28.12.2015 yildagi 41/5-6-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlar xotiralariga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 28-oktabrdagi PF-2100-son Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1998-y., 10-11-son, 203-modda) ijrosini taʼminlash hamda tuman hududidagi toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda ortiqcha dabdababozlik va isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, fuqarolar sogʻligʻi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) asosan xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari viloyat Kengashining qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Ch. Soatovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Maʼnaviyat targʻibot markazi, Xotin-qizlar qoʻmitasining boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda barcha tumanlarda toʻy-hasham, marosim va oilaviy tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi Jamoatchilik Kengashlarini tuzish taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyatda toʻy-hasham, marosim va oilaviy tadbirlar oʻtkazilishini oʻrganib boruvchi viloyat Jamoatchilik Kengashi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamoatchilik Kengashining asosiy vazifalari etib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng jamoatchilik vakillarini jalb qilgan holda, viloyat xududidagi toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlar xotiralariga bagʻishlangan tadbirlarni tartibga solish hamda ixcham va milliy qadriyatlar asosida oʻtkazish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, targʻibot orqali jamiyat hayotiga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar va marosimlarni oʻtkazish boʻyicha jamoatchilik fikrini inobatga olmaydiganlar ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, aniqlangan salbiy holatlar boʻyicha tegishli davlat va nazorat qiluvchi organlarga maʼlumot kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur holatlarda Jamoatchilik Kengashi tushuntirishlariga rioya qilmagan fuqarolar haqida viloyat YXXBning navbatchi telefonlariga (221-27-51, 221-31-04) axborot berib borish belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat hududidagi barcha davlat boshqaruvi organlari, korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat unumdorligini saqlash maqsadida restoran, oshxona, kafe va toʻyxonalarda ish kunlari toʻy va marosim munosabati bilan soat 07.00 dan 09.00 gacha yoki 12.00 dan 14.00 gacha osh berish va aksincha ish vaqtida soat 09.00 dan 12.00 gacha, 14.00 dan 18.00 gacha osh berishni taʼqiqlash, hamda soat 23.00 dan keyin toʻy va bazmlarni davom ettirish holatlarining oldini olish boʻyicha jamoatchilikning takliflari qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi (E. Rustamov), xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikoh toʻylarida fuqarolarning turli spirtli ichimlik isteʼmol qilishi oqibatida milliy urf-odatlardan biri boʻlgan ziyorat qilish odobiga hurmatsizlik boʻlayotgani sababli “Al Hakim at-Termiziy” yodgorlik majmuasi va boshqa ziyoratgohlarning kirish qismida fuqarolarga tushuntirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlar xotiralariga bagʻishlangan tadbirlarni milliy qadriyatlarimizga mos ravishda ixcham va dabdabasiz oʻtkazishni aholi oʻrtasida keng targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imom-xatiblar toʻylar va marosimlardagi maʼruzalarida aholini eʼtiborini yoshlar tarbiyasi, ota-onaning masʼuliyati, jamiyat hayotiga xavf solayotgan tahdidlarni oldini olish, tinchlik va mustaqillik neʼmatini asrash kabi masalalarga qaratishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni kuchaytirish maqsadida kelin-kuyov va ularning yaqinlariga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari yoki diqqatga sazovor joylarga sayr qilish jarayonida 4 tadan ortiq avtoulovlardan foydalanmaslik boʻyicha jamoatchilikning takliflari qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi (J. Atayev), viloyat yoʻl xarakati xavfsizligi boshqarmasi (R. Joʻrabekov)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda fuqarolar xavfsizligiga jiddiy xavf solishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida, nikoh toʻylarida kelin-kuyov va ularning yaqinlarini transport vositalarida tartibsiz harakatlanishlarini bartaraf etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz shahridagi “Al Hakim at-Termiziy” yodgorlik majmuasi va tumanlardagi boshqa ziyoratgohlarga kirish qismida nikoh toʻylari munosabati bilan haydovchilarning guruh boʻlib harakatlanish tartiblarini nazoratga olish va tegishli choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat Davlat soliq boshqarmasi (Sh. Raximov) bilan birgalikda toʻy-hashamlarda avtotransport xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati qonuniyligini nazorat qilish hamda viloyat hokimligiga har chorakda axborot va takliflar kiritish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Viloyat teleradiokompaniyasi (Z. Toʻrayev), Matbuot va axborot agentligi hududiy boshqarmasi (Oʻ. Oltiboyev)ga doimiy ravishda toʻy-hashamlarda mavjud muammolarni muhokama etish va aholi orasida zarur tushuntirish ishlarini olib borishga qaratilgan ochiq tele va radio muloqotlar tashkil etib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, viloyat hududida joylashgan barcha korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolar yigʻiniga ushbu qarorning mazmun-mohiyatini aholi va mehnat jamoasiga yetkazish hamda joylarda qarorning ijrosini taʼminlash vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Soatov), Ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (M. Xaydarov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati Xalq deputatlari Kengashi raisi T. MAMARAIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz sh..,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 28-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41/5-6-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2015-yil 28-dekabrdagi 41/5-6-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda toʻy-hasham, marosim va oilaviy tadbirlar oʻtkazilishini oʻrganib boruvchi viloyat Jamoatchilik Kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O. Soatov

—

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimi raisi oʻrinbosari, Jamoatchilik kengashi raisi

J. Tangriqulov

—

Maʼnaviyat targʻibot markazi viloyat boʻlimi rahbari, Jamoatchilik kengashi kotibi

Jamoatchilik kengashi aʼzolar

E. Rustamov

—

Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi viloyat vakili

H. Bobomurodov

—

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimi raisi vazifasini bajaruvchi

R. Joʻrabekov

—

Viloyat YXXB boshligʻi

M. Abdullayev

—

Viloyat “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi

Sh. Sattarov

—

“Kamolot” YIH viloyat Kengashi raisi

X. Qosimova

—

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilining xotin-qizlar masalalari boʻyicha yordamchisi