Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-dekabrdagi 989-sonli “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 14-dekabrdagi PQ-2679-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek respublika hududlarini kompleks va jadal rivojlantirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislari tegishli hududda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatli vakillari (keyingi oʻrinlarda vakolatli vakillar deb ataladi) hisoblanadilar.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari oʻn kun muddatda vakolatli vakillarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining maʼmuriy binolarida zarur mebel, kompyuter texnikasi va boshqa texnika, aloqa vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlangan xizmat xonalari ajratilishini taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi (A.J. Ramatov):
vakolatli vakillar faoliyatining tashkiliy, moddiy-texnik va transport taʼminoti, ularni uy-joy bilan taʼminlash, shuningdek ijtimoiy-tibbiy xizmat koʻrsatish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrsin;
vakolatli vakillar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilinishini taʼminlasin;
bir hafta muddatda Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentining rahbarlari mutaxassislari funksional vazifalari taqsimotini tasdiqlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-yanvar,
1-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-yanvardagi 1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Departament faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga boʻysunadi, ayni vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ushbu Nizomga muvofiq Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida amalga oshirish Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislari tomonidan, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari apparatlarining tegishli axborot-tahlil guruhlari va boshqa tarkibiy boʻlinmalari orqali amalga oshiriladi.
6. Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislari lavozimlariga chuqur iqtisodiy bilimlarga ega boʻlgan, ushbu hududning oʻziga xos xususiyatlarini puxta biladigan, oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni yuqori professional saviyada bajarishni taʼminlashga qodir boʻlgan tajribali va malakali kadrlar tayinlanadi.
Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislari lavozimlariga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida tasdiqlanadi va Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi.
7. Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislari tegishli hududda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatli vakillari (keyingi oʻrinlarda vakolatli vakillar deb ataladi) hisoblanadi.
8. Vakolatli vakillar Nukus shahrida, viloyatlar markazlarida va Toshkent shahrida doimiy ravishda joylashtiriladi.
Vakolatli vakillar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari binolarida zarur mebel, kompyuter texnikasi va boshqa texnika, aloqa vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlangan xizmat xonalari ajratiladi.
Vakolatli vakillarning faoliyatini moddiy-texnik va transport, uy-joy bilan taʼminlash, shuningdek ularga tibbiy va ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari tomonidan tashkil etiladi.
Vakolatli vakillar faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash va muvofiqlashtirish Departament mudiri va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
9. Vakolatli vakillar oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, ularning oʻrinbosarlari bilan oʻzaro mustahkam hamkorlikda amalga oshiradilar.
Vakolatli vakillar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning holatini oʻrganish boʻyicha oʻzlariga yuklangan funksional vazifalarni bevosita tumanlar, aholi punktlari, mahallalar, korxonalar va tashkilotlar hududiga borgan holda, shuningdek tegishli shahar va tumanning bevosita aholisi, tadbirkorlik subyektlari, jamoatchilik, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari hamda faollari bilan uchrashuvlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiradilar.
Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari vakolatli vakillarga ularga yuklangan funksional vazifalarni amalga oshirishda koʻmaklashadilar.
10. Vakolatli vakillarning oʻz funksional vazifalariga kiradigan vazifalar boʻyicha koʻrsatmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga masalalarni vakolatli vakillar bilan kelishgan holda kiritadilar.
11. Vakolatli vakillar oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oldida shaxsan javob beradilar.
Vakolatli vakillar oʻzlariga yuklangan funksional vazifalar bajarilishi natijalari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning holati, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyati toʻgʻrisida yilning har choragida Departament mudiri, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oldida hisobot beradilar.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari apparatlarining axborot-tahlil guruhlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar, Toshkent shahri hokimlariga va Departamentga hisobot beradilar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari apparatlarining axborot-tahlil guruhlari rahbari lavozimga Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tayinlanadi.
2-bob. Departamentning tuzilmasi
13. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, Departament mudirining oʻrinbosari, shuningdek:
Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari shuʼbasi mudiri;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislar;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
chegaraboʻyi muammolarini hal qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
xalqaro hamkorlik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalari yetakchi mutaxassis;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha yetakchi mutaxassis kiradi.
Departamentning tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-sentabrdagi 755-sonli qarori tahririda)
14. Departament ishiga Departament mudiri rahbarlik qiladi.
15. Departament mudiri, Departament mudirining oʻrinbosari, shuʼba mudiri va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-sentabrdagi 755-sonli qarori tahririda)
3-bob. Departamentning ustuvor vazifalari
16. Quyidagilar Departamentning ustuvor vazifalari hisoblanadi:
a) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tahlil qilish sohasida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasini, viloyatlarni, Toshkent shahrini, shaharlar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari va darajasini kompleks tahlil qilish, mavjud nomutanosibliklar, zaxiralarni va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xomashyo resurslarini, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash;
asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasining, tarkibiy va institutsional qayta oʻzgartirishlarning, mahalliy budjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bajarilishi monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularni tezkor hal etish boʻyicha takliflar kiritgan holda ular oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni aniqlash;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, boshqa hududiy dasturlarni monitoring va tahlil qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini baholashning samarali metodikalari va indikatorlarini joriy etish;
hududlarning iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini rivojlantirishning holati boʻyicha kompleks tahliliy materiallar, shuningdek hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, qabul qilingan hududiy dasturlarga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash;
har bir hududning oʻziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama ekspertizadan oʻtkazish, shu jumladan ularning hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qisqa muddatli va uzoq muddatli taʼsirini kompleks baholash;
b) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning ishlab chiqiladigan iqtisodiy koʻrsatkichlari, shu jumladan yalpi hududiy mahsulot, sanoat va qishloq xoʻjaligi, investitsiyalar, savdo aylanmasi, eksport, isteʼmol narxlari indeksi, bandlik koʻrsatkichlari asoslanganligini ekspert jihatidan baholash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, shuningdek har bir hududning oʻziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasini, viloyatlarni, Toshkent shahrini, shaharlar va tumanlarni kompleks va jadal rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
hududlar iqtisodiyotining barqarorligini va muvozanatli faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, har bir hududning mineral-xomashyo resurslaridan, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, mahalliy budjetlarning daromad qismini kengaytirish, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning subvensiyaviyligini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, oʻzaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda hududlarning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xoʻjaligi xomashyosini sanoat yoʻli bilan chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni barpo etish, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va shu asosda eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmi va turlarini koʻpaytirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
hududlarni kompleks rivojlantirishning, tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish va mintaqa iqtisodiyotini diversifikatsiyalashning joriy, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlarini, shu jumladan mintaqaviy investitsiya dasturlarini, sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlarini, mahalliylashtirish dasturini, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturlarini, ish oʻrinlari tashkil etish va bandlikni taʼminlash dasturlarini, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini rivojlantirish, ayniqsa paxta tolasi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha dasturlarni, xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlarini hamda boshqa hududiy dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etish;
shaharlar, tumanlar, viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetlari parametrlari bilan bogʻliqlikda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ishlab chiqilayotgan dasturlarini moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilash;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, davlatning maqsadli dasturlari, qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi boʻyicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda, Toshkent shahrida, shaharlar va tumanlarda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilish, iqtisodiyotdagi, eng avvalo sanoat va qishloq xoʻjaligidagi tarkibiy qayta oʻzgartirishlar boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni taʼminlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlari va kafolatlari taʼminlanishi uchun hududiy boshqaruv organlarining masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish;
hududlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xoʻjaliklari, tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama ragʻbatlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ular amalga oshirilishini tashkil etish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari tayyorlanishini tashkil etish;
v) aholi hayoti sifati va darajasini oshirish sohasida:
demografik jarayonlarni va hududlar aholisi jins va yosh tarkibini, aholi bandligi, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport tarmoqlarining darajasi va tuzilmasini, aholi hayoti darajasini, shuningdek madaniy-maʼrifiy ishlar sohasida ishlarning holatini tizimli tahlil qilish;
joylarda, ayniqsa qishloq joylarda aholining bandligi holatini chuqur tahlil qilish va shu asosda mehnat bozorini rivojlantirish va boshqarish, demografik omillarni va hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilgʻor shakllarini joriy etish, ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish oʻrinlari tashkil etish hisobiga aholining ayniqsa, yoshlarning bandligini taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
aholi daromadlari oʻsishini taʼminlash, xarid qobiliyati darajasini oshirish va ichki isteʼmol bozorini toʻldirish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
aholiga tibbiy, taʼlim va ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish, aholining ayrim qatlamlarini manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida mutaxassislar nomenklaturasini takomillashtirish va oʻzgartirish, shuningdek oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
muhandislik, yoʻl-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, transport xizmati koʻrsatishni yanada yaxshilash, koʻrsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish, sifatli ichimlik suv va sanitariya jihatidan tozalash tizimi, aholi punktlarini obodonlashtirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, arzon va qulay uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport tarmoqlarini rivojlantirish dasturlari, aholi bandligini taʼminlash, arzon va qulay uy-joy qurish dasturlari amalga oshirilishi, shuningdek demografik jarayonlar dinamikasi va aholi hayoti darajasi, amalga oshiriladigan madaniy-maʼrifiy ishlarning holati va natijalari toʻgʻrisida tahliliy materiallar tayyorlash;
aholining elektr energiyasi, tabiiy gaz va koʻmir bilan taʼminlanganligini uzluksiz taʼminlashning holatini oʻrganish va takliflar kiritish;
g) aholi bilan oʻzaro hamkorlik va muloqot qilish sohasida:
muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish, shuningdek hududlarni yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha aholining fikrlari va qonuniy talablarini oʻrganish va tahlil qilish;
aholining fikrini va qonuniy talablarini tahlil qilish asosida tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ularni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlarni, shuningdek qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, zarur hududiy dasturlarni qabul qilish yoxud amaldagi dasturlarga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
aholi bilan oʻzaro hamkorlik va muloqot qilishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish masalalari boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tahlil qilish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar va takliflarni ishlab chiqish.
d) Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish sohasida:
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaraboʻyi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining chegara boʻyida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning har tomonlama va chuqur oʻrganilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini belgilash, oʻzgartirish muhandislik-texnik jihatdan jihozlash, shuningdek chegaraboʻyi muammolarini hal qilish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlar koʻrish;
xalqaro hamkorlik, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha arxiv, kartografiya materiallarini va boshqa materiallarni yigʻish, umumlashtirish, turkumlash va har tomonlama tahlil qilish boʻyicha kompleks ishlarni tashkil etish.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-sentabrdagi 755-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan)
4-bob. Departamentning funksiyalari
17. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini ijro etish, ijro intizomini nazorat qilish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash masalalari boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari ijrosi muntazam ravishda oʻrganilishi va nazorat qilinishini taʼminlaydi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomining holatini tahlil qiladi, tahlil natijalari haqida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri manfaatlariga daxl qiluvchi boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi va kelishadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek ularning manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha ularni himoya qilishni tashkil etadi;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan oʻzaro hamkorlik qilish masalalari boʻyicha:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni taʼminlash bilan bogʻliq masalalarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishini tashkil etadi;
Vazirlar Mahkamasining qarorini talab etadigan masalalar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining takliflari koʻrib chiqilishini tashkil etadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishini taʼminlaydi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari loyihalarini ekspert jihatdan puxta ishlab chiqadi;
v) axborot-tahliliy ishlar masalalari boʻyicha:
oʻz yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga kiritish uchun, shuningdek ularni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari, hududiy maqsadli dasturlar boʻyicha maʼlumotlar bazasi tashkil etilishi, yuritilishi va muntazam ravishda yangilanishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan majlislarni tayyorlash, shuningdek respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlislarini tayyorlash bilan bogʻliq materiallarni ishlab chiqishda va qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi, Vazirlar Mahkamasining tegishli protokol qarorlari ijrosini nazorat qilishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda oldinga qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi.
g) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirish masalalari boʻyicha ishchi guruhlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalari ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini, jamoatchilik tomonidan muhokama qilinishini, ular boʻyicha takliflar va xulosalar umumlashtirilishini tashkil etadi, ularning puxta ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun kiritilishini taʼminlaydi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari huzurida himoya qilinishini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari va koʻrsatmalaridan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlaridan kelib chiqib, shuningdek ular amalga oshirilishi natijadorligini tahlil qilish natijalarini hisobga olib hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qabul qilingan dasturlariga zarur tuzatishlar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
d) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi monitoringi olib borilishi va nazorat qilinishi masalalari boʻyicha:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalda roʻyobga chiqarishni taʼminlash boʻyicha nazorat rejalari, tarmoq jadvallari va boshqa tashkiliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari amalda roʻyobga chiqarilishi muvofiqlashtirilishini va muntazam ravishda nazorat qilinishini tashkil etadi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari tadbirlari soʻzsiz va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlashga qaratilgan oldini oluvchi chora-tadbirlar koʻradi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi monitoringini olib boradi va tahlil qiladi, natijalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun zarur tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
e) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari faoliyati samaradorligi masalalari boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga yuklangan vazifalar bajarilishi boʻyicha ular faoliyati samaradorligini tahlil qiladi;
tahlil natijalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga ushbu rahbarlar boʻyicha takliflar kiritadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlari faoliyatini tahlil qiladi, tegishli takliflarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga, shaharlar va tumanlar hokimlariga kiritadi.
Departament oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
j) Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha:
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaraboʻyi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasining chegaraboʻyida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning har tomonlama va chuqur oʻrganilishini tashkil etadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini belgilash, oʻzgartirish, muhandislik-texnik jihatdan jihozlash, shuningdek chegaraboʻyi muammolarini hal qilish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
xalqaro hamkorlik, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha arxiv, kartografiya materiallarini va boshqa materiallarni yigʻish, umumlashtirish, turkumlash va har tomonlama tahlil qilish boʻyicha kompleks ishlarni tashkil etadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-sentabrdagi 755-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan toʻldirilgan)
5-bob. Departamentning huquqlari
18. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning, shuningdek Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy va prognozlashtirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi masalalari boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qonun hujjatlariga zid boʻlgan hujjatlarini toʻxtatib turish va bekor qilish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlar xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻtkaziladigan majlislar va yigʻilishlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini shakillantirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash masalalari va boshqa masalalar boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
6-bob. Vakolatli vakillarning funksional vazifalari va huquqlari
19. Vakolatli vakil:
tegishli hududda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishini, shuningdek hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyati muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlarini ijro etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi, shuningdek Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflarni tayyorlagan holda ularning bajarilishini muntazam ravishda oʻrganish va nazorat qilishni taʼminlaydi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan masalalarni oldindan kelishadi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlari loyihalarini ekspert jihatdan puxta ishlaydi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha xalq deputatlari Kengashlari majlislarini tayyorlash bilan bogʻliq materiallarni ishlab chiqishda va qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomining holatini tahlil qiladi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlari doimiy monitoringi olib borilishini tashkil etadi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy darajasi boʻyicha tasdiqlangan dasturlar bajarilishi boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha turkumlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilanishini tashkil etadi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda respublikani rivojlantirish maqsadlari va ustuvorliklaridan kelib chiqib hudud iqtisodiyotini yanada barqaror va muvozanatli rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
hududlarni kompleks rivojlantirish, shuningdek tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish va hududlar iqtisodiyotini diversifikatsiyalash boʻyicha qisqa muddatli, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etadi va unda ishtirok etadi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan dasturlar tadbirlari soʻzsiz va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan oldini oluvchi chora-tadbirlar koʻrgan holda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari amalda roʻyobga chiqarilishini muvofiqlashtirishni va muntazam nazorat qilishni tashkil etadi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi natijalari boʻyicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, uning oʻrinbosariga, shuningdek belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududga safari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining xizmat safarlari materiallarini tayyorlashda va ularni tashkil etishda ishtirok etadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar, tuman xalq deputatlari Kengashlari majlislarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari va ularning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda ishtirok etadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga yuboradi, ular oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi;
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlarni tashkil etadi, ularning fikri va qonuniy talablarini oʻrganadi va umumlashtiradi, muammoli masalalarni va talablarni hal etish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, boshqa organlar va tashkilotlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga takliflar kiritadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlari faoliyatini tahlil qiladi, ular faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tegishli takliflarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga, shaharlar va tumanlar hokimlariga kiritadi;
ularga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari ishi samaradorligi va natijadorligini baholaydi va ushbu rahbarlar boʻyicha, shu jumladan ularni ragʻbatlantirish yoki javobgarlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga takliflar kiritadi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
20.Oʻziga yuklangan funksional vazifalarni bajarish uchun vakolatli vakil quyidagi huquqlarga egadir:
oʻz funksional vazifalariga kiradigan masalalar boʻyicha zarur materiallar va maʼlumotlarni mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot-tahliliy va prognozlashtirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlariga oʻzining funksional vazifalariga kiruvchi masalalar boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining qonun hujjatlariga zid boʻlgan hujjatlarini toʻxtatib turish va bekor qilish toʻgʻrisida Departament mudiriga, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga takliflar kiritish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish masalalari boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻtkaziladigan majlislar va yigʻilishlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining topshirigʻi boʻyicha esa — oʻzining funksional vazifalariga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan boshqa organlar va tashkilotlarning majlislari va yigʻilishlarida ishtirok etish;
zarurat boʻlganda oʻzining funksional vazifalariga kiradigan masalalarni puxta ishlab chiqish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish.
21. Vakolatli vakillar oʻzlariga yuklangan funksional vazifalar zarur darajada bajarilishi uchun javob beradilar.
7-bob. Funksional masalalar boʻyicha Departamentning mutaxassislari
22. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejalarini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
vakolatli vakillar, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va ekspert xulosalar tayyorlaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq ular boʻyicha zarur kelishishni taʼminlaydi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalari ishlab chiqilishi, kelishilishi va Departament mudiri, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun kiritilishini taʼminlaydi, ular boʻyicha zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi tizimli nazorat qilinishini taʼminlaydi, turkumlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, u muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilanishini tashkil etadi;
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, uning oʻrinbosariga, shuningdek belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Departament mudiri (uning oʻrinbosari) bilan kelishgan holda oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek ijro etishda turgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini muhokama qilish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
23. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tahlil qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kompleks va tizimli tahlil qilinishini, asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institutsional qayta oʻzgartirishlar, mahalliy budjetlar ijrosi monitoringi olib borilishini taʼminlaydi;
vakolatli vakillar, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va ekspert xulosalar tayyorlaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq ular boʻyicha zarur kelishishni taʼminlaydi;
hududlarning iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasi rivojlanishining holati boʻyicha tahliliy va maʼlumotnoma materiallar, shuningdek hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlanishini, qabul qilingan hududiy dasturlarga tuzatishlar kiritilishini taʼminlaydi;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bajarilishi monitoringini olib boradi va tahlil qiladi, ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga toʻsqinlik qiluvchi muammoli masalalarni aniqlaydi;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini bajarishda yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal etish boʻyicha takliflar kiritadi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy boʻlinmalarining axborot-tahliliy faoliyatini doimiy asosda tahlil qiladi, ular faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha turkumlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilanishini tashkil etadi;
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, uning oʻrinbosariga, shuningdek belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlar, idoralararo komissiyalar va kengashlar yigʻilishlarida, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Departament mudiri (uning oʻrinbosari) bilan kelishgan holda oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek ijro etishda turgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini muhokama qilish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
24. Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri manfaatlariga daxl etuvchi masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari va boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi va kelishadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ularni kelishish va koʻrib chiqish uchun Departament mudiriga, uning oʻrinbosariga, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga kiritish boʻyicha rejalar va tashkiliy chora-tadbirlarni tayyorlaydi va tasdiqlash uchun kiritadi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilishi va kelishilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritilishini va ularning himoya qilinishini tashkil etadi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha turkumlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilanishini tashkil etadi;
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, uning oʻrinbosariga, shuningdek belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Departament mudiri (uning oʻrinbosari) bilan kelishgan holda oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan majlislarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek ijro etishda turgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini muhokama qilish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis oʻz funksional vazifalarini bajarishda Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
241. Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha materiallarni, normativ hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, majlislar, yigʻilishlar, arxiv materiallari va hujjatlari bilan ishlashni tashkil etadi, xulosalar tayyorlaydi;
Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha qoʻshni davlatlar bilan qoʻshma yigʻilishlarda, ishchi guruhlar uchrashuvlarida va dala tadqiqotlarida ishtirok etadi.
242. Chegaraboʻyi muammolarini hal qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, muhandislik-texnik jihatdan jihozlash, chegara boʻyi muammolarini hal qilish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini masalalari boʻyicha materiallarni, normativ hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi va har tomonlama tahlil qiladi;
chegaraboʻyi muammolarini hal qilish masalalari boʻyicha qoʻshni davlatlar bilan qoʻshma yigʻilishlarda, ishchi guruhlar uchrashuvlarida ishtirok etadi.
243. Xalqaro hamkorlik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis:
materiallarni, normativ hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, xalqaro hamkorlik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha kompleks ishlarni tashkil etadi, xalqaro hamkorlikka va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalariga oid tegishli hujjatlar va materiallarni yigʻadi, umumlashtiradi, turkumlaydi va har tomonlama tahlil qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha qoʻshni davlatlar bilan qoʻshma yigʻilishlarda, ishchi guruhlar uchrashuvlarida ishtirok etadi.
(241, 242 va 243-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-sentabrdagi 755-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
25. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha yetakchi mutaxassis:
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Departament mudiri va uning oʻrinbosari tomonidan shu jumladan joylarda qabul qilinishini tashkil etadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrganadi va ularda oldinga qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha Departament mudiriga, uning oʻrinbosariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga takliflar tayyorlaydi;
murojaatlar koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga yuborilishini tashkil etadi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomiga, shuningdek “xalq qabulxonalari” orqali tushgan murojaatlari koʻrib chiqilishi va chora-tadbirlar koʻrilishi alohida nazorat qilinishini taʼminlaydi;
vakolatli vakillar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladigan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni umumlashtiradi va tahlil qiladi, tahlil natijalarini takliflar bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun Departament mudiriga, uning oʻrinbosariga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga kiritadi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha turkumlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilanishini tashkil etadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar yigʻilishlarida, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Departament mudiri (uning oʻrinbosari) bilan kelishgan holda ijroda turgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan muhokama qiladi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
8-bob. Departamentning javobgarligi
26. Departament:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalar zarur darajada va samarali bajarilishi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlarning loyihalari, takliflar va masalalar sifatli ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishi tashkil etilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan nazorat taʼminlanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-sentabrdagi 755-sonli qarori tahririda)
9-bob. Departament faoliyatini tashkil etish
27. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati toʻgʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, mudirning oʻrinbosari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejalari, Departament mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Vakolatli vakillarning shaxsiy ish rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Mudirning oʻrinbosari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda amalga oshirilishi tizimli monitoringi boʻyicha faoliyati vakolatli vakillar tomonidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlar yoʻli bilan, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati, Kompleks, Departament majlislarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida oʻtkaziladigan yigʻilishlarda hisobotlarni eshitish va maʼlumotlarning tegishli bankini yuritish orqali taʼminlanadi.
28. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlik qiladi, oʻz oʻrinbosari va mutaxassislar ishlarini tashkil etadi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Departamentning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini tashkil etadi va hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga ruxsat belgisi (viza) qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
respublikaning tegishli hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi tizimli monitoringi tashkil etilishi va maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, respublika hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasiga va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya qilinayotgan nomzodlar boʻyicha takliflarni, mutaxassislarning kasbiy darajasini va amaliy malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish choralarini puxta ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Kompleks rahbarining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
oʻrinbosar va mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek Kompleksning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Kompleks rahbariga kiritadi, Departament mudiri oʻrinbosari va mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga tushgan, respublika Hukumatining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departamentning ish yuritish sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departament kadrlar zaxirasi shakllantirilishi va yangilanishini, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ish olib borilishi tashkil etilishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
29. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini oʻrinbosar bajaradi.
30. Departament mudirining oʻrinbosari:
tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlik qiladi hamda oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini muvofiqlashtiradi, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanishini, erishilgan natijalar monitoringini doimiy asosda taʼminlaydi;
tegishli davrga Vazirlar Mahkamasi, Departamentning ish rejalarida, shuningdek mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganishni va chora-tadbirlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirishni taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida Departament mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;
tegishli masalalar boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilab borilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
materiallar toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Departament mudirining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha Departament mudiriga takliflar kiritadi;
mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisida Departament mudiriga takliflar taqdim etadi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
301. Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari shuʼbasi mudiri:
shuʼba faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va shuʼbaga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaraboʻyi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha qoʻshni davlatlar bilan qoʻshma komissiyalar ishida, shuningdek ishchi guruhlar majlislari va uchrashuvlarida ishtirok etadi;
Departament mudirining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalar taqsimoti yuzasidan Departament mudiriga takliflar kiritadi;
Departament mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va ularga jazo berish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
vazifalar taqsimotiga koʻra boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(301-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-sentabrdagi 755-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
31. Inspektor Departamentda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 17-modda)