Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.03.2021 03.02.2017 yildagi PF-4944-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.03.2021
Hujjat 04.02.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolar yigʻinlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini roʻyobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar mahalla institutini yanada takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamiyatdagi oʻrni va rolini kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va koʻmakdoshiga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatimizda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni maʼnaviy boy va jismonan sogʻlom etib tarbiyalash, ularning bandligini taʼminlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla tizimida yagona huquqni qoʻllash amaliyotini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi va fuqarolar yigʻinlarining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashiga (keyingi oʻrinlarda Respublika kengashi deb ataladi) yuridik shaxs maqomini bergan holda uni fuqarolar yigʻinlarining uyushmasi shaklida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlarni (keyingi oʻrinlarda hududiy kengashlar deb ataladi) Respublika kengashining tarkibiy tuzilmalari sifatida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga tegishincha Respublika kengashi, hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilish vazifasini yuklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika kengashi va hududiy kengashlar raislarining birinchi oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining (keyingi oʻrinlarda “Mahalla” fondi deb ataladi) tegishincha respublika boshqaruvi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari, tumanlar va shaharlar boʻlinmalariga raislik qilishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar boʻyicha rais oʻrinbosari, shuningdek Respublika kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-maʼrifiy masalalar, keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha rais oʻrinbosarlari lavozimlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan fuqarolar yigʻini raisining oʻrinbosari — yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimini kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi ijro apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlar ijro apparatlarining namunaviy tuzilmalari 3 va 4-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlar ijro apparatlari xodimlarining cheklangan soniga nisbatan toifalangan hududlar, tumanlar va shaharlar roʻyxatlari 5 va 6-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari, Respublika kengashi, “Mahalla” fondi va mahallalar faollarining tarkibida mahallalar tuzilgan shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yigʻinlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalla fuqarolar yigʻinlariga birlashtirish va boʻlish yoʻli bilan qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla” fondi va fuqarolar yigʻinlarining taklifiga binoan Respublika kengashi, hududiy kengashlar ijro apparatlari “Mahalla” fondining tegishincha respublika boshqaruvi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari, tumanlar va shaharlar boʻlinmalari, shuningdek shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yigʻinlarining qayta tashkil etilishi munosabati bilan boʻshaydigan shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika kengashi, hududiy kengashlar ijro apparatlarining shtatdagi xodimlarini taʼminlash va moddiy ragʻbatlantirish “Mahalla” fondi hisobidan amalga oshiriladi, ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning yetmagan qismi esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatchilarining mehnatini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi 1997-yil 13-maydagi PF–1778-sonli Farmonining mehnat haqi boʻyicha Yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq ragʻbatlantirish koeffitsiyenti sifatida maoshlarga 20 foizli ustama haq oʻrnatilishini nazarda tutadigan 1-bandining amal qilishi Respublika kengashi, hududiy kengashlar ijro apparatlari xodimlariga nisbatan qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika kengashi, hududiy kengashlar raislarining birinchi oʻrinbosarlari va oʻrinbosarlari lavozimlarida ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni toʻla miqdorda toʻlash, bunda pensiyalarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hisobidan qoplash tartibi joriy etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari maqomi, maishiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmatidan foydalanish borasidagi shart-sharoitlariga koʻra — vazirga, Respublika kengashi raisining oʻrinbosari — vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga tegishli vazifalarni amalga oshirishda munosib hissa qoʻshgan tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillariga taqdim etiladigan “Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni taʼsis etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika kengashi, “Mahalla” fondi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning 1-dekabrigacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar markazlarida “Mahalla markazi” majmualari binolarini, 2021-yilning 1-dekabrigacha fuqarolar yigʻinlari idoralari binolarini namunaviy loyihalar va ularga qoʻyilgan talablar asosida qurish (rekonstruksiya qilish, taʼmirlash), shuningdek ularni zarur mebel jamlanmasi, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va internet tarmoqlari bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla markazi” majmualarida hududiy kengashlar hamda “Mahalla” fondining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari, tumanlar va shaharlar boʻlinmalarini joylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Mahalla” fondi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.S. Ismoilov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 3-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4944-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-sonli Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAShKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-sonli Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi ijro apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-sonli Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlar ijro apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-sonli Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlar ijro apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-sonli Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlar ijro apparatlari xodimlarining cheklangan soniga nisbatan toifalangan hududlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hududlar

1-toifa

2-toifa

3-toifa

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Buxoro viloyati

Jizzax viloyati

Andijon viloyati

Navoiy viloyati

Sirdaryo viloyati

Qashqadaryo viloyati

Namangan viloyati

Samarqand viloyati

Surxondaryo viloyati

Toshkent viloyati

Xorazm viloyati

Fargʻona viloyati

Toshkent shahri

7

5

2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-toifa — ijro apparati uchun 13 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (hududiy kengash raisining birinchi oʻrinbosari — 1, rais oʻrinbosari — 3, shoʻba mudiri — 1, bosh mutaxassis — 5, yetakchi mutaxassis — 2, buxgalter — 1);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-toifa — ijro apparati uchun 12 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (hududiy kengash raisining birinchi oʻrinbosari — 1, rais oʻrinbosari — 3, shoʻba mudiri — 1, bosh mutaxassis — 5, yetakchi mutaxassis — 1, buxgalter — 1);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-toifa — ijro apparati uchun 11 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (hududiy kengash raisining birinchi oʻrinbosari — 1, rais oʻrinbosari — 3, shoʻba mudiri — 1, bosh mutaxassis — 5, buxgalter — 1).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-sonli Farmoniga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlar ijro apparatlari xodimlarining cheklangan soniga nisbatan toifalangan tumanlar va shaharlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar

Tumanlar va shaharlar

1-toifa

2-toifa

3-toifa

4-toifa

5-toifa

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahri

Amudaryo tumani

Beruniy tumani

Qoʻngʻirot tumani

Toʻrtkoʻl tumani

Xoʻjayli tumani

Ellikqala tumani

Qoraoʻzak tumani

Kegeyli tumani

Chimboy tumani

Qonlikoʻl tumani

Muynoq tumani

Nukus tumani

Taxtakoʻpir tumani

Shumanay tumani

2.

Andijon viloyati

Andijon shahri

Asaka tumani

Andijon tumani

Izboskan tumani Qoʻrgʻontepa tumani

Shaxrihon tumani

Oltinkoʻl tumani

Baliqchi tumani

Buloqboshi tumani

Jalaquduq tumani

Marhamat tumani

Paxtaobod tumani

Xoʻjaobod tumani

Boʻz tumani

Ulugʻnor tumani

Xonobod shahri

3.

Buxoro viloyati

Buxoro shahri

Gʻijduvon tumani

Olot tumani

Buxoro tumani

Vobkent tumani

Qorakoʻl tumani

Peshku tumani

Romitan tumani

Jondor tumani

Shofirkor tumani

Kogon tumani

Kogon shahri

Qorovulbozor tumani

4.

Jizzax viloyati

Jizzax shahri

Baxmal tumani

Gʻallaorol tumani

Jizzax tumani

Zomin tumani

Paxtakor tumani

Forish tumani

Doʻstlik tumani

Zarbdor tumani

Arnasoy tumani

Mirzachoʻl tumani

Zafarobod tumani

Yangiobod tumani

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri

Chiroqchi tumani

Shaxrisabz tumani

Gʻuzor tumani

Qamashi tumani

Qarshi tumani

Koson tumani

Kitob tumani

Nishon tumani

Kasbi tumani

Yakkabogʻ tumani

Dehqonobod tumani

Mirishkor tumani

Muborak tumani

6.

Navoiy viloyati

Navoiy shahri

Qiziltepa tumani

Xatirchi tumani

Karmana tumani

Navbahor tumani

Zarafshon shahri

Konimex tumani

Nurota tumani

Tomdi tumani

Uchquduq tumani

7.

Namangan viloyati

Namangan shahri

Chust tumani

Kosonsoy tumani

Namangan tumani

Norin tumani

Pop tumani

Toʻraqoʻrgʻon tumani

Uychi tumani

Uchqoʻrgʻon tumani

Chortoq tumani

Yangiqoʻrgʻon tumani

Mingbuloq tumani

8.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri

Pastdargʻom tumani

Urgut tumani

Bulungʻur tumani

Ishtixon tumani

Kattaqoʻrgʻon tumani

Payariq tumani

Samarqand tumani

Jomboy tumani

Narpay tu�ani

Tayloq tumani

Oqdaryo tumani

Qoʻshrabot tumani

Paxtachi tumani

Nurobod tumani

Kattaqoʻrgʻon shahri

9.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahri

Boyovut tumani

Sayxunobod tumani

Mirzaobod tumani

Sirdaryo tumani

Xovos tumani

Shirin shahri

Yangiyer shahri

Oqoltin tumani

Guliston tumani

Sardoba tumani

10.

Surxondaryo viloyati

Denov shahri

Termiz shahri

Oltinsoy tumani

Jarqoʻrgʻon tumani

Qumqoʻrgʻon tumani

Qiziriq tumani

Sariosiyo tumani

Uzun tumani

Sherobod tumani

Shoʻrchi tumani

Angor tumani

Boysun tumani

Muzrabot tumani

Termiz tumani

11.

Toshkent viloyati

Zangiota tumani

Oʻrtachirchiq tumani

Qibray tumani

Yangiyoʻl tumani

Angren shahri

Chirchiq shahri

Bekobod tumani

Boʻstonliq tumani

Yuqorichirchiq tumani

Parkent tumani

Chinoz tumani

Olmaliq shahri

Bekobod shahri

Oqqoʻrgʻon tumani

Oxangaron tumani

Boʻka tumani

Quyichirchiq tumani

Piskent tumani

12.

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahri

Qoʻqon shahri

Margʻilon shahri

Buvayda tumani

Beshariq tumani

Quva tumani

Uchkoʻprik tumani

Oʻzbekiston tumani

Oltiariq tumani

Qoʻshtepa tumani

Bagʻdod tumani

Rishton tumani

Toshloq tumani

Fargʻona tumani

Dangʻara tumani

Quvasoy shahri

Soʻx tumani

Furqat tumani

Yozyovon tumani

13.

Xorazm viloyati

Xazorasp tumani

Xiva tumani

Urganch shahri

Bogʻot tumani

Gurlan tumani

Qoʻshkoʻpir tumani

Urganch tumani

Xonqa tumani

Shovot tumani

Yangiariq tumani

Yangibozor tumani

14.

Toshkent shahri

Yunusobod tumani

Shayxontohur tumani

Olmazor tumani

M.Ulugʻbek tumani Uchtepa tumani

Mirobod tumani

Sergeli tumani

Yashnobod tumani

Chilonzor tumani

Yakkasaroy tumani

Bektemir tumani

Jami

14

29

84

43

23

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-toifa — ijro apparati uchun 10 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (hududiy kengash raisining birinchi oʻrinbosari — 1, rais oʻrinbosari — 3, bosh mutaxassis — 4, 1-toifali mutaxassis — 2);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-toifa — ijro apparati uchun 9 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (hududiy kengash raisining birinchi oʻrinbosari — 1, rais oʻrinbosari — 3, bosh mutaxassis — 4, 1-toifali mutaxassis — 1);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-toifa — ijro apparati uchun 8 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (hududiy kengash raisining birinchi oʻrinbosari — 1, rais oʻrinbosari — 3, bosh mutaxassis — 4);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-toifa — ijro apparati uchun 7 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (hududiy kengash raisining birinchi oʻrinbosari — 1, rais oʻrinbosari — 3, bosh mutaxassis — 3);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-toifa — ijro apparati uchun 5 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (hududiy kengash raisining birinchi oʻrinbosari — 1, rais oʻrinbosari — 3, bosh mutaxassis — 1).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-sonli Farmoniga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga oid qonun hujjatlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish va tegishli qonun hujjatlariga Farmondan kelib chiqadigan, shu jumladan ularning huquq va vakolatlarini kengaytirish, ushbu yoʻnalishdagi tuzilmalarning vazifa va jav�bgarligini aniq belgilashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2017-yil

1-aprel

M.Ikramov (Adliya vazirligi),

Sh.Javlonov (“Mahalla” fondi),

J.Qoʻchqorov (Moliya vazirligi)

2.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kengashlari tomonidan sudlarga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab daʼvo arizalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlarni davlat boji toʻlamasdan taqdim etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Qonun loyihasi

2017-yil

1-aprel

Q.Togʻayev (Oliy sud),

J.Qoʻchqorov (Moliya vazirligi),
E.Gadoyev (Davlat soliq qoʻmitasi)

3.

Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining:

– aholi, birinchi navbatda yoshlar
va xotin-qizlar bandligini taʼminlashda bandlikka koʻmaklashuvchi tuman (shahar) markazlari bilan;

– tegishli hududda jamoat tartibini
va jamoat xavfsizligini taʼminlashda, jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ishlarda va ularning huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan;

– hududlardagi umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari
va akademik litseylardagi oʻquvchilarning toʻliq davomatini taʼminlash, taʼlim-tarbiya sifati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish boʻyicha taʼlim muassasalari bilan;

– ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan kam taʼminlangan
oilalar, yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarni aniqlash hamda ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha moliya va sogʻliqni saqlash organlari bilan oʻzaro hamkorligini nazarda tutadigan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish
va kiritish.

Vazirlar Mahkamasining

qarori loyihasi

2017-yil

1-iyul

B.Nizomov (Mehnat vazirligi),

D.Allayev (“Mahalla” fondi)

M.Azimov (Bosh prokuratura),
S.Nishanbayev (Ichki ishlar vazirligi),

D.Kenjayev (Xalq taʼlimi vazirligi),

U.Salimov (Oʻrta maxsus,

kasb-hunar taʼlimi markazi),

Z.Ruziyev (“Mahalla” fondi)

D.Kenjayev (Xalq taʼlimi vazirligi),

U.Salimov (Oʻrta maxsus,
kasb-hunar taʼlimi markazi),

D.Allayev (“Mahalla” fondi)

J.Qoʻchqorov (Moliya vazirligi), A.Xadjibayev (Sogʻliqni saqlash vazirligi),
D.Usmonov (“Mahalla” fondi)

4.

Ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda toʻlash tartibini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda yanada takomillashtirish maqsadida “Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning yangi tahririni ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasining

qarori loyihasi

2017-yil

1-iyul

Y.Tursunov (Moliya vazirligi),

A.Xadjibayev (Sogʻliqni saqlash vazirligi),

D.Usmonov (“Mahalla” fondi)

5.

“Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasining

qarori loyihasi

2017-yil

15-mart

D.Allayev (“Mahalla” fondi),

N.Qosimov (Maʼnaviyat targʻibot markazi)

6.

Aholi tomonidan kommunal xizmatlar va elektr energiyasi haqi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini taʼminlashga koʻmaklashgani uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

loyihasi

2017-yil

1-aprel

Y.Tursunov (Moliya vazirligi),

I.Maxkamov (“Oʻzkommunxizmat” agentligi),

F.Salomov (“Oʻzbekenergo” AK),

E.Shaismatov (“Oʻztransgaz” AK)

7.

“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasining

qarori loyihasi

2017-yil

1-oktabr

S.Nishanbayev (Ichki ishlar vazirligi),

M.Azimov (Bosh prokuratura),

J.Qoʻchqorov (Moliya vazirligi)

8.

Oliy taʼlim muassasalarida ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishi doirasida taʼlim dasturlariga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini oʻrganish boʻyicha maxsus kursni kiritish masalasini oʻrganib chiqish va natijasi boʻyicha taklif kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat

loyihasi

2017-yil

1-sentabr

I.Madjidov (Oliy va oʻrta
maxsus taʼlim vazirligi),

M.Aliyev (Davlat boshqaruvi akademiyasi),

Z.Ruziyev (“Mahalla” fondi)

9.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish
va kiritish.

Vazirlar Mahkamasining

qarori loyihasi

2017-yil

1-oktabr

B.Nizomov (Mehnat vazirligi),

Q.Rafikov (Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi),

Sh.Javlonov (“Mahalla” fondi)

10.

Shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yigʻinlari xodimlari uchun mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi razryadlari?i mahalla fuqarolar yigʻinlari xodimlarining rzryadlariga tenglashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasining

qarori loyihasi

2017-yil

1-aprel

B.Nizomov (Mehnat vazirligi),

J.Qoʻchqorov (Moliya vazirligi),

Sh.Ismoilov (Iqtisodiyot vazirligi),

D.Usmonov (“Mahalla” fondi)

11.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasining

qarori loyihasi

2017-yil

1-iyul

M.Ikramov (Adliya vazirligi),

U.Sunnatov (Bosh prokuratura), Sh.Javlonov (“Mahalla” fondi)

12.

Jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatayotgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini optimallashtirish, ularda zarur shtat birliklarini joriy etish hamda tegishli qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat

loyihasi

2017-yil

1-noyabr

J.Qoʻchqorov (Moliya vazirligi),

D.Allayev (“Mahalla” fondi), B.Mirusmanov (Davlat statistik� qoʻmitasi),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

13.

Hududida 2000 va undan ortiq oilalar mavjud boʻlgan mahalla fuqarolar yigʻinlarida diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimi boʻyicha qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etish hamda tegishli qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat

loyihasi

2017-yil

1-noyabr

J.Qoʻchqorov (Moliya vazirligi),

D.Mirzajanova (“Mahalla” fondi),

B.Mirusmanov (Davlat statistika qoʻmitasi),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

14.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari uchun dam olish maskanini tashkil etish yuzasidan taklif tayyorlash.

Vazirlar Mahkamasining

qarori loyihasi

2017-yil

1-iyun

Sh.Babayev (Toshkent viloyati hokimligi),

D.Xidoyatov (Davlat raqobat qoʻmitasi),

Q.Rafikov (Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi),

D.Usmonov (“Mahalla” fondi)

15.

Shaharchalar, qishloq va ovullarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va nomini oʻzgartirish tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat

loyihasi

2017-yil

1-oktabr

S.Arabov (Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi),

D.Allayev (“Mahalla” fondi),

Y.Tursunov (Moliya vazirligi),

B.Mirusmanov (Davlat statistika qoʻmitasi),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar

16.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlarning tashkiliy yigʻilishlarini hamda Respublika Konferensiyasini oʻtkazish. Bunda Respublika kengashi va hududiy kengashlar kollegial organlari tarkibiga tegishincha davlat hokimiyati vakillik organlari aʼzolari, Moliya, Ichki ishlar, Mehnat, Xalq taʼlimi, Sogʻliqni saqlash vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar hamda ularning hududiy tuzilmalari rahbar xodimlarini jamoatchilik asosida kiritishni nazarda tutish.

Respublika kengashi ustavi va hududiy kengashlarning nizomlarini belgilangan tarti�da tasdiqlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil

1-may

Sh.Javlonov (“Mahalla” fondi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,

N.Joʻrayev (Adliya vazirligi)

17.

“Mahalla ziyosi” respublika oʻquv-uslubiy markazi hamda “Mahalla” gazetasi tahririyatini belgilangan tartibda “Mahalla” fondidan Respublika kengashi tasarrufiga oʻtkazish va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan saqlashni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-iyun

Sh.Javlonov (“Mahalla” fondi)

18.

“Mahalla ziyosi” respublika oʻquv-uslubiy markazi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2018-yil
1-aprel

D.Allayev (“Maxalla” fondi)

19.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi taʼsis hujjatlarini qayta koʻrib chiqish, ularni qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirgan holda Fond va uning hududiy tuzilmalarini adliya organlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil

1-may

D.Usmonov (“Mahalla” fondi),

N.Joʻrayev (Adliya vazirligi)

20.

Mavjud fuqarolar yigʻinlarini toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazgan holda, tarkibida mahallalar tuzilgan shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yigʻinlarini mahalla fuqarolar yigʻinlariga birlashtirish va boʻlish yoʻli bilan qayta tashkil etish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi,

xalq deputatlari viloyat Kengashlari,

J.Qoʻchqorov (Moliya vazirligi), D.Allayev (“Mahalla” fondi), B.Mirusmanov (Davlat statistika qoʻmitasi)

21.

Tarkibida mahallalar tuzilga� shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻinlarining qayta tashkil etilishi munosabati bilan boʻshab qoladigan harbiy hisobni yuritish boʻyicha xodimlar shtat birliklarini ushbu hududlardagi mahalla fuqarolar yigʻinlariga biriktirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,
Sh.Normatov (Mudofaa vazirligi),

Y.Tursunov (Moliya vazirligi),

D.Allayev (“Mahalla” fondi)

22.

Shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yigʻinlarini qayta tashkil etish munosabati bilan ishdan boʻshatilgan xodimlarning bandligini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-iyul

B.Nizomov (Mehnat vazirligi),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

Yangi tashkil etiladigan mahalla fuqarolar yigʻinlarida fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish va oʻtkazish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-iyun

S.Artikova (Oliy Majlis Senati Kengashi),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari,

Sh.Javlonov (“Mahalla” fondi)

24.

Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining haftalik, oylik, chorakl�k ish faoliyatlari boʻyicha namunaviy ish rejalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-aprel

Sh.Javlonov (“Mahalla” fondi)

25.

“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari lavozimi joriy etilmagan chegara hududlardagi fuqarolar yigʻinlarida ushbu shtat birliklarini joriy etish hamda malakali xodimlar bilan toʻldirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-noyabr

J.Qoʻchqorov (Moliya vazirligi),

S.Nishanbayev (Ichki ishlar vazirligi),

Sh.Javlonov (“Mahalla” fondi),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

26.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan mahalla fuqarolar yigʻini raisining oʻrinbosari — yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimini har tomonlama munosib shaxslar bilan toʻldirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-iyun

Z.Ruziyev (“Mahalla” fondi)

27.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini tashkil etish mezonlarini tanqidiy oʻrganib chiqib, bu sohadagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish va amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar boʻyicha taklifla� tayyorlash.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-dekabr

Sh.Javlonov (“Mahalla” fondi),

N.Bakirov (Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi),

J.Qoʻchqorov (Moliya vazirligi),

B.Mirusmanov (Davlat statistika qoʻmitasi),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

28.

Fuqarolar yigʻini Kengashi tarkibiga fuqarolar yigʻini raisining oʻrinbosarlarini (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarini), hududdagi profilaktika inspektorlarini, taʼlim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlarini kiritish va ular tomonidan oʻz faoliyati yuzasidan yilning har choragida fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi)ga hisobot taqdim qilish amaliyotini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-iyun

Sh.Javlonov (“Mahalla” fondi),

S.Nishanbayev (Ichki ishlar vazirligi),

D.Kenjayev (Xalq taʼlimi vazirligi),

U.Salimov (Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi),

A.Xadjibayev (Sogʻliqni saqlash vazirligi)

29.

Aholini yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, boʻsh ish oʻrinlari haqida xabardor qilish maqsadida fuqarolar yigʻinlari binolarida axborotlar peshlavhalari yaratish va maʼlumotlarni muntazam yangilab borish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-iyul

D.Allayev (“Mahalla” fondi),

B.Nizomov (Mehnat vazirligi),

N.Joʻrayev (Adliya vazirligi),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

30.

“Mahalla koʻzgusi” ilmiy-ommabop jurnalini taʼsis etish va yilning har choragida bir marta nashr etilishini taʼminlash.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-sentabr

Z.Ruziyev (“Mahalla” fondi),

K.Mansurov (Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi)

31.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida tegishli dasturiy mahsulotni oʻrnatish va unda “Ishga joylashtirish inspektorining chaqiruvi”, “Ishga joylashtirish maqsadida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini oʻtkazish uchun talabnoma” interaktiv xizmatlari hamda boʻsh ish oʻrinlari banki “ish.mehnat.uz” bilan ishlash dasturidan foydalanish tizimini bosqichma-bosqich shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2018-yil

1-dekabr

B.Nizomov (Mehnat vazirligi),

Sh.Shermatov (Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi),

D.Usmonov (“Mahalla” fondi)

32.

Maʼmuriy-hududiy birliklarda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining chegaralarini aniqlash va xaritalarini tuzish ishlarini amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2018-yil

1-dekabr

S.Arabov (Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi),

Y.Tursunov (Moliya vazirligi),

D.Allayev (“Mahalla” fondi),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

33.

“Oʻzbekiston mahallalari” nomli ensiklopediya tayyorlash va chop etish.

Chora-tadbirlar

2018-yil

1-sentabr

Z.Ruziyev (“Mahalla” fondi), K.Mansurov (Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi),

F.Djalalov (Madaniyat va sport ishlari vazirligi),

B.Mirusmanov (Davlat statistika qoʻmitasi),

N.Qosimov (Maʼnaviyat targʻibot markazi),

A.Mavrulov (Milliy gʻoya va mafkura markazi)

34.

Fuqarolar yigʻinlari idoralari binolari hamda “Mahalla markazi” majmualarining namunaviy loyihalarini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqish.

“Mahalla markazi” majmualari binolarini loyihalashtirishda hududiy kengashlar hamda “Mahalla” fondining hududiy boʻlim va boʻlinmalarini joylashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish, xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat markazlari, kutubxona uchun alohida xonalar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish uchun zal boʻlishini nazarda tutish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-aprel

A.Toxtayev (Davlat arxitektura
va qurilish qoʻmitasi),

D.Usmonov (“Mahalla” fondi)

35.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar markazlarida “Mahalla markazi” majmualari binolarini namunaviy loyihalar va ularga qoʻyilgan talablar asosida qurish, shuningdek ularni zarur mebel jamlanmasi, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va internet tarmoqlari bilan jihozlash choralarini amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2018-yil
1-dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

D.Usmonov (“Mahalla” fondi)

36.

2017 — 2021-yillar mobaynida fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalar sport maydonchalari, maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish chora-tadbirlari boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish.

Hududiy dasturlar

2017-yil

1-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

D.Usmonov (“Mahalla” fondi)

37.

Hududiy dasturlarga muvofiq fuqarolar yigʻinlari idoralari binolarini namunaviy loyihalar va ularga qoʻyilgan talablar asosida qurish (rekonstruksiya qilish, taʼmirlash), shuningdek ularni zarur mebel jamlanmasi, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va internet tarmoqlari bilan jihozlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil

1-dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

D.Usmonov (“Mahalla” fondi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Masʼul ijrochilar boshqa ishga oʻtgan taqdirda ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan (saylangan) shaxslar yoki tegishli majburiyatlarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar belgilangan chora-tadbirlarning ijrosiga masʼul hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShARH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yurtimizda azal-azaldan mahalla tarbiya oʻchogʻi hisoblanadi. Avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning turmush va tafakkur tarzini koʻz qorachigʻidek asrab-avaylashda uning oʻrni va ahamiyati beqiyos.

Mustaqillik yillarida mahalla institutining nufuzini oshirish nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki siyosiy, tarbiyaviy va ulkan maʼnaviy ahamiyatga ega boʻlgan ustuvor vazifa sifatida belgilanib, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda uning ishonchli tayanch va taʼsirchan kuch boʻlib xizmat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi.

Xususan, milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor shaharcha, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari oʻzini oʻzi boshqarishning hududiy birliklari sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida mustahkamlab qoʻyildi. Yuzdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamiyat hayotining muayyan sohasidagi ishtiroki oʻz aksini topdi.

Birgina soʻnggi besh yilda yangi tahrirdagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi hamda “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, mahallalar hamda ulardagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatiga oid 20 ga yaqin nizom qabul qilinib, ijtimoiy hayotga tatbiq etildi. Shuningdek, tizimda faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari hamda “Mahalla” maʼrifiy teleradiokanali tashkil etildi.

Hozirgi kunda yurtimizda 10 mingga yaqin fuqarolar yigʻinlari tomonidan ilgari mahalliy davlat hokimiyati organlariga taalluqli boʻlgan 30 dan ziyod ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik vazifalar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda.

Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida oxirgi besh yil mobaynida fuqarolar yigʻinlarining 1600 ga yaqin xizmat binolari joriy, 367 tasi kapital taʼmirlandi va 350 dan ziyodi rekonstruksiya qilindi, namunaviy loyihalar asosida 216 ta bino yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

Amalga oshirilgan keng koʻlamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar natijasida mahalla noyob, dunyoda oʻxshashi boʻlmagan tuzilmaga aylandi, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida faol ishtirok etishi uchun mustahkam zamin yaratildi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning zamonaviy talablari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali ijrosini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal qilishdagi rolini oshirish, fuqarolar yigʻinlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqini roʻyobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Xususan, Farmonda mahalla institutini yanada takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:

fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamiyatdagi oʻrni va rolini yanada kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va koʻmakdoshiga aylantirish;

jamiyatimizda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish;

yoshlarni maʼnaviy boy va jismonan sogʻlom etib tarbiyalash, ularning bandligini taʼminlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini mustahkamlash;

jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla tizimida yagona huquqni qoʻllash amaliyotini taʼminlash.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashiga yuridik shaxs maqomini bergan holda uni fuqarolar yigʻinlarining uyushmasi shaklida tashkil etish nazarda tutilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlarda tuzilgan kengashlarni esa Respublika kengashining tarkibiy tuzilmalari sifatida tashkil etish belgilandi.

Kengashlarning nufuzi va maqomini oshirish, joylarda aholi tomonidan koʻtarilayotgan masalalarni ijro hokimiyati organlarining rahbarlari eʼtiboriga yetkazish va mazkur masalalarni hal etish boʻyicha ularning bevosita ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar hokimlari zimmasiga tegishincha Respublika kengashi, hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilish vazifasi yuklatildi.

Kengashlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali taʼminlash, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sohada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish boʻyicha ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida Respublika kengashi va hududi� kengashlar raislarining birinchi oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida “Mahalla” fondining tegishincha respublika boshqaruvi hamda hududiy boʻlim va boʻlinmalariga raislik qilishlari haqidagi tashabbus qoʻllab-quvvatlandi.

Shuningdek, Farmonda yoshlarni ona Vatanga muhabbat, xalqimizning koʻp asrlik anʼanalariga hurmat ruhida tarbiyalash, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini qoʻllab-quvvatlash borasida joylarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Respublika kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar boʻyicha rais oʻrinbosari, shuningdek Respublika kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-maʼrifiy masalalar, keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha rais oʻrinbosarlari lavozimlarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida esa jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan mahalla fuqarolar yigʻini raisining oʻrinbosari — yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimini joriy etish nazarda tutildi.

Bundan tashqari, ijtimoiy muhim masalalarni hal etishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda davlat va jamoat tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida kengashlar kollegial organlari tarkibiga tegishincha davlat hokimiyati vakillik organlari vakillari, moliya, ichki ishlar, mehnat, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar hamda ularning hududiy tuzilmalari rahbar xodimlarini kiritish moʻljallanmoqda.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali ijrosini taʼminlash maqsadida mahalla fuqarolar yigʻini Kengashi tarkibiga fuqarolar yigʻini raisining oʻrinbosarlarini (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarini), hududdagi profilaktika inspektorlarini, taʼlim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlarini kiritish va ularning oʻz faoliyati yuzasidan yil�ing har choragida fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi)ga hisobot taqdim qilishlari amaliyotini joriy etish belgilab qoʻyildi.

Qayd etilgan asosiy vazifalar va yangi normalarni hayotga tatbiq etish uchun Farmon bilan kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qoʻllab-quvvatlash borasida 37 ta aniq tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Farmonni ijro etish doirasida “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va bir qator boshqa qonun hujjatlariga zarur oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritiladi.

Shuningdek, mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar zimmasiga fuqarolar yigʻinlarining bandlikka koʻmaklashuvchi tuman (shahar) markazlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim muassasalari hamda moliya va sogʻliqni saqlash organlari bilan oʻzaro hamkorligini nazarda tutadigan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish vazifasi yuklandi.

Bundan tashqari, mahalla fuqarolar yigʻinlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etish boʻyicha mustaqilligini taʼminlash, oʻzini oʻzi boshqarish tizimida ortiqcha boʻgʻinlardan voz kechish maqsadida tarkibida mahallalar tuzilgan shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yigʻinlarini mahalla fuqarolar yigʻinlariga birlashtirish va boʻlish yoʻli bilan qayta tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalar sport maydonchalari, maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish maqsadida 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan hududiy dasturlar ishlab chiqiladi. Shuningdek, 2018-yilning 1-dekabriga qadar tumanlar va shaharlar markazlarida “Mahalla markazi” majmualari binolarini namunaviy loyihalar asosida barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishiga munosib hissa qoʻshgan tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillariga taqdim etiladigan “Mahalla iftixori” koʻkrak nishonini taʼsis etish nazarda tutilmoqda.

Farmonda hamda u bilan tasdiqlangan Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari zimmasidagi vazifalarni samarali bajarish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorligini yanada mustahkamlash imkonini beradi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 6-son, 69-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)