Toshkent viloyati Parkent tumani hokimining
Qarori
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6 son, 97-modda) 17-moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini taʼminlash, ish qidirayotgan shaxs sifatida tuman Bandlikka koʻmaklashish markazida roʻyxatga olingan fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi olishi va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan “ishsiz” deb eʼtirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish, birinchi marta ish qidirayotgan va kasbi boʻlmagan shaxslarni mehnatga jalb qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlariga:
ilovada qayd etilgan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish taʼminlansin;
jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatga haq toʻlash xarajatlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlar boʻyicha 50 foizi ish beruvchilar mablagʻlari va 50 foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — 75 foizi ish beruvchilar mablagʻlari va 25 foizi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin;
tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan fuqarolarni jamoat ishiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot 3 kunlik muddatda Bandlikka koʻmaklashish markaziga yozma ravishda xabar berilsin.
3. Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi direktori (D. Shoyoʻldashevga):
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ish bilan taʼminlangan fuqarolar belgilangan tartibda hisobga olinsin.
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Parkent tuman hokimining 2016-yil 15-yanvardagi “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2016-yilda tashkil etish toʻgʻrisida”gi 7-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari X. Xojiyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Oʻ. ALIMOV
Parkent t.,
2016-yil 21-oktabr,
3613-son
Tuman hokimining 2016-yil 21-oktabrdagi 3613-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar
ROʻYXATI
|
Korxona, muassasa va tashkilotlar |
Jalb qilinganlar soni |
Ish haqini toʻlash manbai (foiz hisobida) |
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining turlari | ||
|
Ish beruvchi korxona, muassasa va tashkilotlar mablagʻlari hisobidan |
Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan | ||||
|
1. |
Obodonlashtirish boshqarmasi |
10 |
50 % |
50 % |
Obodonlashtirish ishlari |
|
2. |
Tumanda joylashgan fermer xoʻjaliklari |
10 |
75 % |
25 % |
Qishloq xoʻjalik ishlari |