06.08.2018 yildagi PQ-3899-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Ilmiy va innovatsion faoliyatni integratsiyalash tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilmiy tadqiqotlarning rolini oshirish, shuningdek ilm-fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini chuqurlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ishlanmalarni tijoratlashtirishning samarali mexanizmlarini ta’minlash, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni moliyalashtirish manbalarini kengaytirish, intellektual mulk obyektlari mualliflarini, shuningdek iqtisodiyotning real sektori vakillarini rag‘batlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalari infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil natijalari ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasida, ilmiy, ilmiy-texnik ishlanmalarni davlat va jamiyat hayotining barcha sohalariga joriy qilishda bir qator tashkiliy-amaliy va infratuzilmaviy muammolar mavjudligidan dalolat beradi. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari va olimlarining raqobatbardosh va ilm-fan yutuqlariga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga imkoniyat yaratadigan amaliy tadqiqotlari, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyati natijalarini tijoratlashtirish darajasining pastligi kuzatilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini joriy qilish, shuningdek fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning ilmiy-texnik dasturi loyihalarini bajarishga mablag‘larning samarali sarflanishini nazorat qilish sohasida muvofiqlashtirish yo‘lga qo‘yilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, ilmiy va ilmiy-texnik ishlanmalarni iqtisodiyotning turli tarmoqlariga va ijtimoiy sohaga samarali joriy qilinishini ta’minlab turuvchi, tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in — tajriba-eksperimental va konstruktorlik-texnologik infratuzilmasi mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchidan, Fanlar akademiyasi institutlari va iqtisodiyotning real sektori subyektlarining o‘zaro hamkorligi va kooperatsiyasi yetarli darajada emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, innovatsion ilmiy tadqiqotlarga mamlakat bozorining ehtiyojlarini o‘rganish va tahlil qilish mexanizmi mavjud emasligi raqobatbardosh bo‘lmagan va norentabel ilmiy mahsulotning ishlab chiqilishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilm-fan va ishlab chiqarishning oqilona va samarali integratsiyasini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat infratuzilmasini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda kompleks rivojlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining (keyingi o‘rinlarda — Fanlar akademiyasi) quyidagi takliflari qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tuzilmasiga ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy ishlanmalari, texnologiyalari va boshqa innovatsion dasturlarini tijoratlashtirish va transfer qilishni ta’minlash bo‘yicha mas’ul bo‘lgan vazir o‘rinbosari lavozimi qo‘shimcha ravishda kiritilishi to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining markaziy apparati tuzilmasida innovatsion loyihalar natijalarini tijoratlashtirish bo‘limi negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan 12 shtat birligidan iborat qo‘shimcha boshqaruv xodimlari ajratilishi orqali Ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni tijoratlashtirish va transfer qilish boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar yangi joriy etilayotgan lavozimdagi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliy natijalarga yo‘naltirilgan mahsulot va texnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlarni o‘tkazishda Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy ishlanmalarni iqtisodiy rentabellik, shuningdek joriy etish va tijoratlashtirish yuzasidan muntazam ravishda tahlil qilish va tanlab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori texnologiyali va tijoratlashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqish maqsadida ilmiy, ilmiy-ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish sektori o‘rtasida integratsiyani ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va innovatsion faoliyat natijalari mualliflariga ilmiy-texnik hujjatlar, biznes-rejalarni tayyorlashda, texnologiyalarni patentlash va litsenziyalashda har tomonlama ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish tadbirlarini moliyalashtirish uchun mahalliy va xorijiy investitsiyalar, xalqaro va xorijiy moliya institutlarining grantlari, mablag‘larini jalb etish ishlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sohadagi xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan ilmiy xodimlar, mutaxassislar va yosh olimlarning xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalarida qisqa muddatli stajirovka o‘tashlari va malaka oshirishlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyatini muvofiqlashtirish va innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari bilan aloqasini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi va Mudofaa vazirligining U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining Ixtisoslashtirilgan konstruktorlik-texnologiya byurosi negizida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining konstruktorlik byurosi va tajriba ishlab chiqarishiga ega bo‘lgan Ilmiy-texnik markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Markazning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish hamda bevosita amalga oshirishda ishtirok etish, shuningdek vakuum-plazma va lazer texnologiyalari sohasidagi innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakuum va plazma texnologiyalari, himoya va bezak qoplamalar tushirishning yangi usullarini ishlab chiqish, tajriba namunalarini tayyorlash va ularni sinovdan o‘tkazish, import o‘rnini bosuvchi mobil va turg‘un ozon generatorlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fanning turli sohalari, iqtisodiyotning yuqori texnologiyali sohalari va tarmoqlari uchun samarali bo‘lgan quyosh bilan quvvatlantiriladigan lazerlar va quyosh lazerlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyosh nurlanishi konsentratlarining energetik xususiyatlarini tadqiq qilish hamda olingan innovatsion ishlanmalarni sanoat va qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlariga joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’limning tegishli bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura ixtisosliklari bo‘yicha o‘quv jarayoni doirasida foydalanish uchun yangi o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratishda yordam ko‘rsatish orqali oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish, o‘quv-uslubiy ish sifati va darajasini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
priborlar, uskunalarning tajriba namunalarini va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini yaratish orqali fundamental, amaliy fanlar va innovatsion loyihalarning izchil bog‘liqligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa sanoati uchun mahsulotlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlari buyurtmalari bo‘yicha eskirgan uskunalarni modernizatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy va ikki xil maqsadda ishlatiladigan mahsulotlar, buyutlovchi buyumlar, yangi materiallar va xom ashyo ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan binolar va inshootlarni ta’minlab turish, shuningdek Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlarini moliyalashtirishga ajratiladigan mablag‘lar, ishlab chiqarish bilan bog‘liq hamda ilmiy xodimlar va ishlab chiqarishdagi mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash xarajatlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalariga ko‘ra ajratiladigan grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliyaviy va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlar grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi timsoli tushirilgan va davlat tilida nomi keltirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘aznachilik hisobraqamiga ega bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari bo‘yicha xodimlar uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda Markaz ta’minoti uchun budjet mablag‘lari ijtimoiy soha uchun tasdiqlangan 2018-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida Fanlar akademiyasining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha ajratiladi, 2019-yildan boshlab esa bunday xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Fan” moddasi bo‘yicha ajratiladigan xarajatlar parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining konstruktorlik byurosi va tajriba ishlab chiqarishiga ega bo‘lgan Ilmiy-texnik markazi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi prezidentiga belgilangan shtatdagi umumiy xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Markaz tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida yuridik shaxsni tashkil etmagan holda, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va boshqa chet ellik donorlarning grantlari va kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitiga joylashtirishdan tushgan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasarruf etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘laridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi “Fan va oliy ta’lim sohasi xodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3876-son qarorining 7-bandida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni kreditlash maqsadida tijorat banklariga kredit resurslarini taqdim etish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror qoidalaridan kelib chiqqan holda 2018-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlar parametrlariga zarur o‘zgartirishlarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaz Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 33-uy manzilidagi U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti binosida bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Fanlar akademiyasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz ustavini tasdiqlasin va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning yuqori malakali kadrlar bilan butlanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Markaz faoliyatini kelgusida rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqurlashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlatish uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan tarkibiy bo‘linmani yuqori malakali kadrlar bilan butlanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi hamda manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining raisi S.R. Xolmurodov, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraxmonov va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 6-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3899-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-avgustdagi PQ-3899-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining konstruktorlik byurosi va tajriba ishlab chiqarishiga ega bo‘lgan Ilmiy-texnik markazi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan soni (yordamchi xodimlarni hisobga olmagan holda) — 92 shtat birligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va olimlar shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Xodimlar (laboratoriya mudirlari va laborantlardan tashqari) ta’minoti davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ajratiladigan grantlar va Markazning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-avgustdagi PQ-3899-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI

”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)