11.07.2016 yildagi 13-1606/4318-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada aynan bitta majburiyatning buzilishi uchun neustoykani ham jarima, ham penya koʻrinishida toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa, qonunchilikda boshqacha hollar nazarda tutilmagan boʻlsa, daʼvogar faqatgina bir shakldagi neustoyka qoʻllashni talab qilishga haqli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bogʻbon Isroiljon fayzi” fermer xoʻjaligi (bundan buyon matnda — daʼvogar) Jizzax viloyat xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Agrokimyosanoat” MChJdan (bundan buyon matnda — javobgar) 48 700 000 soʻm asosiy qarz, 19 406 800 soʻm penya, 8 805 000 soʻm jarima undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo talablari qisman qanoatlantirilgan. Javobgardan daʼvogar foydasiga 48 700 000 soʻm asosiy qarz va 1 940 680 soʻm penya undirilgan. Daʼvoning qolgan qismini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hal qiluv qaroridan norozi boʻlgan javobgar kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan va unda nizo birinchi instansiya sudi tomonidan moddiy va protsessual huquq normalari buzilgan holda koʻrib hal etilganligi, xususan, javobgar ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilinmaganligi, daʼvogar nizoni sudgacha hal etish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya qilmaganligi, daʼvogar tomonidan sifatsiz mahsulot yetkazib berilganligi, taraflardagi shartnomalar nusxalari bir-biridan farq qilishi, javobgar tomonidan toʻlov qisman amalga oshirilganligi holatlariga huquqiy baho berilmaganligi bayon qilinib, hal qiluv qarorini bekor qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida javobgar vakili iltimosnoma bilan murojaat qilib, daʼvogar tomonidan yetkazib berilgan mahalliy piyoz urugʻining sifatini aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlashni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar vakili esa iltimosnomani rad etishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati prokurorning iltimosnoma muhokamasini sudga havola qilish haqidagi fikrini tinglab, iltimosnomani muhokama qilib, hal qiluv qarorining qonuniyligiga baho berish uchun ishda toʻplangan dalillar yetarli ekanligi sababli ish boʻyicha ekspertiza tayinlashga ehtiyoj mavjud emasligini inobatga olib, iltimosnomani rad etishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra hal qiluv qarorini oʻzgartirishni, kassatsiya shikoyatini esa qisman qanoatlantirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlarga koʻra, taraflar oʻrtasida 2015-yil 15-dekabrda 7-sonli mahsulot yetkazib berish shartnomasi tuzilgan boʻlib, unga koʻra daʼvogar javobgarga 1000 tonna umumiy qiymati 58 700 000 soʻmlik piyoz urugʻi mahsulotini yetkazib berish, oʻz navbatida javobgar mahsulotni qabul qilish hamda shartnomada belgilangan tartibda va miqdorda haqini toʻlab berish majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlariga koʻra, daʼvogar 2015-yil 21-dekabrdagi 7-sonli hisobvaraq-fakturaga asosan 1000 tonna umumiy qiymati 58 700 000 soʻmlik piyoz urugʻini yetkazib bergan, mahsulotni javobgarning vakili A. Djalolov 2015-yil 20-dekabrdagi 24-sonli ishonchnoma asosida qabul qilib olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning 2.1-bandiga koʻra javobgar mahsulotni toʻlovsiz qabul qilib olgan boʻlsa, u holda mahsulot qiymatini mahsulot qabul qilib olingandan soʻng 10 kun ichida toʻlashi lozimligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar shartnoma shartlarini lozim darajada bajarmasdan 2016-yil 12-fevraldagi 29-sonli toʻlov topshiriqnomasi bilan 10 000 000 soʻm pul mablagʻini daʼvogarning hisob raqamiga oʻtkazib berib, 48 700 000 soʻm qarzdorlikka yoʻl qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzni ixtiyoriy toʻlash haqidagi daʼvogarning talabnomalari ijrosiz qoldirilganligi uchun daʼvogar sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (bundan buyon matnda — FK) 8 va 234-moddalariga koʻra, majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida va ushbu Kodeksda koʻrsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 333-moddasida qarzdor aybi boʻlgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun javob berishligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi 161-sonli qarorining 1-bandiga koʻra, sud tomonidan qabul qilingan qaror moddiy va protsessual qonunchilik normalari bilan toʻliq mos kelishi, ish hujjatlari va sud aniqlagan holatlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi mavjud qarzdorlik ishdagi hujjatlar, yaʼni ishonchnoma, 2015-yil 21-dekabrdagi 7-sonli hisobvaraq-faktura hamda qarz mavjudligi haqida 2016-yil 4-yanvarda rasmiylashtirilgan oʻzaro solishtirma dalolatnoma bilan tasdiqlanganligi sababli daʼvoning asosiy qarz undirish talabini qanoatlantirish haqida xulosaga kelgan, ammo javobgar tomonidan 2016-yil 5-apreldagi 80-sonli toʻlov topshiriqnomasi bilan 12 000 000 soʻm pul mablagʻi daʼvogarga toʻlab berilganligini inobatga olmagan, vaholanki, 2016-yil 15-aprel holatiga javobgarning daʼvogar oldida mavjud qarzi 36 700 000 soʻmni tashkil qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning 3.3-bandida mahsulot uchun toʻlov shartlari buzilsa, toʻlov kechiktirilgan kunlar uchun kunlik 0,4 foiz penya hisoblanishi, bunda penyaning miqdori kechiktirilgan summaning 50 foizidan oshmasligi belgilab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 326-moddasida agar toʻlanishi lozim boʻlgan neustoyka kreditorning majburiyatini buzish oqibatlariga nomutanosibligi koʻrinib tursa, sud neustoykani kamaytirishga haqliligi, bunda qarzdor majburiyatni qay darajada bajarganligi, majburiyatda ishtirok etayotgan taraflarning mulkiy ahvoli, shuningdek kreditorning manfaatlari eʼtiborga olinishi kerakligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd qilinganlarni inobatga olib, birinchi instansiya sudi daʼvoning penya undirish talabini qisman, yaʼni 1 940 680 soʻmga qanoatlantirish haqida qonuniy toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, daʼvogar javobgar tomonidan toʻlovni amalga oshirish asossiz ravishda rad etilganligi uchun “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasiga asosan 8 805 000 soʻm jarima undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 163-sonli qarorining 3-bandida agar shartnomada aynan bitta majburiyatning buzilishi uchun neustoykani ham jarima, ham penya koʻrinishida toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa, qonunchilikda boshqacha hollar nazarda tutilmagan boʻlsa, daʼvogar faqatgina bir shakldagi neustoyka qoʻllashni talab qilishga haqli ekanligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar bitta majburiyatning buzilishi uchun neustoykani ham jarima, ham penya koʻrinishida undirishni soʻraganligini inobatga olib, birinchi instansiya sudi daʼvoning jarima undirish talabini asosli ravishda rad etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 95-moddasining birinchi qismiga koʻra sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning qanoatlantirilgan va rad etilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo, birinchi instansiya sudi davlat boji boʻyicha xarajatlarni taqsimlashda xatoga yoʻl qoʻygan va daʼvoning asossizligi uchun rad etilgan 8 805 000 soʻm jarima undirish talabi boʻyicha davlat boji xarajatlarini ham javobgar zimmasiga yuklagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati javobgarning kassatsiya shikoyatidagi ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilinmaganligi borasidagi eʼtirozi bilan kelisha olmaydi, boisi ishni koʻrish vaqti va joyi koʻrsatilgan sudning ajrimini javobgarning qishloq xoʻjaligi ekinlarini boshqarish boʻlimi xodimi J. Abduraupov 2016-yil 2-aprelda qabul qilib olganligi pochta xabarnomasi va hududiy aloqa boʻlimining 8-shakl daftaridan olingan koʻchirma bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, javobgarning daʼvogarda mavjud shartnoma, hisobvaraq-faktura javobgardagidan farq qilishi, bundan tashqari yetkazib berilgan mahsulot qiymati va sifati borasida keltirgan vajlari ham oʻrinsiz. Sababi, kassatsiya shikoyatiga ilova qilingan javobgar vakillari tomonidan 2016-yil 12-martda rasmiylashtirilgan dalolatnomada javobgar haqiqatda 58 700 000 soʻmlik piyoz urugʻini qabul qilib, tegishli yer maydoniga ekkanligi qayd qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 188-moddasining birinchi qismida moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻlishi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 180-sonli qarorining 17-bandida neustoyka miqdori xoʻjalik sudi tomonidan asosli ravishda FKning 326-moddasiga asosan kamaytirilganda, daʼvogarning davlat boji boʻyicha xarajatlari, neustoykani kamaytirmasdan undirilishi mumkin boʻlgan summadan kelib chiqqan holda javobgar tomonidan qoplanishi, 4.6-bandida esa agar apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari berilganda sud hujjatining faqat undirish yoki undirishni rad etish qismi shikoyat qilinayotgan boʻlsa, davlat boji nizolashilayotgan summadan kelib chiqib hisoblanishi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati hal qiluv qarorini oʻzgartirishni, kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirishni, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq toʻlangan 126 601 soʻm davlat boji va 7 000 soʻm pochta xarajatini javobgar zimmasida qoldirishni va undan qoʻshimcha ravishda ishni videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq 30 000 soʻm sud xarajatini undirishni, ortiqcha toʻlangan 65 678 soʻm davlat bojini javobgarga maʼlumotnoma asosida qaytarishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 11-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-1606/4318-son