08.07.2016 yildagi 924-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jizzax viloyati Doʻstlik tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman iktisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2016-2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari tugʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-iyundagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2545-son qarori va viloyat hokimining 2016-yil 14-iyundagi “Viloyat iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 258-sonli qarori (Jizzax haqiqati gazetasi 2016-y., 18-iyun, 50-51-son) ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-iyundagi PQ-2545-son va viloyat hokimining 2016-yil 14-iyundagi 258-son qarorlari ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, 2016-yil 27-aprelda tuman hokimining oʻrinbosarlari (Gʻ. Saydiyev, I. Xoljigitov) rahbarligida ikkita ishchi guruhi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tuzildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp qavatli uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, ularning umumfoydalanish hududlarini tartibga keltirish, mahallalar hududini sanitar tozaligini taʼminlash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish hamda asosiy turdagi yoqilgʻi-energetika resurslarini oʻz vaqtida yetarli miqdorda yetkazib berish, elektr, issiqlik, tabiiy gaz taʼminoti obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (Gʻ. Saydiyev);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga barqaror tayyorlash, talab darajasidagi sanitar holatini taʼminlash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (I. Xoljigitov).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-2017-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondini barqaror faoliyat yuritishga tayyorlash uchun har bir ishchi guruhining aniq vazifalari belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2016-2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, koʻp qavatli uy-joy fondi, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2016-2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2 — 4-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-2017-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz jamgʻarish, shuningdek suyultirilgan gazni hududlar boʻyicha yetkazib berish boʻyicha topshiriq 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2016-2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman komissiyasi (Gʻ. Saydiyev, I. Xoljigitov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, ikki qavatli uy-joylar, taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2016-2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish natijalari boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarni amalga oshirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini, shuningdek tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2016-2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va taʼminlash boʻyicha topshiriqlarni oʻz vaqtida amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimligi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek tashkilot va korxonalar rahbarlari zimmasiga 2016-2017-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar va ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman ishchi guruhi (Gʻ. Saydiyev, I. Xoljigitov) qishloq va mahalla fuqarolari yigʻinlari raislari bilan hamkorlikda aholi xonadonlariga koʻmir yoqilgʻisi va oʻtin bilan ishlaydigan qozonlarni oʻrnatish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tijorat banklari rahbarlariga — uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun kredit mablagʻlarini ajratish, ajratilgan kredit mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi boʻyicha monitoring olib borish, hududlarga biriktirilgan bank xodimlari tomonidan joylarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishi har chorakda tuman hokimligining majlislarida tanqidiy koʻrib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Doʻstlik hayoti” gazetasiga (B. Qorayev) qaror ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2015-yil 17-avgustdagi 576-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. BABABEKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doʻstlik t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 8-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
924-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2016-yil 8-iyuldagi 924-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2016-2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro

muddati

Ijro uchun masʼullar

I. Iqtisodiyot tarmoqlarini 2016-2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tashkiliy tadbirlar

1.

Aholi punktlari, kommunal xoʻjaligi korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, ijtimoiy soha muassasalarini, qozonxonalar va muhandislik tarmoqlarini taʼmirlashni amalga oshirgan holda 2016-2017-yillar kuz-qish mavsumida uzluksiz ishlashini taʼminlash.

Aholini suyultirilgan gaz (ovqat tayyorlash uchun), koʻmir (mazkur qarorning 5-ilovasi) hamda uzoq va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida yashovchi aholini muqobil ichimlik suvi (tashib keltiriladigan suvni qoʻshgan holda) manbalari bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha (amalga oshiriladigan ishlar, bajarilishiga masʼullar, bajarish muddatlarini aniqlagan holda) chora-tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash.

2016-yil
10-iyulga qadar

Tuman hokimligi, korxona va tashkilotlar rahbarlari

2.

Oʻtgan isitish mavsumida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etilishini taʼminlagan holda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik energiyasi, elektr energiyasi, tabiiy gaz bilan kafolatli taʼminlash boʻyicha chora-tadbir ishlab chiqish.

2016-yil
10-iyulga qadar

Tuman hokimligi, korxona va tashkilotlar rahbarlari

3.

2016-2017-yillar kuz-qish davri uchun iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz, koʻmir va koʻmir briketi, tuz va boshqa yuklarni uzluksiz tashib yetkazib berilishi boʻyicha chora-tadbir ishlab chiqish.

2016-yil
10-iyulga qadar

Tuman hokimligi “Doʻstlikneftbaza” U� (Bozorov), “Doʻstliktumangaz” filiali (T. Xamidov), “Jizzax hududiy koʻmir yetkazuvchi tuman boʻlimi” UK, “Doʻstlik temir yoʻl stansiyasi”

4.

Kuz-qish mavsumi davrida tabiiy gaz yetib borishi qiyin boʻlgan aholi punktlari roʻyxatini aniqlash va shu asosda ushbu hududlardagi aholi va ijtimoiy soha obyektlariga belgilangan resurs va taqsimot asosida (mazkur qarorning 5-ilovasi) koʻmir yetkazib berish grafigini tasdiqlash.

2016-yil
10-iyulga qadar

Tuman hokimligi “Doʻstliktumangaz” filiali (T. Xamidov), “Jizzax hududiy koʻmir yetkazuvchi tuman boʻlimi” UK

5.

Aholi isteʼmolchilariga oyma-oy suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻyicha grafiklar ishlab chiqish va tasdiqlash.

2016-yil
10-iyulga qadar

“Doʻstliktumangaz” filiali (T. Xamidov)

6.

Aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash boʻyicha infratuzilmani rivojlantirish.

7.

Tabiiy gaz bilan kafolatli taʼminlanadigan hududlardagi isteʼmolchilarni tabiiy gaz taʼminotini yaxshilash va manzilli ishlatish uchun suyultirilgan gaz taʼminotiga oʻtkazilgan hududlardagi gaz tarmoqlari va gaz taqsimlash shoxobchalari (GTSh)ni kesib olish (demontaj) boʻyicha tuman hokimining qarorini tayyorlash.

2016-yil
10-iyulga qadar

“Doʻstliktumangaz” filiali (T. Xamidov)

8.

Maishiy gazdan foydalanish jarayonida favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqib, ijroga qaratish.

2016-yil
10-iyulga qadar

“Doʻstliktumangaz” filiali (T. Xamidov)

9.

Kichik irrigatsiya tarmoqlarini tiklash uchun oʻtkaziladigan taʼmirlash ishlari boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, bunda: mavzelar ichidagi ichki tarmoqlar;koʻcha va prospektlarni inobatga olish.

2016-yil
10-iyulga qadar

Obodonlashtirish boshqarmasi (J. Xakimov)

10.

2016-2017-yillar kuz-qish mavsumining keskin sovuq kunlari tabiiy gaz isteʼmoli qisqartiriladigan ulgurji isteʼmolchilar roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2016-yil
1-avgustga qadar

“Doʻstliktumangaz” filiali (T. Xamidov)

11.

Kuz-qish mavsumida energiya isteʼmolining maksimal kuchlanishli soatlari boʻyicha elektr energiyasi taʼminotini barqarorlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2016-yil
1-sentabrga qadar

Tuman elektr tarmoqlari korxonasi (A. Tinchlikov)

12.

2016-2017-yillar kuz-qish davrida elektr va tabiiy gaz tarmogʻidan uchirilmaydigan toifalangan va oʻta muhim obyektlar roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2016-yil
1-sentabrga qadar

“Doʻstliktumangaz” filiali (T. Xamidov)

“Tuman elektr tarmoqlari korxonasi (A. Tinchlikov)

II. 2016-2017-yillar kuz-qish davrida yoqilgʻi-energetika kompleksini barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar

13.

Gaz yetkazib berish balans koʻrsatkichlarini hisobga olib ulgurji isteʼmolchilar va tuman aholisiga 2016-yil oktyabr 2017-yil aprel oylari boʻyicha oyma-oy kelishilgan tabiiy gaz yetkazib berish jadvallarini ishlab chiqish.

2016-yil
1-avgustga qadar

“Doʻstliktumangaz” filiali (T. Xamidov)

14.

Hududlardan: elektr tarmoqlarini mukammal taʼmirlanishini taʼminlash.

2016-yil
1-oktabrga qadar

Tuman elektr tarmoqlari korxonasi (A. Tinchlikov),

15.

Aholini koʻmir briketi bilan taʼminlash (mazkur qarorning
5-ilovasiga asosan).

2016-yil
31-dekabrga qadar

Tuman hokimligi.

“Jizzax hududiy koʻmir yetkazuvchi tuman boʻlimi” UK. korxona va tashkilotlar

16.

Tabiiy gaz tanqisligi kutilayotgan aholi punktlarining tasdiqlangan roʻyxatiga asosan mazkur aholi punktlarida isteʼmolchilarning manzilli roʻyxatiga koʻra oyma-oy suyultirilgan gaz hajmlarini ajra�ish va yetkazib berish.

2016-yil oktyabrdan

2017-yil

1-martga qadar

“Doʻstliktumangaz” filiali (T. Xamidov)

17.

Kuz-qish mavsumida qozonxonalarni uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida tashkilotlar tomonidan (mazkur qarorning 5-ilovasiga muvofiq) zarur hajmlardagi suyuq va qattiq yoqilgʻi zaxirasini tashkil qilish.

2016-yil
1-noyabrga qadar

Tuman hokimligi.

“Jizzax hududiy koʻmir yetkazuvchi tuman boʻlimi” UK. korxona va tashkilotlar

18.

Mavjud isitish qozonlari koʻmirga moslashtirilgan ijtimoiy soha obyektlarini va tabiiy gaz tanqisligi kutilayotgan hududlardagi ijtimoiy soha obyektlaridagi qozonlarni yangisiga almashtirish, qoʻshimcha koʻmir yoqilgʻisi bilan taʼminlash boʻyicha oyma-oy grafik ishlab chiqqan holda idoralararo manzilli dastur ishlab chiqish hamda belgilangan muddatda bajarilishini taʼminlash.

2016-yil

1-noyabrga qadar

Tuman moliya boʻlimi (A. Latipov).

Xalq taʼlimi (M. Kamolov),

Tibbiyot birlashmasi (Sh. Boltayev)

19.

Hududlarda aholini suyultirilgan gaz va koʻmir yoqilgʻisi bilan taʼminlash masalalarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritish va aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini faol olib borish.

Xar oyning
10 sanasigacha

Tuman hokimligi

“Doʻstlik hayoti” gazetasi (B. Qorayev)

III. 2016-2017-yillar kuz-qish davrida koʻp xonadonli uy-joy fondini barqaror faoliyatini taʼminlash boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar

20.

Tumandagi obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli koʻcha va yoʻllarda qish mavsumida muzlik boʻlmasligining oldini olish uchun zarur boʻladigan material-texnik resurslar va jihozlar tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2016-yil

10-iyulga qadar

Obodonlashtirish boshqarmasi (J. Xakimov), tuman moliya boʻlimi (A. Latifov)

21.

Koʻp xonadonli uy-joy fondini texnik foydalanish meʼyorlari va qoidalariga koʻra uy-joy fondini texnik soz holatda saqlash;

koʻp xonadonli uylardagi qurilma va jihozlarining sozligi. yongʻin xavfsizligi hamda sanitar-texnik qoidalarga rioya qilinishi;

koʻp qavatli uy-joylarni muntazam koʻrikdan oʻtkazish va joriy taʼmirlash, nosozliklarni bartaraf etish va uy ichidagi jihozlardagi sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalarni bartaraf etish boʻyicha tashkiliy choralarni;

umumiy yigʻilishlarda har bir xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari rahbarlariga baho berish, qayta saylash va ularni almashtirishni amalga oshirilishi;

xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari raislarining hisobotini aholi oʻrtasida eshitish tizimini joriy qilishni taʼminlash maqsadida:

mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tasdiqlangan dasturlari ijrosini tashkil qilish va ishlarni amalga oshirishda har bir xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga biriktirilgan uchastka nozirlari, soliq inspektorlari, sanitariya epidemiologiya markazi, biriktirilgan tashkilot va korxonalar, tijorat banklari masʼullarining ishtirokini taʼminlash.

Tasdiqlangan tarmoq jadvaliga asosan

Tuman hokimligi

biriktirilgan korxona va tashkilotlar, tijorat banklari rahbarlari

22.

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal xoʻjaligi tashkilotlarining avariya-tiklash va dispetcherlik xizmati moddiy texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan zaruriy tadbirlarni ishlab chiqish.

2016-yil

10-iyulga qadar

Tuman hokimligi, tegishli korxona va tashkilotlar

23.

Koʻp xonadonli uylar, bino va inshootlarning holatini yongʻin xavfsizligi texnik meʼyorlari asosida koʻrikdan oʻtkazish.

2016-yil

1-sentabrga qadar

Tuman IIB Yongʻin xavfsizligi

(B. Jumanov).

Tuman hokimligi,

korxona va tashkilotlar

24.

Issiqlik energiyasi olmaydigan koʻp xonadonli uylarni aniqlash, Ularni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2016-yil

10-iyuldan

2016-yil

1-noyabrga qadar

Tuman Issiqlik manbai boʻlimi (A. Mirzayev)

25.

Tumandagi koʻp xonadonli uy-joylarda taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun tijorat banklarining maqsadli va imtiyozli kredit mablagʻlarini ajratish choralarini ishlab chiqish.

Boshqaruv kompaniyalari, servis xizmati koʻrsatish tashkilotlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun joriy yilda tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan maqsadli imtiyozli kredit mablagʻlari hajmini oʻtgan yillarga nisbatan 2,5 — 3-martaga koʻpaytirish.

2016-yil

1-oktabrga qadar

Tuman hokimligi, tijorat banklari

26.

Koʻp xonadonli uy-joy fondining tom qismini mukammal va joriy taʼmirlanishini taʼminlash.

2016-yil

1-oktabrga qadar

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (J. Xakimov)

27.

Tijorat banklarida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga tijorat banklari tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishini doimiy monitoring qilib boruvchi ishchi guruhi tashkil qilish.

2016-yil

1-oktabrga qadar

Tuman hokimligi, tijorat banklari

28.

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va homiylarga koʻp xonadonli uy-joylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishda binolarning ekspluatatsiya qilish muddatlari hozirgi meʼyor va qoidalarga mos kelishini taʼminlash.

2016-yil

1-oktabrga qadar

Tuman tijorat banklari

29.

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablagʻlari hisobidan koʻp xonadonli uy-joylarning old qismidagi kirish yoʻlaklarini taʼmirlash.

2016-yil

1-oktabrga qadar

Tuman tijorat banklari

30.

Koʻp xonadonli uylarni qish davrida foydalanish uchun rejalashtirilgan ish hajmlarini bajarish, issiqlik tizimini izolatsiya qilish, uy-joylarda issiqlik taʼminotining sifatini yaxshilash choralarini amalga oshirish, yertoʻla va tom cherdaklarini tekshirishni tashkil qilish, muhandislik tarmoqlarining joylashuvi, issiqlik uzatish punkti, yertoʻla va kirish eshiklarining yopilishini taʼminlash.

2016-yil

1-oktabrga qadar

Tuman hokimligi, tegishli korxona va tashkilotlar

IV.Aholi va isteʼmolchilarni issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar

31.

Mukammal va joriy taʼmirlanadigan qozonlar va issiqlik tarmoqlari, issiqlik tarmoqlarini izolatsiya qilish manzilli roʻyxatini “Sanoatgeokontexnazorat”, “Oʻzdavenergonazorat”. “Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat boʻlimlariga taqdim qilinishini taʼminlash.

2016-yil

10-iyulga qadar

Tuman hokimligi, tegishli tashkilot va korxonalar

32.

Qozonxonalarni mukammal va joriy taʼmirlash (zarur hollarda maʼnan eskirgan va iqtisodiy samarasiz qozonlarni almashtirish) bunda qozonlarning sertifikati mavjudligi va kuz-qish mavsumiga tayyorligi toʻgʻrisida dalolatnomalar mavjudligiga eʼtibor qaratish.

2016-yil

1-oktabrga qadar

Korxona va tashkilotlar

33.

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish Kengashi bilan oldindan kelishilmagan holda tashkilotlardagi qozon jihozlarini foydalanishning texnik talablariga javob berish boʻyicha koʻrikdan oʻtkazish va talabga javob bermaydigan qozonlarni uzish ishlarni amalga oshirish.

2016-yil

1-oktabrga qadar

Tuman hokimligi

“Tumangaztaʼminot” UK

(T. Xamidov)

V.Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashi boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar

34.

Ijtimoiy soha obyektlaridagi bino va inshootlarda muhandislik tarmoqlari, shu jumladan hojatxonalarning sanitariya-gigiyena meʼyorlari talablariga javob berishi, qishloq joylardagi ijtimoiy tarmoqlarni zaruriy qurilish materiallari (ruberoid, bitum, shifer, oyna va boshqa) bilan korxonalarning smeta xarajatlarida belgilangan mablagʻlar hisobidan taʼmirlash boʻyicha zaruriy choralar koʻrish.

2016-yil

10-iyulga qadar

Tuman hokimligi

Tuman XTMFMT va TE boʻlimi

(M. Kamolov),

Tuman tibbiyot birlashmasi

(Sh. Boltayev)

35.

Tabiiy gaz yetib borishi qiyin boʻlgan hududlardagi ijtimoiy soha obyektlarida isitish qozonlarini koʻmirga moslashtirish yoki, yangi qozonlarga almashtirish boʻyicha oylik grafiklarni ishlab chiqish va bunda koʻmir yoqilgʻisi bilan taʼminlashni nazarda tutgan holda idoralararo manzilli dasturlarni ishlab chiqish.

2016-yil

10-iyulga qadar

Tuman hokimligi,

Tuman XTMFMT va TE boʻlimi

(M. Kamolov),

Tuman tibbiyot birlashmasi

(Sh. Boltayev),

Tuman Moliya boʻlimi

(A. Latipov),

“Tumangaztaʼminot” UK

(T. Xamidov)

36.

Ijtimoiy soha obyektlari uchun sertifikatlangan, talab qilinadigan isitish qozonlari bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2016-yil

10-iyuldan boshlab

Tuman hokimligi, tegishli tashkilotlar

VI. Tadbirlarning amalga oshirilishi monitoringi

37.

Iqtisodiyot sohalarini 2016-2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha belgilangan tadbirlarni bajarilishi, tayyorgarlik ishlarining borishini hududiy komissiyalar tomonidan muhokama qilish.

har oyda

Tuman hokimligi

38.

Obyektlarni 2016-2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni koʻrib chiqish va viloyat komissiyasiga axborotlar taqdim etib borish.

xar 10 kunda

Tuman hokimligi, tegishli tashkilotlar, Obodonlashtirish boshqarmasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2016-yil 8-iyuldagi 924-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni 2016-2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va mukammal taʼmirlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPShIRIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tuman

Mukammal taʼmirlash

Koʻp qavatli
uylar
(dona)

Qozonxonalar (dona)

Qozonlar (dona)

Issiqlik tarmoqlari
(km)

Ichimlik suvi
tarmoqlari
(km)

Gaz tarmoqlari (km)

Elektr tarmoqlari (km)

Transformator podstansiyasi
(dona)

1.

Doʻstlik

1

0,1

0,3

33,3

10

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2016-yil 8-iyuldagi 924-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni 2016-2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va joriy taʼmirlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPShIRIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tuman

Joriy taʼmirlash

Koʻp qavatli
uylar
(dona)

Qozonxonalar (dona)

Qozonlar (dona)

Issiqlik tarmoqlari
(km)

Ichimlik suvi
tarmoqlari
(km)

Gaz taqsimlash punktlarini taftishdan oʻtkazish

(dona)

Elektr tarmoqlari (km)

Transformator podstansiyasi
(dona)

1.

Doʻstlik

1

1

0,1

1,0

197

139

35

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2016-yil 8-iyuldagi 924-sonli qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2016-2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPShIRIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tuman

Mukammal taʼmirlash

Aholiga

Joriy taʼmirlash

Umumtaʼlim maktablari (dona)

Bolalar uyi va maxsus maktab internatlari (dona)

Bolalar bogʻchalari (dona)

Kasalxona, internat uylari “Muruvvat” va “Saxovat” reabilitatsiya markazi, sanitariya, urush va mehnat faxriylari dam olish muassasalari
(dona)

Umumtaʼlim maktablari (dona)

Maktablardagi oynalarni almashtirish

(dona)

Bolalar uyi va maxsus maktab internatlari (dona)

Bolalar bogʻchalari (dona)

Kasalxona, internat uylari “Muruvvat” va “Saxovat” reabilitatsiya markazi, sanitariya, urush va mehnat faxriylari dam olish muassasalari
(dona)

1.

Doʻstlik

1

70

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2016-yil 8-iyuldagi 924-sonli qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-2017-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz jamgʻarish, shuningdek suyultirilgan gazni hududlar boʻyicha yetkazib berish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPShIRIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻmir (ming tonna)

Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish (tonna)

Issiqlik ishlab chiqarish korxonalariga mazut yetkazib berish (ming dona)

Aholi uchun maishiy gaz balonlar yetkazib berish

Jami

Budjet tashkilotlari

Shu jumladan

Aholi uchun koʻmirni yuklash

Shu jumladan

Koʻmirni birja orqali olish

“Qishloqqurilishinvest” IK

Xalq taʼlimi

Tibbiyot birlashmasi

Kasb-hunar kollejlari

Koʻmir

yuklash

Koʻmir briketi

1.

1,402

0,242

0,069

0,031

0,035

0,017

0,04

0,05

1,16

0,844

0,316

1614

2310

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2016-yil 8-iyuldagi 924-sonli qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2016-2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A. Bababekov

—

Tuman hokimi, komissiya raisi

Aʼzolari:

Gʻ. Saydiyev

—

Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari

I. Xoljigitov

—

Tuman hokimining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari

B. Safarov

—

Tuman hokimligi hududni kompleks rivojlantirish yigʻma boʻlimi

V. Raxmatov

—

Tuman hokimligi sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻlimi

A. Xamroyev

—

Tuman DSENM boshligʻi

A. Latipov

—

Tuman Moliya boʻlimi boshligʻi

B. Jumanov

—

Tuman IIB YoXXB boshligʻi

D. Pardayev

—

Tuman “Suvoqova” korxonasi boshligʻi

A. Mirzayev

—

Tuman “Issiqlik manbai” korxonasi boshligʻi

Sh. Boltoyev

—

Tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi

M. Kamolov

—

Tuman XTMFMT va TE boʻlimi mudiri

Sh. Joʻrayev

—

“Doʻstliktumangaz” filiali boshligʻi v.b.

A. Tinchlikov

—

Tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari

O. Lapasov

—

Tuman YXTFPK boshligʻi

O. Boboyev

—

“Doʻstlikneftebaza” UK rahbari

O. Sondiboyev

—

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi