Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining
Qarori
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil. 5-6-son, 97-modda) 17-moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini taʼminlash, ish qidirayotgan shaxs sifatida tuman Bandlikka koʻmaklashish markazida roʻyxatga olingan fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi olishi va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan “ishsiz” deb eʼtirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish, birinchi marta ish qidirayotgan va kasbi boʻlmagan shaxslarni mehnatga jalb qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etuvchi korxona va tashkilotlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etuvchi korxona va tashkilotlar rahbarlariga:
ilovada qayd etilgan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish taʼminlansin;
jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarning, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli korxona va tashkilotlar boʻyicha 50 foizi ish beruvchilar mablagʻlari va 50 foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, boshqa korxonalar va tashkilotlar boʻyicha 75 foizi ish beruvchilar mablagʻlari va 25 foizi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin;
tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan fuqarolarni jamoat ishiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot 3 kunlik muddatda Bandlikka koʻmaklashish markaziga yozma ravishda xabar berilsin.
3. Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi direktori (J. Ermatovga):
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ish bilan taʼminlangan fuqarolar belgilangan tartibda hisobga olinsin.
4. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Qibray tumani hokimining 2015-yil 5-noyabrdagi “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2016-yilda tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2194-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari M. Aripov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim N. MUXAMEDOV
Qibray t.,
2016-yil 25-oktabr,
2291-son
Qibray tumani hokimining 2016-yil 25-oktabrdagi 2291-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etuvchi korxona va tashkilotlar
roʻyxati
|
T/r |
Korxona, muassasa va tashkilotlar |
Jamoat ishlariga jalb qilinadiganlar soni |
Ish haqini toʻlash manbai |
(Foiz hisobida) |
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining turlari |
|
Ish beruvchi korxona, muassasa va tashkilotlar mablagʻlari hisobidan |
Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan | ||||
|
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
|
1. |
Qibray tumani Obodonlashtirish boshqarmasi |
6 |
50 % |
50 % |
Obodonlashtirish ishchisi |
|
2. |
“Imkon plyus” masʼuliyati cheklangan jamiyati |
4 |
75 % |
25 % |
Muzqaymoq ishlab chiqarish ishlarini bajaruvchi ishchi |
|
3. |
Tumandagi fermer xoʻjaliklari |
6 |
75 % |
25 % |
Qishloq xoʻjaligi ishlarini bajaruvchi ishchi |
|
|
Jami: |
16 |
|
|
|