Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani hokimining
QarorI
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi xamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-son “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 40-modda) ijrosini taʼminlash, ish qidirayotgan shaxs sifatida tumanda Bandlikka koʻmaklashish markazida roʻyxatga olingan fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi olishi va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan “ishsiz” deb eʼtirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish, birinchi marta ish qidirayotgan va kasbi boʻlmagan shaxslarni mehnatga jalb qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlariga:
ilovada qayd etilgan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish taʼminlansin;
jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlar boʻyicha 50 foizi ish beruvchilar mablagʻlari va 50 foizi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
boshqa korxona, muassasa va tashkilotlar boʻyicha — 75 foiz ish beruvchi mablagʻlari va 25 foiz Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan fuqarolarni jamoat ishiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot 3 kunlik muddatida Bandlikka koʻmaklashish markaziga yozma ravishda xabar berilsin.
3. Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi (U.Asqarxodjayev)ga:
korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorning toʻliq bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin;
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ish bilan taʼminlangan fuqarolar belgilangan tartibda hisobga olinsin.
4. Tuman xokimining 2015-yil 10-oktabr kuni chiqarilgan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2016-yilda tashkil etish toʻgʻrisida”gi 1728-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb xisoblansin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari v.v.b. Z. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim U. ATEMOV
Yuqorichirchiq t.,
2016-yil 21-oktabr,
1954-son
Tuman hokimining 2016-yil 21-oktabrdagi 1954-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
2017-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar
roʻyxati
|
T/r |
Korxona, muassasa va tashkilotlar nomi |
Jalb qilinadiganlar soni |
Ish xaqini toʻlash manbai (foiz xisobida) |
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining turlari | |
|
ish beruvchi korxona, muassasa va tashkilotlari hisobidan |
ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan | ||||
|
1. |
Oʻzbekiston paxta tozalash zavodi |
10 |
75 % |
25 % |
Pilla boqish |
|
2. |
Fermer xoʻjaliklari |
10 |
75 % |
25 % |
Ariq tozalash, pilla boqish |