06.01.2016 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va mahalliy budjetining parametrlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 99-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ–2455-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 52-son) va xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining 2015-yil 25-dekabrdagi “Xorazm viloyati mahalliy budjetining 2016-yilgi asosiy parametrlari toʻgʻrisida”gi 5-29-sonli (“Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari, 2015-y, 104-son) qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ–2455-sonli va xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining 2015-yil 25-dekabrdagi “Xorazm viloyati mahalliy budjetining 2016-yilgi asosiy parametrlari toʻgʻrisida”gi 5-29-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2016-yilga moʻljallangan viloyat mahalliy budjetining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat mahalliy budjetining asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat budjeti, shahar va tumanlar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlari, viloyat budjetidan beriladigan maqsadli subvensiyalarning cheklangan miqdorlari 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar va tumanlar mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar va tumanlar mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat mahalliy budjetining zaxira jamgʻarmasi miqdorlari 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 6 ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat moliya boshqarmasiga (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) tegishli mahalliy budjetlarga budjetdan subvensiyalar va ssudalar ajratishda ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek ish haqi (yagona ijtimoiy toʻlov bilan birga), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha mahalliy budjetlarning xarajatlarini moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat moliya boshqarmasining 2015-yilgi viloyat mahalliy budjeti daromadlarini 666,7 mlrd soʻm va xarajatlarini 1094,1 mlrd soʻm miqdorida aniqlashtirish toʻgʻrisida taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xorazm viloyatining 2016-yilgi mahalliy budjeti parametrlari xalq deputatlari viloyat Kengashining 2015-yil 25-dekabrdagi 5-29 sonli qarori bilan maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror Xorazm viloyat hokimligining rasmiy nashri hisoblangan “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalarida eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Viloyat hokimligi huzuridagi “Viloyat kompyuterlashtirish markazi” DUK (S. Sadiqov) mazkur qarorni viloyat hokimligining rasmiy veb saytida joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Xoʻjaniyozova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim P. BOBOJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 6-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son