15.06.2007 yildagi 163-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik choralarini qo‘llash haqidagi nizolarni hal qilishda iqtisodiy sudlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga qat’iy amal qilishlari lozim.
4. FKning 326-moddasiga muvofiq sud qarzdor tomonidan majburiyatlarning bajarilish darajasini, majburiyatda ishtirok etuvchi taraflarning mulkiy ahvolini, shuningdek kreditorning manfaatlarini e’tiborga olib, neustoyka miqdorini kamaytirishga haqli.
FKning 263-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq taraflarning kelishuvi bilan qonunda aniqlangan neustoyka (qonuniy neustoyka) miqdorining oshirilishi o‘z-o‘zidan undirilayotgan neustoykani kamaytirishga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas.
5. FKning 327-moddasida nazarda tutilgan boshqa shaxslarning pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni to‘lashni boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish yoki jamg‘arish pul majburiyatini bajarmaganlik uchun qo‘llaniladigan mulkiy javobgarlik bo‘lib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday hollarda yuridik shaxslar FKning 14-moddasiga muvofiq pul mablag‘larini asossiz undirish oqibatida ularga yetkazilgan zararlarni qoplashni talab qilishga haqli.
7. FKning 327-moddasida nazarda tutilgan foizlar boshqa shaxslarning pul mablag‘lari shartnomaga asosan yoxud shartnomaviy munosabatlarsiz qabul qilinganligidan qat’i nazar, to‘lanishi shart, ushbu qarorning 6-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
9. Foizlar to‘lov tartibi, hisob-kitob shakli va FKning 246-moddasidagi pul majburiyatlarini bajarish joyi haqidagi qoidalar to‘g‘risidagi shartlaridan kelib chiqib, agar qonunda yoxud taraflar o‘rtasidagi bitimda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa va majburiyat mohiyati yoki ish muomalasi odatlaridan yoxud boshqa qo‘yilgan oddiy talabdan kelib chiqmasa, pul majburiyati haqiqatda bajarilgan vaqtga qadar hisoblanadi.
Qarz summasi sud tartibida undirilganda va shartnomada foizlar to‘g‘risida kelishuv bo‘lmaganda, sud FK 327-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq da’vo taqdim etilgan kundagi yoki qaror chiqarilgan kundagi bank foizi hisob stavkasini qo‘llashga haqli.
10. FKning 327-moddasida nazarda tutilgan foizlar o‘z tabiatiga ko‘ra, qarz shartnomasi (FKning 734-moddasi), kredit shartnomasi (FKning 744-moddasi) yoxud tijorat krediti shartnomasi (FKning 748-moddasi) bo‘yicha berilgan pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan foizlardan farqlanadi. Shu sababli, sud bank foizlarini undirish haqidagi nizolarni hal qilishda da’vogar qarz yoki kredit yoxud tijorat krediti sifatida berilgan pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun foizlar undirishni talab qilyaptimi yoxud talabning mohiyati pul majburiyatlarini bajarmaganlik uchun yoki ijroni kechiktirganlik uchun javobgarlikni (FKning 327-moddasi) qo‘llashdan iboratmi, shularni aniqlashi lozim.
11. Agar pul majburiyatini bajarmaganlik yoki uning bajarilishini kechiktirganlik uchun FKning 327-moddasiga muvofiq belgilangan foizlar miqdori (stavkasi) pul majburiyati bajarilishini kechiktirish oqibatlariga ochiqdan-ochiq nomutanosib bo‘lsa, sud foizlarning qoplash tabiatini hisobga olib, FKning 326-moddasiga mos holda, FKning 335-moddasiga asosan foizlar miqdorini (stavkasi) kamaytirishga yoki kreditorga uni undirishni butunlay rad etishga haqli.
12. Sudlar shunga e’tibor berishlari lozimki, FKning 333-moddasiga asosan, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdor aybi bo‘lgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun javob beradi. Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan hamma choralarni ko‘rganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi.
14. FK 419-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, agar qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasi asosida unga topshirilgan tovar haqini o‘z vaqtida to‘lamasa, sotuvchi tovar haqini va FKning 327-moddasiga asosan boshqa shaxsning pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun foizlar to‘lashni talab qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.