida Prezidentimiz tomonidan barcha hududlarda ilm-fan salohiyatini tiklash, hududlarning kompleks rivojlanishini taʼminlashda mavjud intellektual salohiyatdan samarali foydalanish, yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb qilish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berilmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda ilmiy izlanishlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning real muammolariga yoʻnaltirish, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi uzviy integratsiyani taʼminlash, oʻz navbatida, ishlab chiqarish korxonalari tomonidan olimlarning ilmiy-texnologik ishlanmalarini amaliyotga joriy qilish samaradorligini oshirish mexanizmlarini yaratish masalalari oʻta muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur sohada toʻplanib qolgan muammolarni hal etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan keng koʻlamli miqyosdagi aniq maqsadli ishlar amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Jumladan, qarorga koʻra zamonaviy talablar asosida Fanlar akademiyasining asosiy vazifa va faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari belgilab berilgan. Bundan tashqari, ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini yanada mustahkamlash maqsadida Fanlar akademiyasi tarkibida bir qator ilmiy-tadqiqot muassasalari tashkil qilinib, qator muassasalar akademiya tasarrufiga qaytarilgan. Oʻz navbatida, bu tadbirlar Fanlar akademiyasi tomonidan keng koʻlamli fundamental tadiqotlar olib borilishini taʼminlash, turli fan tarmoqlari boʻyicha mavjud ilmiy salohiyatni mujassamlash va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning dolzarb muammolariga safarbar qilish imkoniyatini yaratadi.

Qarorda Fanlar akademiyasi boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratildi, uning tarkibida fizika-matematika va texnika fanlari, kimyo-biologiya fanlari va ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimlari hamda Fanlar akademiyasining Navoiy boʻlimini tashkil etish koʻzda tutildi. Bu mazkur fan sohalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, Navoiy viloyati hududini kompleks rivojlantirishda, mavjud sanoat salohiyatini yanada mustahkamlashda akademik fan imkoniyatlaridan keng foydalanish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, qarorga muvofiq Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston va Navoiy boʻlimlari hamda Xorazm Maʼmun akademiyasi raislari mavqeyi akademiya vitse-prezidenti darajasiga tenglashtirilishi ham aynan hududlarda ilm-fan salohiyatini tiklash va nufuzini oshirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning yaqqol tasdigʻidir.

Samarali ilmiy faoliyatni ragʻbatlantirishga ham qarorda katta eʼtibor qaratilgan. Shu maqsadda, ilmiy-tadqiqot muassasalarining xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushgan sof foydaning 10 foizi miqdoridagi ajratmalari hisobiga shakllanadigan, ilmiy tadqiqotlar yakunlari boʻyicha salmoqli natijalarga erishgan Fanlar akademiyasi ilmiy xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etilmoqda.

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligida Fan va texnologiyalar boʻyicha davlat komissiyasi tuzilib, uning zimmasiga ilmiy-texnika sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, innovatsion siyosatning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash vazifalari yuklanmoqda.

Shuningdek, mazkur komissiyaning ishchi organi sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi faoliyati tugatilayotgan Fan va texnologiya­larni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tashkil etilmoqda. Agentlik zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni bajarishda ilmiy-texnik xizmatlar koʻrsatishga yoʻnaltirilgan davlat topshiriqlarini shakllantirish kabi vazifalar yuklanadi.

Mazkur tadbirlar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkillashtirish tizimini yangi bosqichga koʻtarishga, mavjud intellektual salohiyatni jipslashtirishga, izlanishlardagi mayda, samarasiz mavzularga va takrorlanishlarga barham berishga xizmat qiladi.

Qaror bilan oʻz yechimini topayotgan yana bir muhim masala Fan va texnologiyalar boʻyicha davlat komissiyasi qoshida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish bilan bogʻliq boʻlib, jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarga yoʻnaltirilishi nazarda tutilgan:

ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida yangi tipdagi va zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish;

olimlarimiz tomonidan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk obyektlarini chet elda roʻyxatdan oʻtkazish (patentlash) xarajatlarini qoplash;

zamonaviy laboratoriyalarning ilmiy asbob va uskunalarini zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar bilan uzluksiz taʼminlash;

ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining jahonning yetakchi ilmiy elektron maʼlumotlar bazasidan erkin foydalanishlari uchun sarflanadigan xarajatlarni qoplash;

yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini moliyalashtirish.

Qaror doirasida nazarda tutilgan barcha tadbirlar davlatimiz tomonidan iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyotini taʼminlashda ilm-fanning rolini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning mantiqiy davomi boʻlib, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qiladi.

Ushbu qaror akademik fan nufuzini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatining kadrlar va intellektual salohiyatini mustahkamlash, uni tashkillashtirish va boshqarish tizimini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari moddiy-texnika bazasini tubdan yaxshilash, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish va olimlarning sermashaqqat mehnatlarini munosib moddiy ragʻbatlantirishga keng yoʻl ochadi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 8-son, 117-modda, 23-son, 447-modda, 36-son, 950-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 19.03.2021-y., 07/21/5032/0226-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2022-y., 06/22/144/0457-son; 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)